II bob

JARANGLA, QO'NG'IROG'IM

fertaga o4qish boshlanadi, degan kuni kechasi, rostini aytib
qo'ya qolay, uxlay olmadim. Har xil shirin xayollar surib, bir
mahal uxlab qolibmanu xayolimning bir tomoni sekingina tushga
ulanib ketganini o'zi payqamay qolibman. Bir vaqt bunday
qarasam, Otajon Azizovich jamiki o'quvchilarni to'plab, menga
maqtov qog'ozi topshirmoqchi bo'layotgan emishlaru men
xomkalla bo'lsam, uni olmayman deb, qochib yurgan emishman.
Nihoyat, meni ushlab qo'limga maqtov qog'ozini zo'iiab
berishdi. Qarsak demagani, hammayoqni qoplab ketdi. 04zim
ham qo'shilishib qarsak chalib yuboribman deng.
 Hoshim, tek yotasanmi, yo4qmi  deb buvijonim
sekingina biqinimga turtib qo'ydi.
 Maqtov qog'ozim qani?  so'radim uyqusirab.
 Qanaqa maqtov qog'oz?
 Hozir qo'limda turuvdi-ku?
 Uyqusirama. 04ng tomoningni bosib yot.
Okng tomonimni bosib yotgan edim, chindan ham dong
qotib uxlab qolibman. Qattiq zang ovozidan uyg'onib ketdim.
Maktabimizning hovlisidagi qari tutning shoxiga katta ternir
osib qo4yishgan edi. Kimdir ana o4shani jaranglatib uryapti.
Xiyol o4tmay gorn ham chala boshlashdi, yana xiyol o'tmav
yoniga childirma ovozi qo'shilib ketdi.
 Salom, maktab, salom, sentyabr!  dedim-da, sakrab
o4rnimdan turdim. Nonushta ham qilmay papkani qo'ltiqqu
olib, o'zimni ko'chaga urmoqchi bo'lgan edim, buvijonim:
 Singillaring bilan ketasan!  deb yo4limni to4sdi.
Bunday qarasam... Obbo, sochlariga lentalar taqib,
oppoqqina ko'ylaklarini kiyib, bir gazeta gulni bag'riga bosib
bir chekkada Donoxon turibdilar!
 Xohladimga boryaptilarmi?  deb sekingina biqinidan
chimdib qo'ydim.
Nariroqda Oyshaxon ham yasan-tusanni joyiga qo'yib,
tayyorgarlik ko'ryaptilar.
 Qani, maktab tomon shagom-marsh!  dedim-da,
ikkovini oldimga solib ko'chaga chiqdim.
Hay-hay, bugun ko'chada chindan ham bayram bo'lyapti,
hamma yasangan-tusangan, qo'llarida gul, lablarida kulgi,
maktabga shoshishyapti. Maktab tomonda hamon gorn
yangraydi, childirma gumburlaydi:

Gumbura gum,
Gumbura gum,
Chal tezroq!
Mulla Hoshim
Ona tili
Hammasi ham
Besh bo'lar,
Besh bo'lar.

Maktab borar.
A lo o 'qish
Nivati, niyati.
Algebra,
Chal tezroq.
Chal tezroq,
Gumbura gum,
Gumbura gum!..

Maktab hovlisiga o'yinga tushib, muqomlar qilib kirib
bordim. Gornni Asad degan bola-yu childirmani Sulton yig'loqi
chalayotgan ekan. Shartta qoMidan oldimda, yengni shimarib,
barmoqlarimni ho'llab, childirma chalish mana bunaqa boMadi,
deb savalab ketdim.

Taqa turn-turn, tum taka tum,
Mar yon la mi kezib yurdim.
Yaxshi-yomon bar in ko 'rdim,
A 'lo o 'qivman deb ketdim.


Ana shunaqangi gaplarni xayolimdan o'tkazib, childirmani
zavq bilan urayotgan edim, kimdir orqamdan kelib bilagimdan
mahkam qisdi. Qarasam, Vohid Soliyevich ekan:
 Barakalla, childirmani yaxshi chalar ekansiz!
 Boplab tashlaymiz-da, domlajon!
 Chalavering, qattiqroq chaling!  deb Vohid Soliyevich
yana qayoqqadir ketdi. Aksiga yurib xuddi shu paytda qoilarim
charchab qolgan edi. Childirmani yonginamda ko'zni
moitillatib turgan Sulton yig4loqiga uzatdim-da, do4stlarim
bilan quchoqlashib ko'rishib ketdim. Maktab Hovlisiga birinketin
yettinchi sinfga bir amallab ko'chib olgan Zokirvoy,
kutubxona tashkil qildim, deb kerilib yurgan Orifboy, mendan
qo'rqqanidan doim oxirgi soatdan qochib ketadigan Hakimjon,
Mirobiddinxo'jalar kirib kela boshlashdi. Bolalar to4p-to4p
boMib gaplashishar, lagerlarda, sayohatlarda ko'rgan-bilganlarini
bir-biriga so'zlab maqtanishar, kulishar edi. Ikrom kemaga
tushib, daryoda suzibdi, Shoolim dadasi bilan cho'lda qovun
ekishgan ekan, bitta qovunni so4yishsa, ichidan tarvuzning urug'i
chiqib kelibdi.
 Yolg'on!  dedi Zokir ishonmay.
 Bas boylashaman,  dedi Shoolim gapiga hech kim
ishonmaganiga yig'lagudek bo lib.
Yettinchi sinfda o'qiydigan bir oyog4 i cho'loq Rafiq
shaharda Afrikadan kelgan negrlarni o4z ko'zi bilan ko4rib,
o'shalar bilan bitta stolda yonma-yon o4tirib ovqat yebdi.
Qorasi kiyimiga yuqarmikan, yo'qmikan, deb sinchiklab
qaragan ekan, ko'ylagining yoqasi oppoq emish. Bu yil biz
bilan o'qiydigan Shohida mening oyim ishlaydigan fermada
buzoq boqqan ekan, ferma mudiri: O'ninchinrbitirsang, seni
sigir sog4uvchi qilib olaman, rasmingni gazetada
chiqartiraman, deb va'da beribdi.
Xuddi shu paytda turnikka chiqa olmaydigan fizrugim z
Odiljon aka baland ovoz bilan, hamma bo4y-bo'yi bilan, sinfsinfi
bilan safga tizilsin, deb buyruq berib qoldi. Bir-birimizni
itarishib, turtishib, endigina safga tizilib bo4lgan edikki,
ichkaridan mening jonajon muallimlarim  Vohid Soliyevich,
algebra o4qituvchisi Qobilov, qadrdon direktorimiz Otajon
Azizovichlar birin-ketin chiqib kelishdi. Otajon Azizovich meni
ko4rsin, deb oyog'imning uchida turib shuncha bo4ynimni
cho'zaman, qani endi bir qiyo boqsa!
Direktorimiz o'quv yili boshlangani bilan bizni tabriklab,
hammamiz a'lo o'qishda, a'lo xulqli bo4lishda bir-birimizga
namuna bo'lishimiz kerakligi to'g'risida roppa-rosa 21 minut
gapirgandan keyin o'qimagan kishi u dunyoyu bu dunyo odam
bo'lmaydi, degan mazmunda ham yetti minutcha gapirib,
oxirida:
 To'g'rimi, Hoshim?  deb so'rab qo'ydi mendan.
 Juda to4g4ri,  dedim men ham shoshib-pishib.
 A'lo o'qish bu senga childirma chalish emas!  dedi bir
chekkada turgan Qobilov domla.
 Bu yil algebrani ham childirma qilib yuboraman,
domlajon,  dedim men ham gapdan qolmay.
Majlis tugab qiy-chuv, to4polon bilan sinf rahbarlarimiz
boshchiligida o4z sinfimizga qarab yo'l oldik. Mirobiddinxo'ja
bilan kelishib, deraza oldidagi partani tanladik. Nega desangiz,
bu yerdan ko'chadan o'tgan-ketganlarni bemalol ko'rib o'tirsa
bo4ladi. Joy-joyimizga o'tirishimiz bilan Vohid Soliyevich:
 Qani, galstuklarni bir to'g'rilab olinglar-chi! deb
buyurdi.
Galstuklarni tolg4rilab oldik.
 Abbosov, nega sen kir galstuk taqib kelding?  so'radi
muallim.
 Yangisini taqsam kir bo'lib qoladi-da,  hazilga olib
dedi Akrom.
Bolalar sharaqlab kulib yuborishdi. Muallim kulmadi.
Akromga qarab shunday bir tikildiki, bolalar kulgisi bo'g'zida
qotib qolgandek bo'ldi.
 O'quvchining intizomi galstukni qanday taqqaniga qarab
bilinadi. Tushunarlimi?
 Ertaga yangisini taqib kelaman,  sekingina dedi Akrom.
Xuddi shu paytda sinfning eshigi ovozsiz ochilib ostonada
Akromning bu yil birinchi sinfga kelgan singlisi Hojar
ko'rindi.
 Aka, mening familiyam nima boMadi?  deb so'radi u
qo'rqa-pisa. Bolalar yana kulmoqchi bo'lib chog4lanishdi-yu,
ammo muallimning haligi qarashi eslariga tushib ketdi shekilli,
hech birlari botina olmadi.
 Familiyang Abbosova boMadi,  tushuntirdi Akrom
singlisiga.
Shundan so'ng muallim yo'qlama bo'yicha o'quvchilar bilan
birma-bir tanisha boshladi. Oxirida o'zini ham tanitdi:
 Meni Vohid Soliyevich, deb chaqirasizlar!
 Xo'p boiadi, domla,  dedi Mirobiddinxo'ja!
 Domla degan so'z, bugundan e'tiboran ishlatilmasin! 
ta'kidladi Vohid Soliyevich,  kimki meni domla deb chaqirsa,
javob bermayman. Qani, sinfkom qilib kimni saylaymiz?
Bo'yim novcharoq bo'lgani uchun omadim kelib meni
saylab yuborisharmikan, degan yashirin bir umidda negadir
o'zimdan-o'zim ham xursand bo'lib, ham uyalib qizaribbo'zarib
o'tiribman. Bordiyu saylaymiz, deyishsa, shoshib qolib
yo'q, deb qo'ymay deb o'zimni xushyor tutishga tirishib turgan
edim:
 Hamroqulning o'zi b o i a qolsin!  deb qoldi kimdir
oradan. Shundan keyin butun sinf:
 Hamroqul bo'lsin!
 O'zi a'io o'qiydi.
 Intizomi ham yaxshi,  deb har tomondan chuvillab
yubordi. Bolalar chuvillashgan sari men o'zimdan-o'zim battar
uyalib, bo'ynimni ichimga tortaman deng.
 Tozalik komissiyasiga raislikka kimni ko'rsatamiz? 
so'radi Vohid Soliyevich. Hamma jim. Nazarimda kimni
saylasak ekan, deb har biri o'zicha o'ylayotganga o'xshaydi.
Shartta o'rnimdan turdim:
 Mirobiddinxo'jani saylaymiz. Qaranglar, bo'yoni ham
oppoq, kiyimlari ham yuvilgan, dazmollangan. Oyisi dazmol
bosishni bilmaydi, o'zi dazmollagan. To'g'rimi? Undan keyin.
bitta-yarimtalaringni tugmalaring uzilib ketsa, darrov qadab
ham beraveradi, do'ppisining ichiga doim igna qadab yuradi.
to'g'rimi?  shunday deb do'stiginamning do'ppisini olib, ich
tomonini o'quvchilarga qo'rsatgan edim. chindan ham qizagida
ikkita ko'rpa qaviydigan igna turgan ekan  bolalar kulib
yuborishdi. Hazil-hazil bilan Mirobiddinxo'ja tozalik komissiyasiga
rais bo'lib ko'tarildi.
Ana shundan keyin sinf rahbarimiz o'quvchilar bir-birlari
bilan musobaqalashib o'qishlari kerak, a'iochi o'quvchilar qoloq
o'quvchilarni musobaqaga chaqirsin, bir-biriga q o i i d an
kelgancha ko'maklashishsin, deb qoldi. Hamroqul birinchi
boMib Akromni musobaqaga chaqirdi. O'qituvchi:
 Ko'ndingmi?  deb so'ragan edi, Akrom o'rnidan turib
kafti bilan og'zini bekitdi-da:
 Im...  deb qo'ydi.
 Xo'pmi, yo'qmi?  yana so'radi muallim.
 Imm,  dedi yana Akrom. Xuddi shu paytda uning
ko'zlari olayib, lablari qiyshayib ketdi. Hammamiz qo'rqib
ketdik. Yonida o'tirgan bola:
 Vohid Soliyevich tomog'iga non tiqilib qoldi,  dedi
shoshilib. Keyin zarb bilan yelkasiga bir musht tushirgan edi,
yo'q, do'stimning tomoqqinasiga qurib ketmagur kolbasa
tiqilib qolgan ekan, og'zidan bir parcha go'sht uchib chiqdi.
Hamma kulib yubordi. Bu gai Vohid Soliyevich ham o'zini
tutib tura olmadi. Halidan buyon jiddiy turganini ko'rib,
rosa siqib suvimizni ichadigan sinf rahbariga uchrab qoldik
shekilli, deb hammamiz ham qo'rqib, yuragimizni hovuchlab
turgan edik. Kulganini ko'rib, o'zimizni sal erkinroq tuta
boshladik.
 Men u bilan musobaqa o'ynamayman,  dedi Akrom
sinfda g'ovur bosilgach.
 Nega o'ynamaysan?
 O'tgan yili varragimni olib, pulini bermagan.
 Hecham-da,  o'rnidan turib ketdi Hamroqul,  men
senga uning o'rniga avtoruchka bergan edim-ku!
 Avtoruchkang yozmas ekan, varragimni toMab qo'y.
Vohid Soliyevich shartta o'rnidan turib:
 Uyat emasmi!  dedi-da, ikkovini ham o'rniga o'tkazib
qo'ydi. Keyin musobaqa o'ynagan boshqa bolalarning familiyasini
daftariga yoza boshladi. Bir mahal navbat menga yetib qoldi-ku.
 Ro'ziyev kim musobaqaga chaqiradi?  so'radi muallim.
Hozir bolalar meni talashib qolishsa kerak, deb o'yladimu,
okzimdan-okzim xursand bo'lib ketdim. Ammo bir minut, ikki
minut... mana okn minut o'tdi hamki, hech kimdan sado
chiqmaydi. Shunaqa o'sal bo'ldimki, asti qo'yaverasiz.
O'tirishimni ham tikka turishimni ham bilmay, nuqul
barmoqlarimni g'ijimlayman deng.
 Nahotki, Ro'ziyevga hech kim do'stlarcha yordam
berishni istamasa,  hayron bo'ldi muallim. Shundan keyin
ham bittasi g'ing demasa-ya, qizarib-bo'zarib endi o'rnimga
o'tirayotgan edim:
 Men musobaqaga chaqiraman!  deb qoldi oldingi
partada o'tirgan Saddinisa. Avvaliga,  agar butunlay
ishonmadim, meni mazax qilyapti, deb o'yladim. Nega
desangiz. anovi kuni Saddinisa boshiga o 4 qo'yib daladan
qaytayotganida ariqning ichiga berkinib olib, it bo'lib vovillab,
panalab orqasidan quvib rosa o'takasini yorgan edim. Oksha
kuni Saddinisa dadangga aytib bir kaltaklatmasammi, degan
edi. Esidan chiqib ketdi shekilli, dadamga aytib kaltaklatmadi
Kaltaklatish o'rniga, bugun, hech kim meni mensimay, odam
qatoriga qo'shmay turgan bir paytda, hijolatdan qutqarib
jonimga ora kirib o'tirsa-ya, bunisi necha puldan tushdi endi,
Mullahoshim!
 Hazillashayotganing yo'qmi?  so'radim qo4rqa-pisa.
 Rost aytyapman,  menga emas, muallimga qarab dedi
Saddinisa.
Sal vaqt o'tmasdan qo'ng'iroq chalinib darslar ham
boshlanib ketdi. Dars boshlangandan keyin, o'zingiz ham
bilasizki, o'qituvchilar ishni darrov savol-javobdan boshlashadi.
O'sha kuni to'rtta fan kirdi. Lekin to'rtovida ham yangi dars
o'tilmay, nuqul o'tganlarni qaytarishdi, javob bermagan bola
qolmadi. Men kamtarlik qilib derazadan o4gan-ketganlarni
tomosha qilib, jimgina o'tiraverdim. Nega desangiz, o'tgan yili
safarda bo'lganim uchun hammasi esimdan chiqib ketgan ekan.
Geografiya muallimimiz menga ko4zi tushishi bilan:
 Iy-e, Hoshim sen ham shu yerdamisan?  deb negadir
kulimsirab qo'ydi.
Xullas, oltinchi B sinfida men yana o'qishlarimni boshlab
yubordim. Darsdan qaytayotganimizda Saddinisa yonimga
kelib:
 Hoshim aka, darsni biznikida tayyorlaymizmi yoki
sizlarnikiga boramizmi?  deb so'radi.
Bugun men yangi-yangi do'stlar orttirganim, hech qaysi
fandan ikki olmaganim, bironta ham o'qituvchim dakki
eshitmaganim uchun o'zimda yo'q xursand edim. Shuning
uchun ham:
 Yo'q, darsni ertaga tayyorlaymiz,  deb qo'ya qoldim.
 O'zingiz bilasiz. Lekin oyingiz anovi kuni biznikiga borib,
oyim bilan gaplashib o'tirganlarida yigiadilar...
 Nima deb yig'ladi?
 Hoshim meni kuydirgani-kuydirgan, deb yig'ladilar.
 Hechqisi yo'q, hozir borib bir kuldiraman, hammasi
esidan chiqib ketadi,  dedim-da, tezroq yurib ilgarilab ketdim.
Meni Akrom kutib turgan edi-da.