VII b o b

INJENERMAN, INJENER

Ikki oydirki, mana kasalxonada yotibman. Karavotim
shundoqqina oynaning tagida, bor-yo4gl i ikki kishimiz.
Eshikning oldida, kiraverishdagi o'rinda Said aka yotadi, juda
qiziqchi odaili. Kuldirgani-kuldirgan. Qurilishda ishlarkan, o'zi
Mehnat Qahramoni, ammo yulduzini hecham taqmaydi. Agar
o'shanaqangi yulduz menda bo'lganda jon-jon deb xalatimning
ustidan taqib olgan bo'lardim. Ishxonasida ham obro'yi zo'r
bo'lsa kerak, uni ko'rgani nuqul shoirlarga o'xshab movut
shlyapa kiygan, qorni katta odamlar keladi. Birovi tovuq
pishirib keladi, birovi uzum, olma tashlab ketadi, gul ko'tarib
kelganlari ham ko'p. Pishirilgan tovuq kelgan kuni, Said aka
qanaqa bo'layotganini bilmayman-ku, ammo men ich-ichimdan
sevinib ketaman. Nega desangiz, Said aka parranda go'shtini
uncha xushlamas ekan, nuqul menga uzatadi.
Uni ko'rgani hamma keladi, jag'i-jag'iga tegmay gapiradigan
xotini, ko'zi menga tushishi bilan qo'rqqanday yig'lab
qochadigan Hasan-Husan ismli o'g'illari, birga ishlaydigan yorbirodarlari
 ishqilib yonidan odam arimaydi. Hasan bilan
Husan menga Jirafa deb nom qo'yishgan. Kasalxonaga tushgan
kunimning ertasiga bunday qarasam, meni yosh bolalarga
qo'shib qo'yishibdi. ³ yig'laydi, biri to'polon ko'taradi. Na
uyquda orom boru, na mundoq bir maza qilib, tinchgina dard
tortasan.
Kattalar xonasiga o4tmoqchi bo'lib:
 Qalpoqcham, qalpoqcham, bo4yimga bo4y qo4shib ber,
deya iltimos qildim.
 Beling gipsda-ku, qanday qilib qo'shaman,  deydi
qalpoqcham.
 Bir ilojini qil.
 Bo'yning cho'zilib ketadi-da.
 Mayli.
Bir mahal bundoq qarasam, bo4ynim uch qarichgacha
cho4 z i l ib ketibdi, boshimni ko4targan edim  Afrika
o'rmonlarida yashaydigan jirafaning xuddi o4zginasi bo4lib
qolibman.
O'sha kuni kechasi Said akaning yoniga olibo'tishdi. Shu yo4sin
ikkovimiz hamxona bo'lib qoldik. Undan hol-ahvol so4ragani,
hali aytganimdek hamma keladi, mening esa yo4qlaydigan kishim
yo4q. Kun bo4yi yetimchadek ko4zimni mo4ltillatib eshik
poylayman. So4roqlab orqamdan hech kirn kelmasligini bilamanu,
shunday bo4lsa ham allakimning kelishidan umidvorman. Oh, hozir
singillarim bo4larmidi! Akajonim, Sizga nima bo'ldi deb kechalari
boshimdao4tiribchiqishmasmidi, zirqirabog'riyotgan oyoqlarimni
bittadan bo4lib olib uqalashmasmidi? Oyijonim-chi, meni shu
ahvolda ko4rib, bilaman, avval jig'ibiyroni chiqib bir urishardida,
keyin isitmasi lovillab turgan peshonamdan o4pardi,
sochlarimdan silardi. Mana kech ham kirib qoldi. Hozir oyijonim
povillatib sigir sog'yapti. Bir nafasdan so'ng cho4tir yuzli shofyor
mashinasini haydab, bidonlarni qaltiratib keladi-da, sutlarni olib
rayonga jo'naydi. Oyim hovliqib uyga keladi, atrofga qarasaki,
men yo'q, hamon qaytmaganman. Yig4lay-yig4lay mangalkaga
o4t yoqadi. Ko'cha eshik oldida mototsikl ovozi eshitilgandek
bo4ladi. Bu  dadam albatta!
 Dadajon, dadajonim!  deb qichqirib yubordim. Said
aka xayol surib o'tirgan ekan, bir cho'chib tushdi.
 Iye, kuyov bola, nega yigiayapsiz?
 Yig'laganim yo'q, shunchaki o'zim mashq qilyapman.
 Iye, yig4ining ham mashqi boMarmikan?
 Bo4ladi-da.
Yana ikkimiz ham jim bo4lib qolamiz. Men derazaga tikilib
qushchalarning sayrashini, daraxtdan-daraxtga sakrab
o'tishlarini tomosha qilaman. Oshxonaning mo'risidan buralibburalib
qora tutun chiqyapti, hu nariroqda, osmoni falakda
ortidan ko4k chiziq qoldirib, kumush qanotlarini yaltiratib
samolyot uchib boryapti. Qayoqdan kelayotgan ekan, ehtimol
qishlog'imiz tepasidan uchib o'tgandir.
 Shunday qilib, kuyov bola, injenerman, deng?  sekin
so'raydi Said aka.
Said akaning mashhur quruvchi ekanligini eshitib, zora o'sha
atrofda biron shuhrati tezroq chiqadigan, kattaroq ish topilib
qolsa degan umidda o'zimni quruvchi injener qilib tanitgan edim.
 Ha, injenerman,  deb qo'yaman.
 Institutni bu yil bitirdingizmi?
 Ha. bu yil bitirganman.
 Hammasi boMib bir hafta ishladingiz xolosmi?
 Ha, bir hafta.
 Qurilishda, uka, ehtiyot bo'lish kerak.
 Nimasini aytasiz,  deyman yengil uh tortib, o4zim
qurayotgan uyning u yoq-bu yog'ini ko'ray deb tomiga chiqqan
edim, oyog'im toyib ketdi-da.
 Lekin, uka, kollektivingiz menga ma'qul boMmadi. Ikki
oydan buyon loaqal bittasi holing ne kechdi, deb so'rab kelmadiya!
Bunaqangi kollektivning boridan yo'g'i.
 Shuning uchun ham o4sha yerdan ketmoqchiman-da.
 Xo'p desangiz, mana bizga boring, quruvchi injener
anqoning urug'i b o i i b turibdi hozir. Boring, birgalashib
ishlaymiz, bilmaganimizni bir-birimizga okrgatamiz.
 Borib kimga uchrashamiz?  deb so4 ray man gap orasida.
 Xo'p desangiz, birgalashib boramiz, o'zim o4rtada
turaman. Bosh injenerimiz yoshlarni joni dilidan yaxshi ko'radi.
Oltmish to'rt kun deganda Said akaning tosh tushib
majaqlangan oyog'i tuzalib, qo'ltiqtayoqsiz, hech kimning
ko'magisiz bir o'zi yurib chiqib ketdi. Uy adresini qoldirib,
tez-tez kelib holimdan xabar olib turishga va'da ham berdi.
 Tezroq chiqishning payidan bo'lavering,  dedi u
xayrlashayotganda.  Siz bilan bizga bu yerda yotaverish
yarashmas ekan. Ish masalasida esa ko'nglingiz tinch boMsin,
o'zim gaplashib qo4yaman.
Said akaning o'rniga uzoqdan qarasangiz samovarga
o'xshab ko4rinadigan qo4l-oyog4i kalta, xo4ppa semiz bir odamni
yotqizishdi. Juda uyquchi ekan, faqat ovqat mahalida uyg'onadi.
O'shanda ham bir ko4zi paqqos uyquda boiadi. Buning ustiga
shunaqangi xurrak tortadiki, rang-barang ovozlarni shunaqangi
ko4p chiqaradiki, diqqat bilan quloq solsang, xuddi ichida
orkestr chalinayotganga o4xshaydi. Bir qarasangiz, bo'g'izlangan
qo4ydek xirillab qoladi, bir qarasangiz, buzuq karnav
chalayotganga o4xshaydi, ba'zan eski parovozdek pishillagan
ovozlar chiqaradi, tongotarga yaqin surnay, doira sadolariga
o'xshash g'alati ovozlar yangraydi. Gohida qo'rqib ketib,
beixtiyor hamshirani chaqirib yuborganimni o4zim ham bilmay
qolaman.
Baxtimdan o'rgilayki, xo4ppa semiz amaki bilan uzoq
turmadik. Said aka ketgach, o'n kun deganda meni ham
chiqaradigan bo4lib qolishdi. Bechora Said aka menga boshdanoyoq
yangi sarpo qilib, o4z Volgasini haydab kelibdi. Mendan
qo4rqib qochadigan o'g'illari bir dastadan gul ko4tarib olishgan.
 Iye, amaki bo4yningizning qolgani qani?  deb so4radi
Hasan.
 Voy, amaki, tag4in siz boshqa odam bo4lmang?  so4radi
Husan.
Gipsdan chiqishim bilan qalpoqchamga yolvorib bo4ynim
bilan oyog4imni bir oz qisqartirib belimga bel qo4shib, asli odam
holiga kelib olgan edim.
 Yo4q, men o4sha Hoshimjonman,  tushuntirdim
bolalarga,  faqat dard tortaverganimdan bo4ynim cho4zilib
ketgan edi-da.
Said akaning Volgasida jimgina boryapmiz. U rulda
o4tirgani uchun yuzi ko4rinmaydi, nima to4g4risida o'ylaganini
bilolmayman. Hasan bilan Husan yo4l bo4yi dadasi qurgan
imoratlarni sanab boryapti. Men boMsam Said aka, uning
menga ko'rsatgan cheksiz mehribonliklari borasida o4ylayman.
Kasalxonadaligimda ovqatimdan xabardor boMib turdi, yaxshi
gaplar aytib ko'nglimni ko4tardi. Mana bugun kiyim-bosh qilib
kepti, uyiga olib ketyapti, ishga joylab qo4ymoqchi. Bu o4zi
qanaqa odam, nega bunchalik saxiy, o4 y l a b o'yimga
yetolmayman. Katta bo'lsam, deyman, o4zimga-o4zim, men ham
odamlarga yaxshiliklar qilaman, kasalxonada yotganlardan
ko'ngil so'rab turaman...
Said akalarning uyi shaharning bir chekkasida ekan.
Uchastka yangi qurilganga o'xshaydi. Ko4cha tomoni hali
suvalmagan. Darvozaga bo4r bilan Hasan-Husan deb yozib
qo'yishibdi. Ichkariga kirishim bilan og4zim ochilib qoldi. Xoh
ishoning, xoh ishonmang, ixtiyor o'zingizda, ammo-lekin men
bunaqangi dang'illama uchastkani haligacha ko'rgan emasman.
Hatto kolxozimizning raisi Nosir akaning uyi ham buning oldida
ip esholmaydi. Bu yerda hamma narsa mexanizatsiyalashgan:
priyomnik, televizor, telefon, xolodilnik, kir yuvadigan mashina,
gaz qozon, narigi uy bilan berigi uy o'rtasida ham telefon
aloqalari o'rnatilgan. Hatto, umivalnikda ham knopka. Kokk
tugmani bossangiz sovuq suv keladi, sariq tugmani bossangiz
qaynoq suv keladi. Ikkovini tengdan bosgan edim, ilimiliq suv
jildirab tusha boshladi. Bularni ko4rib Said akaning xotini ham
jindak mexanizatsiyalashgan boisa kerak, deb o4ylab qo4ydim
ichimda. Nega desangiz. Fotima kelinoyim bidirlab
gapiraveradi-gapiraveradi, Said aka ko'zini sal olaytirib qo4ysa,
to'satdan o4ti o'chib qolgandek taqa-taq to'xtaydi. Ko'zini
chetga olishi bilan yana gapga tushib ketadi. Keyin bilsam,
Fotima kelinoyim mexanizatsiyalashmagan ekanu, miyasi
shamollab bechora shunaqangi kasalga chalinib qolgan ekan.
Xonadonning erkatoy o4g4li bo'lib darmonga kirguncha shu
yerda qolib ketdim. Bir-ikki marta stadionga ham borib keldim,
albatta. Lekin ichiga kirishga yurak qurgur betlamadi.
Nazarimda, o4sha kuni yegun tepkilarim bilan futbolga bo4lgan
muhabbatim ham jindek lat veganga o'xshaydi. Bora-bora
futbol desa ko'nglim ozib, o'qchiydigan bo'lib qoldim. Fotima
kelinoyim Said akadan ham mehribon ekan: O'g'lim, tezroq
tuzaling, deb tuxumlar pishirib beradi deng, go'shtlar qovurib
bergan kunlari ham ko'p bo'ldi. Tanijoni soppa-sog4 yigitlardan
emasmanmi, o'n besh kun deganda o'ziyam naq boquvdagi
otdek gijinglab ketdim.
Bir yuzu ellik uchinchi qurilish trestining o4n to'rtinchi
uchastkasiga injener etib tayinlandim. O'sha kunlarda
yoshlardan zarbdor brigada tuzib, injenerni qayoqdan topsak
ekan, deb boshlari qotib, garang boMib yurishgan ekan.
Trestning bosh injeneri meni ko'rishi bilan:
 Qadamlariga hasanot, azizim,  deb qo'llarimni qattiq
qisdi. Bu gaplarga yaxshi tushunmasam ham odob yuzasidan
biror narsa deyishim kerak-ku, degan oly bilan lab-lunjimni endi
yig'ishtirayotgan edim, bosh injener:
 Hojati yo'q, hojati yo'q, azizim,  deb qoiimni yana
ham qattiqroq qisdi,  hamma gapni Said aka aytib berganlar.
Biz uchun bu kishining har bir so'zi oltin. Faqat azizim Ro'ziyev,
ishga qachon tushmoqchisiz? Shuni aytsangiz bas.
 Ertadan tusha qolay.
 Muvaffaqiyat tilayman, azizim!  dedi bosh injener.
04sha kuni qimmatli vaqtni qoMdan boy bermaslik uchun
biror tajriba o'rganarman, degan niyatda qurilish ob'ektlarini
ko'zdan kechirib chiqdim. Hay-hay, bu yerda qurilishlar
shunaqangi avj olganki, shunaqangi avj olganki, nazarimda
shahar, besh-olti oydan buyon men darbadar bo'lib yurgan shu
katta shahar ulkan qurilish maydonchasiga aylangan. Bir yoqda
kinoteatr binosiga so'nggi pardoz berilyapti, bir yoqda shoshilib
bolalar bog'chasi qurilyapti, turar-joy binolarining qavatlari
shunaqangi ko'pki, tepasiga qarasang, do'pping tushadi.
Bugun-erta shu atrofda men qurgan imoratlar ham qad ko'tarib,
husnini ko'z-kokzlab turadi. Ha, ha, albatta shunday bo'ladi.
Ana undan keyin o'tgan-ketgan yolovchilar:
 Shoshmang, shoshmang  deydi sherigining yengidan
tortib,  bu go'zal imoratlarni kim qurgan?
 Iye, bilmaysizmi?  deydi boshqasi.
 Yo'q. bilmayman.
 Bilmasangiz bilib qo'ying. Bu imoratlarni Farg'ona
tomondan kelgan mashhur injener Hoshimjon Ro'ziyev qurgan
 E, bildim. bildim! Ana u algebra o'qituvchisi Qobilov,
sevimli direktor Otajon Azizovichlarbiknrbasiboylashib kelgan
yigit boimasin tag'in?
 Topdingiz, xuddi o'sha.
 Barakalla Otasiga ming rahmat. Qarang-a, direktori
o'qimasang sendan injener chiqmaydi degandi. Chiqibdi-ku,
barakalla...
Ana shunday shirin xayollarga berilib bir kunning o'tganini
sezmay qolibman. Ertasiga esa, hurmatli o'rtoqlar, injenerlik
faoliyatim qizigandan-qizib ketdi.
Yetmish kishidan iborat qurilish brigadasiga boshchilik
qilishim kerak ekan. Bosh injener Olimjon Olimjonovich:
 Mana bu siz qurishingiz kerak boMgan 71 -uyning loyihasi,
 dedi devoriy gazeta chiqaradigan qalin qog'ozni qo'limga
berib,  mana bu esa, azizim, genplan, qurilish ob'ektingizni
mana shularga qarab belgilab olaverasiz. Menga-savolingiz
yo'qmi, azizim?
 Tushunarli, azizim,  dedim ikkinchi qog'ozni ham uning
qo'lidan olib.
Olimjon Olimjonovich ketgach, qog'ozlarning goh unisiga,
goh bunisiga tikilib ancha vaqtgacha xunob b o i i b o'tirdim.
Rostini aytsam loyiha, genplan degan so'zlarga hech
tushunmayman. To'g'ri, qog'ozlarda mayda-chuyda chiziqlar,
hech tushunib bo'lmaydigan katta-kichik belgilar toMib yotibdi.
Lekin kallamni har qancha ishlatsamda, hech narsaga tushuna
olmayapman. Shuning uchun ham qog'ozlarga tikilgancha, uyat
ish qilib qo'ygan yosh boladek, lalayib o'tiraverdim.
 Okrtoq injener, ishga qachon tushamiz?  so'radi
ishchilardan biri.
 Hozir men loyihalarni bir o'rganib olay,  dedim sir boy
bermay. Brigadaning hamma a'zosi, asosan, yoshlar. Oralarida
qop-qora sochlarini qizil durrachalar bilan tang'ib olgan oy
yuzli qizlar ham o'tiribdi. Shu payt boshimga ajoyib bir fikr
keldi-yu, sevinganimdan qarsak chalib yuborayozdim.
 Ilgari qurilishda ishlaganlar bormi?  deb so'radim. O'n
beshtasi tengdan qo'l ko'tardi. Sevinchimga sevinch qo'shildi.
 Ish boshlashdan avval sizlardan imtihon olmoqchiman.
 Marhamat!  dedi yetmish kishi bir og4izdan.
 Qani ayting-chi, qo'limdagi qog'ozlarning qaysi biri
loyiha-yu, qaysi biri genplan?  Shunday deb qog'ozlarni
baland ko'tardim. Yonginamda o'tirgan jingalak sochli yigit.
 O'ng qo'lingizdagi loyiha, chap qo'lingizdagi genplan, 
deb javob berdi.
 Molodes! Qani kim aytadi, qurilishning birinchi ishi
nimadan boshlanadi?
 Fundamentning o'rnini qazishdan,  degan ovozlar
eshitildi har tomondan.
 Fundamentning chuqurligi qancha bo'lishi kerak?
 Loyihada ko'rsatilganidek.
Shunga o'xshash savollarni ustma-ust beraverdim, shunga
o'xshash javoblarni ham ketma-ket olaverdim. Bir mahal
bunday qarasam, ancha-muncha narsadan xabardor bo'lib,
aqlim to'lishib qolibdi. Qani endi ishga, o'rtoqlar! deb
yubordim.
Lekin ish demaganning ham changini osmonga chiqarvordikda,
bir kun o'tar-o'tmas fundamentning o'rnini qazib
qo'yibmiz-a. Qurilish ob'ektining shundoqqina yonginasiga
brezentdan palatka tikib oldim. Yotish-turishim shu yerda. U
yoq-bu yoqqa yugurib vaqtingiz ketmasin, deb telefon ham
tushirib berishgan. Ba'zan Olimjon Olimjonovich:
 Alyo, bu kim?  deb qoladi.
 Injener Hoshimjon Ro'ziyev,  deb qo'yaman.
 E, salom, azizim, ishlar qalay boryapti?
 Joyida!
 Taxminan necha protsent bajarildi?
 Yaqinda yuz boMadi!
 Barakalla, ofarin!  deydi Olimjon Olimjonovich. 
Shuning uchun ham yoshlarni yaxshi ko'raman-da, yoshlar 
olov qalblar, yoshlar  burgutlar, yoshlar, eh yoshligimL Lekin,
azizim, bu yog'iga ham bo'sh kelmaymiz.
Yigirma bir kun deganda o'ttiz sakkiz kvartirali yetmish
birinchi uy bitib foydalanishga topshirsa bo'laveradigan
darajaga kelib qoldi. Oh, o4sha kungi mening quvonchimni
aytsangiz. Sevinganimdan yuragim koptokdek o'ynab turibdi,
yuguraman, yelaman, yuzlarimni o'zim bitkazgan uyning
devorlariga surib: Uyim, uyginam, ey men bitkazgan turar
joylar!  deb irg4ishlayman.
Qabul marosimi tantanaliroq o'tib, shuhratim Farg'ona
tomonlarga ham borsin degan umidda juda ko'p tashkilotlarga
qo'ng'iroq qildim, vakillar yuborishini so'radim. Ertasiga, o'zim
kutgandek, hammayoqda shlyapa kiygan basavlat odamlar
bosib ketdi. Shahar ijroiya komitetidan ko'zoynakli o'rtoq
Qurbonov, gazetadan bo'yniga fotoapparat osgan novcha bo'yli
o'rtoq Ibrohimov, trestimizning gapirganda tak-tak deb
gapiradigan boshlig'i o'rtoq Malikov, militsiyadan jamiki
militsionerlarning kattasi o'rtoq Toshmatov  hammahammalari
yetib kelishdi.
 Boshladikmi?  dedi Olimjon Olimjonovich komissiya
a'zolariga murojaat qilib.
 Ta-aak, boshladik!  dedi o'rtoq Malikov. Uchtadanto'rttadan
bo'lib uyning sifatini tekshirishga tushib ketishdi.
 lye,  dedi Olimjon Olimjonovich hayron bo'lib, 
uyning kanalizatsiyasi qani?
 Qanaqa kanalizatsiya?  dedim rangi qutim o'chib.
 Rasvo qilibsiz-ku!  deb baqirdi bosh injener. Shu payt
narigi tomondan ham komissiyaning bir gruppa a'zosi
hovliqqancha kelib qoldi.
 O'rtoqlar, uyni qabul qilolmaymiz,  dedi bittasi, 
xonalarning hammasi qiyshiq.
 Nega endi qiyshiq bo'lar ekan? O'zingiz qiyshiq, dedim
jahlim chiqib. Ammo gapimni tugatmasimdan yuqoridan
qahqaha ovozi eshitildi-yu, zinadan kula-kula odamlar tushib
kela boshlashdi.
 O'rtoqlar, yangilik...  dedi oldingisi o'zini kulgidan
arang tiyib,  tepasidagi xonalarning hech qaysisiga eshik
ochilmagan, uylar bamisoli gugurt qutisiga o'xshaydi...
Bo'ldi kulgi, bo'ldi qahqaha. Qahqaha ovozlari bosilmasdan
turib ko'cha tomondan ham komissiyaning ikki a'zosi entikib
bir narsadan quruq qolayotgandek hovliqib kelib qolishdi.
 Bu uy bo'lmapti, ko'chaga ko'prik bo'lipti.
 Nima?  so'radi Gorispolkom vakili.
 Mana loyiha. ishonmasangiz o'zingiz tekshirib ko'ring.
Uy ko'chaga ko'ndalang tushib qolgan. ha-ha ko'ndalang!
Yana gurillab kulgi ko'tarildi. Ammo bu galgi kulgida na
quvonch, na shodlik. na taajjub bor edi. Unda olam-olam
g'azab. olam-olam nafrat mujassam. Hammasi kulyapti. Mcning
ustimdan kulyapti. Shu g'azab, shu nafratning hammasi mening
boshimga yog'ilyapti... Bir nafas avval o'zimda yo'q, shod edim.
xursand edim, sevinchlarim bir dunyo edi... Endi-chi? Boshim
egilgan, ko'zimdan miltillab yosh oqyapti, yig'layapman.
 Jinoyatchi!  dedi vakillardan biri.
v-Brakchi!  dedi boshqasi qoMini bigiz qilib.
 Qamash kerak!  deb o'shqirdi yuqori tashkilot vakili,
 ushlang uni, o'rtoq Shermatov.
Sehrli qalpoqchamni sekin boshimga kiydinui. ko'zdan
g'oyib bo'la qoldim. Qayoqqa boraman, endi qavsi dargohdan
boshpana axtaraman?..
Albatta, Said akaning yoniga borishim, hamma gapni ochiq
aytib menga shuncha yaxshilik qilgan, okz dadamdek boshimni
silagan bu mehribon odamdan yana maslahat so'rashim kerak.
Qalpoqchamni olib avvalgi holimga, oltinchi sinf o'quvchisi
Hoshimjon Ro'ziyev holiga qaytdim-da, borib ko'k darvozali
hovlining tugmachasini bosdim. Yo'l-yoM pijama kiyib,
hozirgina palov yegan bo'lsa kerak, tishini kovlab, yoM-yoiaka)
kekirib Said akaning okzi chiqib keldi.
 Salom,  dedim ko'rishish uchun qoMimni cho'zib.
 Nima?
 Salom deyapman.
 Hasanning sen bilan okynagani vaqti yo4q, bor ishingni
qil,  dedi Said aka meni tanimay.
 Men... men, meni tanimadingizmi?  dedim duduqlanib.
 Sen kimsan o4zi?
 Men Hoshimjonman, Hoshimjon Rokziyev.
 Bor ishingni qil. Bitta Hoshimjonning sharmanda qilib
qochgani ham yetar. Endi sen bormiding. Bor, Hasan bugun
olynamaydi...
Darvoza oldida uzoq, turib qoldim.
