XOTIMA

Tog1 bag'riga joylashgan bolalar lageri. Tepasiga qarasang,
do'pping tushib ketadigan azim chinorlar, kishining qulochi
ham yetmaydigan sershoh tollar soya tashlab turadi. G4ir-glir
shabboda esyapti. Lagerning shundoq biqinidan o'ynoqlab
o'tadigan soy bo'yida okn besh chogii bola qumlarga dumalab,
yelkasini oftobga toblab yotibdi. Hech birining atrofdagi
go'zallik bilan ishi yo'q. Hammalari butun vujudini quloqqa
aylantirib, hikoya tinglashyapti. Qotmadan kelgan, yoshiga
qaraganda bo'yi novcharoq, timqora ko'zlari chaqnab turgan
bola hikoya so'zlashdan to'xtab, o'rnidan turib kerishdi.
 Keyin-chi, keyin nima bo'ldi?  betoqat boMib so'rashdi
tinglayotganlar.
 Endi charchadim, qolganini ertaga aytaman.
 Yo'q, bugun aytaqol!
 Hadeb cho'zaverasanmi, bugun tugatib qo'ya qol.
 Qalpoqcha nima boidi, o'shandan gapir, debbolalar
har tomondan savollar yog'dira ketishdi.
Hikoya solzlayotgan bola Hoshimjon Ro'ziyev edi. U bir
marta kerishib, o'rniga o'tirdi-da, yalang'och oyog'ini qumga
ko'mib, hikoyasini davom ettirdi:
 Xullas, og'aynilar, do'stim Akromga juda achindim. Ertalab
barvaqt turdim-da, shoshilib ularnikiga borsam, allaqachon
changalzorga chiqib tulki tutish uchun qopqon qo'yayotgan ekan.
 Nega kecha sinf majlisiga bormading?  Birinchi savolim
shu bo'ldi.
 Endi o'qimayman...  qo'l siltab qo'ydi Akrom,  katta
bo'lganimda o'qirman... Dadam ham 30 yoshga kirgandan keyin
o'qigan ekan.  Akrom bir oz jim turdi-da, keyin tulki
mug'arnbir hayvon ekanligi, qopqonning ustini cho'pxas bilan
bekitib bilinmaydigan qilib qo'yilmasa, darrov sezib qolishi
mumkinligi to'g'risida gapira boshladi.
Do'stimning tepasida tik turganimcha o'ylanib ketdim. Fikri
xato ekanligini unga qanday tushuntirsam ekan. 04zi oMardek
qaysar bola, unga gap tushuntirgandan ko4ra ho'kizning
qulog'iga tanbur chalgan ming marta yaxshi.
Oxiri, okylay-olylay sehrli qalpoqchamni unga sovg'a
qilishga qaror qildim. Akrom avvaliga angrayib, hangu mang
bo'lib qoldi. Ertasiga sehrli qalpoqchani qoiiga olib, boshiga
kiyib, sehrini sinab ko'rgach:
 Rahmat, yaxshiligingni o'la-oMguncha unutmayman!
dedi-da, shu zahotiyoq ko'zdan g'oyib boidi.
O'zim bo'lsam, o'qishga boshim bilan sho'ng'ib ketdim.
Uchinchi chorakda uchta fandan besh oldim. Yil oxirida esa
bir y o i a besh fandan aMo baholar olganimni, o4lay agar, o4zim
hech bilmay qolibman. CTqishlar tamom boMayotgan kuni
butun maktab xayrlashuv majlisiga to'plandik. Ana o'sha katta
yig'inda mening qadrdon direktorim:
 Eng a'lo o'qigan o'quvchilar qatorida Hoshimjon
Ro'ziyev A'lochi bolalar lageriga borish uchun tekin putyovka
bilan mukofotlanadi,  deb e'lon qilib yuborsa boladimi. Men
o'zimning Uzunquloq otadagi qo'lbola lagerimizda dam
olmoqchiman, desam ham mehribon o'qituvchilarim hech
ko'nishmadi. Odam degan o4z obro'yiga yarasha ish qilishi
kerak, deb .turib olishdi...
Shunday qilib, yalang'och do'stlarim, mana bugun men sizlar
bilan maza qilib bu yerda dam olyapman. Boshimdan o'tgan
voqealar mana shular. Gapimning oxirida sizlardan bir narsani
iltimos qilmoqchiman: qizishib ketib uncha-muncha yolg'on
ishlatib yuborgan boMsam, kechirasizlar.
 Akrom nima bo'ldi, Akrom?  deb so'rashdi bolalar.
 Akromning boshidan o'tganlarini keyin gapirib beraman,
og'zim charchab ketdi axir...  deb qo'ydi Hoshimjon.
Xuddi shu payt lagerda gorn ovozi yangrab qoldi. Bolalarni
peshingi ovqatga chorlar edi u. Hammalari o'rinlaridan turib, birbirlarini
quvlashib, shataloq otishib o'sha tomonga qarab yugurishdi.
Hammadan oldinda Hoshimjon borardi.
o'qimaganida, umuman hali o'zi tayyor bo'lmagan ishlarga