V bob

BO'RINING BOLASINI ARAVACHAGA QO'SHMOQCHI
BO'LGANIMIZ

 fendi buni nima qilasan?  deb so'radim bir oz dam
olgach.
 Rostini aytsam, o4zim ham bilmay turibman.
 Sen hech sirkda bo4lganmisan?
 Haligi... ot o'yinini aytasanmi?
 Yo4q, sirk boshqacharoq bo4ladi.
 Teatrmi?
 Yo4q butunlay boshqacha.
 Bo'lmasa men unaqa kinoni ko'rmagan ekanman... nima
edi?  deb so4rab qoldi Akrom.
 Bilasanmi, men sayohatda yurganimda,  dedim-da, shu
paytda ishonsangiz orzularga shunaqangi berilib ketdimki, asti
qo'yaverasiz. Agar biz mana shu bo4ri bolani kuchuk bola bilan
yonma-yon aravachaga qo4shishni mashq qilsak, aravachaning
ustiga quyonga o4xshash biror beozor hayvonni o4tkazib, unga
aravakashlikni o4rgatsak va bu sirkni biz Hayvonlar do4stligi
nomli sirk deb atasak, qani aytgin-chi, qaysi bola buni havas
qilmaydi, ko'rganda qaysi bolaning og'zi ochilib qolmaydi.
Avval maktabimizda tomoshalar ko'rsatamiz kanikulda
qishloqma-qishloq yurib san'atimizni boshqalarga ham
namoyish qilamiz... oxiri bora-bora sirk artistlari bo4lib
qolishimiz hech gap emas. Bu yoqda men qiziqchilik qilib
odamlarni kuldirib turaman, u yoqda Akrom polvon bo'rini
o'ynatib turadi. Ammo o'qishni hecham tashlamaymiz. Bir
mahal bunday qarasam, Akrom og4zi ochilib angrayib qolibdi.
 Qalay?  deb so'radim gapni tugatib.
 Juda mazaku-a!  dedi Akrom kaftlarini bir-biriga ishqab.
 Mazalikka maza-yu, ammo qiyinchiligi ham bor-da.
 Men qiyinchilikdan qo'rqmayman.
 Bo'lmasa, ishni boshlaymiz.
 Nimadan boshlaymiz?
 Avvalo aravacha yasashimiz kerak... bir yonida it, bir
yonida bo'ri boMadi. Aravaning ustiga quyonxonni o'tkazib
qo'yamiz.
Akromning dadasi mol doktori boMib ishlagani uchunmi,
hovlilarida katta-kichik itlar, oq-ko'k rangdagi quyonlar,
qafaslarga solinib daraxtlarga ilib qo'yilgan sayroqi qushlar juda
ko'p edi. Dadasi shahardagi katta institutda sirtdan o'qir ekan.
Imtihon topshirish uchun bundan uch kun avval o'sha yoqqa
ketibdi. Oyisi  Inobat opam hozir ishda. Bo'rini o'rgatish uchun
bunaqangi qulay sharoit hech joyda boimaydi. Dadasining eski
velosipedi bor ekan o'shani buzib, g'ildiraklarini oldikda, qo'pol.
xunuk boMsa ham ikkita ot qo'shiladigan pirgon aravaga
o'xshatib, aravacha yasay boshladik.
Aravachani sudraydigan shotisigacha tayyorlab qo'ydi-gu.
ammo uni qanday qilib birlashtirishni, ochig'ini aytsam,
ikkovimiz ham bilmas ekanmiz.
 Xo'sh, endi nima qildik?  so'radi Akrom.
 Avval g'ildirakka o'qni o'tkazamiz,  dedim men
bilag'onlik qilib g'ildirakka o'qni o'tkazgan edik, u ikkilanmay,
g'ildirakni sudray boshladi. Akrom menga qaradi, men unga
qaradim. Ikkovimiz ham yelkamizni qisganimizcha bir nafas
jim qoldik.
 Topdim,  dedi nihoyat Akrom sevinib,  o'qning
g'ildirak aylanadigan joyini yo'nib, ingichkaroq qilamiz-da
aftol bilan moylab qo'yamiz.
 Aqlingga qoyil! Ke, peshonangdan bir o'pibqo'yav.
deb yubordim sevinganimdan.
Akrom aytganidekqilgan edik, g*ildiraklar o'q atrofida ravongina
aylana boshladi. O'sha kuni Akrom oyisi ishdan qaytgunga qadjr
arava deb atash mumkin bolmasa ham. har qalay. shotisidan
tortsa g'ildiraydigan bir narsa yasadik-da, aravachaning sholi bilan
tutashadigan joyiga esa kichikroq, bir yashikni mixlab qo'ya qoldik
 bu aravakash quyonboy o'tiradigan joy edi. Xuddi shu paytda,
ya'ni biz o'zimiz yasagan aravachani sinovdan o'tkazish uchun
hovlida u yoqdan-bu yoqqa sudrab ko'rayotgan bir paytimizda
Akromlarning ko'cha eshigi taqillab qoldi.
 Oyim!  dedi Akrom rangi quti o'chib,  darrov
aravachani og'ilxonaga olib kir. Tez bo'l! Undan keyin ayvonga
borib, kitoblarni ochib o'tir. Tez-tez qimirlasang-chi!
Shu paytda eshik yana taqillab qoldi.
 Hozir...  shunday deb do'stim ko'cha eshik tomon
yugurdi. U to eshikni imillab ochib, oyisi bilan boshlashib
kirguncha men uning topshirigkini bajarib, kitoblarni ochishga
ulgurgan edim. Inobat opam Akrom bokrining bolasini
ushlaganini eshitib, yuragi vahm olib, ishdan ertaroq qaytibdi.
 Xayriyat, o'zing salomat ekansan,  dedi Inobat opa
ko'ngli joyiga tushib,  qani, bokringni menga ko'rsat-chi...
Voy, juda kichkina-ku?
 Hcchqisi yokq, okzim katta qilib olaman.
 Yaxshisi, uni darrov qokyib yubor, onasi izlab kelib
hammamizni nobud qiladi.  dedi Inobat onam tashvishlanib.
 Qokrqmang,  dedi Akrom kerilib,  men bor ekanman,
bu uyga bokri yaqin kelolmaydi.
Xuddi shu paytda Inobat opam ayvonga ko'z tashlab, meni
kokrib qoldi. Men boklsam jokrttaga ovozimni chiqarib
astoydilroq okqiy boshladim.
 Bu yigitcha kim?
 Hoshim, Rokzivo> akaning okgkli, birga o'qiymiz,
tushuntirdi do'stim. Men asta o'rnimdan turib, odob bilan
salom berdim.
 Assalomu alavkum, kelinoyi, hormang!
 Bor bokling. barakalla.
 Kelinoyi. biz Akromjon bilan dars tayyorlab oltiribmiz,
 dedim ogkilxona tomonga kokz qirim tashlab. Nega
desangiz, ogkilxonaning eshigidan aravacha bemalol ko'rinib
turgan edi-da.
 Oyi, endi Hoshimjon bilan har kuni uars tayvorlamoqchimiz,
maylimi?  erkalanib Akrom.
 Lekin o'yinga berilib ketmaysizlarmi?
 Yo'q,  dedik Akrom ikkimiz baravariga,  biz o'yinni
yomon ko'ramiz, o'ynasak, darsimiz qolib ketadi-ku!
Shundan so'ng bo'rining bolasini og'ilxonaga olib kirib,
kattaroq qafas bor ekan, ana o'shanga kiritdik-da, oldiga bir
parcha xom go'sht tashlab, eshigining ustidan zanjirini solib
qo'ydik.
Ertasiga, yashirmay qo4ya qolay, ikkovimiz ham darsda
o'tirolmay oxirgi soatdan quyon boiishga qaror qildik. Kelsak,
bo'rining bolasi qafasdan chiqib ketish uchun urinaverib,
charchab uxlab qolgan ekan. Bizni sezib uyg4ondi-yu kurak
tishlarini ko'rsatib, irillab qo'ydi.
 Shoshmay tur, toychog'im, hozir seni aravachaga
qo'shamiz!  sekin dumidan tortib qo'ydi Akrom.
U hadeb tishlashga urinavergani uchun og'ziga kecha
Chotivoy akaning uyidan tutib kelgan sim to'rni yana tutib,
arava shotisining bir tomoniga bog'ladik-da, ikkinchi tomoniga
Akromning laychasini bog'lashga harakat qildik. Ammo har
qancha urinsak ham bari bir foydasi bo'lmadi  bolriga ko'zi
tushishi bilan laycha dumini qisib, orqaga tisarilaverdi.
 Ko'zini boylaymiz,  taklif qildim men,  ko'zini
boylasak bo'rini ko'rmaydi.
 Bari bir hidini bilib turadi-ku,  e'tiroz bildirdi Akrom,
 it bo'rining hidini yetti chaqirimdan ham biladi, deyishadi.
 Bordi-yu, burniga paxta tiqib qo4ysak-chi?
 Unda dami qaytib o4lib qoladi.
Xuddi shu paytda juda qiziq bir voqea yuz berdi,
aravachaning shotisiga omonatgina bogMangan bo'ri bir hamla
bilan chilvirni uzdi-da, Akromning qo'lida qo'rqqanidan
junlarini hurpaytirib, dir-dir qaltirab turgan laychaga jahl bilan
tashlanib qoldi.
 Qo'yib yubor, bir urishib olsin,  dedim.
Bo'rining bolasi bir nafasda laychani piypalab tashladi.
Laycha uning tagidan chiqishga harakat qilib, oyoqlanni
tipirlatar, ingrar, xuddi bizni yordamga chaqirayotganday
boiar edi. Bo'ri bo'lsa, butun gavdasi bilan uni bosim sim to'r
tutilgan tumshug'ini bo'g'ziga qo'yib olgan Laycha bir amallab
uning ostidan chiqdi-da qochishga tushdi. Bo'ri negadir uni
quvlamadi. Aksincha, olzi ham hovlining boshqa tomoniga
qarab yugura kctdi...
Ikkovini ushlab aravachaga qo'shgunimizcha naq, yarim soat
ovora bo'ldik. Nihoyat, ularning boshini eski to'n bilan o'rab:
 Qani endi bir yetakla-chi,  dedim Akromga. Ammo bari
bir yana natija chiqmadi. Ikkovi ham oyog'ini tirab turgandan
turib oldi. Ularni yonma-yon yurgizish aravachani sudrashga
o'rgatish uchun nima qilish kerakligi haqida yana bosh qotira
boshladik.
 Yolg4iz-yolg4iz qo'shib kokraylik-chi, dedim oxiri nima
deyishimni bilmay.
Aqlliroq deb hisoblaganimiz uchun, avval laychaning bir
o'zini aravachaga qo'shdik. Ammo, u ojizlik qilib aravachani
hatto joyidan ham qo'zg'ata olmadi. Shunda yana bir aqlli
tadbir hayolimga keldi-yu, sevinib ketdim. YVni Akromni ham
aravachadagi kuchukning yoniga qo'shishga to'g'ri kelardi. Bu
fikrni unga aytgan edim, darrov ko'na qoldi. Laycha ikkovlari
aravachani hovlining u boshidan-bu boshiga sudray boshlashdi.
Faqat tezroq haydashning hech iloji yo4q edi, nega desangiz,
Akrom emaklab borardi.
 BoMdi, tizzalarimning ko'zi og'rib ketdi...  dedi u ikki
marta borib kelgandan keyin.
Ikkovlarini aravachadan chiqarib, o'rniga bo'ri bilan men
tushdim. Ammo bo'rining bolasidan ahmoq hayvon bo lmas
ekan vo chapga qarab tashlab qoladi, yo kutilmaganda orqaga
tisariladi, ba'zan oldinga shunaqangi tezlik bilan yuguradiki,
hech yetolmayman. Ikki marta aravachani ag'darib yubordik.
 Sen chiq endi, ikkovini yana qo'shib ko4raylik-chi, 
toqati toq bo'lib dedi Akrom.
 To'xta, tumshug'iga bir tepay!  dedim o'rnimdan lurib.
Bo'ri bilan laychani aravachaga qo'shib ikkovimiz ikki yonidan
yetaklab bordik. Ikkovimizning qoMimizda ham kaltak, laycha
qochmoqchi boMib tipircliilasa, Akrom savalab qoladi, bo'ri
irillagudek boMsa, tumshug'iga men tushiraman. Kechga tomon
ikkala hayvon ham charchab. holdan toyib yiqilgudek bolib
qoldi-yu, ammo bari bir aravachada yurishga ko4nmadi.
 Men endi ertaga kelmayman,  dedim nihovat xafsalam
pir bo'lib.
 Nega endi?  qo'rqib ketdi do'stim.
 Zerikib ketdim.
 Hecham-da, ishning qizigM endi chiqadi. Biz hali
Hayvonlar do'stligi sirkini maktabga ham olib borib
ko'rsatamiz. Bir bolalarning havasini keltirsakmi...
Ertalab endi maktabga jo'naymiz deb Dono, Oysha
uchovimiz taraddud ko'rayotgan edik, kutilmaganda Akrom
kirib keldi.
 Qulog'ingga bir gap aytmoqchiman,  dedi shivirlab.
 Ayt-chi?
 Birinchi soatga bormaymiz... Nemis tiliga bording nimayu,
bormading nima, baribir emasmi?!
Akromning gapida ham jon bor  yangi kelgan nemis tili
o'qituvchimiz hech yo'qlama o'qimaydi, kim keldi, kim kelmadi,
surishtirmaydi ham. Buning ustiga hech kimga yomon baho
qo'ymaydigan ajoyib bir odati bor ekan. Faqat uy vazifasini
bajarib kelgan o'quvchilardan so'raydi, xolos. Shunday
bo'lgandan keyin, bir soat-yarim soat progul qilsak hech narsa
qilmas, deb o'yladim-da:
 To'g'ri aytasan,  deb do'stim bilan yetaklashib ko'chaga
chiqdik. O'sha kuni kechasi bilan yaxshi uxlamay, ajoyib bir
reja tuzgan edim. Akromga aytsam, sevinganidan qichqirib:
 Aqlingga qoyili  deb yelkamga urib qo'ydi.
O'sha soatdan boshlab it bilan bo'riga oz-ozdan go'sht berib.
shu ovqat bahonasida ularni ishga o'rgatmoqchi bo'ldim. Laychani
aravachaga qo'shib hovlining narigi burchagiga yetaklab
boramiz-da, oldiga bir parcha go'sht tashlaymiz. Buni och-nahor
yotgan bo'ri bolasining ko'z o'ngida qilamiz, ishtahasini
qo'zglab, og'zidan soiakaylarini oqizib yuboramiz. Ko'rdingmi,
ishlasang ovqat yeysan, ishlamasang tumshug'ingga tepki
yeysan... degandek boiamiz. Bu ishni to'rt-besh bor takrorlagan
edik, bo'rining bolasi kulrang ko'zlarini moMtillatib, uzun
tishlarini taqillatib. tipirchilab qoldi. Ana shundan so'ng uni ham
aravaga qo'shdik. Nihoyat, bir oz murosaga ko'ngandek boldi.
Men bilan yonma-yon yurib, uch marotaba aravachani sudrab bordi
 Endi ikkovini teng qo'shamiz,  taklif qildi Akrom.
O'sha kuni ikki hayvon bizning ko'magimizda aravachani
sudrab hovlini to4rt-besh marta aylanib chiqishdi. Oh, o'shanda
bizni ya'ni boiajak sirkning artistlari bo'lmish Akrom bilan
mening quvonganimizni aytsangiz. Xuddi rosmana sahnada
o'yin ko'rsatayotgan bir-birlarimizni quchoqlab, yelkalarimizni
siqib tabriklashdik...
...Maktabga borish butunlay yodimizdan ko'tarilib ketibdi.
Ertasiga ham, indinisiga ham negadir maktabga borgimiz
kelmadi. Hayvonlarga har xil o'yinlarni o'rgatishga juda berilib
ketdik. Bir haftada deganda laycha bilan bo'rining bolasi
aravachani mustaqil o'zlari sudrab yuradigan bo'lishdi...
Akrom ikkimiz sirk artislarinikiga o'xshatib paxta qoplaydigan
kanor qopdan ko'ylak, keng ishton tikdik-da, artistlarnikiga
o'xshab olachipor bo'lsin uchun siyoh bilan har joyini bo'yab
ham qo'ydik. Men qiziqchilik rolini bajarishim kerak edi.
Qog'ozdan qubbali qalpoq yasab, uni ham olachipor qilib bo'yab
oldim. Yuzimning bir tomoniga un, bir tomoniga siyoh surtdim.
 Qalay?  so'radim do'stimdan.
 Rostini aytsam, seni hech tanib boMmaydi,  dedi
Akrom.
 Tanimaganing yaxshi bo'pti. Tanisang, mening artistligim
qayoqda qolardi... Hech kim tanimasa, o'shanda qiziq boMadi.
Ana shundan so'ng ikki hayvonni aftu angorimizga,
ustimizdagi ola-bula kiyimlarga ko'niktirish uchun mashqlarni
qaytadan boshlab yubormoqchi bo'ldik.
 Iye, bo4 ri qani?  deb qoldi Akrom to'satdan hushyor tortib.
Bo'rining bolasini hovlidagi o'rikka bog'lab qo'ygan edik. Arqonni
uzib, xayr-ma'zurni nasiya qilib juftakni rostlab qolibdi. Bog'ning
eshiga ochiq, o'sha tomonga qochgan bo'lsa kerak, deb boqqa
chiqdik, qaramagan joyimiz qolmadi. Hech joyda yo'q!
 Tamom!  yig'lagudek boiib dedi Akrom,  mana,
izni ko'rgin, devorga sapchib chiqa olmagandan so'ng mana
bu ariq, bilan yurib obchindan o'tib ketibdi.
 Devordan o'tib paxtazorlarning ichini-yu, soy bo'yidagi
changalzorlarni birma-bir titkiladik  bari bir izini ham topa
olmadik.
 Xafa bo'lma, quyon go'shti yegisi kelsa, o'zi qaytib keladi,
 ko'nglini ko'tardim Akromning.
Hech narsaga qoMimiz bormay qoldi. It bilan quyonni
aravachaga qo4shishning esa hech qizig'i yo'q edi, sekingina
uyga jo'nadim.
Ko'cha eshigimizdan shundoq qadam bosishimni bilaman.
hovlidagi katta so'rida dadam, sinf rahbarimiz Vohid Soliyevich,
meni jinidan battar yomon ko'radigan vojatiyimiz Zokirjon aka
uchovlari choyxo'rlik qilib o'tirishganini ko'rib qoldim. Orqaga
qaytishimni ham, to'ppa-to'g'ri bostirib boraverishimni ham
bilmasdim. Orqaga qaytay desam, meni allaqachon ko'rib
bo4lishgan, boraveray desam, bir haftadan buyon maktabga
bormay, maktabga bordim darsdan so'ng Akromlamikida
dars tayyorlab rosa charchadim, deb uyimizdagilarni ishontirib
yurgan edim.
Oldilariga dadil boraverishga qaror qildim. Yaqinlashgan
sari uchovlari ham baravar o4rinlaridan turib, bir-birlariga
qarab yelka qisishib, orqalariga tisarilaverishdi. Negadii,
uchovlarining ham kayfi uchganroq ko'rinadi.
 Assalomu alaykum, Vohid Soliyevich,  deb salom
berdim odob bilan.
 Iye, Hoshim, bu senmisan?  deb so'radi dadam.
 Menman, nima? Ovozim o'xshamayaptimi, dada?
 Ovozing-ku o'xshayapti-ku, lekin afting xuddi alvastining
o4zi.
Turgan joyimda qotib qoldim. Alvasti degan so4zni eshitganim
uchun emas, yo4q, yo4q, unday deb o4ylamang. Sharmanda
bo4lganim uchun qotib qoldim. Hali Akromlarning uyida sii k
qiziqchilariga o'xshab o'zimga pardoz berganimni bo'rini
axtarish bahonasida paqqos esimdan chiqarib yuborgan
ekanman. Hatto boshimdagi qubbali qog4oz qalpog'imni olishni
ham unutibman...
 Bor, yuvinib chiq,  dedi dadam, keyin gaplashamiz
degandek bir ohangda.