III bob

BAXTIM KULIB BOQQAN EDI

Qayoqqa borishni, nima qilishni bilmas edim. Boshim
qotgan, o'ylab o'yimga yetolmayman. Ammo bir jihatdan
ko'nglim shod  ovqat tekin, poyezdu avtobuslar tekin,
qadrdon qalpoqcham boshimda. Zeriksam, u bilan suhbat
quraman.
 Qalpoqcham, qayerlarga kelib qoldik?  deb so'rayman.
 O'zim ham bilmayman, Hoshimjon,  deydi qalpoqcham.
 Rostini ayt, mendan agronom chiqarmikin-a?
 Chiqadi. Albatta, chiqadi.
 Axir mening diplomim yo'q-ku?  deyman ko'nglim
o'ksib.
 O'kinma,  deydi qalpoqcham,  qo'lingni
cho'ntagingga sol  diplom tayyor.
Qo'limni cho'ntagimga solgan edim, chindan ham ko'k jildli,
ichkarisiga har xil yozuvlar yozilib, dumaloq muhr bosilgan
diplom chiqib qoldi.
 Qalpoqcham, axir mening bo'yim juda past-ku,  deyman
yana ikkilanib,  hech kim meni katta odam deb o'ylamaydiku?
 Xafa bo'lma, kerak bo'lganda bo'y ham qo'shib
beraman.
Yo'l yurdim, yo'l yursam ham mo'l yurdim, bir mahal
mundoq qarasam sahroyu biyobonga kelib qolibman. Bir
tomoni poyoni yo'q cho4l. Qarasang, ko'zing jimirlab ketadi.
Yantog4u sho'radan boshqa hech narsa ko'rinmaydi. Ahyonahyonda
menga o'xshab qayoqqa borishini bilmay garang boMib
uchib yurgan qushlar to'dasigami, dumi uzun yumronqoziq yoki
ko'zini lo'q qilib turgan kaltakesakkami duch kelib qolasan.
Ikki marta ilonlar galasiga ham uchrab qoldim. Yegani ovqat
topolmay bir-birining dumini so'rib yotgan ekan, meni ko'rishi
bilan sevinib shunaqangi quvlashga tushib ketishdiki, agar
boshimga qalpoqchamni kiyib olmaganimda, kim biladi, holim
ne kechar edi...
Bir oz yurgach, bog'-rog'lar yashnab yotgan joyga kelib
qolibman. Tavakkal qilib daraxtzorlar orasidan yurib boraverdim.
Goh olmazor, goh shaftolizor, goh tokzorlar orasidan o4tib
borardim. Bir tomonda g4o4zalar ham yashnab yotibdi. Dadamga
o4xshagan odamlar tepasiga brezentdan soyabon o'matilgan
universallarga minib olib ishlov berishmoqda. Katta sement
ariqdan shundoqqina o'tishim bilan g'alati bir manzaraga ko4zim
tushib. rostini aytsam, hangu mang bo4lib qoldim. Yuz gektarcha
keladigan katta maydon mayda-mayda bo'laklarga bo4lib
tashlangan, har bir bo'lakchada uchtadan-to4rttadan bo4lib o'zim
tengi, o4zimdan sal kattaroq bolalar, Oyshaxon singlimga
o'xshash qo4ng4ir sochli qizchalar terlab-pishib ishlashib yotibdi.
 Hoy bola, horma!  dedim g4o4zaning ichidan o4t yulib
yurgan bir bolaning yoniga borib.
 Ishingni qil,  dedi u boshini ko'tarmay.
 - Horma, deyapman.
 Ishingni qil deyapman,  shunday deb notanish bola
sekin boshini ko4tardi. Kotardi-yu, uyalganidan bo4lsa kerak
sholg4omdek qizarib ketdi.
 Kechirasiz,  dedi peshanasidagi terini artib, men sizni
o'zimizning Shavkat deb o4ylabman.
 Kechirasiz,  dedim men ham hurmatini joyiga qo4yib,
 bu qaysi mamlakat?
 Nima?
 Qaysi mamlakat deyapman?
 Mamlakat emas, Mirzacho4l.
 E, ana vi gazetadagi Mirzacho4l shu yerlarmi?
 Gazetadagi emas, Mirzacho'ldagi Mirzacho'l, 
tushuntirdi notanish bola.
 Bu yerda nima qilyapsizlar?
 O't yulyapmiz.
 Bu g'o'zalar kimniki o4zi?
 Bizniki.
 Nega endi sizniki bolarkan?
 Ana shu, ko4rib turganingiz uch gektar yerdagi g4o4zani
oltovimiz ekkanmiz.  zimiz parvarishlayapmiz, hosilini ham
mashinada o4zimiz yig'ishtirib olmoqchimiz.
 Sizlarga agronom kerak emasmi?
 Yo'q,  dedi bola boshini chayqab,  biz o4zi boMajak
agronomlarmiz...
Gapni cho'zib o'tirmasdan narigi kartalarga o'tib ketdim.
Mendan ko'ra sal novcharoq boigan ikkita bola qovun chopiq
qilish bilan ovora.
 Nima qilyapsizlar?  so'radim jo'rttaga nima
qilayotganlarini ko'rib turgan bo'lsam ham.
 Ikkinchi chopiq qilyapmiz,  degan mujmalroq javob
oldim. Bolalar juda shoshib ishlashardi. Yo bir-birlari bilan kim
ko'p ishlashga musobaqa o'ynashgan yoki o'zlari shunaqangi
chaqqon ishlashga o'rganib qolishgan boMsa kerak deb
o'yladim. Rostini aytsam, shu paytda mening ham ana shu
bolalar bilan egatlarga yonma-yon tushib olib, musobaqalashib,
ketmon chopgim kelib ketdi. Lekin o'zimni bosib. jiddiy bir
ohangda:
 Sizlarga agronom kerak emasmi?  deb so'radim.
 Yocq, kerak emas.
 Nega endi kerak boMmas ekan? Ehtimol, kerakdir?
 Bizning o'zimiz agronommiz.
Shundan keyin kun botguncha ishlayotganlarni gapga solib,
suhbatlashib, mayda kartalarni aylanib, tomosha qilib
yuraverdim. Okziyam tomosha qilsang arzigulik joylar ekan,
cho'lni yashnatib yuborishibdi. Bu kartada hali aytganimdek
paxta, boshqasida hali aytganimdek qovun-tarvuz, nariroqda
piyoz, beriroqda karam! Ayniqsa, bu atrofdagi mevalarni
aytmaysizmi. Luchchak shaftolilarga maza kiray deb qolibdi,
olma daraxtlari hosilni ko'p qilganidan biron ayb ish qilib
qo'ygandek boshlarini egib turibdi. Uzumning o'zidan, xoh
ishoning, xoh ishonmang, roppa-rosa yigirma ikki xilini
sanasama.
Tovuqlarga don berib yurgan, hadeb tuxum yeyaverganidan
bo'lsa kerak oshqovoqdek semirib ketgan sariq sochli, bir
qizdan:
 Bu tovuqlar kimniki?  deb so'radim.
 Bizniki,  dedi qiz hozirgina archilgan kattagina tuxumni
og4ziga solib.
 Tuxumni kimga berasan?
 O'quvchilarga.
 Uy vazifalarini bajarmaganlarga ham beriladimi?
 Unaqalar bizda yo4q.
 Bordi-yu, bitta-yarimta topilib qolsa-chi?
 Bor, ishingni qil,  dedi sariq sochli qiz yana bitta tuxumni
og'ziga solib,  tovuqlarimni xurkitib yuboryapsan.
 Menga qara,  dedim bir oz yumshab,  sizlarga
zootexnik kerak emasmi?
 Zootexnikni nima qilamiz?
 Ish o4rgatadi-da.
 Unaqasidan o4zimizda ham to4lib yotibdi...
Sal nari borgan edim, atrofi yog'och taxta bilan o4ralgan katta
qo4rg4onga ko'zim tushib qoldi. Darvoza tepasiga Krupskaya
nomli maktab-intemat fermasi deb yozib qo'yishibdi. Ha-ha,
bu maktabning hali fermasi ham bor ekan-da, deb o4yladimu,
sekin ichkari kirib bordim. Rostini aytsam, ferma uncha katta
ham, uncha kichik ham emas ekan: sakkizta sigir, o4n to'rtta
cho4chqa, uchta qo4tir echki  bor-yo4g4i shu.
 Qo4ylaring ham bormi?  so4radim mollarning tagini
tozalab yurgan past bo4yli, peshonasi do4ng bir boladan.
 Qo'ylar cho'lda...  dedi bola menga qarab angrayib.
 Quyonlar-chi?
 Quyon fermamiz katta bog4ning ichida turadi.
 Echkilaring bor-yo4g4i uchtami?
 Muncha ezma ekansan, aytdim-ku, echkilar ham
qo4ylarning yonida deb.
 Shunaqa demaysanmi,  dedim sal past kelib.  Men
boisam boshqalari kasal tegib o4lib ketganmi deb o4ylabman.
Buzoqlaring ko4rinmaydi?
Peshonasi do4ng bola toza jonimga tegding-ku, degandek
qo4lini siltab, paqir bilan supurgini ko'targancha, hiyol
oqsoqlanib cho4chqaxonaga o4tib ketdi. O'sha yerdan turib,
negadir tilini uzun chiqarib meni masxara ham qilib qo'ydi.
 Tort tilingni, hozir borib sug4urib olaman!  dedim
mushtimni ko'rsatib.
 Meni-ya!
 Ha, seni.
 Urishgandan ko4ra kelib ishga qarashsang bo'lmaydimi!
 dedi bola iljayib. Ishga tushsam tushay deb ustimdagi yangi
kuylagimni shartta yechdim-da:
 Qani, ishingni ko4rsataver,  deb qo'ydim.
 Menga qara, tag4in sen mehmon bo4lmagin?
 Qiziqib qoldi u.
 Mehmonman-da.
 Iye, shunday demaysanmi? Qani, tanishib qo'yaylik.
mening otim Hayitvoy, yettinchi sinfda o4qiyman.
 Mening otim Hoshimboy,  deb qoMimni cho'zdim, 
oltinchi sinfning a'lochi o4quvchilaridan boiaman. Sizlar o4zi
kimlarsizlar, o4quvchimi, koixozchimi, xech tushunolmay
qoldim-ku?
 Bizmi, biz xu anavi ikki qavatli bino bor-ku, o4sha yerda
o4qiymiz, darsdan bo4sh vaqtimizda ko4rib turganingdek
ishlaymiz, kasb o4rganamiz. Bizchi, Hoshimboy, o4zimizni
o4zimiz boqamiz, o4zimizni o4zimiz kiyintiramiz...
 Rostdan-a?!  dedim hech ishongim kelmay.
 Rost,  Hayitvoy ishonchsizlik bildirgamm uchun bir oz
xafa bo4ldi,  hali sen ko'rganing yo4q, o4ttiz gektar yerda mevazor
bog4imiz bor, shirin hosilga kirgan. Yarmini yeymiz, yarmini
bozorga chiqarib sotamiz. Go4sht ham, sut ham o'zimizda yetarli.
 Sigirlarni kim sog4ib beradi?
 Kim sog4ardi, o4ninchi sinfning qizlari-da.
 Meva-chevalarni ham o4shalar sotib beradimi?
 Bo4lmasam-chi?  dedi Hayitvoy maqtanib, 
direktorimiz Xursanali Sharafiddinovich bu qizlardan ajoyib
sotuvchilar yetishib chiqadi, deydi. Mayli, rastrata qilsalar ham
ishlashaversin, bora-bora o'rganib ketishadi, deydi. Tunov kuni,
bilasanmi, nima bo4ldi? Tekshiruvchilar borganda, haligi
budkada sut-qatiq sotib o'tiradigan Sanobar opam bor-ku?
 Qaysi?  so4rab qo4ydim.
 Hali o'ninchi b da o4qiydigan bor-ku o'sha oq xalat
kiymasdan savdo qilayotgan ekan, qoMga tushib qolibdi.
Tartibni buzgani uchun rosa muhokama qilib vigovor berishdi.
Undan keyin desang, o4n besh so4m shtraf qilishdi.
 Shtraf pulini qayerdan oladi?
 Qayerdan olardi, brigadaning fondidan oladi-da, hali
aytdim-ku, mahsulotlarimizdan kelgan foydani kassaga
qo4yamiz deb. Kassadagi pul yig4ilaveradi, yig4ilaveradi, keyin
o4ninchini bitirib butunlay ketayotganimizda har kim o4ziga
tegishli pulni olib ketadi.
 Rost aytyapsanmi?  dedim yana ishongim kelmay.
 Rost. O'tgan yili maktabimizni ellik kishi bitiruvdi, bitirish
kechasi Xursanali Sharafiddinovich har biriga ming so4mdan
pul to'lashdi, biz rosa qarsak chaldik. Sizlarning
maktablaringizda ham shunaqami?
Rostini aytsam, nima deyishimni bilmay, jo4rttaga
nariroqdagi sigirlarni tomosha qilayotgandek angrayib
turaverdim. Bizning maktabimizda, yashirib nima qilaman, bu
yerda ko4rganlarimning mingdan biri ham yo4q. Rost, tirik
burchakda ikkita oriq quyon bor edi, lekin uning ham bittasi
ochidan o4lib qolgan. Undan keyin maktabimizning orqasida
kattagina mevazor bog4 ham bor, lekin bu daraxtlar meva
qiladimi-yo4qmi, hozir o4ylay-o4ylay hech xotirlay olmadim.
Shunday bo4lsa ham maktabimizning sha'nini hecham yerga
urgim kelmasdi.
 Nima deding?  dedim maqtanishga chog4lanib.
 Sizlarda ham shunaqalar bormi deyapman?
 Sizlarnikidan yuz marta yaxshisi bor.
 Quyon ferma laringiz ham bormi?
 Bor. Xatto bizda sher, arslonlargacha bor...
 O'h-ho4,  dedi Hayitvoy qo4rqqanidan ko'zlari olakula
bo4lib,  yeb qo4ymaydimi?
 Biz ularni ternir qafaslarga solib, ustidan kattaligi sening
kallangdek keladigan qulflar solib qo4yganmiz...
 Sizlarda haligi eshik rom yasaydigan ustaxonalar ham
bormi?
 Oh-ho4, bizning ustaxonani bir ko4rsang,  deb qo4ydim.
Shunday deymanu, lekin maktabimizning ustaxonasi qayerda
ekanligini o4zim ham bilmayman.
 Haligi kiyim-bosh-tikadigantartel-chi?  deb*so'rashda
davom etdi Hayitvoy.
 Bor. Hammasi bor. Mana shu ustimdagi ko4ylak ham
o4sha yerda tikilgan. Oyog4imdagi tuflini Shokir degan bitta
og'aynim tikib bergan.
 Bizda harn ustaxonaning har xilidan bor,  dedi Hayitvoy
bir oz shashtidan tushib,  hozir olib borib ko'rsatardimu,
lekin ishlarim qolib ketadi-da.
Men uning ishlariga ko'maklashadigan bo4ldim. Ko4z yumibochguncha
avval molxonani, so'ngra cho4chqaxonani yog4 tomsa
yalagudek qilib tozalab tashladik. Go'ng bilan chiqindilarni men
katta chelakka solib turdim. Hayitvoy tashqariga bo4zchining
mokisidek qatnab turdi. Bir nafasda hammayoq, hali
aytganimdek yog4 tomsa yalagudek boidi-qoldi.
 Do4stim Hayitvoy,  dedim ishlar tugagach,  sizlarga
mol doktori kerak emasmi?
 Do4stim Hoshimboy, javob qaytardi sherigim, mana
shu fermadagi sakkiz bola hammamiz mol doktori bo'lamiz..
Hayitvoy bilan o'rtoq bo'lib qoldik. 04ziyam ko4ngli ochiq,
xushchaqchaq, menga o4xshab qiziqchiroq bola ekan. Avvaliga
rosa maqtanchoq bo4lsa kerak deb o'ylagan edim. Yo4q
unchalik maqtanchoq ham emas ekan. Aytganidek maktabning
ustaxonasi ko'rsang ko4rgudek, tomosha qilsang tomosha
qilgudek joy ekan. Qizlar mening oyimnikiga o4xshash tepki
mashinada chok tikishayotgan xonaga kirib o4n minut chamasi
angrayib turdim. Qasam ich desangiz, qasam ichib aytamanki,
bunaqangi ustaxona dunyoda hech bir maktabda bo'lmasa
kerak. Quyonlarning terisidan jajji qizlar uchun popukli
qalpoqchalar, oq batistdan o'quvchi qizlar kiyadigan fartuk
deysizmi, paxta teriladigan kanop etaklar deysizmi, xullas,
dunyodagi yo4q kiyimlar mana shu yerda tikilar ekan. Biram
bejirim, biram chiroyli tikishyaptiki! Hay-hay, nozik qo4lchalarning
chiroyli harakatlarini aytmaysizmi, oyoqchalarning bir
me'yorda ishlashini qarang-a! 04zlari kichkina-kichkina qizlar,
oyoqlari tepkiga zo4rg4a yetyapti-yu, katta xotinlardek kerilib
o4tirishadi-ya, obbo jin sochlar-ey! Zavqim oshganidan yoniga
borib bittasining biqinidan sekin chimdigan edim, qo'limga bir
tushirdi.
 Bular ham sotiladimi?  deb so4radim Hayitvoydan.
 Sotiladi, hammasi sotiladi,  tushuntirishda davom etdi u.
 Menga qara, ana u qalpoqchalardan esdalik uchun menga
ikkita berolmaysanmi?
 Nima qilasan bularni?
 Ikkita singlim bor, o'shalarga sovg'a qilib olib
bormoqchiman.
 Yo4q, berolmayman.
 Berasan, keyin qo'limga pul tushganda kelib to'lab
ketaman.
 Berolmayman!  dedi Xayitvoy bir oz jahli chiqib.
 Berasan,  shunday dedim-da, stol ustida turgan chiroyli
qalpoqchalardan ikkitasini olib qo'ltiqqa urdim. Hayitvoy
qoMimga yopishgan edi, bilmasdan qattiqroq itarib yuborgan
ekanman, bechora ikki-uch dumalab ketsa boMdimi. Chok
tikayotgan qizlar bizni kuzatib turishgan ekan, ularni sutqatiqlar
bilan ta'minlab, nonushtalariga qaymoqlar yetkazib
berayotgan ukajonlarini ranjitganim uchun mendan o'ch
olmoqchi bo'lib 28 qiz baravariga o'rnidan turdi: birining
qoMida pichoq, birining qo4lida qaychi, birisi qizib turgan
dazmolini ushlab olgan, hammalari menga tashlanib qolishdi.
Qarasam, ishning keti xunuk bo4ladigan. Qochmagan nomard,
dedimda, o'zimni eshikka urdim... Yo4q, Mullahoshimboy
kechikkan ekanlar, eshikni allaqachon berkitishga ulgurishibdi,
qalpoqchamni boshimga kiyishga arang ulgurib qoldim.
Ko'zdan yo4q bo'lishim bilan:
 Stolning tagini qaranglar, stolning tagida!  deb
qichqirdi biri.
 Shkafning ichiga kirgandek bo'Idi!  dedi boshqasi
shovqin solib. O'zimni sekingina derazadan hovliga otdim.
Qizlar: O'g'ri qochdi. ushlanglar!  deb orqamdan yugurib
chiqishdi. Butun internatda trevoga ko'tarildi. Direktor
Xursanali Sharafiddinovich radiouzel orqali e'lon qilib, meni
qidirishga 550 o'quvchining hammasini safarbar qildi.
 Afti angori esingda qolganmi?  so'radi u Hayitvoydan.
 Bo'lmasam-chi?...
 Unda mana bu radiouzel orqali hammasini gapirib ber,
tezroq bol!
 Diqqat, diqqat!  hovliqib, xirillab gapira boshladi
Hayitvoy,  o'g'rini qidirayotganlar diqqatiga. Hozirgina
qochgan bola 1213 yoshlarda edi. O'zi qorachadan kelgan.
oriq, bo'yi mendan ko'ra novcharoq. Ko'zlari yirik-yirik doim
chaqnab turadi. Burni angishvonaga o'xshaydi. Gapirganda
tutilib-tutilib qoladi. Ustida oq shoyidan sorochkasi bor, shimi
yo'l-yo'l sherstdan, dazmollanmagan. Afti boshiga bir haftadan
buyon suv tegmagan bo'lsa kerak hammayog4i kir...
Hayitvoy radiodan e'lon berayotgan mahalda men
direktorning kabinetida xuddi o'sha direktorning o4zi bilan
yonma-yon o'tirib choyxo'rlik qilmoqda edim. Divanga
yonboshlab olib o'ylanib ketdim.
 Nimalar qilib qo'ydim o'zi? Ularning mehnatiga
yordamlashish o'rniga hammasini ishdan qo'ydim-ku! Mana
Xursanali Sharafiddinovich bilan yonma-yon o'tiribmiz, o*z
yomon odamga o'xshamaydi, ancha mehribon, gapga
tushunadigan ko'rinadi... Ehtimol, yaxshilikchasiga iltimos
qilganimda meni biron uchastkaga agronom qilib olgari
bo'larmidi. Ishlarim yurishib ketganda, kim biladi, rasmirr
gazetalarda bosilib ham chiqarmidi. Ana unda mehribor
direktorimiz Otajon Azizovich ham, algebra muallimimiz
Qobilov ham kishi o'qimasdan turib agronom bo'la olishi,
o'rtoqlariga hisobsiz foydalar keltirishi mumkinligini o'z
ko'zlari bilan ko4rardilar... ha, baxtim kulib boqay deb turgan
edi. Lekin afsuski, ishni o'zim buzib qo'ydim...
Sekin o'rnimdan turdim-da, Xursanali Sharafiddinovichning
sovib qolgan choyidan och qoringa xo'rillatib bir xo4pladimu,
radiouzel o'rnatilgan xonaga kirdim. Hayitvoy o'sha yerda
hamon kekirdagini cho'zib gapirar edi.
 Ma, qalpog'ingni ol, bunaqasi bizning maktabda ham
to'lib yotibdi!  dedim-da, oyog'ining tagiga tap etib tashladim.
Arzimagan bir narsa uchun yuzim shuvut boiib qoldi, endi
bu yerda qolishim mumkin emas edi. Bolalarning oshxonasiga
kirib, qozonning boshiga o'tirib oldim-da, lazzatli taomlardan
to'yib-to'yib yedim. Kompot pishirishgan ekan, undan ham
ikki stakanni pok-pokiza urib oldim. Keyin, o'zingiz ham sezib
turgan bo'lsangiz'kerak yana yo'lga ravona bo'ldim...
