VII bob

IYA, MENING KALLAM QANI?

JSilasiz-ku, men uncha-muncha kasalni parvoyimga ham
keltirmayman. Agar hushimdan ketib qolmaganimda, o'lay agar,
cho'zilib yotmagan bo'lardim. Uch kun dcganda oyoqqa turib,
gijinglagan toychoqdek bo'lib ketdim. Oyim bilan
buvijonimning hayhaylashiga ham qaramay, maktabga,
qadrdon sinfimga jo'nadim. Mayli, ikki olsam ham o'sha yerda
bo'lganim yaxshi. Ammo sinfga kirishim bilan ta'bim juda tirriq
bo'ldi, bundan ko'ra kasal bo'lib yotaverganim ming marta
yaxshi edi. Sinfimizda A'iochi degan devoriy gazeta chiqardi.
Ana o'shanga Akrom ikkimizni boplab urib chiqishipti. Tanqid
qilishgani ozlik qilib, yoniga rasmimizni ham chizib qo'yishibdi:
Akrom bo'rining bolasini minib turibdi, men pakanagina
laychani minib olganman. Ikkimizning ham kallamiz yo'q,
kallaning o'rnida doira-yu, doiraning ichiga familiyalarimiz
yozilgan. Ostiga:
 Iye, nega bularning kallasi yo'q?
 Kallasi bo'lsa o'qishdan qolarmidi!  deb bir chiroyli
qilib yozib ham qo'yishibdi. Avvaliga, yashirmay qo'ya qolay,
rosa maza qilib kuldim. Nega desangiz rasm o'zimga ham juda
ma'qul bo'lgan edi-da. Keyin boshqalar ham bizningustimizdan
mana shunaqangi qilib kulishgan bo'Isa kerak, hatto uylariga
ham borib kulishgandir, deb o'yladimu, alam qilganidan
tishlarim g'ijirlab ketganini o'zim ham bilmay qoldim.
 Kim chizdi buni?  xuddi rahmat aytmoqchidek
kulimsirab so'radim. Toshtemir degan chapaqay bola gazetaga
redaktor edi. Men gazeta ko'rayotganimda yonginamda turgan
edi. Sal tisarilib, maqtangandek:
 Men chizdim,  deb qo'ydi,  apsh-u, nariroq tur,
tumovman.
Men bu yoqda uyatdan o'lay deyapman-u, u bo'Isa maqtanib.
ikki qo4li biqinida, iljayib turibdi. Shartta yoqasidan oldim.
 Nega chizding?
 Chizdim, apsh-u...
 Nega deyapman?
 Apshu, apshu. .
 Toza ko'rib ol-chi, mening kallam bormi-yo'qmi? deb
boshimni Toshtemirning qorniga ishqab qo'ydim.
 Hozir bor, apshu.
 Hey, apshu, nega bo'lmasa mening rasmimni kallasiz
qilib chizding?
 Nega bo'lmasa, apshu... o'zing bo'lar-bo'lmasga progul
qilib davomatni orqaga sudraysan, apshu... hozir yettinchi
o'ringa tushib qoldik, bildingmi!
 Hozir rasmni olib tashlaysan!
 Apshu, olmayman.
 Mana bo'lmasa,  Toshtemirni itqitib yubordim-da,
devoriy gazetaning xuddi o'sha kallasiz rasm solingan burchagini
yirtib tashladim. Sinf to's-to'polon bo'lib ketdi: birov mening
qo'limga yopishgan, birov Toshtemirni o'rnidan turg'azib
yelkasidan changini qoqqan, birov chaqimchilik qilib yaxshi
ko'rinish umidi-da direktorning kabinetiga qarab yugurgan.
Qayoqdandir vojatiyimiz Zokirjon aka paydo bo'lib qoldi.
 Uyat emasmi!  dedi u menga yaqinlashayotib,  qani
joy-joylaringga o4iringlar-chi... nega yirtding?
 Bilmay qolibman,  dedim boshimni sekin egib.
 Darsdan keyin hech kim ketmasin... Otryad majlisini
o'tkazamiz.
Zokirjon aka chiqib ketdi. Men qani, xafa bo'ldimikanyo'qmikan,
deb sekin Toshtemirga qaragan edim, yuzini teskari
o'girib oldi. Bir xayolim darmonim qurib ketyapti, deb majlisdan
oldinroq juftakni rostlab ham qolay dedimu, hamma meni
qo'rqoq deb atashidan cho'chib, nima bo'lsa ham peshonamdan
ko'rdim, deya qolishga qaror qildim. Akrom:
 Ayb o'zidan o'tdi,  deb ko'nglimni ko'tardi,  men
senga guvoh bo'laman, qo'rqma.
Shunday qilib sinf majlisi ham boshlandi. Avvat Zokirjon aka,
ketidan Otajon Azizovich kirib keldi. Vohid Soliyevich yuqori sinf
bolalari bilan rayonga allaqanday kengashga ketgan ekan, majlisga
qatnashmadi. Majlisni otryad kengashining raisi oriqlikda mendan
ham oriq, novchalikda mendan ham novcha Mamatjon olib
boradigan boMdi. Uning o'ng tomoniga qadrdon direktorimiz, chap
tomoniga undan ham qadrdonroq boMgan vojatiyimiz o'tirib olishdi.
 Oltinchi » sinfi o'quvchilarining davomat masalasiga
bag'ishlangan...  deb Mamatjon mushtiga bir yo'talib olib,
stolning qirrasini mahkam ushlagancha, bilinar-bilinmas qaltirab
so'zida davom etdi,  bag'ishlangan majlisi ochiq.
Bolalar eshitilar-eshitilmas qarsak chalishdi. Men chalmay
boshimni egib, juda uyalgan kishidek, har zamonda burnimni
tortibjimgina o'tirardim. Otajon Azizovich o'rnidan turib, avval
xiyol kulimsiradi. keyin qovog'ini solib hammaga bir-bir ko4z
tashlab chiqdi-da:
 Xo'sh, bolalar, qani aytinglar-chi, hozir sinflaring
davomat masalasida nechanchi o'rinda turibdi? deb so'radi.
 Yettinchi o'rinda,  har tomondan chug'urlashdi bolalar.
 Nega birinchi o'rinni ololmadilaring?
 Chunki bizda progulchilar ko'p-da.
 Xo'sh. Eng kokp progul qilganlar kimlar ekan?
 Hoshim.
 Akrom.
 Umriniso.
 Sherqo'zi,  chuvillab qolishdi bolalar. Men xayriyat
progulchi bir men emas ekan. ko'pchilik qiz birgalashib javob
bersak osonroq boMadimi qaddimni rostlabroq o'tirib oldim.
Otajon Azizovich so%rashda davom etdi:
 Demak, sinfning davomatini orqaga surib qora doskaga
tushib qolishlaringga sababchi bo'lganlar shular ekanda?
 Xuddi shularning o'zi!
 Qani, bu yoqqa chiqinglar-chi, tortinmasdan chiqaveringlar,
barakalla! Qaranglar-a, bir-biridan chiroyli bolalar-a...
Qanday qilib progulchi bo'lib qolganlaringga hech aqlim
yetmaydi... Mamatjon, endi so'z yana o'zingizga. Majlisni
davom ettiravering, men bir chekkada ׳. Qani, oltinchi
» sinfining o'quvchilari haqiqiy o'quvchilarmi, o'rtoqlarining
kamchiliklarini ochib tashlash qo'llaridan keladimi, bir sinab
ko'raychi.
Mamatjon o'rnidan turib nima deyishini bilmay qo'llarini
qisirlatib, angrayib turdi-da, keyin:
 Otajon Azizovich, Akromning qo'ltig'ida kirpi bor.
qarang, pitirlayapti,  deb qo'ydi. Vojatiyimiz Akromning
qo'ltig'idagi xaltachaga solingan kirpining bolasini olib.
doskadagi latta ilinadigan mixga osmoqchi boMgan edi.
direktorimiz partaning ostiga qo'ying, partaning ostiga! deb
jerkib berdi. Sinf yana suv quygandek jim bo'ldi Mamatjon
so'radi:
 Kim gapiradi?
Toshtemir qo4 l ham ko'tarmasdan o'rnidan turib
gapirmoqchi bo'lgan edi, Mamatjon avval qo'l , ruxsai
bersam, keyingapirasan, debo'rniga o4qizibqo4ydi. Toshtemir
partaga o4irdi-yu, arazlab endi gapirmayman, deb turib oldi.
Sinfimizning bolalari mana shunaqangi majlisni anchadan
bo4yon sogMnib yurishgan ekan. Yeng shimarib progulchilarni
muhokama qilishga, nega progul qilding, nega uy vaziTasim
bajarmaysan, nega sinfimizni sharmanda qilasan, deb har xil
savollar berishga tushib ketishdi. Oxiri progulchilar endi
qilmaymiz, tavba qildik, agar yana takrorlasak, mayli,
bilganlaringni qilinglar, deb arang qutulishdi.
 Endi navbat Hoshimjon Ro'ziyevga,  deb qolsa
boMadimi bir mahal Mamatjon,  xo'sh, Hoshimjon haqida
   birinchi bo'lib gapirmoqchi?
Hamma jim edi. Ming marta raxmat sizlarga, do'stlarim,
deb endigina yonboshimga qarayman, desam xuddi shu paytda
Toshtemir qo'lini ko4targancha o4rnida turdi-da, shu holida,
qo4lini tushirmasdan bidillab gapira boshladi:
 Davomat masalasiga bag'ishlab, apshu... kechirasizlar,
tumovman, devoriy gazeta chiqargan edik. Vohid Soliyevich
aytgan edilar. Domla pochcha, yo4q, Hoshim Ro4ziyev bezorilik
qilib uni yirtib tashladi, apshu. Bizda axir bezorilik qilish man
etilgan. Javob bersin! Apshu...
 Hali devoriy gazetani ham yirtdimi?  o4zini bilmaganga
solib so4radi direktorimiz,  nega yirtding?
 Nega bo4lmasa mening rasmimni boshsiz qilib chizadi?
 deb so4radim men ham.
Yo4q, ish butunlay chappasiga aylanib ketdi. Majlisga
raislik qilishni Otajon Azizovich o4z qo4liga oldi. Akromni
ham mening yonimga turg4azib qo4yishdi. Meni endi ham
progulchi, ham bezori sifatida muhokama qila boshlashdi. Men
sinfdan haydab yuborishlaridan qo4rqardim. Oyim aytganidek,
bunaqangi sinfni, bunaqangi yaxshi bolalarni hech joydan
topib bo4lmaydi.
 Qani, aytinglar-chi, o4quvchining birinchi burchi nimadan
iborat?  sinfga savol tashladi Otajon Azizovich.
 A'lo o4qishdan.
 Yana?
 Intizomli bo'lish.
 Yana?
 Progulsiz o4qish!
 Barakalla! Demak, o4quvchi Hoshimjon Ro4ziyev o4z
burchini ado eta olmayapti. Shundaymi?
 Shunday.
 O'z burchini ado etolmagan bola maktab o4quvchilar
safida yurishga loyiqmi?
 Yo4q, loyiq emas.
Tamom,  deb o4yladim ichimda  hammasi tamom
bo4ldi... nega endi Vohid Soliyevich tezroq kela qolmadi ekan?
04sha bo'lganda meni olib qolarmidi...
 Xo'sh, kimda qanday taklif bor?
 Menda,  sakrab o'rnidan turib ketdi. Miroddinxo'ja,
 men aytmoqchimanki, men... umuman aytmoqchimanki...
 Nima demoqchisan o'zi?
 Men hech narsa demoqchi emasman... men aytmoqchimanki,
Hoshim yaxshi bola, o'zi sal dangasaroq, xolos. Agar
uni o'quvchilar safidan chiqarsalaring men ham o'qimayman.
Gapim tamom.
 Yana kirn gapirmoqchi?
Saddinisa o'rnidan turib sochining jamalagini o'ynagancha
birpas derazaga tikilib turdi-da:
 Hoshimni maktabdan haydasak, oyisi o'zini osib qo'yadi,
 deb hammani qo'rqitib yubordi,  oyisining o'zi aytgan.
Agar Hoshim bu yil ham tuzuk o'qimasa o'zimni-o'zim
osaman, yo ustimga kerosin quyib, o't qo'yaman degan...
Saddinisadan keyin Toshtemir yana gapirib, progul qilgani
uchun kechirim so'rasin, devoriy gazetamni esa qayta boshdan
yozib bersin, meni turtgani uchun keyinchalik hisob-kitobni
o'zimiz to'g'rilab olamiz, dedi. Sinfkomimiz Hamroqul:
Hoshim sinfdan tashqari ishlarga hech qatnashmaydi, uni
redkollegiyaga a'zo qilib olish kerak, xati chiroyli,  deb
qo'ydi. Mamatjon ham mushtiga yo'talib ancha gapirdi:
Maktabdan haydamaylig-u, unga qanday yordam berish
kerakligini kelishib olaylik, dedi. Kimdir bittasi, boshiga toln
yopib, bir savalash kerak, deb taklif kiritdi. Har xil gaplar
shunaqangi ko'payib ketdiki, oxiri qulog'imga hech narsa
kirmay, burnimni jiyirib, angrayganimchayo'tiraverdim. Esnoq
tutib, uyqum kela boshlagan edi, direktor shartta o'rnidan
turdi:
 O'quvchilik burchini ado eta olmagani uchun, Hoshimjon
Ro'ziyevni kimda-kim o'quvchilar safidan o'chsin desa, qo'lini
ko'tarsin.
Direktorimizning mana shu iliq gapidan keyin ko'zlarim
yarq etib ochildi-yu, uyqum ham o'chib ketdi... hech kim qo'l
ko'tarmayapti. Bir minut, ikki minut, uch minut... yo'q, hech
kim q o i ko'tarmadi.
 Yaxshi!  dedi Otajon Azizovich, negadir xursand bo'lib,
 o'zim ham shunday bo'lishini kutgan edim, barakalla! Endi
boshqa bir taklifni o'rtaga qo'ymoqchiman. Hoshimjon
Ro'ziyevni tarbiyalanib, yaxshi o'quvchi, intizomli, yaxshi xulqli
׳ yetishishiga qo'limdan kelgan yordamni ayamayman.
degan o'quvchi qo'lini ko'tarsin.
Bu gal o'ttiz olti bola baravariga qo'lini ko'tardi. Nazarimda,
bir xil bolalar ikkala qoMini ham ko'targanga o'xshadi. Sanashganda
ikkita qo'l ortiq bo'lib chiqdi. Sevinib ketganimdan
oksha paytda okzim ham qoMimni ko'tarib yuborgan ekanman.
 Xo'sh, Hoshimjon, o'zing nima deysan?  so'radi
qadrdon direktorimiz.
 O'zimmi, o'zim butun sinfdan kechirim so'rayman,
bunaqangi ishlarni endi qilmayman!
 Demak, tantanali va'da berasanmi?
 Yokq, va'da berolmayman.
 Nega?  o'ttiz olti bola baravariga so'radi.
 Chunki, ilgari va'dalar beraverib. va'damning g'ururi
ketib qolgan,  deb tushuntirdim do'stlarimga,  shuning
uchun bu ishni va'dasiz bajarmoqchiman...
Majlis yopildi.
Maktabning bufetidan bir tovoq mastava olib ichdim-da,
Toshtemirningyonginasiga o'tiribolibdevoriy gazetani boshdanoyoq
ko'chirib chiqdim.
 Qalay?  deb so'radim redaktordan.
 Xating chiroyli-ku. lekin xatosi kokproq ekan,  deb
qo'ydi Toshtemir,  tayyorlanib yur, yanagi chorshanba kuni
gazetaning yangi sonini chiqaramiz.
 Nimaga tayyorlanib yuray?
 Progulchilarni, yomon baho olganlarni, bezorilarni
hisobga olib yur. O'shalar haqida boplab maqola yozasan.
Maktabdan xursand qaytdim. Axir men redkollegiya a'zosi
bo'lgan edim-da. Umrim bino bo'lib birinchi marta amal tegdiyu,
xursand boMmaymanmi!
