VI bob

MENING HAM DO'STLARIM BOR

Y^uvinaman deb ko'ylagimni yechgan edim, o'ng qo'lim
qo'ltig'imning tagi aralash tirsillab shishib ketganini ko'rdim.
Anovi kuni bo'rining bolasini ovqatlantirayotganimda uch-to'rt
bor qattiq-qattiq tishlagan edi. Mashg'ulotga berilib ketib,
qo'lim gazak olib shishib ketganini ham sezmay qolibman. Shu
paytda qattiq og4riyotganini, badanimda isitmam ham borligini
payqab qoldim. Shunday bo'lsa ham mehmonlarning oldiga
chiqdim.
 Ha, barakalla, mana endi o'zingizga keldingiz, dedi
Vohid Soliyevich,  qani, beriroq, o4iring-chi, shu kelishda
qayoqdan kclyapsiz?
 Menmi?  dedimu, u yog'iga duduqlanib qoldim.
 Keyingi kunlarda maktabga qadamranjida qilmay
qolydilar?  kesatib so'radi vojatiyimiz.
 Maktabgami?  deb so'radim men ham.
 Ha, maktabga!  o'shqirib berdi dadam.
Qarasam, ish sal chatoqroqqa o'xshaydi. Uchovlari bekorga
to'planishmagan, nima qilish kerakligini avvaldan kelishib
olishgan bo'lsa ham ajab emas.
 Kasalman,  dedim yig'lamsirab,  mana
ishonmasalaring qoMimni ko'ringlar, shishib ketgan, mana.
Ko'ylagimni yechib bilagimni ko'rsatgan edim hammalari
bir-birlariga qarab qolishdi.
 Nimadan shishdi?  mehribonlik bilan so'radi Vohid
Soliyevich. Uning chindan ham achinib so'rayotganligi
shundoqqina gap ohangidan sezilib turardi. Shunday bir
odamni, muallimlar ichida birinchi ׳ sendan yaxshi yigit
chiqadi, deb ko'nglimni ko'targan, kunora darslarimni
surishtirib turgan, mana bugun qimmatli vaqtini sarflab,
mendan xabar olgani kelgan bir kimsani hech aldagim kelmasdi.
 Bo'rining bolasi tishlab oldi...  dedim sekin boshimni
. Keyin bo'lgan voqeani ipidan-ignasigacha gapirib
berdim.
 Esizgina, qochmaganda biz undan biror gap chiqarardik,
 deb afsuslandi Vohid Soliyevich,  menda hayvonlami qoiga
o'rgatishda nom chiqargan mashhur bir odamning kitobi bor,
ana o'sha yerda hamma narsa yozilgan.
Shu paytda ishni yashirincha olib borganimiz, boshidayoq
hamma gapni Vohid Soliyevichga aytmaganimiz uchun
afsuslandim, alamimdan sochlarimni yulgudek bo'ldim.
 Tentak,  dedi dadam achchig'i chiqib,  mana shunaqa
bema'ni ishlarning ketidan quvib, bo'ying terakdek boisa ham
o'qishni bitira olmay yurasan... Nega maktabga bormading?
Nima deyishimni bilmasdim.
Xufton mahaligacha uchovlari gaplashib o'tirishdi.
Buvijonim darrov palovga unnab ketdi. Men choy-poy tashib
xizmat qilib turdim. Oysha bilan Dono boisa bizni odobli
bolalar deb atashsin, debjo'rttaga derazaning ro'parasiga oiirib
dars tayyorlashardi. Vazifa ishlashyaptimi yoki yaxshi gaplardan
benasib qolmaylik, deb quloqlarini dikkaytirib gap
poylashyaptimi, bilib boimasdi. Mehmonlar direktorimizning
uch yashar novvosi kunjaraga bo'kib o i i b qolgani, sinfimizdagi
Saddinisa, Hamroqul eng a'iochi bolalar ekanligi, bu yilgi paxta
har yilgidan ham mo'l boiganligi to'g'risida so'zlashib
o'tirishardi. Gap a'iochi bolalar haqida yetganda dadam meni
eshitsin deb, jo'rttaga baland ovoz bilan qayta-qayta so'radi:
 Bu Saddinisa yaxshi o4qiydimi-a?
 Bugun o'tiladigan darsni bir hafta avval o'qib qo'ygan
boiadi,  tushuntirdi Vohid Soliyevich.
 Qiz bola-ya?
 Qiz bo'lsa ham balo!
 Anu kinnachining o'gii-chi?
Mirobiddinxo'ja bahona boidi-yu, eski urf-odatlar, kinnu
solish odamni aldash ekanligi, nihoyat, meni Yong'oq qoriga
shogirdlikka berib ko'p xato ish qilishganligi to4glrisida gapga
tushib ketishdi.
 Hoshim, mehmonlarning qoiiga suv quy,  deb qoldi
shu paytda buvijonim.
Oshdan so'ng mehmonlar o'rinlaridan turishdi. Ular olzi
nega kelishdi, axir faqat ovqat yeb ketgani kelmagandir, meni
maktabga bormayotganligim uchun nega savol-javobga
tutishmadi... Jimgina qaytib ketganlaridan ko'ra ikki og'iz
urishib koyishganda ancha yengil tortgan bo'lardim-ku!
 Vohid Soliyevich, nega meni urishmaysiz?  deb so4radim
oxiri toqat qilolmay.
 Nima deb urishay?
 Axir progul qildim-ku?
 Progul qilganingiz uchun afsuslanayotganingizni bilib
turibman... yo afsuslanmayapsizmi?
 Endi hecham progul qilmayman.
 Mana bu gapingiz uncha to'g'ri emas, bundam keyin
qo'lingizdan kelmagan ishga hecham va'da bermang.
 Progulsiz olqish qo'limdan kelmaydimi?
 Ehtimol kelar. Lekin Siz, baribir, va'dangizni unutib
qo'yasiz.
 Xo'p boMmasa, mana dadam, oyim, buvijonim,
hammalarining oldida tantanali va'da berib aytamanki...
 Qo'ying, bunaqangi tantanali va'dalaringizni... Vohid
Soliyevich biz bilan xayrlashib chiqib ketdi. Alam qilganimdan
yig'lab yuboray dedim. Endi, maktabimizda menga ishonadigan
birdan-bir odam ham qoMini yuvib qoMtig'iga artadigan boMsa...
yo4q, bunga toqat qilolmayman.
 Nega simyog'ochdek qotib qolding? Ke endi bu yoqqa!
 deb chaqirib qoldi oyim.
 Mazam boMmay ketyapti,  dedim negadir o'kchigim
kelib. Oyim peshonamga qoMini qo'yib:
 Dadasi, Hoshimingizning isitmasi bor!  vahimali bir
ohangda. Qoitig'imning tagiga muzdekkina termometr qo'yishgan
edi, haroratim 39 ekan. Isitmam juda tezlik bilan ko'tarilib
borayotganini, suyaklarim zirqirab, boshim aylanayotganini sezib
turar dim. Dadam eri armiyaga ketgan hamshira Sobira opani aytib
kelganini, kastryulkaga o'xshash idishda har bittasi mol
bog'lanadigan qoziqdek-qozoqdek keladigan shpritslarni sharaqashuruq,
qilib qaynatayotganlarini sal-pal bilaman. Keyin isitmam
40 dan oshib, butunlay hushdan ketib qolibman.
Bir mahal ko'zimni ochsam, uyda volg'iz o zim yotibman
Hurmatimni joyiga qolyib oppoq choyshabu atlasu ko'rpalarga
o'rab qo'yishibdi. Tashqarida quturgan bo'ridek uvillab shamol
esyapti. Shamol derazalarning oynasiga cho'p-xaslarni,
qumtuproqlarni keltirib zarb bilan uradi, daraxtlarning boshini
yerga tekkudek-tekkudek qilib egib qochadi. Hu naridagi tollar
faryod qilib to'lg'anadi, shohlarini bir-biriga ishqab, g'iyt-g'iyt
qilib yig'laydi... Bosh tomonimda, ko'zidan miltillab yosh oqib
oyim o'tiribdi.
 Suv!  dedim sekingina.
 Voy, toylog'im, ko'zingni ochdingmi?  shunday deb
oyim engashib peshonamdan o'pdi-da, hoy dadasi, deb
chaqira boshladi.  Hoshimjon ko'zini ochdi.
Xonaga dadam, ketidan hu birda singlim Donoxonning
qornini yorib, ko'richagini olib tashlagan o'sha doktor amaki
kirib kelishdi.
 Aytmadimmi, isitmasi tushsa ko'zini ochadi, deb. Obbo
azamat-ey,  dedi-da, doktor amaki peshonamga qo'lini qo'ydi,
 qalay, bosh og'rimayaptimi?
- S a l - p a l . . .
 Hechqisi yolq, kechga borib, bosh og'riq ham qoladi.
Ertaga o'rningizdan ham turib ketasiz... indinisiga bemalol bo'ri
oviga borishingiz mumkin.
 Dadasi, Hoshimjoningiz o'ziga kelganini sinf rahbariga
xabar qilaylik. Bechora kechadan bo4yon adoyi tamom bo'ldi,
 deb gapga aralashdi oyim.
 Vohid Soliyevich ham bildilarmi, oyi?
 Uch marta keldi-ya... muncha endi seni yaxshi ko'rmasa!
 Men o4zi yaxshi bolaman-da, oyijon,  deb hazillashgim
kelib.
Doktor amaki dadam bilan oyimga har uch soatda kiyimni
yechib, tish botgan joyni avval margantsovka bilan yuvib,
ketidan mana bu doridan surtib qo'yasiz deb tayinladi-da,
xayrlashib chiqib ketdi. Shamol zo'raygandan zo'rayib, xiyol
o'tmay, qor ham uchqunlay boshladi.
Hozirgina maktabdan qaytgan Oysha:
 Aka, akajon!  deb oyog'imdan tortqilay boshladi.
 Nima deysan?
 Uyg'oqmisiz?
 Uxloqman.
 Ho, aldayapsiz. Ko'zingizni bittasi ochiq-ku.
 Tush ko'ryapman-da, o'shaning uchun bittasini ochib
yotibman,  deb qo'ydim.
 Aka, Sizni ko'rgani sinfingizdagi o'rtoqlaringiz kelishar ekan.
 Mening nimamni ko'rishar ekan?
 Tuzalib qolganingizni so'rashsa kerak-da...
Oysha gapini tugatolmadi. Nega desangiz, xuddi shu paytda
eshik tomondan dapir-dupur oyoq tovushi, bolalarning sen kir,
sen kir, deb pichirlashayotgani eshitilib qoldi. Men yotgan
xonaning eshigini ochishdi-yu, ammo o'shandan keyin ham, sen
boshla, sen boshla, deb besh minutcha tarang qilib turishdi.
Nihoyat, ostonada kulimsiragancha Hamroqul ko'rindi.
 Tuzukmisan, sherik?  dedi u negadir kulib yuborgudek
bo'lib.
 Xayriyat, tuzalib qolibsan,  deb orqasidan Mirobiddinxo'ja
mo'raladi. Shundan keyin bolalar uyga yopirilib kirishdi.
Bir dasta sovuq urgan gui, popukli qand, o4n dona olma olib
kelishibdi. Uni tokchaga qo'yib, biri qo'limni, biri peshonamni
ushlab har tomondan har xil savollar yog'dira ketishdi. Vohid
Soliyevich shoshilib kirib keldi-da, yo'q, yo'q, kasal ko'rish
bunaqa bo'lmaydi, deb hammalarini o'tirishga taklif qildi.
Negadir yuragim xapqirib, ich-ichimdan yig'i kela boshladi.
Yashirmay qo4ya qolay, shu kungacha bu sinfga tushib
qolganim uchun kishi bilmas xafa edim. Nazarimda bolalarning
hammasi ham menga begonadek, biri maqtanchoq biri
qo4rqoqdek bo'lib ko'ringan edi. Sinfga kirsam, xuddi qafasga
tushgandek betoqat bo'lib qolardim... Ular bo'lsa men dard
bilan olishayotganda ahvol so'ragani, ko4nglimni ko4targani
kelishibdi. Demak, yomon bolalar emas ekan demak, o'zim
yomon ekanman-da. Rahmat, hammalaringga rahmat... deb
o'ylardim o'zimcha.
 Isitmang qoldimi?  so'radi orqa partada o'tirib,
qizlarning sochini bir-biriga bog'lab qo'yadigan Abdusamat.
 Rahmat, tuzalib qoldim.
 Qori pochcha, o'zingga o'zing bir dam solib olmabsanda,
 dedi G'iyos. Bolalar gur etib kulib yuborishdi.
Orqamdagi partada o'tiradigan Shohida hijolat bo'lganimni
sezib qoldi shekilli:
 Ho'kiz minaman deb, boshini yorib olgan odamning
gapini qarang,  deb qo'ydi. Bolalar yana sharaqlab kulib
yuborishgan edi. G'iyos o'rnidan turib, o'zini oqlay boshladi
 O'sha ho'kiz juda baland ekan, ustiga shoti qo'yib
chiqaman desam, yurib ketdi. Shoti bilan shaloplab yerga
yiqildim-da.
Hammadan ham oyim bechora o'zida yo'q xursand edi,
o'zini qo'yarga joy topolmay:
 Voy xudoyim-ey, mening o'g'limni ham orqasidan yo'qlab
keladigan o'rtoqlari bor ekan,  deb goh uyga kirar, goli
eshikka chiqar, nima qilayotganini o'zi ham bilmay choyqutini
qo'liga ushlab olib, Oyshadan, qurib ketmagur, choyqutini
ko'rmadingmi, deb so'rar edi. Bolalar turamiz, deb qo'zg'alishgan
edi, oyim bir piyoladan qaynoq-qaynoq choy ichirmaguncha
hech yoqqa qo'ymayman, deb yo'llarini to'sib turib oldi.
Keyin hammalarini mehmon qila boshladi. Oldilariga shkafdi
qulfloqlik turadigan shokoladlardan, mevalardan qo'yib tashladi.
Bolalar qorong'i tushay degandagina o'rnilaridan turishdi.
 Hoshimjon, tezroq tuzaling, sinfimiz sizsiz huvillab qoldi,
 dedi Vohid Soliyevich.
 Yo4q, hecham tuzalmayman,  dedim betimga ko'rpani
tortib.
 Iye, nega tuzalmaysiz?
 Hammasi meni doim domla pochcha  deb
chaqirishadi. Ana shu odatlarini tashlamaguncha tuzalmayman,
cho'zilib yotaveraman.
Bolalar hazillashayotganimni payqab, kulib yuborishdi.
 Bugundan e'tiboran hech kim Hoshimjonni domla
pochcha deb chaqirmasin. Kelishdikmi, bolalar? dedi Vohid
Soliyevich.
 Kelishdik,  umumiy xor bo'lib takrorlashdi o'rtoqlarim.
 Men ham bugundan e'tiboran tuzaldim bo4lmasa, 
deb sekin betimni ochdim.
Hammalari chiqib ketishgach, ancha mahalgacha oyim
peshonamni silab o'tirdi. Entikdi, keyin yig'lamsiragandek.
 Biram ajoyib bolalar ekanki,  deb qo'ydi  biri biridan
quvnoq-a.
 Shular bilan o'qiyman deb ataylab sinfda qolgan edimda,
oyijon.
 Anovi, o'rtog'ing bor edi-ku, oti nima edi bo'rining
bolasidan ushlagan-chi?
 Akrommi?
 Ha, o'sha. O'shaning ham kecha derazaning yonidan
ketmadi. Ichkari kir desam, uyalaman, deb shataloq otib
qochadi... Bechora senga biram tashvishlandiki. Hammalari
ham yaxshi bolalar ekan. Shulardan ajramagin etaklarini
mahkam ushla.
