VIII bob

ODAM BO'LAY DEB KELDIM

'ini aytsam, men shu kunlarda juda irodali boMib
ketganman, yo'q, kulmang. Rost aytyapman. Ishonmasangiz
 oyimdan so'rang. Bechora men darsdan boshimni
ko'tarmaganim uchun rahmi kelib:
 Hoshimjon, o'g'lim, bor, birpas o'ynab kelgin!  deb
qo'yadi.
 Hecham-da,  deyman bosh chayqab,  men endi
charchamaydigan boiib ketganman. Charchasam, bolalardan
orqada qolib ketaman, hammaga kulgi bo'laman.
Bunday deyishimga bir jihatdan ho4 birdagi devoriy gazetaga
yozgan maqolam sababchi bo'ldi. Esingizda bo'lsa kerak
Toshtemir, bolalarni kuzatib yur, kamchiligi bo'lsa devoriy
gazetaga urib chiqamiz, degan edi. Men kuzatib yuraverdim
Oxiri bir kuni kattagina maqola yozib xatosini hech kimga
sezdirmasdan Saddinisaga tuzattirib oldimda, gazetada bostirib
chiqardim. O'sha katta janjalga sabab b o i g a n maqolada
taxminan mana bunday so'zlar bor edi: Akrom yovvoyi
hayvonlarni yaxshi ko'radi, shuning uchun yomon o'qiydi
Umrinisa darsda non yeb o'tiradi. Mirobiddinxo'ja o'qituvchi
bir narsa so'rasa avval ichida duo o'qib oladi. Saddinisa juda
ko'p uh tortadi. Hamroqulning ovozi ingichka bolalar mendan
hayiqsin deb, ataylab ovozini do'riliatib gapiradi. Ikrom
yog'ochoyoq darsdan qaytayotganda bo'r bilan birovlarning
eshigiga yomon so'zlarni yozib ketadi. Orifjon  chaqimchi.
Zarif darsda uxlab o'tiradi. Sharifaning adasi nos chekadi.
Shohida bo'lar-bo'lmasga qiqirlab kulaveradi. Adham
arifmetikadan beriladigan uy vazifalarini dadasiga ishlatib
keladi... Xullas, o'sha maqolada o'ttiz olti o'quvchining hamma
kamchiligini ko'rsatib o'tgan edim-da.
 O'zing-chi, o'zing?  deb hammalari meni qurshab
olishdi.
 Menda kamchilik yo'q. Borini ham sizlar tugatdilaring,
 dedim bo'sh kelmay.
 Senda kamchilik yo'qmi?
 Yo'q, zig'ircha ham qolmadi.
 Maktabdagi eng katta yolg'onchi, irodasiz bola sen
emasmisan?.. Irodang bo'lganda, yomon baho olib sinfni
orqaga sudramaseding... Bolalar, kelinglar, o'zini ham gazetaga
urib chiqamiz, bir boplab yozaylik-ki...
O'sha kuni bizning tortishuvimiz hazil-hazil bilan sinf
majlisiga aylanib ketdi. Vohid Soliyevich:
 O'rtoqlar, Hoshimjon Ro'ziyev sizlarni juda to'g'ri tanqid
qilgan,  deb mening tarafimni oldi,  kimda-kim shunaqangi
kamchiligim yo'q desa, o'rnidan turib o'zini oqlasin. Qani, kim
birinchi bo'lib chiqadi?
Vohid Soliyevich ikkovimiz o'n minut chamasi kutib turdik
hamki, hech kim o'rnidan qo'zg'almadi.
 Demak, ayblaringga iqrorsizlar?  so'radi sinf rahbarimiz,
 o'rtoqlar, bu katta gap. Kishi o'z kamchiligini tan olsa,
undan yaxshi odam chiqadi.
 O'zi-chi, o'zi? Yolg'onchiligini bo'yniga olarmikan? 
deb, chuvillashib har tomondan savollar bera boshlashdi bolalar.
 Yo'q, bo'ynimga olmayman,  dedim o'rnimdan turib.
 Men sizlarga yolg'onchi emasligimni, irodam ham chakana
emasligini ko'rsatib qo'yaman.
Butun sinf bilan bas boylashib qoldim. Vohid Soliyevich
mening tarafimda edimi yoki u ham bolalar tomonidamidi,
buni o'sha paytda aniqlay olmadim. Ammo hammalari bir
bo'lib menga ikkinchi chorakning oxirigacha muddat beradigan
bo'lishdi. Ana shu paytda men kim ekanligimni, o'sha iroda
degan narsadan bizda ham oz-moz borligini ko'rsatib
qo'ymoqchi edim-da...
Mana bugun ikkinchi chorak yakuni o'qib eshitiriladi. Sinf
majlisiga har kim o'z otasini yoki onasini birga olib borishi
kerak. Vohid Soliyevich shunday deb tayinlaganlar. Kimni
olib borsam ekan, oyimnimi yoki dadajonimnimi? Bechora
dadam hech xursandchilikni ko'rgan emas. Yo oyimdan, yo
buvijonimdan gap eshitgani-eshitgan. Buning ustiga, o'tgan yili
xuddi mana shunaqa ikkinchi chorak yakunini eshitgani borganida
men u kishini aldagan edim. O'shanda bir yo'la to'rt fandan
ikki bahom bor edi-da. Chorak yakuniga negadir dadam
boradigan boiuvdi.
 Adasi, Siz ham boshqa erkaklarga o'xshab, bolalaringizning
o'qishiga bunday bir qiziqsangiz-chi,  deb xafa bo'ldi
oyim.
 Qiziqmay nima qilyapman, qiziqish shunchalik boMadida,
 deb qo'ydi dadam ham bo'sh kelmay.
 Qiziqsangiz, bugun sinf majlisi bo'lar ekan, borib keling,
 dedi oyim,  suyukli o'g'lingizning baholarini eshitib kelasiz.
Dadam bilan maktabga boryapmizu, qanday qilib uni
yoidan qaytarish haqida o'ylayman. Nega desangiz, dadamni
jon-dilimdan yaxshi ko'raman. Men tufayli uning o'sal
bo'lishini, odamlar oldida izza tortishini hecham istamayman.
Maktabga qadam qo'ygunimizcha ham biror qarorga
kelolmadim. Borsak, majlis boshlanib qolgan ekan.
 Qaysi sinfga kiraman?  deb solradi dadam.
 To'g'ringizdagi sinfga,  dedim-da, hatto qaysi sinfda
ham o'qishimni bilmaydigan dadamni uchinchi sinfga kiritib
yubordim. Uyga qaytib kelgach, oyim:
 Xo'sh, nima gaplar boMdi. gapirsangizchi  deb so'radi.
 Hech qanday gap boimadi. ~
Ataylab aytkizib yuboradi-yu, hech narsa demaydimi?
 Qanaqa sinf rahbari ekan u?
 Birov nega kelding deb so'ramadi ham!  achchig'i chiqib
dedi dadam. Keyin boltani olib ol t i n maydalash uchun
tashqariga chiqib ketdi. O'shandan buyon o'zimdan ham xafa
boMib yurgan edim.
Mana bugun yana sinf majlisi, yana xuddi o'sha kungidek
chorak yakuni eshittiriladi. Ammo, ishonamanki dadajonim
bugun, albatta xursand qaytadi.
 Bugun bizda sinf majlisi boiadi,  dedim hovlida qoi
kurayotgan oyimga.
 Xabarim bor.
 Vohid Soliyevich, dadang, albatta kelsin, dedilar.
 Ehtimol, oying kelsin degandir?
 Ishqilib, bittalaring borar ekansizlar-da... Dadam
boradigan boMdi.
 Ishqilib, baholaring tuzukmi?  so4radi u yo'lga
chiqganimizda.
 Borganda bilasiz.
O'sha kuni ertalab qor yoqqan edi. Oppoq qor
daraxtlarning novdasida, elektr simlarida, tomlarning
b o ' g ' o t i d a osilib qolgandek. Quyosh charaqlab, nur
to'kayotgandan hammayoq tovlanib, ko'zni qamashtiradi.
Ko'nglimda shodlik uyg'otadi. Dadajonimning qo'lidan
ushlab yugurib ketgim, qichqirgim keladi. Dadam bo'lsa jim,
nimalarnidir o'ylab ketyapti.
 Dada, lager bitdimi?  so'radim gaplashib ketish uchun.
 Lager-ku, bitib qoldi-ya, lekin men hozir boshqa narsani
xayol.qilib ketyapman... nazarimda sendan o'qimishli odam
chiqmaydiganga o'xshaydi. Sen tengi bolalar yettinchi, sakkizinchi
sinflarda o'qishyapti. Sen bo'lsang, haliyam oltinchida
yuribsan... o'qishdan chiqarib olsam nima deysan?
Dadam hech qachon birovga hazillashib gapirmaydi. Shuni
okyladimu, yuragim shuv etib ketdi. Endi o'qishga havas
qo'yib, yayrab o'qiyman deganimda-ya...
 Dod deyman!  dedim yurishdan to'xtab.
 Axir, o'zingda ham o'qishga havas yo'qqa o'xshaydi-ku?
 Ilgari shunaqa edi. Hozir boshqacha. Majlisga
borganingizda bilasiz.
Maktabga yetgunimizcha bir-birimizga gap qotmadik.
Sinfga kirsak, Hamroqulning dadasi, Saddinisaning oyisi,
Toshtemirning traktorchi akasi  xullas, ancha-muncha odam
to'planib, o'zaro har narsalar to'g'risida suhbatlashib o'tirishgan
ekan. Devoriy gazetaning eng keyingi sonida Saddinisa
menga bag'ishlab ochiq maqola yozgan edi.
 Devoriy gazetamizni ko'rmaysizmi?  deb so'radim.
 Gazetangni qo'ya tur hozir,  dadam Toshtemirning
akasi Akrom tog'aning yoniga o'tirib oldi-da: qor bosgan yerni
shudgor qilish foydalimi yoki zararmi  shu to'g'rida bahslasha
boshladi. Men qanday boMsa ham, maqolani dadamga
o'qitishni juda ham istar edim.
 Dada, gazetamizning rasmlari juda chiroyli chizilgan-da,
 dedim yana.
 Mayli, gazetada rasm bo4lgani ma'qul,  qo4lini siltab
qo4ydi Akrom tog4a.
 Lekin Toshtemir ikkovimizni boplab urib chiqishgan...
 Nima?! Urib chiqishgan?  dadam bilan Akrom tog'a
o4rinlaridan turib ketishdi,  nega endi urib chiqishar ekan,
yomon o4qigandirsizlar-da?
Ikkovlari orqama-ketin borib gazetani bir boshdan o4qiy
boshlashdi. Ularning shoshib borganini ko4rib, biron qiziqroq
gap borga o4xshaydi deb boshqalar ham yopirilishdi. Kimdir
baland ovoz bilan Hoshim tirishqoq bola chiqib qoldi
sarlavhali maqolani o'qiy boshladi. Ko4nglim joyiga tushgach,
odam degan sal kamtar bo4lishi kerak, deb o'yladim-da,
tashqariga chiqib eshikning tirqishidan mo'ralab turdim.
 Ro4zivoy aka, o4g4lingiz chakanaga o4xshamaydi-ku! 
deb qo'ydi Toshtemirning akasi.
 Bo4lmasa-chi, kechasiyu kunduzi o4qiydi-yu... 
maqtanib dedi dadam,  Saddinisa odam qildi uni...
04 n minutlardan so4ng sinf majlisi boshlandi. Vohid Soliyevich
jurnalni ochmasdan avval oltinchi B sinfi qanaqa sinf ekanligi,
kimlar o4qishi, qanday o4qiyotganlari to4g'risida gapirdi:
 Umuman, bu sinfga rahbar boiganimdan xursandman.
04ttiz olti o4quvchining hammasi ham qobiliyatli, tirishqoq, bir
so4zli bolalar desam xato bo4lmas... Bu bolalar bilan har qancha
ishlasang, mehnating zoye ketmaydi... Mana, Hoshimjon
Ro'ziyevni olaylik. Olti yillik tabelini ko4rib chiqdim. Ko'pchilik
fanlardan hamisha uch yoki ikki baho olib kelgan. Ammo, bu
chorakda u deyarli barcha fanlardan, o4zlashtirdi. Fizika bilan
geografiyadan to4rt, ona tilining og'zakisidan besh baho oldi.
Kimdir, sekingina qarsak chaldi, keyin boshqalar ham jo4r
boMishdi. Yashirmay qo4ya qolay, o'zim ham qo'lni yuqori
ko'tarib qarsak chalib yubordim...
Qarsak bahona bo4ldi-yu, Vohid Soliyevich so4zlashdan
to4xtab baholarni eshittirishga kirishdi. Faqat Saddinisagina
hamma fanlardan besh olibdi. Hamroqulda oltita besh, Toshtemirda
to4rtta, qolganlarida esa ikkita yoki uchtadan edi. Hali shoshmay
tursalaring, mulla Hoshim o4zining kim ekanligmi ko'rsatibqo'yadi.
Uchinchi chorakda uchta fandan, to4rtinchi chorakda eng kamida
beshta fandan a'lo baho olmasam otimni boshqa qo4yaman... deb
o4ylar edim, ammo, xursandchiligim uzoqqa bormadi. Eng yaqin
do'stim Akromni bir yo4la to4rtta fandan yomon baho olganini
eshitib, dilim xufton bo4lib ketdi. Qani endi majlis tezroq tugasayu,
tezroq borib do4stginamning ahvolidan xabar olsam, deb
betoqatlanganligim uchun nima to4g4risida gap bo4lganligini yaxshi
anglay olmadim. Faqat qaytayotganimizda, dadam:
 Hoshimjon, nimalarni o4ylab ketyapsan, o4g4lim?
degandagina o4zimga keldim.
 04qishni tashlab, Sizning yoningizga borib traktorchi
bo4lsammikan, deb o4ylayapman,  dedim hazilga olib.
 Esi yo4q, bunaqangi gapni ikkinchi og4zingga olmagin,
sendan tuppa-tuzuk odam chiqadiganga o4xshab qold