IV bob

HASHAROTNI KALTAKLASHGA BUYURDIM

Ketyapman-ketyapman, na yo'lning oxiri ko'rinadi, na
atrofda biron qo'qqaygan kulba. O'ngga qarasang ham g'o'za,
chapga qarasang ham g'o'za. Bir mahal burilib orqamga boqqan
edim, nazarimda, hozirgina men bosib o'tgan yo'llarda ham
g'o'zalar o'sayotganga o'xshab ko'rindi. Siz qanaqaligingizni
bilmayman-ku, lekin men mana shunaqangi poyonsiz dalalarga
chiqqanimda yayrab, jonim tanimga sig'rnay ketadi. Undan
keyin qornim to'ydi deguncha, ashula aytib yuboradigan odatim
ham bor. Shu paytda qorin masalasida shikoyatim yo4q hisobi.
Undan keyin atrofda: Hoy, Mullahoshim, quloq o'zimizga ham
kerak,  deb tanbeh beradigan biron kimsa ham ko'rinmaydi.
Shartta ashulani boshlab yubordim:
Xoh g ' 'zam, xoh-xoh g ' 'zam,
Hosili oppoq g ' 'zam, 
deymanu, buralib-buralib o'yinga tushib yuboraman. Keyin
ikki qo'limni biqinimga qo'yib, egilib, g'o'zalarga salom
beramanda:
Xoh g ' 'zam, xoh-xoh g ' 'zam,
Hosili oppoq g ' 'zam, 
deb kuylab yo'lda davom etaman. Qorong'i tushib osmonda
charaqlab yulduzlar ham ko'rinib qoldi. Ammo hali
aytganimdek yo'lning oxiridan darak yo'q.
Bir mahal ko'chaning chap tomonidan miltillab chiroq
yorug'i ko'rinib qoldi. Borib qarasam, yetmish yoshlarga kirgan,
oppoq soqoli ko'ksiga tushib turgan bir otaxon yonboshlab
olib xo'rillatib ko'k choy ichyapti. Oyoq tomonda  toshfonus,
o'shaning yorug'ini ko'rgan ekanman.
 Assalomu alaykum, otaxon!  dedim cho'zib,  suv
quyayapsizmi?
 Vaalaykum,  otaxon chordana qurib o'tirib oldi, 
kcl, o'g'lim, kel. Qani, beriroq kelchi, tanimayroq turibman.
Kimning o'giisan o4zi?
 Dadamning o4g4liman,  deb yuboribman shoshilib.
Hash-pash deguncha ikkovimiz ota-boladek bo'ldik-qoldik.
Otaxonning ismlari Polvontog4a ekan. Ishimning o4ngidan kelganini
qarangki, Polvontog4a yolg4iz o4zi zerikib o4tirgan ekan. Menga
o4xshash esli-hushli, gapga tushunadigan bir yigitga juda-juda ham
zoriqib o4tirgan ekan. Xursand bo4lib ketganidan otaxon meni
obdan mehmon qildi, keyin termosdan choy qo4yib berayotib:
 Obbo o4g4lim-ey, obbo taylog4im-ey,  deb qo4ydi.
 Otaxon, bu go4zalar qaysi kolxozniki?  sekin maqsadga
o4tdim.
 Kolxozniki emas, sovxozniki. Oltinchi sovxozniki.
04g4lim, qani qanddan ol, choy rasmi qand bilan ichiladi.
 Otaxon, sovxozlaringga agronom kerak emasmi?
 Sovxozga kerak-kerakmasligini bilmayman-u, ammolekin
bizning bo4limga agronom kerak. O'zimizning agronom
oblastga ko4tarilib ketdi. Umringdan baraka topkur ko'p
azamat yigit edi. Nima, dadang agronommi deyman?
 Dadam emas, mening o4zim agronomman.
 Nima?! Mushtumdek bola-ya!  Shunday deb otaxon
menga boshdan-oyoq razm solib chiqdi. Men qo'ltig4imda
turgan qalpoqchamga qalpoqcham, sehringni ko4rsat, deb
asta shivirladim-da, ovozimni chiqarib:
 Otaxon, meni chog'imda yosh bola deb o'ylayapsiz
shekilli?  deb shartta o4rnimdan turgan edim, Polvontog4um
mirzaterakdek bo'yimni ko4rib:
 Yopirim-ey, yopirim-ey! deb soqolini changallab, hangu
mang bo4lgancha menga tikilib qoldi.  Hozirgina yosh bola
eding-ku, yo tush ko4rayotibmanmikin-a! AstagTirullo...
 Otaxon, men o4zi shunaqaman,  dedim shoshib-pishib,
 bir qarasangiz yosh boladek yana bir qarasangiz katta
odamdek ko4rinaman.
 Yopir-ey, yopir-ey!  derdi otaxon tinmasdan. U bir
nafasdan so4ng o4ziga kelib, shunday qilib, agronomman deng,
o4g4lim deb so4radi.
 Ha, otaxon, agronomman.
 Bizning sovxozga ishga kirmoqchi bo'lib yaxshi qilibsiz,
o'g'lim. Sovxozimiz keng, hammaga ham ish yetib ortadi.
Farg'ona tomondan bo'laman, dedingizmi?
 Ha, Farg'ona tomondan bo'laman.
 Ota-onalar hayotmi?
 Hayot, otaxon, hayot.
 Barakalla. Ularning davrida u yoq-bu yoqni ko'rib
olganingiz ma'qul. Musofir bo'lmasang, musulmon bo'lmaysan,
deydilar keksalar. Ertalab sovxoz direktorining oldiga o'zim
boshlab boraman. Farg'onadan meni qora tortib kepti,
hamshaharim bo'ladi, ishga olsang ham olasan, olmasang ham
olasan, deb turib olaman...
O'sha kechasi Polvontog'a bilan dalaning o'zida yotib qoldik
o'ziyam anchadan buyon bunaqangi huzuri jon bo'lmagan edi.
Sement ariqlarda hayqirib oqayotgan suvlardan egatlarga tarab
qo'ydik-da, yerning o'rtasiga qilingan baland supada cho'zilib
yotdik. Olis-olislarda miltillab chiroqlar yonadi, ko'kdagi
yulduzlarni aytmaysizmi, charaqlab ko'zni olay deydi. Oy bo'lsa
tepamizga kelib allaqanday sarg'ish, allaqanday ko'kimtir nurlar
sochadi. Qalbimizda hech tushunib boMmaydigan, shodlikka ham,
g'ussaga ham o'xshamaydigan g4alati-g4alati hislar uyg'otgandek
bo'ladi. Suv o'z tilida bir nimalar debchulduraydi, chigirtkalarning
basma-basga kuylashi, qurbaqalarning pashsha tuta olmaganidan
kimgadir shikoyat qilayotgandek cho'zib-cho'zib qurillashi 
mana shularning hammasi menga, negadir, qishlog'imizni eslatib
yubordi. Chalqancha tushib. ikki qo'limni boshim ostiga
qo'ygancha yulduzlar chamaniga mahliyo bo'lib yotarkanman,
shu paytda oyijonim, jondan yaxshi ko'rgan singillarimni eslab
ketdim. Ehtimol, bechora oyijonim sochlarini yulib faryod
chekayotgandir, dalama-dala, qishloqma-qishloq bo'zlab meni
axtarib yurgandir. Oyijon, oyijonim, meni axtarmang, meni deb
kolz yoshlaringizni oqizmang. Hoshimboyning ishlari besh, katta
sovxozga katta agronom boMay deb turibdi...
O'ylay-o'ylay uxlab qolibman.
Sovxoz direktori baland bo'yli, yelkalari keng, polvonnamo
bir kishi ekan. Gapirganda ovozi xuddi xumning ichidan
chiqqandek g'uldirab, jaranglab cshitiladi. Kulganda tomni
ko'tarib yuborgudek qattiq kuladi, yurganda uyning pollari
lapanglab ketadi. Polvontog'a meni tanishtirgach:
 Hoshimboy hali yosh, uni o'zing tarbiyangga olasan, 
deb tayinladi sovxoz direktoriga.
 Otaxon, Sizning gapingizni hech qaytarolmayman,  dedi
direktor menga zimdan razm solib, keyin mening o4zimdan ham
so4rab qo4ydi:  Qaysi institutni bitirgansiz?
 Agronomlik institutini.
 Qaysi fakultetini?
 Agronomlik fakultetini.
 Yaxshi. Ilgari ishlaganmisiz?
 Yo4q.
Akbar aka Nosirov unaqangi ezma direktorlardan emas
ekan, gapni cho'zib, meni ham, o'zini ham qiynab o'tirmadiyu,
shartta agronom qilib tayinladi-qo'ydi.
O'sha kuni ikkovimiz uning pavillioniga o'tirib, dala
aylandik to4rtinchi bo'limga tayinlangan ekanman, ixtiyorimda
1200 gektar paxta maydoni-yu, 12 brigada. Akbar aka meni
jamiki brigada boshliqlari, men rahbarlik qilishim kerak bo'lgan
odamlar bilan birma-bir tanishtirib chiqdi. Minib yuring deb,
1J markali mototsikl berib, oylik maosh ham tayinladi.
 Eng muhimi, o'rtoq Ro4ziyev,  dedi u ta'kidlab,
odamlar bilan ishlash. Agar kishilar bilan yaxshi muomala
qilsangiz, ularning qalbiga yo'l topa olsangiz ish o'z-o'zidan
yurishib ketaveradi. Tushunarlimi?
 Tushunarli, o'rtoq Nosirov!  dedim.
Mototsiklni olishga olib qo4ydim-u, lekin yashirib nima
qilaman, haydashni bilmas edim. To'g'ri dadamning
mototsikliga uch-to'rt bor minganim bor. 0 4 oldirishni, gaz
berishni, tezligini oshirib, pasaytirishni o'shanda uncha-muncha
o'rgangan edim.
Uch kun mototsikl minishni mashq qilib, tolrtinchi kundan
boshlab dala aylanishga tushdim. Bu yerning odamlari ajoyib
kishilar ekan. Qayerga bormay, hurmatimni joyiga qo'yib, kutib
olishadi. Choy, ba'zan qozon osib ovqat ham tayyorlashadi.
Ikki marta tovuq sho'rva ham qilib berishdi. Aroq-paroq ham
ichasizmi? deb so'rashgan edi, tag4in mast bo'lib qolib aljib
o4tirmay deb, yo4q, men ichkilikni yomon ko'raman, deb
qo4ya qoldim. Gohida:
 04 r t o q agronom, sizningcha, mahalliy o'gitga
superfosfatni aralashtirib solgan yaxshimi, yoki superfosfatni
selitra bilan tashlayveraylikmi?  deb so4rab qolishadi.
Superfosfat nimasi-yu, selitra nimasi, rostini aytsam, o4zim
ham bilmayman. Ilgari bunaqangi gaplarni hech eshitmagan
ekanman. Lekin shunday bo4lsa ham sir boy bermayman:
 Shuni ham so4rab o'tiribsizlarmi,  deb jo4rttaga
balanddan kelaman,  kim aytadi sizlarni Mirzacho4lning
mashhur paxtakorlari deb, uyat emasmi!
Aylanib yurib to'rtinchi brigada dalasida janjal ustidan
chiqib qolibman. Boiim boshlig4i O'rmon aka bilan brigadir
Rahimjon aka nima to4g4risidadir qo4llarini pasta qilib
bahslashmoqda edi. Meni ko4rishi bilan bo4lim boshlig4i:
 O'rtoq agronom, Sizdan bir iltimosim bor,  deb qoldi.
 Marhamat,  mototsikldan asta tushdim.
 Agar malol kelmasa mana bu Rahimjonga, uning
a'zolariga kompost to4g4risida bir gapirib bersangiz. Bular
haligacha hech narsa tushunishmas ekan.
 Marhamat,  dedimda, u yoq-bu yoqqa qarab olgach,
leksiya o'qishga tushib ketdim,  o4rtoqlar, kompost juda
foydali ichimlik uni asosan mevadan tayyorlashadi. Mevalarning
xili qancha ko4p bo4Isa, u shuncha shirin bo4ladi. Bizning
Farg'ona tomonlarda kompostni o4rik, shaftoli qoqi va
olchaning qurug'idan tayyorlashadi. Xullas, kompost ichmabsiz,
dunyoga kelmabsiz...
Gapimni tugatmasimdan o4tirgan odamlar sharaqlab kulib
yuborishdi. Qiziqroq gap aytgan bolsam kerak deb, mening okzim
ham kulaverdim, rosa kulishdik keyin bilsam. o'sha kuni obdan
sharmanda bo'lgan ekanman. Go'ngni achitib tayyorlanadigan
kompost bilan mevalardan tayyorlanadigan kompotning farqiga
bormasdan, rosa aljibman, o'sha kundan boshlab to'rtinchi brigada
dalalariga qadam bosmaydigan bo'lib ketdim.
Qisqasi, mana shunga okxshash ikir-chikirlarni hisobga
olmaganda ishlarim ko'ngildagidek, kayfim chog4 edi. Qani
cndi direktorimiz Otajon Azizovichmi yoki menga ikki baholar
qo'yishdan hech charchamaydigan Qobilovmi mana shu
yurishlarimni bir ko4rishsa-yu, o4qimasdan katta odam bo'lib
olganimni, mas'ul ishda ishlayotganimni ko'rib o4z aytganlariga
pushaymon boiishsa, deb o'ylayman.
Kunlarning birida mehribon oyijonimga, direktorimizga
alohida-alohida qilib xat yozdim. Oyijonimga nima deb
yozganimni o'zingiz ham sezib turgan bo4lsangiz kerak.
Otajon Azizovichga esa taxminan mana bunday deb yozgan
edim:

QADRLI OTAJON AZIZOVICHI

Mirzacho 'Ining azamat paxtakorlaridan Sizga otashin salom.
Shuni ham ayiib qo 'yayki, Siz yolg 'onchi bo 'lib chiqdingiz, kishi
o'qimasa, yoshlikda ilm olmasa, algebra, geometriya, ona tilini
puxta egallamasa, agronom ham, injener ham bo 'la olmaydi
devdingiz, yolg 'on ekan. Mana men agronomman. Ishonmasangiz,
shu xat bilan yuborgan rasmimga qarang. Endi ordenli bo 'Iganimda
uchrashamiz.
Xayr. Salom bilan agronom Hoshimjon Ro'ziyev.

Xatni yuborgan kunim ertasiga ikkinchi brigada yerlarini
aylanib nima qilishni, kimga qanaqa buyruq berishni bilmay
xunobim oshib yurgan edim. Rahbar bo4lsangu, hech kimga
hech qanaqa buyruq bera olmasang, bundan ham xunugi
boimas ekan. Demak, deyman, o'zimga-o4zim, qishlog'imizdagi
savodsiz agronom Anorboy tog'a shuning uchun ham boMar
bo4lmasga baqiraverarkanda. Ko4p baqirsang, yomon ishlayotganing
ham sezilmas ekan. Baqiroqlarning hammasi ham menga
o'xshab ilmsiz, sehrgarlik bilan rahbar bo'lgan ekan-da, deb
o4ylaymanu, ishlab turgan kishilarning yoniga borib boMarbo4lmasga
baqiraman, shovqin solaman.
Lekin bugun kimga, nima deb baqirishni bilmay garang edim.
Bir mahal brigada boshlig4i Murodjon aka halloslagancha kelib
qoldi.
 O'rtoq agronom, o4rtoq agronom!  dedi u o'pkasi
og'ziga tiqilib.
 Xo'sh,  dedim qovog'imni solib qoshlarimni pastbaland
qilib.
 Men sizni ertalabdan buyon axtarib yuruvdim.
 Xo'sh?  deb pishqirdim yana.
 Gap bunday, o'rtoq agronom, g'o'zalarimizga yoppasiga
shira tushib ketibdi.
 Shira? Qanaqa shira?  deb baqirdim,  yopishqog'idan
tushibdimi?
Shunday deymanu, lekin o'zim shira qanaqa bo'lishini hech
ko'z oldimga keltirolmayman. To'g'ri, ilgari shira-pira deb
eshitganim bor, lekin hech ko'rgan emasman.
 Maslahat bersangiz: qanday tugatsak ekan?  deb so'radi
yana Murodxon aka.
 Qani, menga ko'rsatingchi,  dedim o'zimni bosib.
Brigadir kelgan tomonga qarab ketdik boryapmanu, yo'lyo'lakay
qo'ltig'imga qisib olganim, sehrli qalpoqchamga
qalpoqcham, yordam bergin, aql o'rgatgin deb shivirlayman.
Aql sehrga bo'ysunmaydi, aqlingga aql qo'shib berolmay-man,
o'zimda ham shu qurg'urdan sal kamroq,  deydi qalpoqcham.
 Bo'lmagan gap, qo'shasan!
 Qo'sholmayman. Ilm, aql degan narsalar qalin jildli
kitoblarda bo'ladi, dono kishilarning kallasida bo'ladi. Umrim bino
bo'lib bitta ham kitob o'qigan emasman. Xat-savodim yo'q...
 Mana ko'ring, mana shu g'o'zalarga shira tushgan, deb
qoldi Murodxon aka shu payt katta paykalni ko'rsatib.
Imillashning payti emas edi. Biron donoroq maslahat bermasam,
bu yerda ham to'rtinchi brigadadagiga o'xshab obro'yim bir
pul bo'lib qolishi mumkin. Lekin nima desam ekan?
 Bargiga tushibdimi?  deb so'radim gap orasida.
 Bargiga tushmay, poyasiga tusharmidi?  kesatib qo'ydi
brigadir.
 Menga qarang, g'o'zalarning tubidan ushlab qattiq/oq
silkitsak shirasi to'kilib ketmasmikan-a?
 Hazilingizni qo'ysangiz-chi, o'rtoq agronom.
 G'o'zaning ustidan chelaklab suv quysak shirasini yuvib
ketadi-ku. Ha, albatta shunday qilamiz. Shunday!  dedim
hovliqib.
Murodjon aka dalani boshiga ko'tarib xaholab kulib
yubordi. Demak, u meni hazil qilyapti deb o'ylamoqda. Hazil
bo'lsa bo4la qolsin dedimda, o'zim ham qiqirlab kulaverdim.
Jag'larimiz qiyshayib qolguncha kulishdik keyin o'zimni bosib,
jiddiy bir ohangda:
 Necha ishchingiz bor?  deb so'radim.
- Ellik beshta, o'rtoq agronom.
 Har bittasiga yigirma donadan toi navdasi kestiring va
bir soat ichida jamiki ishchingizni mana shu yerga to'plang! 
deb buyurdim. Aytganimdek bir soat o'tar-o'tmas 55 ishchi
qo'ltig'ida bir dastadan novdasi bilan huzurimga qani, ishingiz
bo'lsa buyuring, deb yetib kelishdi. Egat oralab paykalga
tushinglar, dedim.
 Endi hurmatli o'rtoqlar, shira tushgan barglarni
kaltaklaysizlar*  deb qo'ydim gapimning oxirida.
 Nima?  ko'zlari joyidan chiqib ketgudek bo'lib so'radi
brigadir.
 Gapni ko'paytirmang, buyruqni bajaring!
 Hushingiz joyidami o'zi, o'rtoq agronom? Axir bunda
g'o'zalar nobud bo4adi-ku!
 G4okza nobud boMsa, men javob beraman, agronom javob
beradi,  deb baqirib yubordim to'satdan.  Shiraga qarshi
kurashishning yangi metodi bo'ladi bu. Tushundingmi?
Zamondan orqada qopsan, kallavaram...
Xullas, buyrug'imni o'tkazmaguncha qo'ymadim. To'g'rida,
gapimni gap qilolmasam bu yerda men nima deb yuribman.
Odamlar avvaliga yelka qisishib, bir-birlariga qarab, hayron
bo'lib turishdi-da, yangi metod deganimni eshitib, chindan ham
biron hikmati boMsa , deb o'ylashdi shekilli, ko'zlarini
chirt yumib, g'o'zalarni savalashga tushib ketishdi.
Bir mahal, bunday qarasam, bir xil g'o'zalarda bitta ham
barg qolmagan, tandir kosovdek so'ppayib turibdi, bir
xillarining boshi singan.
 Esizgina mehnat, Eshvoy!  deydi ishchilardan biri bosh
chayqab.
 Nimasini aytasiz, Qobilvoy,  deydi boshqasi uh tortib,
 yangi metod shunaqa bo'lsa... tavba.
 Aslida, agronomning o'zini tutib olib kaltaklash kerak
edi!  dedi uchinchisi.
Shu payt orqa tomondan mashinaning ketma-ket chalingan
signali eshitilib qoldi. Qarasam, sovxozimizning direktori Nosir
aka tushib kelyapti.
 Hormang, agronom,  deb qo'l uzatdi u.
 Salomat bo'ling,  dedim yangi metod o'ylab
chiqarganim uchun gerdayib. Ehtimol, mukofotga ham taqdim
qilib yuborar, deb ich-ichimdan sevinib ham turibman.
 Nimalar qildiryapsiz?
 Shiraga qarshi kurashyapmiz.
Direktor odamlar ishlayotgan joyga borib, avvaliga nimalar
bo'layotganiga tushunmadi shekilli, birpas angrayib turdi. Keyin
to'satdan har bir ko'zi shokosadek bo'lib:
 Bular tentak bo'lganmi o'zi!  deb baqirdi.
 O'rtoq agronom buyurdilar,  tushuntirdi brigadir.
 Agronom? Nima?!  Nosirov shunaqangi qattiq
baqirdiki, nazarimda olis-olislardagi tog'lar ham larzaga kelib
silkingandek bo'ldi.
 Aqlingiz joyidami o'zi, o'rtoq Ro'ziyev,  o'sha vajohat
bilan so'radi direktor.
 Joyida, o'rtoq Nosirov.
 Agronomimiz jinni bo'lib qolganga o'xshaydi,  dedi
kimdir.
 Rost, ana, qaranglar ko'zi ham bejo,  dedi boshqasi.
 Ushlanglar uni!  deb yuborsa bo'ladimi Nosirov.
Ellik besh kishi tengdan g'azabga kelib turgan ekan,
hammalari mujib tashlagudek bo'lib menga tashlanib qolishdi.
Qani, hurmatli do'stim, o'zingiz insof bilan aytingchi, shundan
keyin men, nima qilishim kerak edi. Albatta, boshimga
qalpoqchamni kiyib xayr-ma'zurni nasiya qilib bo'lsa ham
juftakni rostlab qolishdan o'zga chora qolmagandi.
O'sha atrofda aylanib yurgan edim, qo'limga, nima bo'ldiyu,
bitta gazeta tushib qoldi. Unda ushbu e'loncha bosilgan
ekan:
Rayon militsiya bo'limi mehnatkashlarga shuni yozib
bildiradiki, bundan uch kun avval to'rtinchi sovxozdan
Hoshimjon Ro'ziyev nomli bir yigit qochdi. O'zini agronom
qilib ko'rsatib yurgan bu shaxs, aslida, shahar jinnixonalarining
biridan qochib kelgan kimsadir. Bo'yi terakdek novcha, o'zi
igna yutgandek ozg'in, yurganda bir oz oqsab yuradi. Gapida
ma'no yo'q yosh bolalardek aljib gapiradi. Ko'rgan-bilganlar
bo'lsa militsiya bo'limiga xabar qilishini so'raymiz...
Bu dargohdan ham tezroq chiqib ketish payiga tushib
qoldim.