III b o b

SADDINISA

Endi bu qizning kimligini sizga aytib bersam, ko'zlari kattakatta,
yuzlari cho'ziqqina, sochini maydalab o'rib, uchiga
o'zimizning paxtadan jamalak qilib, orqasiga tashlab yuradi. O'zi
juda nozik, qattiqroq yo'talib yuborsangiz shabadasiga uchib
ketadigandek. Yegan ovqati aql bo'lib, to'ppa-to'g'ri miyasiga
boradimi, kallasi shunaqangi tez ishlaydiki, uning oldida hozir
yettinchi sinfda o'qiyotgan Orif ip esholmaydi. Arifmetikayu
geometriya deysizmi, rus tiliyu nemis tili deysizmi  hammasidan
besh. Faqat bo'lar-boMmasga uf tortib burnini jiyiraverishi menga
yoqmay qoldi. Uning tirishqoqligini aytib bersam, yoqangizni
ushlaysiz. Kun bo'yi tinim yolq  g'imir-g'imir. Mitti qo'llari
charchamaganiga hayronman. Buning ustiga haddan tashqari
yopishqoq, haligi, bahorda yomg'ir yoqqanda o'riklardan yelim
chiqadiku, xuddi ana o'shaning o'zi deysiz.
 Hoshim aka, qachon dais tayyorlaymiz?
 Hoshim aka, bugun o'ynagani bormaysiz,  deb bir
minut bo'lsin holi-jonimga qo'ymaydi.
 Ko'p qiynayverma, puchuq,  deb qo'yaman ba'zan.
 Nega unaqa deysiz?  xafa bo'lgandek so'raydi.
 Axir burning puchuq-da.
 Puchuq bo'lsa sizga nima,  deb Saddinisa arazlagan
kishi bo'lib ba'zan teskari o'girilib oladi
Shu paytda biz Saddinisalarning uyida oftobga qarab
tushgan torgina bir xonada dars tayyorlab o'tiribmiz. Hovlida
Saddinisaning bog'bon bobosidan boshqa hech kirn
ko'rinmaydi. Dadasi hisobchi bo'lib ishlaydi, hozir idorada.
chiq-chiq qilib cho't qoqib o'tipgan bo'lsa kerak. Oyisi
bog'chada tarbiyachi, u ham ishda hovli yuzida tuxumdan
qolgan tovuqlar timirskilanib yurishibdi. Tepaga baland qilib
ko'tarilgan tokning uzumi hali uzilmaganligi uchun zag'chalar
chag'-chag'lashib uzum talashishadi.
 Ey, Hoshim aka, muncha angrayasiz? jerkib berdi
Saddinisa.
 Qani angrayganim?
 Meni o'qitib qo'yib, o'zingiz butunlay boshqa tomonlarga
qarab o'tiribsiz... rus tilidan nechanchi mashqni bergan edi?
 Esimda yo'q.
 Uch yuzu ellik birinchi mashq. Bilib turibsizu, o'zingizni
bilmaganga solasiz-a, kundaligingizga yozib olgan edingiz-ku.
 Yozishga yozuvdimu, Nina Timofeevna shartini
tushuntirayotganda yaxshi anglamay qoluvdim,  deb o'zimni
oqlay boshladim. Saddinisa mening kitobimdan 351-mashqni
qanday bajarish kerakligini ruschalab dona-dona qilib o'qib
berdi.
 Endi tushundingizmi?  qoshlarini chimirib so'radi u.
 Yo4q, butunlay tushunmadim.
 Qani ayting-chi, rus tilida nechta rod bor?
 Oltita... yo'q, uchta.
 Qani, birma-bir ayting-chi?
 Mujskoy, jenskiy, sredniy.
 Qaysi so'zlar mujskoy rodga kiradi?
 Mujskiy so4zlar,  dedim shosha-pisha.
 Yo4q, qanday tovush bilan yakunlanishini so'rayapman.
 Jenskiy rodni aytaymi? Jenskiy rodning oxirgi tovushi a,
ya... Topd.immi?
 Topdingiz.
 Endi sredniy rodni aytib ko'ring-chi?
 Hozir... yolq, esimdan chiqib qolibdi.
 Pero qanaqa rod?
 Topdim,  sevinganimdan o'rnimdan turib ketayozdim,
 o, ye bilan tamom bo'lgan so'zlar sredniy rod bo'ladi. Pero,
pole, metro...
 Hoshim aka, hammasini bilar ekansiz-ku, xursand bo'lib
dedi mening kichkina muallimacham,  faqat o'zingiz
dangasasiz-da.
Mana shu maqtovlardan keyin o'zim ham jindakkina
taltayib ketdim-da:
 Puchuqvoy, biz ham chakana emasmiz!  deb o'rimdan
turib o'yinga tushib yubordim. Ana shundan so'ng mening
talabchan muallimacham qoshlarini chimirib kipriklarini
pirpiratib, 351-mashqning shartlarini tushuntira ketdi. Uch xil
roddagi so'zlar ishtirokida so'z birikmalari tuzishimiz kerak
ekan. Darrov daftarimning bir varag'ini qalam bilan uchga bo'-
lib, har bir bo'lak ustiga rodlarni yozib qo'ydimu, ikkovlashib,
ishga kirishib ketdik.
 Tovarish qanaqa rod?  deb so'raydi Saddinisa.
 Mujskiy rod-da, tovarish Saddixon,  deb qo'yaman.
 Yoniga bitta so'z qo'shingchi.
 Moy tovarish Akram xoroshiy,  dedim yana.
 Molodes, Hoshim aka,  yana maqtab yubordi
Saddinisa,  endi shu so'zlarni daftarga yozamiz.
Shunday qilib desangiz, birpasda bir varaq daftarni liq
to'ldirib tashlabmiz. Aqlim ko'payib, buning ustiga chidamli
ham bo'lib borayotganimdan Saddinisa o'zida yo'q xursand,
o'zimni esa asti qo'yaverasiz, har bitta so'zni yozib
bo'lganimdan so'ng qo'limni ko'ksimga qo'yib daftarimga
salom berib qo'yaman.
 Voybo'y,  dcdi bir mahal Saddinisa daftarimga ko'z
tashlab,  vij-vij xato-ku!
 Nimasi xato? Hammasi to'g'ri,  dedim jahlim chiqib.
 Zelyoniy so'zi e bilan yoziladi. Siz bo'lsangiz i bilan
zilyoniy deb yozibsiz.x Saddinisa daftarimni qo'liga olib,
xuddi Nina Timofeevnaga o'xshab qizil qalam bilan hamma
xatolarini ko'rsatib berdi. Narigi betga qayta boshdan yozishim
kerakligini aytdi. Gapni ko'paytirsam, Saddinisa sen bilan endi
dars tayyorlamayman, ezma ekansan, qani endi jo'nab qol,
deyishi mumkin edi. Shuning uchun ham aytganiga darrov
ko4na qoldim. Irodamni ishga solib, qiynalib, terlab-pishib bo'lsa
ham bir bet yozuvni qayta ko'chirib chiqdim. Umrim bino bo4lib
bir o'tirishda mana shunchalik ko4p xat yozmagan edim. Mana
shu bugun quyosh charaqlab yer-ko4kka mo4lu ko4l nur
sochayotgan bir pallada, Saddinisaning sichqonning hidi anqib
turgan torgina darsxonasida bu ishni bajardim.
 Saddinisa!  dedim boshimni ko'tarib,  hovlingni
supurishga yordamlashib yuboraymi?
 Nega endi, boshqa ishingiz yo'qmi?
 Senga yordamlashgim kelyapti-da,  dedim sekin hovliga
chiqib,  ochig'ini aytsam, senga biron yaxshilik qilgim kelyapti
Ammo Saddinisa juda qaysar qiz emasmi, o4z gapida turib
oldi. Hech ishga qo4l urdirgani qo4ymadi.
 Agar menga yaxshilik qilmoqchi bo'lsangiz,  dedi u
ingichka qoshlarini chimirib,  fizikani takrorlaymiz.
 Fizikadan topshiriq bergani yo4q-ku?
 A'iochi bo4laman desangiz, o4qituvchi topshiriq bermasa
ham o'tgan darslarni takrorlab borish kerak.
Boshqa birov shunday deganda ishonmagan bo'lardim.
Ammo Saddinisaning hamma gaplariga hech ikkilanmay
ishonadigan bo4lib qolganman. Shuning uchun ham darrov
fizika kitobini ochib:
 04tgan darsda Torozi temasini o'tganmiz,  dedim.
 Qani ayting-chi. torozi deb nimaga aytiladi? Esimdan
chiqib qolgan ekan, kitobdan o4qib berdim.
 Endi esingizda qolganini ayting,  qistab turib oldi
Saddinisa.
 Jismlarni tortish uchun ishlatiladigan asbob torozi
deyiladi.
 Torozi necha turli bo4ladi?
 Laboratoriyalarda analitik torozi, magazinlarda stol torozi
ishlatiladi,  dedim-da,  u yog4iga o4zimdan ham jinday
qo4shib qo4ydim,  chayqovchilar o4g4ri torozi ishlatishadi. .
Saddinisa kulib yubordi. Uning kulganini ilgari hech
eshitmagan ekanman. Ovozi juda tiniq, jaranglab chiqar ekan.
Yuzlarida kuldirgich ko4rinib, ko4zlari butunlay yumilib ketdi.
 Kitobda o4g4ri torozi haqida yozilmagan-ku?  dedi u
kula-kula.
 Kitobda yozilmagan bo4lsa, bizning kitobda yozilganda,
Saddinisaxonim...
Fizikaning ketidan ona tilini ham tayyorlab bo'lgach,
Saddinisa, bas endi, deb kitoblarni yig'ishtira boshladi.
 To4xta, yana birpas tayyorlaylik,  dedim qizishib.
 Dalaga o4t tergani boraman,  gapimga quloq solmay
dedi Saddinisa.
 Unda dalaga men ham boraman. Senga o4t terishib
boraman. Faqat yo4q dema, yo4q desang, ertaga dars
tayyorlagani kelmayman...
O'sha kuni quyosh charaqlab turgan bo4lsa-da, havo uncha
salqin ham, uncha issiq ham emas edi. Ariqlar bo4yidagi o'tlar
sarg4ayib qolgan, daraxtlarning bargi to4kilib oyoqlar ostida
shildiraydi, osmon shishaday tiniq olis-olislarda qushlar to4pto'p
bo'lib uchib, oppoq bulutlarni cho'qilab o'ynashadi. Suvi
ozayib qolgan anhor bo4ylab dalaga boryapmiz, anhorning suvi
shunaqangi tiniq, shunaqangi musaffoki, ostidagi qumlar, shisha
siniqlari, yaltiroq toshlar bemalol ko4rinib turibdi.
 Saddinisa, ke, quvlashamiz!  dedim shu paytda negadir
zavqim oshib...
Ertasiga oyim kundaligimdagi ikki to4rt bahoni ko4rib
sekingina peshonamdan o4pdi-da:
 Dadasi, Hoshimjonga shim-kostyum olib bersangiz
bo4larkan, qarang, shimi titilib ketibdi, bolam bechoraning, 
deb qo4ydi.
Shunday qilib, men ham nihoyat yaxshi o4quvchilar qatoriga
qo4shila boshlagan edimu, ammo... qurib ketmagur mana shu
ammo tufayli doim ishlarim chappasiga aylanib ketaveradi...
ammo bir voqea bo4ldi-yu... ha, mayli, qolganini ertaga aytib
berarman.