V bob

QOFIYA BOZORIQAYDADIR

Sanqib yurib bir mahal katta yig'in ustidan chiqib qolibman:
to'y desam, to'yga o'xshamaydi, majlis desam, majlisga
o'xshamaydi. Kolxozning katta bog'iyu odam demagani hech
yerga sig'may ketgan. Gulzor o'rtasiga qo'yilgan so'rilarda, atrofi
gui bilan o'ralgan supalarda kishilar to'p-to'p boMib
gurunglashmoqda. Kimdir yelpib-yelpib barra go'shtlardan
qabob pishiryapti. Novcha bo'yli bir odam yoniga beshta
shogirdini olib palov damlash bilan ovora. Nariroqda uchta xotin
kuyib-pishib, puf-puflab to'rt quloqli somsa yopmoqda, menga
o'xshash bolalarg'izillabchoy tashib turibdi. Hammasi yasangan
tusangan, lablarida kulgi desam kulgiga, tabassum desam
tabassumga o'xshamaydigan g'alati ifoda. Kimnidir
kutishayotganga o'xshaydi. Barchasi betoqat, ko'zi atrofda.
Avvalo, boshimdan qalpoqchamni olmasdan turib issiq-issiq
somsalardan to'yib-to'yib yeb oldim. Keyin, qalpoqchamni
olgach, olma daraxtining shoxiga chiqib olgan olako'z boladan
so'radim:
 Bu yerda nima bo'lyapti o'zi?
 Xabaring yo4qmi?  dedi olako'z.
 Yokq.
 Qani, og'ayni, bu yoqqa chiqaver. Keyin hammasini aytib
beraman.
Daraxtga chiqib, joylashibroq o'tirib oldim. Olako4/
oyog'ini silkita-silkita tushuntira ketdi:
 Bu yerda, og'ayni, she'r bazmi bo'ladi, bildingmi?
Shahardan zo4r shoirlar kelgan, bildingmi? Ular cho4lquvarlar
bilan kattakon uchrashuv o4tkazadi. Hozir mehmonxonaga
tuxum yutgani kirib ketishdi, bildingmi?
 Nega endi tuxum yutishar ekan?
 Nega deysanmi, toza kallavaram ekansan-ku, og'ayni.
Axir tuxum yutishmasa, ovozlari yaxshi chiqmay she'rni pastbaland
qilib o4qib qo'yishadi-da. Hozir raisimiz o4sha tomonga
to'rt yashik tuxum olib o4tib ketdi, bildingmi?
To4rt yashik tuxumni eson-omon yutib olishsa, rosa she'rxonlik
qizir ekan-da, deb o'yladimu joylashibroq o'tirib oldim.
Shu payt bog4ning darvozasidan bir yo4la sakkizta shoir birinketin
kirib kela boshladilar. Oldinda past bo'yli, dum-dumaloq,
ko4zoynak taqqan ellik yoshlardagi bir shoir, uning orqasidan
qotmadan kelgan, sochlariga oq oralab qolgan, cho'ziq yuzli
yana bir shoir. Hammasining boshida movut shlyapa,
hammasining egnida ketvorgan kostyumlar, uchi ingichka
tuflilarini aytmaysizmi!
Darvoza oldida ko'rinishlari bilan kolxozchilar o4rinlaridan
turib qarsak chalib yuborishdi. Men ham, daraxt ustida
o4tirganim hech esimda yo'q, qarsak chalmoqchi bo'lgan edim,
ushlab turgan shoxim qo'ldan chiqib, gursillab yerga yiqildim.
Xayriyatki, hech kim meni ko'rmay qoldi, bo'lmasa rosa kulgi
bo'larmidim. She'rxonlik boshlanib ketdi.
Birinchi bo'lib haligi katta shoir, oti Mamarasul Boita ekan,
o'sha o'qidi. U paytlarda xotiram juda yomon edi, she'rni
qatorma-qator eslab qololmadim, ammo mazmunini haligacha
unutgan emasman.
Dalalar, go4zal dalalar, boqib to'yib bo'lmas husningiz, rangbarang
toblangan atlasingiz, guldek yashnagan shu jamolingiz
qalbimga o4t solar.
Dalalar, qadrdon dalalar. Bahor ta'rifingiz boshlasa bulbul,
madhingiz tugamas kuzda ham butkul. Quti barakangiz to4kin
shu qadar. Farovon hayotda qaynab-to4libsiz, xazina bo'libsiz,
go4zal bo4libsiz...
Odamlar she'rning sehriga mahliyo bo'Iib, ishonsangiz
haykaldek qotib qolishdi. Shuning uchun ham she'rning
tugaganini hech kim sezmadi. Faqat shoir o'rniga qaytib
o'tirayotgandagina kishilar o(ziga kelib qarsakni yangratib
yuborishdi.
 Barakallo!
 Ming ofarin!
 She'r degan ana shunday bo'lishi kerak!  degan ovozlar
yangradi atrofda. Shu payt kolxozchilardan biri otilib o'rnidan
turdi-da, shoirga yaqinlashib, yelkasiga banoras to'n yopdi,
boshiga chust nusxa do'ppi kiygazdi, beliga jimjimador gullar
tikilgan qizil atlas belbog' bog'ladi.
 Ruxsat bersalar,  dedi u to'lqinlanib,  kolxozchilar
nomidan bir tabriklab ham qo'ysam.
Shunday dedi-yu, shoirning terlab turgan peshonasidan
cho'lpillatib o'pib oldi. Yana gurillab qarsak chalindi. Bu gai
men ham, yonginamda oyog'ini solintirib o'tirgan olako'z ham
o'zimizni ushlab turolmay, yiqilsak yiqilarmiz-da, deb qarsak
chalib yubordik.
Shoirlar tuxumni ko4p yutishgan ekan, she'rxonlik qorong'i
tushguncha davom etdi. Men esa birinchi she'rni
eshitganimdayoq, shoirga ko'rsatilgan hurmatu ehtiromni
ko'rib adoyi tamom boMgan edim.
Ana hurmatu, ana e'zoz,  deyman o'zimga-o'zim,  men
bo'lsam jonimni qiynab agronom boMaman, deb qayoqdagi
g'alvalarga qolib yuribman-a. Mana, shoir boisang boshqa gap.
To'yib-to'yib tuxum yutasan, kitoblaring chiqadi, surating
gazetada bosiladi. Bitta-yarimta she'r o'qib qo'ysang, yelkangga
banoras to4n yopishadi. Qarsaklar, ofarinlar! Yo'q. Yo'q! Men
ham shoir bo4laman. Boiaman, albatta bo'laman.
Yig'in tugashi bilan sekin pastga tushdim-u, qalpoqchamni
boshimga ilib shoirlarga qo'shilib oldim. Axir shoir boMish
uchun, uncha-muncha ularning siru asroridan xabardor
bo'lishim, loaqal bitta-yarimtasi bilan durustroq oshno bolib
olishim kerak edi-da. Shoirlar, ishlari qistov ekan, kolxozchilar
harchand qistashsa ham, tunab qolishga ko'nmay, Volgalarga
o'tirib sekin jilib qolishdi. Men ham Mamarasul Boita o'tirgan
Volgaga tushdim. Kirsam, bo'sh joy yo'q shoirning tizzasiga
o'tirib qo'ya qoldim.
 Saydullo, men negadir og'irlashib ketyapman,  dedi
Mamarasul aka betoqat bo'lib. Qarasam, gap ko'payadigan,
shuning uchun uchovlarining tizzasiga uzala tushib yotib oldim.
Mashina tekis yo'Idan qushdek uchib borardi. Men shoirlikka
oid biror gap eshitib qolarmikanman, deb ularning og4zini
poylayman. Gapga quloq solib yotib, bir mahal ko4zim ilinay
deb qopti. Shahar, shahar degan so'zlar qulog'imga chalinishi
bilan sapchib o'rnimdan turib ketdim. Minglab chiroqlar
porlaydi, ketma-ket lipillab o4tayotgan ko4p qavatli uylar, simda
yuradigan shoxli avtobuslar, birining ketiga ikkinchisi
tumshug'ini tirab borayotgan hisobsiz yengil mashinalar...
Yo'laklarga odam sig'maydi, ko'chalarning keng va yaxlitligi,
shishadek yaraqlab turgan asfaltlar  mana shularning
hammasi zavqimni oshirib, mening ham qalbimga ilhom
solgandek bo'ldi. Beixtiyor she'r o'qib yubordim:

Ko 'chalar,
Oh begona ko 'chalar,
M tin  ha silliqsiz,
Munch a tiniqsiz.
Qalbimga yaqin  'chalar,
Uvqum yo'qdir kechalar...

Men o'sha kuni Saydullo akanikida yotib qoldim. Lekin
mening yumshoq divanda huzur qilib, miriqib uxlaganimni na
uning o4zi, na bola-chaqasi bildi. Ertasiga esa shoirlik hayotim
o4z-o4zidan boshlanib ketdi. Oldinda hurmatli o'rtoqlar, meni
shonu shuhrat kutardi.
Bunaqangi katta shaharda birinchi bor bo'lishim. To4g4ri,
kinolarda ko'rganman, o4lka geografiyasi kitobida uncha-muncha
o'qiganman, odamlardan ta'rifini oz-oz bo4lsa ham eshitganman.
Lekin, takror aytamanki, bir-biriga o4xshash bo'lgan hisobsiz
ko'chalari, bir-biridan shinam, bir-biridan go'zal, sarishta
hiyobonlari, sanab hisobiga yetib bo4lmaydigan soya-salqin bog4lari
bo'lgan bu azim shaharni birinchi bor ko4rib turibman.
Bir kun kechgacha tomosha qilib rosa maza qildim.
Muzeylarni, kinoteatrlarni, qo4g4irchoq teatri, sirk  hamma
hammasini ko'rdim, devorlarini qoMlarim bilan siladim.
Kechqurun shinam mehrr onxonalardan biriga kirib:
 Joy bormi, opajon?  deb so'radim.
 Kattaga yo'q-ku, senga yo'l boisin,  dedi qoshi
mushukning dumiga o'xsliaydigan novcha bir xotin. Bo'lmasa
boimasin dedimu, qalpoqchamni kiyib ichkari kirdim. Bo'sh
joylar ko'p ekan. Bittasiga yechinib yotib tong otguncha she'r
mashq qildim. Ertalabga y aqin ijod mahsulim ham tayyor bo'ldi.
O'pkamni qo'ltiqlab redi.ksiyalardan biriga qarab yugurdim.
Eshigining ustiga Adabiy Dt, san'at bo'limi deb yozib qo'yilgan
xonaga assalomu alaykun deb kirib bordim. Xonaning egasi
boshqa bir shoirning she'iini ko'rib, so'zlashib, chaqchaqlashib
o'tirgan ekan, mening she'rimni q o i i g a olib ichida, ovoz
chiqarmasdan maza qilib o'qidi. Avval oyog'imga, undan keyin
qornimga, eng oxirida boshimga nazar tashlab:
 Bo'lmaydi, uka,  deb qo'ydi.
 Nega endi bo'lmas ekan, bo'ladi,  dedim shoshib pishib.
 Bu she'r emas, oddiy gap-ku.
 Nega endi, she'r bc imas ekan, ajoyib she'r bu!
 She'rda qofiya, vazn, turoq degan narsalar bo'lishi kerak.
Ma'no, mantiq degan nar>alar bo'lishi kerak. She'ringizda men
o'shalarni ko'rmayapmau.
 Bor, sinchiqlab qarang!  deb turib oldim.
 Menga qarang, ukz, otingiz nima edi?
 Shoir Hoshimjon Ro'zi
 Shoir Hoshimjon F.o'zi, Sizga maslahatim shuki, mashq
qiling, she'r mashq bilan kamolotga yetadi.
 Xo'p boMadi,  dcdim gapni cho'zib o'tirmasdan.
She'rim oktmadi, bahos ikki pul boidi. Lekin men umidsizlikka
tushganim yo'q. Yo'q aslo bunday deb o'ylamang. Umidsizlik
menga begona. Oyim sen lirmizak tegirmonga tushsang ham tirik
chiqasan, der edi. Haqiqatan ham to'g'ri aytgan ekan. Nega
desangiz, men har qanday qiyinchilikdan gkam-tashvishsiz, bir xil,
okzim tengi bolalarga c'xshab yig'lab-siqtab o'tirmasdan
osonlikcha chiqib ketavcraman. Bu gai ham shunday boMdi.
She'rim kasodga uchragash, lab-lunjimni osiltirib o'tirmasdan,
qofiya, vazn, turoq so'roqlab magazinlarni kezishga tushdim.
 Opajon, sizda qofiyadan bormi?  deb so'radim kilob
sotib o'tirgan ayoldan. U shapaloqdek oynaga tikilib, labiga
qizil surtish bilan ovora edi. Gapimni eshitmadi shekilli, Qofiya
bormi? deb so'radim yana.
 Nima?  Yuzimga qaramasdan so'radi ayol.
 Qofiya, she'rga ishlatiladigan qofiya,  tushuntirdim, 
jon opa, boMsa yuz gramm topib bering. Juda zarur boMib qoldi.
 Unaqa narsa yo'q bizda.
 Bo'lmasa besh-o4nta vazn topib bering.
 Vazn ham yo4q.
 Turoq-chi? Turoq ham bo'lmasa kerak?  dedim kesatib.
 Yo'q dedim-ku. Qanaqa ezma bolasan o'zing. Sen
so'ragan narsalar kultmagda boiadi.
Kujtmagga borgan edim, xozmagdan so'rab ko'ring
deyishdi.
O^sha kuiri men bormagan magazin qolmadi. Hatto bir oz
qimmatga bo'lsa ham ola qolay deb chayqov bozoriga ham
birrov tushib chiqdim. Yo'q anqoning urug'i bo'lib ketgan ekan
bu narsalar, topilmadi. Alamimdan kechasi qofiya, vazn, turog'i
bo'lmasa ham she'rni shunaqangi ko'p yozdim-ki, ko'rsangiz
yuragingiz vahm oladi.
Ertasiga yana yaxshi umidlar bilan redaksiyaga keldim.
Kechagi odam o'rnidan turib iliqqina qarshi oldi:
 Xo'sh, mashq qildingizmi?
 Bo'lmasam-chi, tuni bilan uxlamadim.
 Qani, she'rni oling-chi.
 Marhamat.
Jo'ra Juman she'rimni maza qilib o'qigach, miyig'ida
bilinar-bilinmas kulib qo'ydi, keyin xuddi kechagiga o'xshatib,
avval oyog'imga, keyin shu paytda juda ochqab, chuldurab
nag'ma qilayotgan qomimga, eng oxirida terlab turgan
peshonamga nazar tashlab:
 Nechanchi sinfda o'qiysiz shoir?  deb so'radi.
 O'qishni tugatganman,  dedim shoshib-pishib. Nega
desangiz falon sinfda o'qiyman desam, bor, avval o'qishingni
tugatib kel, deb yuborishidan qo'rqqan edim-da.
 Qaysi shoirni ko'proq o qiysiz?
 Hammasini ham.
 Hamid Olimjonni o'qiganmisiz?
Qarasam, savol ketican savol yog'ilaveradiganga o'xshaydi.
Yolg'on gapirib qiynalisandan ko4ra, rost aytib savol-javobni
qisqartirib qo'ya qolmc qchi bo4ldim:
 Yo'q o4qigan em;tsman.
 G4afur G4ulomni-chi?
 Unaqangi shoiming she'rini ko'rganim yo4q.
 Uyg4unni-chi?
 Yo4q dedim-ku Bizning qishloqda unaqangi shoir
yashamaydi.
Aftidan Jo4ra Juman bugun savol berish uchun ataylab
tayyorgarlik ko4rib kelj;anga o4xshaydi. Yetti uxlab tushimga
kirmagan shoirlarning she'rlarini, kitoblarini so'raydi. Biriga
yo'q deyman, ikkinchisi^a yelkamni qisaman. Birmahal bunday
qarasam ikkovimiz ham charchab, terlab ketibmiz. 04shanda
ham to4xtamaymiz. Yo'q deb yelkamni qisaverganimdan
bo4yinlarim og4rib, oyoc da zo4rg4a turibman. Chiqib ketmoqchi
bo4 lib yura boshlagan edim:
 To'xtang!  deb qoldi Jo4ra Juman.
 Rus adabiyotidar ko'proq kimlarning she'rini o'qiysiz?
 Nima?
 Pushkinni o4qiganmisiz?
 Yo4q.
 Lermontovni-chi'
 Yo4q.
 Nekrasovni-chi?
 Yo4q.
 Mayakovskiyni-clii?
Yo4q, deyman deb og4zimni ochmoqchi bo'lgan edim,
ishonsangiz, tinkam qurigandan lablarimni qimirlata olmadim.
Og4zimga tolqon solgandek jimgina orqamga burilib eshik
tomon yurdim. To4xti.ng, degan ovoz eshitildi orqamdan.
To4xtadim.
 Ko'ngilda shoir bo4lishlik orzu bo'lsa, hozir nomlarini
tilga olganimiz shoirlarning she'rlarini ko'proq o'qing, yod
oling. Xo'pmi?
 Xo'p bo'ladi.
 Demak kelishdik shundaymi?
 Shunday.
 Xayr.
 Salomat bo4ling,  dedim-da, shoirona yurish qilib
tashqariga chiqib kctdim. Sof havodan to'yib-to'yib nafas oldim.
Mast odamga o'xshab chalama-chatti qadam tashlab yurib
boryapman. Qayoqqa ketyapman, nima uchun ketyapman,
rostini aytsam, o4zim ham bilmayman. Gapni qarang-a? O'qing
emish,  deyman o4zimga-o4zim, nega o'qir ekanman?
O'qiydigan bo4lsam o4zimizning maktabda ham kitob to'lib
yotgan edi-ku, o'sha yerda o'qiyverardim-da. Yo4q, mcn
o'qimasdan shoir boMaman. Shoshmay tursangiz hali, hurmatli
Jo'ra Juman, men sizga shoir bo4lganimni ko'rsatib qo4yaman.
Sehrli qalpoqcham omon ekan, menga yordam bcradi, albatta
yordam beradi shundaymi, qalpoqcham?
 Shunday,  degan ovoz eshitildi qo4ltig4imdan.
 Yordam berasanmi?
 Berganda qandoq.
 Aytchi, ishni nimadan boshlashim kerak?
 Avval mehmonxonaning oshxonasiga kirib qorningni
to4yg4azib ol,  deb maslahat berdi qalpoqcham.
Oh, qadrdon qalpoqcham, jonimning 'huzuri,
maslahatgo4yim! Sen borsan, g4am-tashvishim yo4q, qornim
to4q, ustim but. Balli senga, omon bo4lgur qalpoqcham. Ana
shunday o4y-xayollar bilan oshxonaga kirib borganimni o*zim
ham sezmay qolibman.
Uch-to4rt kungacha qilar ishimni bilmay yurdim. Men
unaqangi qimmatli vaqtini bekorga o4tkazadigan bolalardan
emasman. Bekor qolgan kunlarimdan foydalanib, Mirzacho4lda
tanishgan shoirlarning adresini aniqlab, uylariga yo4l oldim.
Maqsad  ulardan yaxshi she'r yozish yo4llarini o4rganish.
Saydullo aka o4z she'rlarini ko4proq kechasi, shahar xalqi
oromli uyquga ketgan mahalda, hammadan yashirib yozarkan.
Shunaqangi ko4p yozadiki, ba'zan tikilib o4tiraverib zerikib
ketaman. Erkin Hamid bo4lsa sahar chog4ida yozarkan. Jo4ra
^Juman^ham shoir ekan. Uch kungacha poylab boramanu,
vaqtda she'r yozishini hech aniqlay olmayman. Keyin bilsam,
ishdan qaytgach, to'yib uxlarkan, so'ng o'rnidan turib she'r
yozishga kirisharkan. T inov kuni bir yaxshi she'rimni yomonga
chiqarib, hammayog'iga chizib tashlagani uchun men ham unga
jindak hazil qilib qo'vdim. Ish stolining ustida turgan bir
taqsimcha shokoladini pok-pokiza tushirdim-da, qog'ozini asta
borib, qo'shni xonada pishillab uxlab yotgan qizining yoniga
qo'ydim. Shoir asta boshini ko'tarib bundoq qarasa 
taqsimchadagi shokolai yo'q.
 Oyisi, shokoladn olib qo'ydingmi?  deb so'radi.
 Yo'q,  dedi xctini, keyin voy o'lmasam, shokoladni
qizingiz yebdi. Dilbar, qurib ketmagur, tur o'rningdan, degan
ovoz eshitildi. Jo'ra Juman ham yugurib o'sha xonaga kirdiyu,
qizining qo'llaridar tortib uyg'ota boshladi.
 Ozroq yesang bo'lmaydimi?  so'radi uyqusirab turgan
qizidan.
 Nimani?  dedi qizi.
 Yana tag'in nimani deydi-ya.
Er-xotin tag'in qizinizga zarar qilmasin, deb oshxonadan
ikki banka qatiq olib chiqishdi.
 Ich!  dedi shoi* bankani qizining qo'liga tutqazib.
 Ichmayman, ada!
 Ichasan.  Shunday deb Jo'ra Juman nima ish bilandir
tashqariga chiqib ketdi. Tag'in zarar qilmasin deb bankalardagi
qatiqni o'zim ichib qo'ya qoldim.
Shunday qilib des* ngiz, shoirlarning hayotiga aralashib
ketgan edim. Ammo harchand qidirsamda, ularning uyidan na
qofiya, na turoq, na vazn topdim. G'aladonni titkilab ko'rdim,
shkaflarni birma-bir oohdim, kitoblarning orasini varaqladim
 yo'q, hech joyda yo'q. Kunlarning birida Saydullo akaning
divanida yonboshlab uning she'r yozishini tomosha qilib
o'tirgan edim. Boshimga ajoyib bir fikr kelib qoldi. Saydullo
aka she'rini yozadi, yczadi-da, qog'oz toiganda uni g'ijimlab
derazadan tashqariga irg'itadi. O'sha she'rlardan birini olib
ko'rsam, nazarimda, qofiya, vazn, turog'i bor she'rlarga o'xshab
ketdi. Nega u bu she'rni tashlab yuboradi, axir unga kerak
bo'lmasa, menga kerak-ku, qofiya topolmay garang bo'lib
yuribman-ku, dedimda, she'rni olib o'z kulbamga 
mehmonxonaga qaytdim. Kechasi bilan uxlamay oqqa
ko'chirdimu, ertalab oyoqni qoMga olib redaksiyaga yugurdim.
Jo'ra Juman she'rimni o'qib o'z odatiga ko'ra avval oyog'imga,
keyin qornimga, eng oxirida peshonamga boqib:
 Qani, qo'lni bering, bir tabriklab qo'yay!  dedi zavqi
oshib.  Mehnat qilganingiz shundoqqina ko'rinib turibdi.
 Ha, she'r yozish qiyin ekan,  dedim taltayib.
 Oxirgi to'rtlik bir oz sustroq lekin tuzatsa bo'ladi, o'zim
tuzatarman. Siz boravering.
 Demak she'rim gazetada chiqadimi?
 Chiqadi.
 Rasmim-chi, rasmimni ham bosasizmi?
 Nega endi rasmingizni bosar ekanmiz?
 Axir oyim, yo'q direktorimiz Otajon Azizovich ko'rsinlar
devdim-da... Ha, mayli. Demak, she'rim bosiladi, shundaymi?
 Navbatdagi sonlarning birida berishga harakat qilaman.
O, o'sha kuni mening quvonganimni aytsangiz. Ko'chada
ketyapmanu, sakrab-sakrab o'yinga tushaman, ashula aytaman,
do'ppimni osmonga otaman, yuguraman yelaman.
 Hoy bola, jinni-pinni bo'lib qoldingmi?  dedi bir odam
bilagimdan ushlab.
 She'rim chiqyapti, amakijon, she'rim!
 She'ring chiqsa, sal u yoq-bu yoqqa qarab yurda.
 Iloji yo'q, amakijon, ilojim yo'q.  Shunday deymanu,
sakrab-irg'ishlab yo'limda davom etaman.
O'sha kundan boshlab ishlarim yurishgandan-yurishib ketdi.
Birinchi she'rim bosilib chiqishi bilan mazaxo'rak bo'lib oldimda,
boshqa shoirlarning g'ijimlab tashlangan she'rlarini ham
redaksiyaga ketma-ket keltirib beraverdim. Shuni ham aytib
qo'yayki, gazetalarda she'r uchun katta pul to'lashar ekan.
Pulim ham ancha ko'payib (restoranlarda yashirinchasiga ovqat
yeyish jonimga tegib yurgan edi) ochiqchasiga, odamlardek pul
to'lab kerilib o'tirib ovqatlanadigan boidim.
O'sha quvonchim ichimga sig'may yurgan kezlarda, negadir.
do'stim Orifni tez-tez xotirlaydigan bolib qoldim. Rost, u menga
kokp yaxshiliklar qilgan edi. Odamgarchilik qiluvdi. Menchi? Men
uni xafa qildim, begunoli kaltakladim, joniga ozor berdim... Xat
yozib, undan kechirim so'rashga jazm qildim. Mana o4sha xat:

DG'STIM, ORIFBOY!

Salom, scilomatmisan ? Ishlaring joyidami? Umuman olgcinda,
meniki ham chakki emas. Endi senga ciytadigan gapim shundan
iboratki, jon do'stim, r leni kechir. Qcirshingda boshimni egib
turibmcm. Istasang, yur.imga tarsaki tort, istasang, kctllamga
mushtla. Ammo kechir, kechir meni. Qcdciy, yaxshi yuribsanmi?
O 'qituvchimiz Qobilovthi, Otajon Azizovichchi? Ularga aytib
qo'y, men hozir qattc shoir bo'lib ketgcinman. She'rimni
gazetalardan o 'qib turish %an bo 'Isa kerak. O 'sha Hoshimjon Ro 'zi
degan shoir men bo 'la nu m. O'zlari ham endi ityalib qolishgandir,
battar bo'lishsin. Bundan so'ng hech kimga o'qimascmg, uy
vazifalarini bajarmcisan * odam bo'lmciysan, deb aytishmaydi.
Singillarim Oyshaxvn, Donoxonlcir-chi? Ularni maktabdan
qaytishayotganda hech kim urmayaptimi? Agar bitta-yarimtasi
shunday qilsa aytib qo'y, borganimda mijiqlab tashlaymcm.
Oyijonimni ham scg'indim. Kechalari tushimga kircidi.
Bolaginam, o'zimnin\\ shumshug'im, qayoqlardci yuribsan,
qorning ochmadimi, us ing yirtilmadimi?  deb boshlarimni
silaydi. O'rnimdan tursam atrofimda hech kim yo'q, o'tirib
olib yig 'layman.
Aziz do'stim, sendati kechirim so'rab qolaman. Aytganday,
haliyam futbol o'ynixb turibsizlarmi? Mening o'rnimgci
kapitanlikka kimnisayla iilaring? G 'ulomnimi? Uning zcirbi zo 'rku,
ammo oyoqni chalish ociuti y o monda... Meni kechir, xayr.
Salom bilan shoir Hoshimjon Ro 'zi.

Xatni jo'natib, yelkamdan og'ir tog4 qulagandek yengil nafas
oldim. Nega desangiz, uning oldida o'zimni aybdor
hisoblaganimdan vijdoi im azob chekib yurgan edi-da. 04zi shu
vijdon azobidan og'iri boMmas ekan.
04sha kuni redaks yaga so nggi she'rimni olib bordim.
Xonaga shundoq qadam bosishim bilan Jo4ra Juman: Juda
vaqtida keldingizda, - - deb qarshi oldi.
 Tinchilikmi okzi?  negadir xavfsirab qoldim men ham.
 Tinchlik. Siz o'tirib turing.  Shunday deb Jo'ra Juman
tashqariga chiqdi-yu, zum o'tmay o'zi bilan Saydullo aka, Erkin
Hamid, Toshqin Obid, Zohid To'xta degan shoirlarni ergashtirib
kirdi. Ularning hammasini taniyman. Bir yoqlama bo'lsa ham
do'stona aloqa bog'laganmiz, oramizdan qil o'tmaydi, bordikeldimiz
bor. Qofiya, vazn, turoqlarini mendan berkitib
ishlatadigan shoirlar mana shular boiadi.
 Bizning gazetada bosilgan Ona, oika nomli she'rni
o'zingiz yozdingizmi?  so'radi Jo'ra Juman menga yuzlanib.
 O'zim yozganman.
 Yolg'on,  dedi Saydullo aka o'rnidan turib,  bu she'r
meniki bo'ladi, mana originali.
 Paxtakor, seni kuylayman sarlavhali she'rni ham
o'zingiz yozganmisiz?  yana so'radi Jo'ra Juman.
 Bo'lmasam-chi?!  dedim ovozni bir parda yuqorilatib.
 Bo'lmagan gap,  shunday deb Erkin Hamid menga
qarab bostirib kela boshladi,  bu she'rni men yozganman,
ha, men yozganman.
Qarasam, ishning keti xunuk bo'ladigan. O'zlari g'ijimlab
tashlagan, hecham keragi bo'lmagan she'rlaridan uncha-muncha
foydalanganim uchun meni o'rtaga olishmoqchiga o'xshaydi.
Boshimga qalpoqchamni kiyib sekin jo'nab ketdim. Orqamdan:
 Sehrgar!
 Plagiator.
 She'r o'g'risi.
 Uyatsiz.
 Tekinxo'r.
 Ishyoqmas.
 Dangasa,  degan kishini uncha xursand qilmaydigan,
yo'g'on-ingichka ovozlar ancha vaqtgacha eshitilib turdi.
Ko'chaga chiqib bexavotir joyga borib olgach, qo'limni
og'zimga karnay qilib adabiyot bo'limining derazasiga qarab
qichqirdim:
 O'zlaringchi, o'zlaring! Magazinga kelgan qofiya, vazn,
turoqlarni bizga o'xshaganlarga bir gramm ham bermasdan olib
qo'yasizlar-ku! Uyat emasmi!
