IV b o b

AKROM BO'RI USHLABDI

JPapkamni yelkamga osib, Saddinisalarnikiga dars
tayyorlagani ketayottan edim. To4yib qatiqli go4ja osh ichganim
uchun kayfim chog4, ona tilidan o'tgan kishilik olmoshlarini
o'zimcha kuyga solib, men, sen, u; biz, siz, ular, deb ashula
qilib borayotgan edim, chorrahada yigirma chog'li bola
to'planganini ko4rib qoldim. Bolalar kimnidir o'rtaga olib, birbirlariga
gal bermay, nima to4g4risidadir chug4urlashib yotishibdi.
Borib qarasam, o4rtaga olganlari Akrom ekan. Bechoraning ham
oyog4i qon, ko4ylaklari uzilib ketgan, kiyim-boshi jiqqa hol.
Simyog4ochga tizza barobar keladigan, tumshuqlari uzun,
oriqqina bir kuchuk bolani bog'lab ko4yishibti.
 Kuchuk kimniki?  so4radim Zokirdan.
 Iye, sherik, senmisan?  dedi u negadir sevinib,  bu
kuchuk emas, bo'rining bolasi.
 Yo4g4-e.
 Rost, katta odamlar ham ko4rib hayron qolishyapti.
 Kim ushlabdi uni?
 Akrom ushlabdi.
 Yo4g4-e,  dedim yana ishonmay.
 Nega ishonmaysan, bir soatcha bo4pti ushlaganiga.
 Tezroq gapirsang-chi, qanaqa qilib ushlading o4zi? deb
so4rab qoldi shu paytda yettinchi sinfda o4qiydigan bir ko'zi
g4ilay Olim. Akrom ikki qo4lini biqiniga qo4yib to'planganlarga
bir-bir qarab chiqdi-da:
 Maktabdan qaytib kelsam,  deya shoshmasdan gap
boshladi,  oyim, jon o4g4lim, dashtga borib piyozga suv tuzab
kelgin, yakshanba kuni yulamiz, yo4q demagin, bir do4ppi
yong4oq beraman,  deb qoldi. Mayli, deb ketmonni ko'tarib
dashtga jo4nadim. Borib anhordan endi suv ochaman deb
engashganimni bilaman, changalzor bilinar-bilinmas
shitirlagandek bo4ldi. Boshimni  desam, mana shu
maxluq belimga tashlanib qolsa bo4ladimi.
 Juda bo4ladi-da,  deb qo4ydi Olim.
 Sen gapga aralashmay turgin-da, adashib ketaman, 
jerkib berdi Akrom,  tashlandi-yu, remenim aralash orqamni
tishlagandek bo4ldi... mana ko4ringlar, belimdagi tishning
izini...
Akrom so4zlashdan to'xtab ko4ylagini ko'tardi. Chindan
ham belining pastrog'idan qon tomchilab sizib turardi. Buni
ko'rib bir xil bolalar hangu mang bo4lib qolishdi. Bir xillari
xuddi bo'riga yolg'iz o4zi duch kelib qolgandek, qo4rqib, birikki
odim orqaga tisarilib ham olishdi. Akrom maqtanchoqlik
bilan so'zida davom etdi:
 Olim, qani ayt-chi, sen bo'lganingda shu payt nima qilar
eding?
 Menmi, men,  deb duduqlanib qoldi Olim.
 Ana, sen ikkilanyapsan, men bo4lsam, hech ikkilanmay,
o'zimni anhorga tashladim. Bo4ri og4ziga, qulog4iga suv kirib,
qochmoqchi boMgan edi, orqa oyog4idan tortib yiqitdim...
bilasizlar-ku, ulardek itbozman. Uydagi itlarim bilan suvda
olishaverib usta b o i i b ketganman... Yiqitdimu, kallasini suvga
tiqib, turaverdim. Oyoqlari bilan tepinib, mana ko4ringlar
ko4kraklarimni qonatib .yubordi. O'shanda ham bo'sh
kelmadim. Oxiri xushidan keta Jboshlagan edi, shartta mana bu
qopga soldim-da, Cho'tivoy akaning uyiga qarab yugurdim.
Cho'tivoy aka avvaliga:
 Qo'yib yubor, onasi hammamizni g'ajib tashlaydi!  deb
turib oldi.
 Yo4q g4ajimaydi,  deb men ham turib oldim.
Oxiri qopdan chiqarib, og4ziga mana shu sim to'rni tutib,
endi tezroq jo'nab qol bu yerdan, dedi. Hozir o4sha yoqdan
kelyapman.
Akrom so'zlashdan to'xtab, to4planganlarga birma-bir
qarab chiqdi. Ochig'ini aytsam, Akrom anovi kuni chaqimchilik
qilgani uchun uni jinimdan battar yomon ko4rib qolgan edim.
Darsdan kech qolib bildirmasdan sinfga kirib o4rnimga
o4tirayotgan edim, Akrom:
 Vohid Soliyevich, domla pochchani qarang!  deb
chaqimchilik qildi. Eng orqadagi partada arifmetikadan berilgan
uy vazifalarini tekshirayotgan sinf rahbarimiz boshini ko4tarib:
 Domla pochchang kim?  deb so4radi.
 Kim bo'lardi, Hoshim-da.
 Hoshimjon, nega kechga qoldingiz?  so4radi Vohid
Soliyevich.
 Suv ichgani o4tuvdim,  deb bahona qildim.
 Nega ruxsatsiz kirdingiz?
 Sizni butunlay ko'rmay qolibman,  deb yana bahona
qildim. Bahona qilib, jazodan qutuldimu, ammo chaqimchilik
qilgani uchun va meni domla pochcha deb chaqirib jig'imga
tekkani uchun Akromni jinimdan battar yomon ko'rib qoldim.
Tanaffusda hisob-kitobni to4g4rilab olmoqchi edim, yonginamda
turgan Saddinisa:
 Qo'ying, direktor eshitib qolsa, beshinchi sinfga tushirib
yuboradi,  deb qo'limdan tortib koridorga olib chiqib ketdi.
Shu paytda bir o4zi bo4rining bolasi bilan yakkama-yakka
olishgan bu bolani, ishonsangiz, jonu dilimdan yaxshi ko4rib
qoldim. Yugurib borib peshonasidan o4pib olmoqchi ham -
dimu, ammo yoniga o4tishning hech iloji bo'lmadi...
Shunday qilib, Akrom so4zlashdan to'xtab, ko4rdilaringmi,
men qanaqa bola ekanman, degandek atrofga alanglay boshladi.
Qo'rqmadingmi-a?so'radi Zokir ko'zlarini katta-katta ochib.
 Nimasidan qo'rqadi uni,  bo'ri bolasini mensimagandek
qo'l siltab qo'ydi Akrom,  men katta bo'rini aldab
ketganmanu, bu nima bo'pti uning oldida...
 Hecham-da, katta bo'rini aldab bo'larkanmi,  dedi
Zokir Akromni ko'proq gapga solish, vahimali gaplardan yana
ham ko'proq eshitish maqsadida.
 Aldaganman, ishonmasang, ana, Olimdan so'ra.
To4gkrimi, Olim?
 To4g4ri, o'tgan yili qishda aldagan...
 Qanaqa qilib aldading-a?  sal orqasiga tisarilib so4radi
Zokir. Shu paytda har qanday ishning bahridan o4tib Akrornning
hikoyasini tinglashga, gapning ochig4i, mening o'zim ham
tayyor edim. Akrom ham tarang qilib o4tirmadi-da, ko4k bo4rini
qanday qilib aldab ketganini gapira boshladi.
 Mayli, aytsam-ayta qolay... Piyozga suvni ochib qo4yganman.
04zi qonib ichaveradi... 04zlaring bilasizlar, biz soyning
bo4yida turamiz. atrofimizda qo4ni-qo'shnilar yo'q... Bir kuni
kechasi xolamnikidan qaytayotgan edim. Xolam o'sha kuni qo'y
so4yib kallasho4rva qilgan edi. Murch sepilgan kalla go4shtiga
rosa to4yib. adam bilan oyimga ham picha olib qaytayotgan
edim. Atrof qop-qorong4i. Buning ustiga siyrak tuman ham
tushgan. Qo'limda fonus, g4ing*illab ashula aytib kelyapman.
Bir mahal yigirma metrcha oldinda bir narsa cho4nqayib menga
qattiq tikilib turganini ko'rib qoldim, ko4zlari cho4g4dek
yonyapti, tumshuqlari uzun, kalta quloqlari chimirilgan...
Bo4ri deb o4yladimu, yuragim shig4 etib ketdi. Nima qilish
kerak? Olim. qani aytchi, o4shanda sen bo4lganingda nima qilgan
bo4lar eding?
 Men, men...  duduqlanib qoldi Olim.
 Ana, sen allaqachon qo4rqib ketding... men bo4lsam,
o'zimni yo4qotmadim. Chunki, qoiida chirog4i bor odamga
bo'ri yaqinlay olmaydi. Dodlaganim bilan baribir befoyda.
Atrofda hech kim yo4q. Oldinga qarab yurishga yuragim dov
bermadi. Ikki ko4zim bo'rida-yu, orqam bilan yurib, sekinasta
tisarila boshladim.
Ammo, bo'rining ham rosa ochiga uchragan ekanman,
yursam yuradi, to4xtasam to4xtab tishlarini mana bunday qilib
takillatadi... Tisarilib-tisarilib, bir yo4lni kesib o4tgan ariqqa
borib qolibman, orqam bilan yiqilishimga oz qoldi. Ariqqa
tushdim-da, fonusni uning chetiga o4rnatib yoniga boshimdagi
charm telpagimni ham qo4ydim. Sekin mo'ralab qarasam
bo4rining ikki ko4zi telpak bilan fonusda. Seni aldab ketmasam,
Akrom otimni boshqa qo'yaman, dedim-da, sekin ariqning
ichidan emaklab jo'nab qoldim. Uyga borsam, dadam bilan
oyim menga ilhaq bo'lib, uxlay olmay o4tirishgan ekan. Bo4lgan
voqeani aytgan edim, dadam ichkari uydan qo4shotarni olib
chiqdi-da:
 Qani, yur-chi!  deb qoldi. Oyimning dod-voyiga ham
qaramay, men kelgan ariqning ichi bilan panalab borgan edik,
bo4ri yo4q, fonus ham o4chib, ag4anab yotibdi. Telpagimning
ustki qismi qora xromdan edi. Bo'ri tishlari bilan titkilab
tashlabdi. Nazarimda aldangani uchun o4chini telpakdan
olganga o4xshaydi.
Akrom so'zlashdan to'xtab, yana kimda savol bor degandek,
to'planganlarning og'zini poylay boshladi. Ammo bu gai unga
hech kim savol bermadi. Nega desangiz, hammaning diqqati
bo'rining bolasida boMib qolgan edi. U bo'lsa, arqonni uzish
uchun bor kuchi bilan intilar, og'zidan ko'piklar oqizib, boshini
yerga urar, tishlarini ko4rsatib, irillar edi.
 Kontsert tamom... bo'richam sizlardan begonasirayapti,
 dedi-da, borib bo'rining bolasini yechib, uyiga jo'nab qoldi.
To4rt-besh bola orqasidan ergashgan edi, ularni urishib berdi:
 Agar bittang orqamdan ergashadigan bo'lsang, bo4rini qo'yib
yuboraman!  deb qo'rqitib ham qo'ydi. Men bo'lsam, xuddi
sehrlangandek, uning orqasidan izma-iz boraverdim.  Sen
nega kelyapsan, domla pochcha?  so'radi Akrom yurishdan
to'xtab. Yo mushtlashmoqchimisan-a?
 Bo4rini yenggan bola bilan mushtlashib boMarmikan, 
deb e'tiroz bildirdim,  bari bir sen zo'rsanda.
 Yo4q, menga qara, ke, bir kuch sinashib ko'raylik.
Yettinchi sinfning bolalari Hoshim balo, unga yaqinlasha
ko'rma, ta'ziringni beribqo'yadi, deyishadi. O'zimizningbolalar
boMsa sen Hoshimdan zo'rsan, deyishadi. Ke, bir kuch
sinashaylik.
 Hech ko'nglim bo4lmayapti-da.
 Nega endi?
Nega desang, men seni hozir jon-dilimdan yaxshi ko'rib
qoldim. O'zing ayt-chi, qanday qilib men iyagingga mushtlay
olaman.
 Bo4lmasa, kurash tusha qolaylik,  taklif qildi Akrom.
 Bu boshqa gap,  deb men ham darrov ko'na qoldim.
Xuddi shu paytda biz Akromlarning soy bo'yidagi bog'iga
yetib qolgan edik. Hovliga kirib, urinaverganidan og'zidan
oppoq ko'piklar oqayotgan bo4ri bolasini o'rikka bog'ladikda,
kurashga tushib ketdik. Kurashga tushayotganimizda bo'rini
yenggan shu bolaga yiqilib berib, bir xursand qilay, degan
niyatim bor edi. Ammo, qizishib ketib, yerga chalpak qilib
urganimni o'zim ham bilmay qolibman.
 Darrov yiqitmagin-da,  deb qo'ydi Akrom o'rnidan
turayotib.
 Boshqatdan tushamizmi?
 Bo'lmasam-chi.
Yana olisha boshladik. Akrom belimni buka olmagach, asta
qo4lini oldi-da:
 Bo4ri bilan olishaverib, kuchim tamom bo'lib qolganga
o'xshaydi,  deb qo4ydi,  sen bilan ertaga kurash tushaman.
