VI bob

XAYR, AMAKILAR

oirlik olamidan eson-omon quvilgach,
mehmonxonaning choyshab, bolish, ko'rpa singari maydachuydalari
saqlanadigan omborida uch kechayu uch kunduz
qimirlamay uxladim. Qiladigan ishim, hasratimni aytib ko'ngil
yozadigan biron mehribon kishim yokq edi. Okz yog'imda olzim
qovurilib, o'ylab, shirin-shirin xayollar surib yotaverdim. To'i t
kun deganda o'rnimdan turib, biron ishning boshini tutguncha
ermak bo'lar-ku, deya mehmonxonaning administratori, qoshi
mushukning dumiga o'xshaydigan E'tibor Umarovadan okch
olishga tushdim. Nega desangiz, bu xotin pora olishda ustasi
faranglardan. Mehmonxonada boksh joylar toMib yotgan
bo'lishiga qaramay:
 Afsuski, boksh o'rin yokq,  deb bezrayib turaveradi.
 Jon opa, uzoqdan kelganmiz, hech boimasa ikkita o'rin
topib bering,  deb yolvorishadi mehmonlar.
 Ikki-uch kunsiz ilojim yo4q,  deydi administralor. Ikkiuch
kun degani  ikki-uch so'm cho'zing degani. Mehmonlar
gapningma'nosiga tushunsa, albatta yeng uchida uch-to'rt sokm
uzatishadi. Shundan keyin E'tibor Umarova:
 Sharifa, deb qichqiradi kassirga,  mehmonlarga chck
yozib ber, to'rtinchi xonada bo'sh o'rin borga o'xshaydi.
Xullas, bu E'tibor Umarova deganlari borib turgan poraxo'r.
Bir varaq qog'ozga: Ehtiyot boMing, butun ishlaringizni bir
haftadan buyon formasiz militsioner kuzatib yuribdi... deb
yozdimu, sezdirmasdan cho'ntagiga solibqo'ydim. Birpasdan so'ng
qog'ozga ko'zi tushib opaning qoshlari mushukning dumidek
o'ynab ketdi, ko'zlari ola-kula bo'ldi. Hovliqqancha direktorning
oldiga kirdi. Keyin direktor ikkovlari xuddi quvlashmachoq
o'ynayotgandek ketma-ket yugurib chiqishdi-da, kassir Sharifa
opaning qulog'iga nimalarnidir shivirlab, rangi qutlari o'chgancha,
sovuq urgan pomidordek gezarishib, pastga tushib ketishdi.
CTsha kuni mehmonlarning ro4yxati qaytadan kolrib
chiqildi. Formasiz militsionerni topolmay, nazarimda, rosa
xunob boiishdi ham. Opa kimdan pul olgan bo'lsa, hammasiga,
bir sokm olganiga ikki so'mdan, ikki so'm olganiga to'rt
sokmdan qilib qaytarib berdi. Kechgacha halloslab, oyog'i
quygan tovuqdek har tomonga zir yugurib, adoyi-tamom
bo'ldi. Uning bu kulgili ahvolini ko'rib ich-ichimdan kuldim.
Shu bahona boidiyu ko4nglimdagi g'ashlik tarqab, sen kommen
ko'r bo'ldim-ketdim.
Tashqariga chiqsam, mehmonxona oldidagi maydonchaga
odam degan sig'may ketibdi, igna tashlasang yerga tushmaydi.
Kattayu kichik bir-birini itar-itar qilib o'rtaga intiladi.
Surishtirsam, mashhur sayyohlar Vlasov bilan Petrov degan
odamlar kelishgan ekanu, kishilar o'shalar bilan ko'rishish,
qoMlarini siqib so'rashish umidida bir-birlarini urib-surib
o'rtaga intilayotgan ekan.
Nihoyat, ikki sayyoh, odamlar to'dasidan ajrab
mehmonxona tomon yura boshladilar. 24-xonaga kirib, dam
olishmoqchi shekilli, yechinib, yumshoq ko'rpalar, paryostiqlar
to'shalgan karavotlarga cho'zilishdi.
Qalpoqni kiyib sekin huzuriga kirib bordim-da:
 Salom, amakilar,  deb qo'ydim. Vlasov amaki u yoqbu
yoqqa qarab:
 Gapirdingizmi?  deb so'radi sherigidan.
 Yo'q, qorning qulduragandir,  deb kuldi Petrov amaki.
 Gapirgan menman! dedim yana. Ikkovlari ham yotgan
o'rinlaridan turib, yelkalarini qisgancha bir-birlariga tikilib
qolishdi.
 Sen kimsan, o'zi?  so'radi biri.
 Men mashhur o'zbek sehrgari Hoshimjon Ro'zi
bo'laman.
 Qanday qilib sehrgar boMding?
 BoMdim-da...
 Mumkinmi. sirlaringdan biz ham xabardor boMsak? Zora
Janubiy Afrika o'rmonlaridagi yirtqich hayvonlar bilan
olishayotganimizda sehrgarlik qo4l kelib qolsa.
Rostini aytsam, shu savolni kutib turgan edim, ha, ha, xuddi
shu savolni. Bundan bir necha kun avval gazetada bu ikki sayyoh
haqida maqola o'qiganimda ularga havasim kelganidan
ko'zlarim chaqnab ketgandi. O'shalardek qo'rqmas,
o'shalardek jasur sayyoh bo'lishni orzu qilib ko'nglimga tugib
qo'ygandim. Jahonda bular bormagan mamlakat qolmagan,
ular bosib o'tgan yo'l shunchalik uzunki, bir olim hisoblab
chiqaman deb, aqldan ozib qolgan. Ular o'z ko'rgan-bilganlari
haqida shunaqangi ko'p kitoblar yozishganki, o'qib chiqish
uchun naq o'n besh yil kerak bo'ladi. Ular tezoqar tog4
daryolaridan quloch otib suzib o4tishgan, dengizlarda sovuq
bo'ronlarda qolishgan, Afrika o4rmonlarida yirtqich sherlar
bilan yakkama-yakka olishganlar, yovvoyi odamlar bilan bir
ko4rpada uxlab qolgan paytlari bo4lgan. Har bittasi o4n
metrdan keladigan bo'g'ma ilonlar bilan omonsiz janglar
bo'lgan, ha, ha, bular chakana bo4lmaydi, minglab gazetalarda
rasmlarim bosiladi, nomim tillarda doston bo'ladi. Shoirlik
esa... turgan-bitgani mehnat, mashaqqat, uyqusiz tunlar ekan,
kerak emas, nima qilaman boshimni qotirib. Yaxshisi, sayyoh
bo4laman, Magellanga o4xshab yovvoyi odamlar bilan qilich
yalang'ochlab jangga tushaman, nayzavozlik qilaman.
Robinzon Kruzoga o'xshab orollarda hayot kechiraman,
yovvoyi hayvonlarni o4rgataman.
 Agar meni o'zlaringga sherik qilib olsalaring, dedim
bir oz jimlikdan so4ng,  sehrimdan sizlarni xabardor qilaman,
qalpoq uchovimizniki bo'ladi.
 Bajonu dil,  dedi Vlasov amaki,  lekin buning uchun
ba'zi bir tayyorgarlikdan o'tish kerak-ku, o'rtoq Hoshimjon
Ro'zi?
 Bajonu dil,  dedim men ham.
 Avvalo geografiyani yaxshi bilish kerak.
 Men uni suv qilib ichib yuborganman.
 Juda soz. Ruxsat bersangiz, ba'zi bir savollarim bor.
 Marhamat.
 Qani, mana bu kartaga yaqinroq kelib, dunyodagi eng
kichik ko'lni ko'rsatib bering-chi.
Kartaga shuncha tikilsam-da, hech qanday ko'l topolmadim.
Shundan so'ng boshimni ko'tarib:
 Bu yerda ko4l yo4q, qurib qolganga o4xshaydi,  deb
qo'ya qoldim.
 Ehtimol. Qani ayting-chi, dunyodagi eng katta ko'lning
nomi nima?
 Xotiram yomon, nomlarini esimda olib qololmayman. 
dedim shoshib-pishib.
 Shundaymi? Geografiyani suv qilib ichib yuborganman
devdilar-ku?  so'radi Petrov amaki kulimsirab.
 Geografiyani yaxshi bilamanu, kartaga tikilsam ko'zim
jimirlashib ketadi-da,  deb tushuntirdim.
Vlasov amaki o'rnidan turib yengilroq kiyindi-da, stolga
joylashib o'tirib oldi, ketma-ket savollar bera boshladi. Men
ham o'ylab-netib o'tirmasdan shartta-shartta javob
qaytaraverdim.
 BoMmasa, marhamat qilib aytsinlarchi, Afrika qifasida
necha xil xalq yashaydi?
 Hali aytdim-ku, xotiram yomon deb, esimdan chiqib
qolgan.
 Hammasini esdan chiqara berish yaxshi emas,  norozi
bo'lib dedi Vlasov amaki,  boimasa boshqa savol beraman.
Aytsinlar-chi, siz bilan biz yashab turgan Yer necha yoshga
kirgan?
 Tilimning uchida turibdi-yu, aytolmayapman.
 Arabistondagi eng katta choining nomi nima?
 Hali u tomonlarga borganim yo4q.
 Janubiy Amerika o'rmonlarida yashaydigan eng katta
qushning nomini aytib berolmaydilarmi?
 Yo'q, aytib berolmayman.
 Indoneziyada necha orol borligini so'rasam, janobi
sehrgarni xafa qilib qo'ymaymanmi?
 Xafa bo'laman, boshqasini so'rang.
 Dunyodagi eng baland sharshara qaysi mamlakatga
joylashganligini so'ramoqchi edim?
 Iy-e, amaki, siz aytganlar hammasi rebus-ku. Mendan
geografiya to'g'risida sokrang-da.
 Marhamat, boshqasini so'rashim mumkin. Qani,
aytsinlar-chi, Atlantik okeanining eng chuqur joyi necha metr?
 O'lchab ko'rganim yokq.
 Yer yuzida qancha aholi yashaydi?
 Yuz million  dedim nihoyat achchig'im chiqib.
 0 ' h - h o \ janobi sehrgar, yer yuzi aholisining qolganlarini
nima qildingiz, yo allaqachon oyga ko'chirib yubordingizmi?
 Ha, oyga ko'chirib yubordim.
 Hurmatli Hoshimjon Ro'zi, geografiya ilmidan xabaringiz
yo'qqa o'xshaydi-ku?  deb so'radi halidan buyon karavotda
chalqancha yotib savol-javoblarimizni mazza qilib eshitayotgan
Petrov amaki.
 Ilmim bo'lmasa ham, hamroh qilib olaveringlar, deb
turib oldim,  bir kun nafim tegib qolar axir.
 Ilmsiz hamrohning keragi yo'q!  dedi sayyohlardan biri.
 Nega endi kerak bo'lmas ekan?
 Chunki mashinamizga ortiqcha yuk bo'ladi. Sizning
o'rningizga CTrta Osiyo tog'larida yashaydigan yovvoyi
qo'ylarning terisidan olib ketsak... o'sha foydaliroq.
 Hech boMmasa choy-poy qaynatib berib turarman,
dedim shashtimdan tushib.
 Iltifotingiz uchun tashakkur! Shunday qilib sehringizni
bizga aytmaysizmi?
 Afsuski, aytolmayman.
 BoMmasa, xayr.
Ikkovlari bilan dol s t o n a xayrlashib uncha xafa ham
bo'lmasdan, uncha xursand ham bo'lmasdan, har qancha
iltimos qilsalar ham sehrimni aytmay, yuzimni ko' r s a t m ay
tashqariga chiqib ketdim.
 Xayr, amakilar!  deb qichqirdim koridordan turib.
Ko'chaga chiqib to'yib-to'yib nafas oldim. Savol javob
mahalida terga tushib ketgan ekanman. Ro'molchamni
chiqarib yuz-boshimni artdim. Keyin Sholikor stadioni
tomon y o i oldim. Aytgandek, Sizga aytaman deb butunlay
yodimdan chiqib qolipti. Shaharga kelganimdan buyon teztez
futbolchilar bilan uchrashadigan odat chiqarganman
Avvallari ham bu o'yinni jonu dilimdan yaxshi ko'rardinv
O'zimizning maktabdagi komandaning kapitani edim. Bu
yerda futbolchilar shunaqangi ko4 p ekanki, o4yinlai
shunaqangi tez-tez bo'lib turar ekanki, gohida qaysi biriga
borishni bilmay boshim qotib qoladi.
Shunday qilib Sholikor stadioni tomon sekin y o i oldim.
Borsam, allaqachon odam hech yoqqa sig'may ketibdi. Ammo
o'yin hali boshlangancha yo'q. Birinchi qatordagi hukumat
arboblari uchun ajratilgan yumshoq o'rinlardan biriga
o'tirmoqchi edim, qarasam darvozaning shundoqqina yonidagi
haligi dublyorlar o'tiradigan uzun skameyka bo'sh, o'sha yoqqa
o'tib keta qoldim. O'yin ishqibozlarining bahslashuvi baralla
eshitilib turibdi.
 Menimcha, bugun Sholikor yutadi.
 Tunovgi o'yini boisa, ikki dunyoda ham yutolmaydi.
 Vilgelm Qodirovning o'yinlari juda susayib ketgan-da.
 Bo'lmagan gap, to'pni uzoqqa aniq tepishda uning oldiga
tushadigani yo'q.
 Teodor Rahimovich, ishqilib bugun chiqsinda.
 Hammasi chiqmasa ham, Gennadiy Supanitskiy chiqsa
bas.
Xullas, ana shunga o'xshash bahslar hech to'xtamas edi.
O'yin boshlanishi bilan mehmonlar darhol hujumga o'tishdida,
komandamizni dog'da qoldirib, darvozamizga boplab to'p
urib qo'yishdi. Shundan keyin o'yin demagani shunaqangi qizib
ketdiki, shunaqangi qizib ketdiki, agar menga o'xshab
yaqinroqdan ko'rsangiz, hayratdan og'zingiz ochilib qolgan
b o i a r d i . Qasam ich desangiz, qasam ichib aytamanki,
bunaqangi shiddatkor o'yinni ilgari hech ko'rmagandim.
Mehmonlarning himoyachisi juda zo4 r ekan,
hujumchilarimizning qilgan harakatlari befoyda ketaverdi. O'n
minut chamasi to'p qo'ldan-qo'lga o'tib turdi-da, nihoyat
mehmonlar uni ustalik bilan olg'a surib ketishdi. Chap qanot
himoyachisi olisdan turib o'ng qanot himoyachisiga uzatdi. U
boisa to'pni havolatib, markaziy hujumchiga oshirdi. Markaziy
hujumchi umuman bizning yigitlarga qaraganda chaqqonroq
ekan, kuchli bir zarb bilan bu to'pni ham eson-omon to'rga
joylab qo'ydi. Ishqibozlar betoqat bo'lib:
 Gennadiy, jon koyitib o'ynasang-chi!
 Teodor, g'ozga o'xshab lapanglab yuraverasanmi!
 Yoqubov, eplasang maydonga chiqqin-da, sharmanda
qilding-ku!  deya har tomondan qichqirib, hushtaklar chala
boshlashdi. Mehmonlarning to'pni uzatish san'ati biznikiga
qaraganda qittak bo'lsa ham yuqori ekan. Buni men uchinchi
to'pni kiritganlarida payqab qoldim.
Tomoshabinlarning hafsalasi pir bo'ldi, ko'plar o'rinlaridan
turib, qo'llarini umidsiz siltaganlaricha asta-sekin jo'nab qolishdi.
Sholikorning yutqizishi aniq, bo'lib qolgan edi. Agar yutqazsa,
o'z-o'zidan to'rtlikdan tushib qoladi. E-voh, qancha mehnat
qilishgan edi-ya, attang! Qanday qilib qalpoqni boshimga kiyib
maydonga tushib ketganimni o'zim ham bilmay qolibman. Hali
shoshmay turinglar, hurmatli mehmonlar. Biz sizlarga osonlikcha
yutqazib qo'ymaymiz, Sholikorning kimligini ko'rsatib
qo'yamiz, bu yerda sal kam yuz ming tomoshabin bekorga
o'tirganimiz yo'q. O'z komandamizni g'alaba bilan tabriklash
uchun kelganmiz. ha, ha, shoshmay tursinlar hali!
Maydonga tushdimu, to'pni qo'Itig'imga qisib
mehmonlarning darvozasi toinon tashlandim. Odamlarning
nazarida tokp havoda ilon izi yasab, o'yinchilarga chap berib.
uchib borayotgandek, aslida esa uni men ko'tarib boryapman.
Orqamdan halloslagancha Gennadiy kelardi. Darvozaga
yigirma metr chamasi qolganda to'pni sekin qo'yib yubordim...
Oh, Gennadiyning, o'zimizning Genkaning zarbini bir tomosha
qilsangiz edi, bir tomosha qilsangiz edi...
Stadionda qiyqiriq, ura, yashasan Supanitskiy degan sadolar
yangradi. Odamlar jonlanib ketdi, hammasining kayfiyati
ko'tarildi. Xuddi shu paytda, yangrab turgan qiyqiriq sadolari
ostida men yana bir ustalik ishlatdim. Mehmonlarning
darvozaboni to'pni yerga qo'yib kuchliroq zarb bilan tepish
maqsadida orqaga tisarilgan edi, yugurib borib to'pni ilib oldimda,
shu atrofda o'ralashib yurgan Yoqubovning oyog'iga
tashladim.
 Udar!!!  deb qichqirdi odamlar. Chindan ham kuchli
zarb bo'ldi. Mehmonlarning darvozaboni to'pni ilib olmoqchi
bo'lib ikki qo'lini olg'a cho'zgancha qiyalabsakragan edi, to'pga
yetolmadi-yu, ammo o'zi xuddi suvga sakragan baqadek
shaloplab yerga yiqildi.
Afsuski, gapga uncha chechan emasman. Bo'lmasa Sizga bu
yerdagi shodlik-xurramlikni, quloqlarni qomatga keltiruvchi
baxtiyor qiyqiriqlarni, osmonga minut sayin uchirilayotgan to4pto4pkaptarlar
hamma-hammasini ta'riflab bergan boMardim.
Shu paytda. negadir men o'zimni juda g4alati his qila
boshladim. Axir men o4z xalqimga, ko4rib turganingizdek,
shodlik, quvonchlar keltirdim-ku! Ahmoq bo4lib qayoqdagi
ishlarni orzu qilib yuribman-a, o4zimni ham, o'zgalarni ham
qiynab yurgan ekanman. Demak, mening o4rnim mana shu
yerda, stadionda ekan. Xuddi shu yerda, ustiga ajriq qoplangan
shu yumshoq maydonchada men foydali kishi bo4la olar
ekanman. Bir unir futbolchi bo4 l ib qolganim bo4lsin.
Eshityapsizmi, hurmatli Otajon Azizovich, Siz ham qadrdon
o'qituvchim Qobilov, bilib qo4ying, men futbol olamida shuhrat
qozonmoqchiman...
Belni mahkam bog'lab yana ishga kirishib ketdim. Zum
o'tmay to4pni yana ilib oldimu, sakkiz yil futbol o4ynab, sakkiz
yil muttasil yugurib, darvozaga bironta ham to4p kirita olmagan
Akmal Lazizxo4jayevning oyoqlari ostiga tashladim. To4p
kiritishning gashtini bu bechora ham bir surib ko4rsin dedimda.
Shundan keyin komandamizning o4n bir o4yinchisiga
ikkitadan, chapdonrog4iga uchtadan to4p tashlab berdim. Hisob
bizning foydamizga 243 bo'lgan edi. O'yin asosan mehmonlar
darvozasi oldida boMdi. Bizning darvozabonimiz Yura
Kukuruznikov zerikkanidan dublyordagi bir yigitni chaqirib,
ko4k choy ichishib, shaxmat o'ynab o4tirishaverdi. Stadion esa
hamon buloqdek qaynab, bo4ronda qolgan dengizdek
toMqinlanardi.
Vaqt ham, baxtsizlik ham oyoq ostidan chiqadi deganlari
to4ppa-to4glri ekan. Agar so'nggi to4pni qo4ltig4imga qisishim
boshimga ne-ne kulfatlar solib, bir umr meni futboldan judo
qilishini bilganimda, zinhor uni qo4limga olmagan bo4lardim,
bir chekkaga chiqib o4yinning qolgan o4n besh minutini maza
qilib tomosha qilgan boMardim.
O'zimizning maydonga o4tib ketgan to4pni chaqqonlik bilan
ushlab, g4izillaganimcha mehmonlar darvozasiga qarab
ketayotgan edim, shu payt chap tomonimdan qarshi tomonning
himoyachisi o4qdek otilib chiqdi-da, to4pni osmonga tepib
qaytarmoqchi boidi shekilli, kuchli zarb bilan chap biqinimga
tepdi. Shilqillab yerga tushdim. O'shanda ham qaysarlik qilib
to'pni qo4yib yubormagan ekanman, boshqa biri kelib yelkam
aralash tepganini sal-pal eslayman... Keyin nima bo'lganini
bilmayman, xushdan ketib qolibman...
Bir mahal ko'zimni ochsam, janub tomondan zar kokillarini
tarab qo'yosh ko'tarilib kelyapti. Nariroqda ikkita kampir, bir
qoiida chelak, bir qoMida uzun sopli supurgi, gangur-gangur
gaplashib atrofni supurish bilan ovora.
 Qo'shni, kechagi o4yinda ko'rinmadingizmi?  deb
so'radi novcha kampir.
 Kecha cholim belimga kepak qizdirib bosasan, deb
o'yinga chiqarmadi,  tushuntirdi pakana kampir,  siz-chi,
qo'shni? Siz chiqdingizmi?
 Kechagi o'yinni ko'rmabsiz, dunyoga kelmabsiz, qo'shni.
Voy, bunaqangi o'yinni, tavba qildim-ku, xudoyi taoloning o'zi
ham hali ko'rmagan bo4lsa kerak. Sizga yolg'on, menga chin, hoy
qo'shni, qiyqiriqdan mana shu stadion naq yorilib ketay dedi-ya.
 Nima bo'ldi o4zi, qo'shni, tezroq aytsangiz-chi.
 Biznikilar mehmonlar darvozasiga 25 ta to'p kiritishdiya.
Eng qizig'i o'yinning oxirida bo4ldi. Mehmonlar o'yin
tugashi bilan yugurib kelib darvozabonlarini qo'llariga ko'tarib,
osmonlarga otishdi. Nega unday qilasizlar deb so'rashsa: Agar
shu hushyor bo'lmaganda, darvozamizga ellikta to4p kirishi hech
gap emas edi, balli shunga!  deyishadi deng. Shunday qilib
deng, qo'shni, darvozabonlarini ko4tar-ko4tar qilib e'zozehtirom
bilan olib chiqib ketishdi. Bo'ldi kulgi, bo'ldi qiyqiriq.
Kampirlarning gapiga quloq solib yotib, u yoq-bu yog'imni
paypaslab ko'rdim. Ikkita qovurg'am qattiq shikastlangan,
belim chiqib ketibdi, aftidan, hushsiz boMib yiqilganimdan so'ng
ustimdan u yoq-bu yoqqa rosa yugurib o'tishganga o'xshaydi
 boshim yorilgan, tizzamning ko'zidan haligacha qon oqib
yotibdi. Ne-ne mashaqqatlar bilan boshimdagi qalpoqchamni
olib maykam ichidan osib olgan xaltaga joyladim-da:
 Xolajon!  deya ingradim. Kampirlar darhol boshimga
yugurib kelishdi.
 Voy, bolaginam, qayoqdan paydo boMa qolding? 
so'radi novchasi.
 Shu yerda edim.
 Voy o'lay, qo'shni, bola bechoraning hammayog4i qonku!
Qani, o'rningdan tur-chi, o'g'lim.
 Turolmayman, belim chiqib ketgan.
 Voy, sho'rim! Hoy, qo'shni, yuguring, iskara pomsh
chaqiring! Bolam bechora-ey! der edi tinmay novcha kampir,
 kimning o'g'lisan o'zi?
 Musofirman, xolajon. Hech kimim yo'q.
 Onaginang aylansin!  dedi kampir yana boshimdan
silab,  kechasi bezorilarning qo'liga tushibsan-da.
Yigirma minutlardan so'ng meni o'lik tashiydigan usti berk
mashinada kasalxonaga olib ketishdi. Yonimda dag'al qo'llari
bilan boshlarimni silab, ko'zlarimga termilib novcha kampir
borardi.