ISTE'DODNING OLMOS QIRRASI

Bolalarga kitob yozmoq uchun bolalaikka qaytib bormoq kerak.
Boshlagan kitobingga oxirgi nuqta qo'yguningcha bola boMib
yashashing zarur. Bolalik orzulari bir nuqtada turmaydi. Mar
daqiqada o'zgaradi. Bir kuni militsioner bo'lging kelsa, ertasiga
uchuvchi boMging keladi. Ko'ngilga tukkan bu niyatlaring sal
fursatdan keyin o'zgaradiyu birdan shpion tutadigan askar boMging
kelib qoladi. Polvon boMib hammani qoyil qoldirging, masxaraboz
boMib sirkda yuzlab odamni kuldirging, o'rmonlaru to'qaylarda
y o ' l b a r s ovlab terisini shilib kelging, senga ikki qo'ygan
o'qituvchingni lol qoldirging keladi.
Afsuslar bo'lsinki men mana shunday beg'ubor bolaligimni
yo'qotganman. Bolaligim davr to'lqinlarida qirg'oqlarga urilib o'tib
ketgan. Quloqlarni fosh qilish, ularni tugMlib o'sgan yuriidan quvish,
qishloqlami kollektivlashtirish, xotin-qizlar boshidan paranjisini tortib
olib, o t qo'yish bi/ bolalaming "siyosiy" vazifamiz bo'lib qolgandi.
Oktyabryat bo'ldik, pioner boMdik, komsomol bo'ldik. O'ylab qarasam
tug'ilibmizu bolaligimiz ustidan xatlab o'tib ketibmiz.
O'sha davr bolalari to'g'risida yozilgan hikoyalarni o'qiganimda
go'yo bizning avlod tug'ilib, o'rdakning jo'jasidek tuxumdan
chiqqanu suvda suzib ketavergan. "Tom Soyerning sarguzashtlarr
qissasini o'qiganimda, nega men Tomga o'xshagan boimadim, deb
o'zimdan o'zim so'rayman. Men Tomning yoshiga yetganimda
tepasida teshigi bor tunuka bankani bo'ynimga osib bozorlarda,
hukumat idoralarida, magazinlarda kapitalizm iskanjasida ingragan
siyosiy maxbuslarga yordam puli yig'ardim. Qizil alvonga yozilgan
"Hamma kolxozga, yakka xo'jaliklar sho'ro hukumatining
dushmanidir" degan shiorni ko'tarib qishloqma-qishloq kezardim.
Qishloq xonadonlarining devorlariga "Quloqlarga shafqat yo'q,
ularning joyi uzoq Sibiriya" degan yozuvlarning qancha-qanchasini
b o ' r bilan vozganmiz. Endi o'ylab qarasam bolaligim siyosat
daryosida oqib ketibdi. Pionerlik, komsomollik bizni "Siyosiy
hushyorlikka" o'rgatib qo'ygan ekan. Otasini "xalq dushmani"
sifatida qamatganlar, ta'lim bergan o'qituvchisini fosh qilib, sudda
guvohlik bergan "Pavlik Morozovchilar" bizning avlod vakillari edi.
Yigirmanchi-o'ttizinchi yillar go'yo xotinlar chaqaloq tuglmagan,
ovozi do'rillab qolgan yigitlarni tuqqan edilar.
O'sha yillarda yaratilgan adabiy asarlar orasidan bironta bolalarga
bag'ishlangan durustroq asar topolmadim. Birgina G'afur Gulomning
"Shum bola"si nursiz kitoblar orasida yarqirab turipti. Bunga sabab,
qissada sof bolalik hayoti aks etgani edi. Yer kurrasining u tomonida
Tom Soycr, bu tomonida davr siyosatini, partiya chaqiriqlarini tan
olmagan "Shum bola" dunyoga kclgan ekan. Adabiyotimi/da bolalar
hayotidan yo/ilgan hikoyalami inkor qilmaymiz. Ammo ular partiya
chaqiriqlariga javoban yozilgan "qiziP hikoyalar edi.
"Sabr qilsang g'o'radin xolvo pishur" dcganlaridek elliginchi
yillarning oxiriga kclib bolalarimiz baxtiga Xudoyberdi To'xtaboyev
dcgan istc'dodli bir yozuvchi adabiyotimiz cshigini ochib kirdi.
Bolalar adbiyotiga albatla shunday bir yozuvchi keladi, deb intiqlik
bilan kutgan edik. Uning birinchi hikoyalaridanoq bolalar olamini
yaxshi bilgan, ular psixologiyasini, o'y-xayollarini, favqulodda
ifodalarga boy biyron tilini, qiliqlarini, xullasi simobdek beqaror
hayotini sinchkovlik bilan o'rgangan, o'zi ham boladek har narsaga
qiziqadigan mchnatkash yozuvchi safimizga kelganidan quvondik.
Xudoyberdi dimiqib qolgan bolalar adabiyoliga musaffo havo olib
kirgandek boMdi. Uning "Sariq devni minib" dcgan turkum
qissalariga dcbocha boMgan "Schrli qalpoqcha" qissasi katta shovshuvga
sabab boMdi. U tc/ kunda bolalarimizning qo'ldan qo'ymay,
scvib okqiydigan kitobi bo'lib qoldi. "Sariq devni minib" degan qissalar
turkumi oz fursatda dunyoning 22 mamdakatida 22 tilda juda ko'p
nusxalarda nashr qilindi. Kcyingi ma'lumotlarga qaraganda hamon
qayta-qayta bosilayapli. Birgina Cicrmaniyada 500000 nusxada
bosilgani sinchkov ncmis kitobxonlariga qissaning qanchalik manzur
boMganiga guvohlik berib turipti. Ukraina bilan Rossiyada bosilgan
nusxalari milliondan ham oshib ketdi. Yaxshi kitob o'ziga o'zi yoi
topadi. Qulog'idan cho'/ib, bo'ynidan ip bogMab adabiyotga olib
kirilgan kitoblar allaqachon aravadan tushib qolgan.
Mashhur adib Mark Tven tug'ilgan kuni Amerikaning Missuri
shtatida Tom Soyer yashagan hovlining taxta devorini oqlash
marosimi boMishini ko'pchilik bilmasa kcrak. Bolalar bu marosimni
tantanali bir vaziyatda nishonlashadi. Devor oqlash musobaqasini
o'lkazishadi. Musobaqa g'oliblariga Mark Tven kitoblari sovrin
sifatida topshiriladi. Xudoyberdining bu ajoyib qissasi Chippolino
vatani Italiyada ikki bor nashr qilingani jahonga buyuk yozuvchilarni
bergan Italiya xalqi, sinchkov kitobxonlari nazariga tushgani
Xudoyberdining baxti edi. Angliyada, Frantsiyada kitob qadriga
yetadigan zukko kitobxonlarga manzur boigan bu asar butun O'zbck
adabiyotining obro'si bo'lganini tan olishimiz kerak.
Nima bo4ldi-yu, oltmishinchi yillarga kelib Xudoyberdi yozishdan
bir muddat to'xtab qolgandek bo'ldi. Qissalar yozmay qo'ydi. O'zini
feretonchilikka urdi. Respublika gazetalarida kunora fePetonlari
bosiladigan boiib qoldi. Men bu bolaga mehr qo'ygan edim. Undan
yangi-yangi qissalar kutardim. Ammo u fcPeton yo/ishdan bo'shamadi.
Bu orada bolalar adabiyotidan bir qadar Tay/ kela boshlaganga
o4xshardi. Uni qidirib redaksiyaga bordim, papiros tutatib allaqanday
sud hukmlari, mililsiya tu/gan akllarga ko'milib fereton yo/ayotgan
ekan. Xudoyberdi meni ustoz deb q o l bergan, yozganlarini nazarimdan
o'tqazib turadigan shogird edi. Keyingi ikki yilda negadir mendan
o'zini olib qoehadigan, uchrashib qolgan paytlarimizda qandaydir bir
gunoh ish qilib qo'ygan boladek ko'/ini yashirishga joy topolmay
qolardi. Bu holat menga juda tanish. Chunki inening oVim ustoz
Abdulla Qahhor oldida \uddi shunday ahvolga tushgandim. Bu voqea
bir umr esimdan chiqmaydigan saboq bo'lgan edi.
Mirig to'qqizyuz qirq oll 1. qirk yetlinehi yillarda hikoya yo/ishni
tashlab fePeton yozishga bcrilib ketgandim. Nazarimda o'sha yillar
butun O'zbekistonda mendan mashhur, mendan obroli yozuvchi
yo'qdek edi. Sarlaroslnonalarga meni benavbat kiritib yuborishardi.
restoranlarda menga muilaqo notanish kishilar yemak-ichmak haqini
to'lab qo'yishardi. Mehmon-izlomga borsam dasturxonning eng to'riga
meni o'tqazishar. lo oMirgunimeha qoM qovushtirib tkodob" saqlab
turishardi. OVimga oVim "hikoya yozib vaqtimni oMkazib yurgan
ekanman, fePetonchilik g'irt ma/a ekan'\ deb o'zimdan ketgan
pavtlarim edi. Ana shunday uehib-qo'nib yurgan paytlarimda
redaktsiyaga Abdulla Qahhor kelib qoldi. He yokq, be yo4q, "yozuvehilar
soyuzidan ehiqishga ariza yozib berasizmi yo o'zimiz o'ehirib
yuboraveraylikmi?" deb qoldi. Nima uehun bunaqa deyayotganiga
tushunmay hayron boiib qoldim. Nima uchun ariza yozib berishim
kerak? Tilimga gap kelmay ehaynalib qoldim.
 Nega unaqa deyyapsiz, domla?  dedim qo'rqa-pusa.
 Soyuz a'zolarining hammasi asar yozishyapti. Uch yildan beri
bironta hikoyangizni o'qiniadim. Demak, siz yozuvehilikni
tashlagansiz. Unday bolsa soyuzni bo'shatib qo'yish kerak.
- - FePetonlarimni o'qimayapsizmi?
Fel'eton adabiyot emas, jurnalistikaga kiradi.
Ikki oycha boldi bitta hikoyam bosilgandi. O'qima-ganmisiz'.'
- O'qiganman, dedi domla. Hikoyangizdan qamoqxonaning
hidi kelyapti. Fel'eton yozaverib odamlardan fazilat emas,
nuqson qidiradigan boiib qolibsiz. Adabiyot, o'quvchi qalbiga nur
olib kiradi. Go'zallik, odamivlik, rahm-shavqat, hayotga, odamlarga
muhabbat tuyg ularini uyg'otadi. Siz esa odamlarda faqat yomonlikni,
yovuzlikni ko'ryapsiz. Attang. attang, sizdan qanchadan qancha
umidlarimiz bor edi.
Abdulla Qahhor hoshqa gap aytmadi. Xayr, ham demay chiqib
ketdi. O'tirgan joyirnda bir zambar loy bo4lib qolaverdim Domlaning
gaplari qanchalik achchiq, qanchalik "sassiq" bolmasin haqiqat edi.
Bu gap, bu xil muomala jon-jonimdan o'tib ketdi. Feretonchilikni
mutlaqo tashlab yubordim. Mana ellik besh yil bo'libdiki domla
aytgan gaplaming zahri tanamdan ketmaydi. Shu ellik besh yil
davomida atigi uchta fel'eton yozibman. Ochig'ini aytsam hikoyadan
ancha qo'lim chiqib qolgan ekan. O'zimni o'nglab olgunimcha ancha
qiyin boMdi.
Shu topda yoshligim, fePeton "qiroli" paytimga ro'baro4 kelib
turibman. Xudoyberdi mening yoshligim edi, men qilgan xatolarni
aynan takrorlab turgan payti edi. Unda jindek havo paydo bo'lgan,
g'ururi ham anchagina balandda edi.
Ahvollar qalay ukam?  dedim nimadan gap boshla-shimni
bilmay. U stol tortmasidan o4ntacha har xil yorliqlarni, dastro'molga
tugulgan qo'zichoqning iligidek bir narsani allaqanday maqtanish
bilan stolga qo4ydi.
Bilasizmi, bu nima? Bu kumush hushtak.
U shunday deya turib ro'molchani yechib, ichidan chindan ham
kumush hushtak olib menga uzatdi.
Buni ichki ishlar xodimlari to'g'risida yozilgan eng yaxshi
material uchun mukofotlashgan. Chalib ko'ring, bitta puflab ko4ring,
ovozi ham boshqacha.
Xudoyberdi bir vaqtlar yaxshi yozuvchi bo'lishni orzu qilgan,
yozgan-chizganlari ertaga yaxshi yozuvchi bo'lishga kafolat
bcradigan talantini bitta kumush hushtakka almashtirishga tayyor
turgan va lekin hali danagi qotmagan, o'z istiqboliga befarqroq, uch
ko4cha boshida qayoqqa borishni bilmay hayron turgan "yozuvchi"
edi. Unga qancha tushuntirma, qancha nasihat qilma hanima
gaplaringdan kumush hushtak afzaldek edi. Uni adabiyotga qanday
qaytarish mumkinligini o4ylab o'yimga yetolmadim. Bu yo4ldan
qaytarishning birdan bir yo4li Abdulla Qahhor uslubi edi. Xudoyberdi
juda odobli, madaniyatli, mayin yigit. Dilini og'ritgim kelmadi
Menda Qahhor domlaning qahri yo4q. Boyatdan beri uning jonjonidan
o'tib ketadigan gaplarni o4ylab o4tirgan edim. Aytishga tilim
bormadi. Uzundan uzoq lektsiya boshladim.
( i a / e t a bir kunlik axborot vositasi. Ertasiga uning o4miga
boshqa gazeta chiqadi. Demak, sen yozgan fePeton ham bir kunda
o'tmishga aylanadi. Bilasanmi, men ikki yuzdan ortiq fel'eton
yozganman. Qani ular? Hammaning yodidan chiqib ketdi. Faqat
fePetonda urilgan, jurnalistlar tili bilan aytganda fosh qilingan
odamlar xotirasidagina qolgan. Badiiy asar butunlay boshqa gap.
Yuz yillab, ming yillab yashayveradi. Bu gaplarim bilan fel'etonni
yomon demoqchi emasman. Jamiyatni poklash uchun uning
ahamiyati katta. Ammo har sohaning o'z mutaxassisi bo'lishi kerak.
Hayotga maftun, insonlardan go'zal fazilatlar qidiradigan, uni zavqshavq
bilan tasvirlaydigan, qo(shiqdek kuylaydigan iste'dodli
yozuvchilarni yo'ldan toydirishi ham mumkin. Ha, deb o'g'rilar,
poraxo'rlar, piyonistalar, xotinbozlar to'g'risida yozaversang yaxshi
odamlar ham ko'zingga shubhali ko'rinadigan b o i i b qoladi.
Hali uzoq gapirmoqchi edim, gaplarimning daromadini sezgan
Xudoyberdi bezovtalanib qoldi...
 Tushundim, domla. Nima demoqchiligingizni tushundim.
Fel'eton yozaverib hikoyadan qo4lim chiqib ketibdi. Bir hikoya
boshlagan edim, sira tugatolmayapman. Fel'etonga o'xshab qolyapti.
 Tushungan odamga tushuntirib o'tirishning hojati yo4q. Endi
buyog'i o'zingizga havola.
O'rtamizda boshqa gap bo'lmadi. Sovuqqina xayrlashib chiqib
ketdim. Shundoq dilbar bir yigitning dilini og'ritganimdan koyindim.
Kimdir bu gapni aytishi kerak edi. Men bo'lmasam boshqa bir kishi
aytardi. O'zim aytganim durust bo'ldi. Shu voqeadan keyin gazetani
kuzatib yurdim. O'sha kuni yozayotgan feFetonini gazetada ko'rmadim.
Demak, yarmini yozganidan keyin buyog'iga qalami yurmagan.
Gaplarim ta'sir qipti. Keyinchalik eshitishimga qaraganda u gazetadan
bo'shab ketibdi. Menga ham ko'rinmaydi, matbuotda ham.
Oradan biron yil o'tib uning Farg'ona kishilariga bag'ishlangan
ocherklar turkumi e'ion qilindi. Unda "Konizar" qishlog4ining ajoyib
kishilari nihoyatda samimiy bir kayfiyatda tasvirlangan edi. Men
Konizar qishlog'iga ikki-uch marta borganman, sodda, samimiy
bog'bonlari, dehqonlari qanchalik samimiy yozilgani menga ayon edi.
1965-yilda boshlangan olti qissadan iborat "Sariq devni minib" romani
1972-yilda yakun topdi. Xudoyberdi bu asar ustida yetti yil ter to'kib
mehnat qildi. 1975-yilda esa "Besh bolali yigitcha" qissasini yozib tugatdi.
Ustoz Abdulla Qodiriy bir suhbatda xalq qahramoni Namoz botir
to'g'risida bir roman rejalashtirib qo'yganini aytgan edi. Afsuski,
o'sha davrdagi ziyolilarga bo'lgan hujum, qatag'onlar ustozimizga
bu rejasini amalga oshirish imkonini bermadi. Xudoyberdi Abdulla
Qodiriyga nasib qilmagan mavzuga qoM urishga qaror qildi
Samarqand, Kattaqo'rg'on shaharlariga borib Namoz botirni ko'rgan
kishilar bilan suhbatlashdi. Arxiv hujjatlarini o ' r g a n d i . Oxiri
sinchkovlik bilan qilingan mehnat o'z samarasini berdi. 1981-yili
"Qasoskorning oltin boshi" nomi bilan nihoyatda o'qishli bir roman
dunyoga keldi. Ko'p vaqt o'tmay "O'zbekfilm" ijodkorlari roman
asosida badiiy film yaratdilar. Xudoyberdi o'zini ijodga urdi. Yilora
bittadan roman yo qissa yozar, yozganlari esa nashriyollarda turib
qolmasdi. Nashriyotlar Xudoyberdi bu yil qandoq roman olib
kelarkin, deb kutadigan bo'lib qoldi. Xudoyberdi esa ularni ko'p
kuttirmasdi. Nashriyotga albatta quruq kelmasdi, qo'ltig'ida yangi
romanning qo'lyozmasi bilan kirib kelardi.
1983-yili "Yillar va izlar" qissasini olib kelgan bo'lsa, 1985-yili
"Shirin qovunlar mamlakati" romanini olib keldi. 1987-yili
nashriyotga "Mungli ko'zlar" romanini topshirgan bo'lsa, 1995-yili
"Jannati odamlar" romanini topshirdi.
Shuni ham aytish kerakki, uning romanlari bir yil, ikki yil ichida
boshqa tillarga tarjima qilinib qardosh xalqlar bolalarining ham
sevimli kitobi bo'lib qoladi. Keyingi o'n besh yil davomida mamlakatda
turizmning rivojlanishi boshqa mamlakatlar hayoti bilan
tanishishimizga katta imkon yaratdi. Olimlar, yozuvchilar, jumalistlar
albatta borgan mamlakatlaridagi kitob do'konlariga kiradilar. Jahon
adabiyotining nodir asarlarini harid qiladilar. Ana shunday
sayohatlarga borgan yozuvchi do'stlarim albatta Xudoyberdining
romanini Rimdagi katta kitob magazinida "Chippolino", "Pinokkio"
kitoblari qatorida sotilayotganini aytdilar. Yoki Germaniyada "Sariq
devni minib" romani "Gulliver", "Myunxauzen" kitoblari qatorida
sotilayotganini aytadilar. Bu albatta O'zbek adabiyotining chet ellarda
ham mashhur bo'la boshlaganidan darak beradi.
Xudoyberdi To'xtaboyev bugungi kunda O'zbek bolalar
adabiyotining zabardast vakiliga aylandi. Uni mamlakatimizdagi
jamiki kitobsevar bolalar yaxshi bilishardi. Uni katta-kichikka barobar
manzur bo'lgan kitoblarini qo'ldan qo'ymay o'qiydilar. Xudoyberdi
bolalar adabiyotininggina emas, kattalar adabiyotining ham rivojiga
qo'shgan katta hissasi uchun "Xalq yozuvchisi" unvoniga sazovor
bo'ldi. Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Xudoyberdining ijodi,
asarlari maktablarda o'rganilmoqda. Hozir 5-,6-,7-sinf darsliklarida
bir necha soat mobaynida bolalar o'zlarining sevimli yozuvchilari,
uning ajoyib-g'aroyib qahramonlari bilan uchrashib turibdilar.
Uning hozir avji kuchga to'lgan payti, u qanchadan-qancha ijodiy
rejalar bilan yashayotgan iste'dodli zahmatkash yozuvchidir.
Qo'zichoqning ilik suyagidek kichkinagina kumush hushtak endi
Xudoyberdiga ijodining boshianish davridan bir esdalik bo'lib qoldi.

SAID AHMAD
19 yanvar 2000-yil