I bob

KO'CHAGA QUVILDIM

T a n i s h i b qo'yaylik: otim Hoshim, erkalatib chaqirmoqchi
bo'lsangiz Hoshimjon deb aytasiz. Familiyam  Ro ziyev,
Ro'zivoy traktorchining o4g4liman. Ruxsat bersangiz, oilamiz
haqida ham ikki-uch og4iz so4zlab o4tsam: dadam ikki-uch
yildan buyon cho'lda buldozer haydab yer tekislaydi, oyimning
aytishiga qaraganda o4sha tomonlarga ham paxta ekisharmish.
Bir oyda, ba'zan ikki oyda bir kelib ketadi. Kelganida har
birimizga alohida-alohida sovg4a-salomlar olib keladi.
Sovg'aning eng yaxshisi, albatta, menga tegadi. Oyim bo'lsa
uyimizdan uch yuz metr naridagi fermada sigir sog'adi. Bir
o'ziga 24 govmish qaraydi. O'tgan yili sutni ko4p soqqani uchun
medal olgan. 04sha medalni oyimdan yashirib men ham ikki
marta taqdim. Bir marta taqib bozorga borib sabzi-piyoz olib
keldim, ikkinchi marta taqib maktabga boruvdim, direktorimiz
chaqirib olib rosa urishdi.
Katta singlim Oyshaxon to'rtinchi sinfda o'qiydi. Hovlini
supurish, idish-tovoqlarni yuvish o4shaning bo4ynida. Oyim uni:
Oppoqqinam, jonimning hv.zuri, deb erkalatgani-erkalatgan.
Oyim uni bag4riga bosib suygan kuni men ham biqinidan sekin
chimdib:
 Puchuqqinam,  deb qo4yaman.
Kichik singlimning oti Donoxon. Hozir birinchi sinfda
o4qiyapti. Oyimning aytishiga qaraganda u katta bo'lsa, albatta
doktor bo'larmish. Menimcha, undan doktor chiqmasa kerak.
Nega desangiz, kolcha-kuyda hamshiralarga ko4zi tushib qolsa
ukol qiladi deb, tog4dan-toqqa qochadi. Tunov kuni maktab
hovlisida oq xalat kiygan bufetchini ko4rib doktor keldi deb
derazadan tashlab qochibdi.
Rostini aytsam, o4zim ham unchalik yomon bola emasman.
Aql-hushim joyida, odobim ham chakki emas, oltinchi sinfning
intizomli o4quvchilaridanman. Bir xil, haligi sho'x bolalarga
o4xshab, kunbo'yi ko'cha changitib yurmayman. Yashirib nima
qilaman, ko4cha changitib yurgandan ko4ra komandaga ׳
olib, to4p tepgan yoki xoliroq joyga, masalan, oying harchand
chaqirsa ham ovozi yetmaydigan joyga borib olib chillak
o'ynagan ming marta yaxshi.
 Hoshim!  deb chaqiradi ba'zan oyim.
 Labbay, oyijon?
 Tomdan ׳ tashlab bergin.
 Xo'p bo4ladi, oyijon,  deymanu sekin u yoq-bu yoqqa
qarayman-da:
 Oysha! - deb qichqiraman.
 Labbay, akajon?
 Tomdan ׳ tashlab bergin.
 Xo'p bo4adi, akajon,  deydi Oysha. Shunday demasa,
ishlar chatoq. Och biqiniga musht kelib tushadi. Ishqilib
oyimning gapini hech yerda qoldirmayman. Aytganini o'zim
bajarmasam, birov orqali bajaraman. Aslini olganda o4zing
bajarishing shart emas. Fermamizning mudiri Sirojiddin aka
nuqul shunaqa qiladi. Raisdan biron topshiriq olib kelsa
a'zolariga topshiradi. Siz qanaqaligingizni bilmayman-ku, lekin
men mudirlikka o'xshash ishlarni yaxshi ko'raman. Shu
o4ynayversang-o4ynaversang, senga tegishli ishlarni birovlar
bajaraversa-bajaraversa...
 Orif! - deb qichqiraman ba'zan. Aytgandek, esimdan chiqib
qolayozibdi, Orif bilan birga o'qiymiz, bir partada o4iramiz.
O'zi pakanagina bola-yu, lekin boshi to4a aql. Har qanday
masalani ham ko'z yumib-ochguncha ishlab tashlaydi, men ham
ko'z yumib-ochguncha ko4chirib olaman. Goho biror joyini
jo'rttaga xato qilib ko4chiraman, shunday qilmasam bo4lmaydida,
muallimimiz ko4chirganimni bilib qoladi. Shunday qilib:
 Orif! - deb chaqiraman.
 Nima deysan? - deydi Orif uylaridan turib.
 Chiq, dars tayyorlaymiz.
 O'zing chiqa qol.
Orif meni chaqirayotganini oyim eshitsin, deb jo4rttaga
qayta-qayta so'rayman:
 Nima deding?
 O'zing chiqa qol deyapman, nima qulog4ing karmi?
Papkani ko'tarib sekin quyon bo'lib qolaman. Chiqib
tayyor vazifalami apil-tapil kokchiraman-da, hali aytganimdek,
ko4cha changitib yurmayman-ku, to4ppa-to4gkri narigi
mahallaga futbol o4ynagani jo4nab qolaman.
Mana bugun ham shunga o4xshash rejalar tuzib, Orifni
chaqiraman deb endigina kekirdagimni cho4zayotgan edim,
oyim:
 Hoshim,  deb chaqirib qoldi.
 Labbay, oyijon.
 Nega tovuqlarga don bermading?
Rost, ertalab oyim tovuqlarga don berib qo4ygin, deb
tayinlab ketgan edi. Butunlay unutgan ekanman. Endi nima
qildam-a, ishqilib quloqning tagida shavla qaynamasa bo4lgani!
 Nima dedingiz, oyi?
 Nega tovuqlarga don bermading, deyapman, nima,
qulog4ing devorning ostida qolganmi?
 Ovqatini o4zi topib yesin-da. Tokaygacha tekinxo'rlik
qilishadi,  deb gapni chalg'itmoqchi bo'ldim.
 Voy, oMmasam, suvam bermaganga o'xshaysan.
 Oyi, tovuqlar suv ichmaydigan bo'lib ketgan...
 Shunaqami?
 Ha, shunaqa...
Nojo4ya gap aytib qo4ygan bo4lsam kerak, oyim katta
kaltakni olib quvlashga tushdi. Uch marta hovlini aylandimda,
ko4cha eshik oldiga borib egilib salom berdim va bir hatlab
o4zimni ko4chaga oldim. O'sha yerdan turib:
 Bir haftadan beri suv berganim yo4q. Tuxumini bir yo4la
poroshok qilib tug'aversin!  deb baqirdim.
 Teringga somon tiqmasammi!  dedi oyim tayoqni
o4qtalib.
Tamom, deb o4yladim ichimda. Nega desangiz, kecha ham
shunga o4xshashroq bir voqea bo4lib o4tgan edi. Har kuni
darsdan qaytganimda oyim:
 Hoshimjon, bugun qanaqa baho olding, o4g4lim?  deb
so'raydi
 Besh-da, oyijon, bizniki doim besh!  deyman.
 Barakalla.  dedi oyim. Keyin o'zim yaxshi ko'rgan
shokoladdan ikki-uchta uzatib,  bor, endi birpas o'ynab
kelgin,  deydi. Kun botguncha maza qilib o'ynab yuraman.
Kecha oyim negadir bahoni so'ramadi-yu, qani kundaligini
bir kolrsat-chi, deb qoldi. Rang-qutim o'chib ketdi, nega
desangiz, ishning bu yog'i sal ishkalroq edi-da.
 Kundaligim o'qituvchimizda qolgan,  deb qutulmoqchi
bo'ldim.
 Papkangni och dcyapman!
Boshqa ilojim bo'lmaganidan papkani ochib, sekin
kundalikni chiqarib berdim.
 Bu nima?  so'radi oyim.
 Ikki.
 Bunisi-chi?
 Uch.
 Nega yolg'on gapirding?
 Kim yolg'on gapiribdi,  dedim bo'sh kelmay, 
ikkovini qo'shsa besh boMadi, oyijon!
 Shunaqami?
 Shunaqa...
Oyim qoshlarini chimirib, qoMlari qaltirab, kundalikni
varaqlashda davom etdi.
 Bu nima?
 Ikki, oyijon.
 Bunisi-chi?
 Bunisi fizikadan olingan baho.
 Xo4p, mana bunisiga nima deysan?
 Hech narsa dcyolmayman, lekin oyijon, uchovini qo'shsa
besh bo'ladi.
 Shunaqami?
 Shunaqa..
 Hu o'sha...
Fizkulturadan qilgan mashqlarim mana shu paytda qo'l kelib
qoldi. Bir sakragan edim. o'zimni hovlini o'rtasida ko'rdim.
Bu gal kaltak yeyishim aniq bo'lib qoldi.
 Sen hali shoshmay turgin!  dedi oyim dag'dag'a qilib
Shunday qilib desangiz, kecha mana shunaqangi dili siyohlik
boMib o'tgan. Hozir ko4chaga chiqib shularni o4ylab yuragim
qisilib ketdi. Singlimni uyga kiritib papkani oldirib chiqdimda,
uy vazifalarini ko4chirib olish uchun Oriflarnikiga kirdim.
 Orif yo4q,  dedi oyisi,  magazin tomonga ketuvdi.
 Orif meni papkamni olib kelgin deb yubordi,  dedim.
Nega desangiz, agar papka qo'lga eson-omon tegib qolsa, ichini
ochib uy vazifalarini ko'chirib olishni moMjallagan edim.
 Papkasini o4zi bilan olib ketuvdi-ku.
 BoMmasa o4g4lingiz meni aldapti-da  dedim sir boy
bermay.
Endi nima qildim? Juda boshim qotib qoldi-ku. Bir yo4la
uch fandan vazifa berilgan edi, bittasini ham bajarganim yo'q.
Hozir negadir, Orifni tutib olib do4pposlagim, biqiniga, boshiga
rosa mushtlagim kelib ketdi. Qani endi qo4limga tushsa-yu, bir
alamimdan chiqsam.
Ancha vaqtdan buyon direkorimiz nomiga to4rt-beshtamiz
birlashib talabnoma yozmoqchi bo'lib yuruvdik. Maktabga
borib o4shani yozishga kirishdim.
Pushkin nomli maktcib direkori o lrtoq O.Azizovga
O'quvchilar nomidan

ARIZA

Biz o 'quvchi/ar so 'nggipaytda judo qiyncilib ketdik, uy vazifakiri
ko 'paydi, ishlashga vaqt yo 'q. Shuning uchun quyidagi fanlarni
dars jadvalidan vaqtincha bo'lsa ham olib tcishlcishingizni
so'rciymiz: algebra, geometriya, ona tili. Umuman olganda, bu
fanlarning hech kimga keragi yo 'q. Boshni qotiradi xolos. Ulaming
o'rni bo sh qolmasin desangiz, futbo! haqida fan bo 'Isa o 'shani
kiritsa ham bo'ladi. O'qituvchilikka, agar xo'p desa, o'rtoq
Gennadiy Krasnitskiyni olib kelish kerak. Talabimizni amalga
oshirsangiz, hamma fanlardan besh olib o'qishga so'z beramiz
sho'xlik qilmaymiz. O'quvchilar nomidan:

Hoshimjon Ro 'ziyev

Talabnomani yozishga yozib qo'ydim-u. lckin direktorning
oldiga kirishga botinolmay qoldim. O'rnimdan turay desam
deng, tizzam dag'-dag' qaltiraydi. Ko'zimni chirt yumib shartta
turdim-da, shu holda, sckretar qizning hoyhoylashiga ham
qaramay to4ppa-tokg4ri Otajon Azizovichni kabinctiga kirib
bordim.
 Xizmat?  so'radi dircktor.
 Salom, domla!  dedim ko'zimni ochib.
 Salom.
Indamasdan taiabnomani uzatdim. Yo'q, ishim yana
o'ngidan kelmadi. Otajon Azizovich naq bir soatcha nasihat
qildi. Men ro'yxatdan o'chirib tashlamoqchi bo'lgan fanlar
juda foydali emish, ularni puxta egallamasdan turib, kishi
agronom ham, injener ham, zootexnik ham bo4la olmas emish.
U desam bu dedi, bu desam u dedi, xullas, oxiriga borib hech
gap topolmay qoldim. Ichimda esa Algebra o'qigandan ko'ra
oyimdan kaltak yeganim ming marta yaxshi edi, deb
turibman.
 To'g4rimi?  deb so4radi oxirida Otajon Azizovich.
 Noto'g'ri!  dedim ko'zimni uyning shiftiga tikib, 
uchastkamizning agronomi Anorvoy tog'a hech joyda
o'qimagan-ku.
 Endi o'qiyman deb turganida urush boshlanib qolgan,
sen bilan bizning hayotimizni saqlash uchun frontga ketgan, 
deb tushuntira boshladi Otajon Azizovich. Keyin u yog'ini yana
nasihatga ulab yubordi...
Okzi ishing bir ketga ketsa, hech o'ngarib bo'lmas ekan. Bu
ko'ngilsizliklar ozlik qilgandek, o'sha kuni yana ketma-kct
yomon baholar oldim. Birinchi dars joni-dilimdan yaxshi
ko'rganim algebra edi. albatta. Qo'ng'iroq chalinishi bilan
yuragim shig'illab ketdi. Qo'ng'iroq xuddi qornimning ichida
chalingandek ko'nglimni ozdirib yubordi. O'qituvchi ko'rib
qolmasin, deb oyoqlarimni oldingi partaning ostiga uzatib, faqat
boshimnigina chiqarib o'tirardim.
 Ro'zivev to'g'ri o'tirib ol! dedi Qobilov.
To'g'ri o'tirib oldim.
- - Ro'zivev. qani avt-chi. o'tgan darsda nimani o'tuvdik?
Sekin o'rnimdan turib yonginamda o4irgan Orifni turtdim.
U bo'lsa teskari qarab, go'yo hech narsadan xabarsizdek jim
o'tirardi.
 Tezroq gapir!  qistadi muallim.
Bu gal men ham Orifni qaltiqroq turtgan edim, ko'zlari olakula
bo'lib ketdi-yu, qo'rqqanidan pichirlay boshladi. U nima
desa oqizmay-tomizmay men ham takrorlab turdim.
Sinfda gurillab kulgi ko'tarildi. O'zim ham maza qilib kulgiga
qo'shildim. Keyin bilsam, teng so'zi o'rniga eng deb
yuborgan ekanman Qani, ta'rifini ayt-chi,  dedi muallim
kulgini bosib.
 Tilimning uchida turibdi-yu, aytolmayapman,  dedim
go'yo aytishga qiynalayotgandek. Shunday deymanu uyning
shiftiga, derazaga, doskaga qarayman. Oradan uch-to'rt minut
o'tgach: Aytasanmi, yo'qmi, deb so'radi yana o'qituvchimiz.
 Aytaman, domlajon, albatta aytaman.
 Ayt, axir bo'lmasam.
 Mana hozir tilimning uchida turibdi.
 Tilingning uchi qursin seni, o'tir,  deb yubordi
o'qituvchimiz.
O'sha kunni eslasam, hozir ham yuragim orqamga tortib
ketadi. Rostini aytsam, tug'ilganimga ming bor pushaymon
boMdim. Lekin darsdan qaytayotganda men ham bo'sh
kelmadim, Orifdan boplab o'chimni oldim.
 Menga qara,  dedim chinorning tagiga yetganda biqiniga
turtib,  nega mening kuchugimni urding?
 Qachon uribman?
 O'tgan yili urding-ku!
 Hecham urganim yo'q.
 Urgansan, mana bunday qilib urgansan,  dedim-da.
boshiga bir musht tushirdim. Keyin... u yog'ini o'zingiz ham
bilib turgan boMsangiz kerak, kattagina mushtlashish boMdi.
Bolalarning yarmi Orif taraf boMishdi, yarmi men taraf. Kiyimboshlarimiz
dabdala bo'ldi, yuzlarimiz qonga bo'yaldi...
Lekin men xursand edim, o'ch olganimdan xursand edim,
yuz-ko'zi demay savalaganimdan o'zimda yo'q shod edim.
To'gri-da, hadeb beshlarni u qatorlab olaveradi-yu, men
ikkidan chiqmas ekanman-da. Menga ham uncha-muncha
yordamlashib tursa bir joyi kamayib qoladimi!
Xullas, kayfim chog4 edi. Xursand holda ashulani vang qo4yib
uyga qaytardim. Qorin ham ochgan, oyijonim pishirib qo'ygan
palovjonni ko4z oldimga keltirib har zamonda lablarimni
chapillatib qo'yaman. Hozir borib palovxonto'rani pok-pokiza
tushiramanu, qorinni qashlab yotib, televizor ko'raman, deb
o4ylayman-da, ashulaning avjiga chiqaman.
Ko'cha eshigimiz ichkaridan zanjir ekan. Taqillatdim.
Tirqishidan qarab turibman. Birmahal tayoqko'taribasta-sekin
chiqib kelayotgan oyimga ko4zim tushib qolsa bo'lidimi!
 Kim bilan mushtlashding?!  Eshikni ochgan,
oyijonimning birinchi savoli shu bo'ldi.
 Hech kim bilan,  dedim orqamga tisarilib.
 Orifni uribsan-ku?
 Yolg4on! Uning o'zi meni urdi.
 Dars tayyorlamasang, uy ishlariga qarashmasang,
singillaringga kun bermasang, kunbo4yi mushtlashsang  seni
o'ldirib qo4ya qolmasammi,  deb oyim qo'lidagi tayoqni
menga qarab otdi. Chap berib qoldim.  Yo'qol, ko'zimga
ko4rinma!
Ko4cha eshik oldida turib qoldim. Yo4q, oyim shashtidan
qaytadiganga o4xshamaydi. Endi nima qildim, qayoqqa boray,
kimdan boshpana so'rayman? Qorinchi, ovqatni qayoqdan
topdim endi...