MENING HAM DO'STLARIM BOR

I bob

BIR TOVOQ SHIRGURUCH

Y i g i r m a oltinchi avgust kuni, yo4q, kechirasiz, yigirma
yettinchi avgust ekan. Yigirma yettinchi avgustmikan-a? Har
qalay, o'sha kuni havo juda ham issiq edi-da, qishloq ko'chalari
jimjit, zog4 ham uchmavdi. Tirik jon borki hammasi okzini
salqinga urgan. Orifning kuchugi ham muzdekkina ariqda
bag'rini berib tilini chiqarib, hansirab yotibdi. Daraxtlar ham
qilt etmaydi, butun narsalar turgan joyida qotib qolgandek.
Toi shoxiga berkingan chumchuqlar ham chirqillashmay
qolishgan, atrof dim, juda ham dim.
Biz bolsak, ya'ni Orif, Zokir, lkromiddin olako'z, Mirobiddin
injiq  hammamiz tutdan chumchuq bola olib Mirzabuvaning
bog'idan shaftoli o'g'irlab, gumning etagida cho'milishib, maza
qilib o'ynayotgan edik. Uzoqdan Dono chaqirib qoldi.
 Beriroq kelsang-chi!  dedim o'rnimdan turgim kelmay.
 Yalang'ochsizlar, uyalaman.
 Boimasa gapingni qattiqroq ayt.
 Sizni yangi muallim so'rayapti.
Suvdan chiqqim kelmasa ham yangi kelgan muallim bilan
tanishsam tanishib qokya qolay, deb shoshilib kiyindim-da, uyga
jo'nadim.
Borsam, chindan ham hovlimizda begona yigit o'tiribdi. Yoshi
yigirma ikki-yigirma uchlarda, bo'yi novcha, okzi oriq, qop-qora
sochini silliq qilib tarab olgan, yaqiniga borib tikilgan edim, yuzi
cho'ziq, ko'zlari katta-katta, peshonasi do4ng bir kishi ekan.
Menga ycr ostidan razin solgan edi, beixtiyor yurishdan to'xtab:
 Assalomu alaykum!  deb yuborganimni okzim ham
sezmay qolibman.
 Hoshimjonmisiz?  yangi muallim bir bosh uzumni
cho'qilab yeb o'tirgan ekan, uni laganga qo'yib, sekin o'rnidan
turdi-da ikki qo'lini menga uzatdi.
Ma'lum boiishicha yangi muallimning ismi shariflari Vohid
Soliyevich Soliyev ekan. Institutni bu yil bitirib, to'ppa-to'g'ri
bizning qishloqqa ishga kelibdi. O'zi algebradan, matematikadan
dars berarmish. Bundan uch kun avval, men o'qishim
kerak boigan 6 B sinfiga kurator etib tayinlanibdi. U, bu
gaplarni menga emas, buvijonimga qarab gapirardi. Buvijonimga
qarab yana davom etdi:
 Sinf o'quvchilarining shaxsiy delosi bilan tanishib
chiqdimu, bir xillari bilan alohida-alohida gaplashib ko'rishga
qaror qildim,  dedi u yana uzum yeyishga tushib.
 Yaxshi qilibsiz-da, aylanay,  deb qo'ydi buvijonim ham.
 Endi opoqi, o4z sinfingdagi o'quvchilarning ota-onasi,
uy sharoiti bilan ertaroq tanishib qo'ygan yaxshi-da... Yolg'iz
o'zim turaman. Qiladigan ishimning tayini ham yolq.
 Ota-onalaringiz qayerda, aylanay?  deb so'radi
buvijonim.
 Shaharda... Lekin uzumlaringiz shirin ekan, opoqi.
 Osh bo'lsin, yeyavering, qoqindiq. Uylanganmisiz?
 Yo4g4-e, hali yoshmiz-u, opoqi.
 Kiyim-boshlaringiz kir bo'lsa, tortinmay olib kelavering.
Vaqti bemahal issig'ingizdan ham, aylanay, o'zim xabar olib
turaman... Ishqilib, mana shu shumshuqni sal epaqaga keltirib
bersangiz bo'lgani. Dadasi ishdan boshqasini bilmaydi. Oyisi
kunbo'yi fermada. Menga bo'yin egmay qo'ydi bu bola. Qarang,
orqangizga o'tib olib, yelkasini uchirib menga muqom qilyapti...
 Qani muqom qilganim, orqam qichiyapti, o'shani
qashiyapman,  dedim buvijonim begona odamga meni
yomonlagani uchun sal jahlim chiqib.
Yangi o'qituvchi dadamga o'xshab xotin kishilarning gapiga
ko'pam quloq solavermaydigan bir kishi ekan. Buvijonim
gapiryapti-yu, u boMsa, nuqul uzum yeydi. Nihoyat, uzum
ko'ngliga urdi shekilli, laganni chori bilan nariroq surdi-da,
labidagi shirani oppoq sochiq bilan artayotib:
 Qani, Hoshimjon, beriroq keling-chi,  deb qo'ydi.
So'rining bir chekkasiga omonatgina o'tirdim. Buvijonim nima
ish bilandir boqqa kirib ketdi.
 Kanikulni yaxshi o4tkazdingizmi?  so'radi muallim.
 Yaxshi o'tkazdim.
 Qanaqa kitoblar o'qidingiz?
 Kitob o'qimadim, domla.
 Nega o'qimadingiz?
 Kitob o'qisam, shu deng, uyqum kelib, yuragim
qisilaveradi.
 Yuragim qisilaveradi?  muallim hayron boMgandek
menga tikildi,  nega endi yuragingiz qisilar ekan?
 Men o4zi nervinniyman-da, domla,  dedim jo'rttaga
hazilga olib.
 Nervinniyman? Halitdan-a, qanday qilib nervinniy bo'la
qoldingiz?
 Domlalar uy vazifalarini juda ko4p berishadi-da,
o'shalarni ishlayman deb, nervinniy bo'lib qolganman.
Muallim tizzasiga shappalab, kulib yubordi. Qotib-qotib
kuldi. Kulganda og'zini katta-katta ochib, osmonga qarab
kular ekan. Qahqaha ovozidan toldagi chumchuqlar xurkib
har tomonga uchib ketishdi. Yangi muallimning bunchalik
xursand bo'lganini ko'rib, men ham gapimni davom
ettiraverdim:
 Undan keyin, singlim Oysha ham nervinniy, mendan
qo'rqqanidan shunaqa bo'lib qolgan. Eng kichkina singlim
Dono bor-ku, hu, ana qarang  so'rining tagida mushuk bolani
o'ynatib o'tiribdi, o'sha ham nervinniy.
 Zig'irday qizcha-ya?
 ZigMrdak emas, ikkinchida o'qiydi... u ham nervinniy,
bog'chada qo'g'irchoq talashaverib shunaqa boMib qolgan...
biz hammamiz nervinniymiz.
Muallim yana kulib yubordi. Bu gal ham chin yurakdan
kulgan bo'lsa kerak, nega desangiz ko'zlaridan yosh chiqib ketdi.
 Obbo Hoshimboy-ey, Siz ja qiziqchi ekansiz. Menga
ma'qul bo'lib qoldingiz.
 Mana shu qiziqchiligim uchun buvijonim meni tiriklayin
ko4mmoqchi bo'lib yuribdi,  arz qildim yangi muallimga.
 Nega ko'mar ekanlar?
 Bilmasam. Ishqilib, tiriklayin ko'mmasam murodimga
yetmayman, deydilar
Muallim menga tikilib, kulimsiragancha jim boMib qoldi.
Nimalarnidir o'ylab ketdi. Peshonalari tirishib, ko'zlari
qisilganini shundoqqina ko'rib turibman.
 Buvijoningizni xafa qilmang. Mening ham ana shunday
buvijonim bo'lganda boshimga ko'tarardim. Qarang,
kiyimlaringizni yuvib, dazmollab bcribdilar. Hovlilaring ozoda,
hammayoq supurilgan, saranjom-sarishta... Xofcsh, darsliklarning
hammasi butmi?
 Hammasi tayyor-da, domlajon.
- - Qani, olib chiqing-chi.
G'izillib qirib uydan katta papkamni olib chiqdim. Bir xil
fanlardan hali darsliklarim yetishmas ekan, buni men papkamni
olib chiqayottanimda eslab qoldim.
04 s h a kuni muallim meni boshlab borib, maktabdan
darsliklar olishib berdi. Keyin menga o'xshash qoloqroq,
boMgan yana uch o'quvchining uyiga birgalashib bordik. Soy
bo'yidagi Akromlarnikiga ham birrov kirib chiqdik. Hovlilarida
hayvonu qushlar shunaqangi ko'pki, avvaliga hayvonot bog'iga
kirib qoldikmi, deb ikkovimiz ham hayron bo'lib qoldik.
 Domla, boshqa bolalarnikiga ham kiramizmi?  deb
so'radim qaytayotganda.
 Yo'q, endi boidi,  deb qo'ydi muallim.
 Nega boshqalarnikiga kirmaymiz?
 Biz uylariga kirgan bolalar beshinchi sinfda yaxshi
o'qimagan. O'shalar bilan alohida-alohida shug'ullanishga
to'g'ri keladi.
 Demak, men bilan ham alohida shug'ullanasizmi?
 Siz ham o'tgan yili sinfda qolgansiz. Demak, siz bilan
ham alohida shug'ullanishga to'g'ri keladi...
Gap bilan bo'lib maktabimiz hovlisidagi muallimlarga
ajratib berilgan uyga yetib borganimizni ham sezmay qolibmiz.
O'tgan yili bu uyda er-xotin Ryabovlar turishar edi. Eri nemis
tilidan, malla sochli xotini rus tilidan dars berardi. Ikkala fandan
ham sal chatoqroq bo'lgani uchun bu uyning yaqiniga ham
yo'lamasdim. Hatto, o'sha atrofdan o'tganda jo'rttaga teskari
qarab o'tardim. Vohid Soliyevich kutilmaganda meni mana
shu uyga taklif qilib qolsa boMadimi. Ichkariga sal qo'rqibroq
kirib bordimu, xoh ishoning, xoh ishonmang, hangu mang boMib
qoldim. Bu yerni kitobxonaning o'zginasi deysiz. Tokchalarga
ham, oriq-semiz kitoblarni shunaqangi ko'p tashlashibdiki, asti
qo'yaverasiz.
 Hammasi o'zingiznikimi?  birinchi savolim shu bo'ldi.
 Yo4q, Ryabovlarniki ham bor,  tushuntirdi muallim.
U, negadir, o4zi juda kam gapiradiyu nuqul meni gapga
soladi. Kunbo'yi mendan, so4ramagan narsasi qolmadi. Nega
algebrani yomon ko'raman qochib ketishimning sababi nima,
qaysi bolalar bilan mushtlashganman. Yong'oq qoriga shogird
tushishga buvijonim nega majbur qildi, qishloqda namoz
o'qiydigan nechta bola bor, qizlar ham namoz o'qiydimi 
xullas, mana shunaqa narsalarni rosa solradi-da.
 Jurnallar ham Ryabovlarnikimi?  deb so'radim jo'rttaga
gapni chalg'itish uchun.
 Yo'q, bular meniki. O'qimoqchi bo'lsangiz, ola qoling.
Keyin keltirib berarsiz.
 Shaxmat-chi, shaxmat ham ularnikimi?
 Yo'q, shaxmat meniki. O'ynaysizmi?
 Men shashkani bilaman-da.
 Qani oling, bir kuch sinashib ko4raylik-chi! Lekin bilib
qo'ying. Men qattiq, o'ynayman.
 Men ham bo'sh kelmayman, domla.
Shashkani o'ynayotibmiz-u, lekin mening xayolim butunlay
boshqa yoqda. Shu kungacha bironta o'qituvchim menga o'zini
yaqin olib muomala qolgan emas. Hammasi bezoridan olib,
bezoriga soladi, sendan odam chiqmaydi, deb kamsitganikamsitgan.
Vohid Soliyevich bo'lsa, mana meni odam qatoriga
qo'shib. men bilan gaplashgani uyimizga boribdi, yonmayon
o'tirib shashka o'ynayapti.
 Domla, mendan tuzukroq odam chiqmaydimi-a?  deb
so'raganimni o'zim ham bilmay qoldim.
 Nega unday deysiz?
 Hamma shunaqa deydi-da.
 Bo'Imagan gap,  dedi Vohid Soliyevich ketma-ket
ikkita toshimni olib,  shoshmay tursangiz... hammasi uyalib
qoladi.
O'sha kuni har qancha urinsam ham, baribir shashkadan
omadim kelmadi: ketma-ket to'rt marta yutqizib qo'ydim. Lekin
shunday bo'lsa ham yana to'rt marta yutkaziib, Vohid
Soliyevichni xursand qilishga tayyor edim. Nega desangiz, hali
aytganimday, bu kishini astoydil yaxshi ko'rib qoldim.
 Hovlingizga suv sepib beraymi?  dedim shartta
o'rnimdan turib.
Vohid Soliyevich bosh chayqadi:
 O'zim sepaman. Siz mening ishimni qilib bersangiz, borabora
men dangasa boMib qolaman-ku, Hoshimjon.
 Boimasa picha qatiq olib beraymi? Judayam shirinda.
Xuddi qaymoqning o'zi deysiz.
 Rahmat, uka, qatiqni uncha xushlamayman.
 Bo'lmasa, domla, men Sizga hali yegan uzumingizdan bir
chelak keltirib beraman.
 Rahmat, uzum kerak bo'lsa o'zim boraman. Bahonada
buvijoningiz bilan birpas gaplashib o'tirib kelaman. Ajoyib
kampir ekanlar...
Vohid Soliyevich o'qib, rasmini tomosha qiling deb, menga
bir dasta suratli jurnallar berdi. O'zimda yo'q, sevinib ketdim.
Nega desangiz, surat tomosha qilib tagidagi xatlarni o'qishni
joni dilimdan yaxshi ko'raman.
Qo'ltig'imdagi jurnalni ko'rib, xayriyat, sening qo'lingda
ham kitob ko'radigan zamonlar kelar ekan, deb buvijonim ham
sevinib ketdi.
 Endi meni tiriklayin ko'mmaysizmi?  deb so'radim
buvijonimdan.
 Voy tentagim-ey, shu gaplarni haliyam eslab yuribsanmia?
Qani, beriroq kel, bir achomlashib qo'yaylik.
Buvijonim bilan achomlashib bo'lganimizdan keyin so'riga
chordana qurib o'tirib olib, singillarimu buvijonim, dadajonimu
oyijonimga jurnallardagi suratlardan ko'rsatdim. Tagidagi
xatlarni sharillatib o'qib berdim. Hammalari o'zlarida yo'q
xursand bo'lib ketishdi. Hatto nazarimda shu paytda Oysha
ham ich-ichidan sevinib o'tiribdi. Akam o'qishga havas qo'ysa,
uy vazifalarini o'zi ishlab meni jonim ham tinchir ekan, deb
sevinayotgan boisa kerak.
Kechqurun so'rida shirguruch yeb o'tirib men yana Vohid
Soliyevichni eslab ketdim... bechora bir o'zi maktabning katta
hovlisida zerikib o'tirgandir. Ehtimol, zerikkanidan hushtak
chalib u yoq-bu yoqqa yurayotgandir, yo ovqat pishirmoqchi
bo'lib, primusga o 4 qalay olmay qiynalayotganmikin-a?
 Oyi, ovqatingizdan yana bormi?  dedim.
 Dadangga olib qo'yganim qoldi. Yeysanmi?
 Muallimga olib bormoqchi edim.
 Kelin, ustiga sariyog'dan ko'proq solib bering,  gapga
aralashib qoldi shu paytda buvijonim ham,  bir parishtalik
yigit ekan. Hoshimjon, aytgin, tez tez kelib tursin.
Bir minutdan so'ng tovoqdagi shirguruchni katta sochiqqa
o'rab, maktab tomonga qarab o'qdek uchib borardim.
Aytganimdek, Vohid Soliyevich kastryulga shofcrva solib, o'zi
kattaligi xontaxtadek keladigan bir kitobni varaqlab o'tirgan
ekan. Meni ko'rib, rostini aytsam, uncha xafa ham, xursand
ham bo'lmadi:
 Ie, o'zim ham ovqat qiluvdim-ku,  deb kulimsirab
qo'ydi, xolos.
Qaytayotganimda domlamiz yashab turgan uyning hovlisiga
ko'zim tushdi-yu, yuragim shuv etib ketdi: Ryabovlar ko'chib
ketgandan buyon bu atrofga suv kelmapti. Gullar qurigan,
rayhonlar so'ligan, markazdagi ajriqlar sarg'aygan, olmalarning
pastki shoxi suvsizlikdan quriy-quriy deb turibdi.
Kechasi Vohid Soliyevichga sezdirmasdan sug'orib
qo'yishga, u kishini to'satdan juda-juda ham xursand qilishga
qattiq ahd qildim. Buvijonim uyquga ketishi bilan katta
ketmonni olib, maktabning hovlisiga jo'nadim. Hovliga suv
kiradigan quloq, ariqlarni ochib, asta-sekin katta anhorga
chiqib bordim-da, yarim tegirmon keladigan suvni ochib
yubordim. O'sha yerda, anhorning shundoqqina labida
jindakkina mizg'ib olmoqchi boklib, uyqum qurib ketsin, tong
otguncha dong qotib uxlab qolibman. Uyg'ondimu oyoqni
qo'lga olib maktabning hovlisiga yugurdim. Andak kechikkan
ekanman. Hammayoqni suv bosib ketibdi. Vohid Soliyevich
tizzasidan suv kechib, nishabini qayoqqa olishni bilmay, garang
boMib turgan ekan;
 Ketmon kerakmi?  deb so'radim nima deyishni bilmay.
 Tezroq, keltiring, tezroq!  dedi muallimimiz entikib.
Ertalabgacha suv bilan olishib chiqdik.