VIII bob

MANA, ARTIST HAM BO'LDIM

Y^ana ish axtarib yuribman. Ko'nglimda xafagarchilikdan
asar ham yo'q. Nega endi xafa bo'lar ekanman. Nima, imorat
ko'chaga ko'ndalang tushib qolgan bo'lsa ayb mendami?
O'zlaridan ko'rishsin, ajab bo'pti! Bundan keyin birovni ishga
oladigan bo'lishsa surishtirib, ma'lumotini tekshirib, sehrgarmisehrgar
emasmi, mana shuni ham aniqlab, keyin olishadi.
Shunday qilib yana ish axtarib yuribman. Bu shaharda ishga
kirishdan osoni yo'q. Gazetalarning to'rtinchi betida katta-katta
harflar bilan Ishga taklif qilamiz deb e'lonlar bosishadi.
Undan keyin tramvay-trolleybuslarning ostanovkalaridagi
simyog'ochlarga yopishtirilgan qog'ozlarga qarab ham qayerda
qanaqa ish borligini bilib olsa bo'ladi. Ana shunday qog'ozlarning
birida: Qo'g'irchoq teatriga artistlar kerak. Ishlashni
xohlovchilar uy-joy bilan ta'minlanadi. Moyana ishbay asosida.
Spravka olish uchun kunduz soat ikkiga qadar kadrlar bo'limiga
murojaat qilish mumkin. Direksiya, deb yozilgan ekan.
O'qiymanu, ko'zlarimga ishonmayman. Takror-takror
o'qiyman, pichirlab, ovoz chiqarib o'qiyman. Nahotki, nahotki,
shu rost bo4lsa! Nahotki, baxtim yana kulib boqqan bo'lsa!
Ha, ha, men o'zi shunaqa baxti kulgan yigitman-da, ishim doim
o'ngidan kelaveradi.
Bunday qarasam, tepamdagi soat o'n minuti kam ikki. O'qdek
uchib ketdim. Tramvay-trolleybuslarni ortda qoldirib ketyapman,
yengil mashinalarning ustidan xatlab o'taman. Chorrahada o'n
tonnalik gruzovik yo'limga ko'ndalang b o i i b o'tgan edi, bu
eshigidan kirib, narigi eshigidan chiqib ketdim. Odamlar hayron,
militsionerlar churillatib hushtak chaladi. Shunday katta tezlik
bilan boryapmanki, hay-hay, olimpiada chempioni Ivan Bolotnikov
ko'rganda og'zi ochilib qolgan bo'lardi.
 Nima balo, jinni-pinni bo'lganmi,  deydi odamlar.
 Sportchi bo'lsa kerak.
 Sportchi emas, bezori. Ana qarang, militsioner hushtak
chalyapti,  degan ovozlar eshitiladi.
Besh minuti kam ikkida to'ppa-to'gri direktorning eshigiga
qora brezent mato qoplangan kabinetiga kirib bordim.
To'g'ridagi kresloda yosh bola desam yosh bolaga, katta kishi
desam katta kishiga o'xshaydigan bir odam o'tiribdi. Bo'yi mendan
bir qarich past. Said akaning o'g'li Hasancha keladi...
Kresloda o'tiribdi-yu, oyog'i yerga yetmaydi. Qop-qora soqoli
ko'ksiga tushib turibdi. Ishqilib, menga o'xshash sehrgar
bo'lmasin, deb qo'ydim ichimda. Shu payt devlarnikiga
o'xshash yo'g'on ovoz bilan:
 Xizmat, yigitcha?  deb so'rab qoldi.
 Kechirasiz, menga direktor kerak,  dedim.
 Shahar qo'g'irchoq teatrining direktori men bo'laman.
 Haligi... men ish so'rab keluvdim.
 Qanaqa ish?
 Ishda. E'ionda yozib qolyibsizlar-ku, o'shanaqa ish.
Direktor oyoqlarini pitirlatib bir amallab kreslodan
tushdi-da:
 Ukajon, bu teatr yoshlar teatri bo'lsa ham, tomoshalarimizni
asosan yoshlar ko'rsa ham,  deb tushuntira boshladi,
 bizda katta odamlar ishlaydi. Sizni ishga qabul qilolmayman.
Siz hali yoshsiz, teatrshunoslik institutini ham bitirmagan
ko'rinasiz. Artistlik oson ish emas. Unga talant, qobiliyat kerak.
Artistlarimiz ko'proq hayvonlarning obrazlarida chiqishadi;
payti bilan it bo4lib uvillashadi, lozim boMganda sigir bo'lib
ma'rashadi, echki bo'lib tog'dan-toqqa sakrashadi.
 Men ham o'shalardek bo'la olaman,  deb oyog'imni
tirab turib oldim. Direktor borib o'rniga o'tirdi-da, boshini bir
tomonga hiyol solintirgancha o'ylanib ketdi. Keyin menga
yuzlanib: Qani, bir it bo'lib vovillang-chi deb qo'yadi.
 Qanaqa it bo'lay?
 Masalan... nima desam ekan? Siz, xo'sh, aytaylik qari itsiz,
kun bo'yi ko'chada, darvoza yonida yotasiz, o'tgan-ketgan bilan
ishingiz yo'q. Hamma narsa joningizga tekkan. Faqat sizni tinch
qo'yishsa bas. Lekin yosh bolalar sizga kun bermaydi: toshmi,
baqlajondan bo'shagan konserva qutisinimi. otib turishadi.
Qani uyg'oqmikin, deb juningizdan tortib ham ko'rishadi.
Mana, bir yo'lovchi bexosdan etigining poshnasi bilan
dumingizni bosib oldi. Qani ayting-chi, siz shunda qanday
muomala qilasiz?
Boshimni ko'tarib: Irrrrrrrr deyman-da, yotaveraman, 
dedim shosha-pisha.
 Barakalla!  dedi direktor xursand bo'lib, 
tarbiyalasam sizdan ajoyib it chiqdi.
Bir oy sinab ko'rish sharti bilan qo'g'irchoq teatriga qabul
qilishdi. Moyana esa, e'ionda ko'rsatilgandek, ishbay asosida.
Endi hamma narsa o'zimga bogMiq bo'lib qolgan edi. Ertasiga
teatrning bosh rejissyori Oqil Turg'unov bilan uchrashdim.
O'sha kunlari hayvonlar to'g'risidagi bir spektaklni sahnaga
qo'yishayotgan ekan. Menga o'z-okzidan it roli tegdi. O'sha
kundan boshlab mashqlar ham qizib ketdi.
 Qani, ona it bo'lib bir vovillangchi,  deb iltimos qildi
rejissyor. Vovillagan edim, ovozimning nimasidir u kishiga
yoqmadi.
 Bo'lmaydi.  dedi boshini chayqab, ona it ovozidagi
mayinlikni berolmayapsiz. Qani, boshqatdan vovillang.
Yana vovilladim.
 Yo'q,  dedi rejissyor xafsalasi pir bo'lgandek qo'lini
siltab,  nazarimda sizdan artist chiqmaydiganga okxshaydi.
 Nega endi chiqmas ekan, chiqadi!  deb qaysarlik qilib
turib oldim.
 Menga qarang, yigitcha,  kuyib-pishib gap boshladi Oqil
Turg'unov,  teatrimiz xozraschyotga o'tgan. Agar spektakl
sifatsiz oktsa, tomoshabinlar qaytib teatrga tushmaydigan boMib
ketadi. Spektaklni jonli, qiziqarli qiladigan esa siz bilan biz.
Sahnada vovillaganingizda kishilar sizni Hoshimjon Ro'ziyev
deb o'ylamasin, balki haqiqiy it deb okylasin. Tushunarlimi,
yigitcha?
 Tushunarli.
 Boring, mashq qiling. Bir haftadan so'ng uchrashamiz.
Darhol shaharning chekkarog'idan xoliroq bir joyni
kvartiraga oldimu, mashqni boshlab yubordim. Ko'cha eshik
ustiga Ehtiyot bo'ling, hovlida qopag'on it bor deb yozib
qo'yganman. Kunning birinchi yarmida onasini yo'qotib och
qolgan kuchuk bolaga taqlid qilaman, ona it bo'lib bolalarimni
erkalayman. Kunning ikkinchi yarmida esa, ayniqsa, kechalari
haligi cho'ponlarda bo'ladigan bir xil katta itlar bo'ladi-ku,
xuddi o'shalarga o'xshatib uvillayman.
Biror kasbni chin yurakdan sevib qolsang, uning
mashaqqatlari jonga huzur bag'ishlarkan. Mashqlarga shunday
berilib ketdimki, gohida kechalari ham uyqum kelmaydi deng.
Shunday qilib desangiz bir hafta oltar-o4tmas haqiqiy itning
o'zi bo4ldim-qo4ydim. Endi ko'chalarda ham jim yurmayman.
O'quvchi bolalarga qarabjo'rttaga irillab qo4yaman. Bechoralar
goho papkalarini uloqtirib qochib qolishadi...
Yo'q, uyqusiz o'tkazgan kunlarim bekorga ketmagan ekan.
Rejissyorimiz vovillashimni eshitib, xuddi yoqimli muzika
tinglagandek erib ketdi. Yelkamga qo'lini qo4yib:
 Mana endi haqiqiy artist bo'libsiz,  deb qo'ydi.
O'sha kundan boshlab oz-oz sahnaga ham chiqa boshladim.
Kelishib olganimizdek ishim izdelniy: ya'ni bir marta vov
deb qo'ysam ikki tiyin olaman, ikki martasiga to'rt tiyin. Ba'zida
uch so4m-to4rt so4m ishlab qaytgan kunlarim ham boiadi.
Cho'ntagingda puling ko4p bo4lsa tashvishlardan xoli bo4larkansan.
Shu kunlarda qayg'u nima bilmayman, og'zimdan
ashula tushmaydi. Undan keyin har xil rejalar ham tuzaman
Agar,  deyman o4zimga-o4zim,  shu yo'sin pul ishlab
boraversam, oyning oxirigacha to4plangan pulimga uyimizga
sovg'a-salom qilib jo'natsam ham bo4ladi...
Ammo rejalar tuzishga tuzdimu, amalga oshirishga kelganda ishni
o'zim buzib qo'ydim. Teatrimizda Karim aka degan laylak uyaga
o'xshatib soch qo'ygan, yurganda xuddi shamolda qolgan terakdek
lapanglab yuradigan novcha bir artist bor. U doim birovlarning
g'iybatini qilib yuradi. Men ham o4shaning dastidan qochgani joy
topa olmay qoldim. Obro'yim kun sayin, balki soat sayin o'sib
borayotganini ko4rib, mening sha'nimga har xil tuhmatlar yog'dira
boshladi. Men emish, har kuni choyxonaga chiqib palovxo'rlik
qilarmishman, undan keyin choyxonada o'tirib olib: O'rtoqlar.
teatrdagi narsalarning hammasi yolg4on, qalbaki. U yerda birorta
tirik it ham, bironta tirik parranda ham yolq. Hammasini menga
o'xshagan artistlar o4ynaydi. Agar haqiqiy hayvonlarni tomosha
qilaman desanglar, hayvonot bog4iga boringlar, ana u yerdagi
hayvonlarni tomosha qilsa arziydi. Sizlarga maslahatim shu, pul
to'labqo'g'irchoq teatriga tushib yurmanglar,  degan emishman.
Direktorimiz Sarvar Mira'zamov o'z kabinetiga chaqirib: Hali
shunaqami?  deb so'radi.
 Nima, shunaqami?  so'radim men ham.
 Choyxonada nima deb laqilladingiz?
 Hech narsa deb laqillaganim yo'q.
 BoMmagan gap, siz teatrimizga qarshi propaganda
yuritgansiz. Men sizni tarbiyalayman, odam qilaman, shu yilning
o'zidayoq teatrshunoslik institutiga kiritib qo'yaman, deb yaxshi
niyatlar bilan tarbiyamga olgan edim. Siz bo'lsangiz sirlarimizni
fosh qilyapsiz.
 Yolg'on, men hech kimga hech narsa deganim yo'q.
 Yolg'onmi?  deb direktor Karim akani chaqirtirib keldida,
uning o'zidan so'radi,  qani Karimjon, aytingchi, bu yigit
choyxonada nima deb laqilladi?
 Og'ziga nima kelsa shuni dedi-da. Hali sizga aytdimku,
bu bola hammamizni sharmanda qildi, deb yolg'ondan
tushuntirdi Karim aka.
Ikkovlari bir bo'lgandan keyin mening gapim inobatga
o'tmay qo'ya qoldi. Shunday qilib birovning tuhmati tufayli
nomim yomon otliqqa chiqib qoldi. Direktor meni qattiq
ogohlantirdi. Ikkinchi marta bu odatimni takrorlasam, teatrdan
butunlay haydaladigan bo'ldim. Tashqariga chiqqach:
 Bu nima qilganingiz?  so'radim Karim akadan oyoqqoMim
qaltirab.
 Qarasam, shuhrating oshib ketyapti, direktorimiz oldida
obro'li, e'tiborli bo'lib qolyapsan. Shuning uchun popugingni
sal silab qo4ydim-da, ukajon!  dedi Karim aka meni mazax
qilgandek qiqirlab kulib. O'sha kundan boshlab bu odamni
jinimdan battar yomon ko'rib qoldim-u, xap senimi, deb
ko'nglimga ham tugib qo'ydim.
Kechqurun navbatdagi spektakl o'ynalishi kerak edi. Men
keng yaylovlarda yosh cho'pon bilan qo'y boqaman, egamning
ortidan dumimni solintirib, ba'zan oyog'iga boshimni surkab,
erkalanib, ergashib yuraman. Qo'ylar dam olgani yotganda
cho'pon ularning yoniga meni qorovul qilib qoldiradi-da, o'zi
ovul tomonga ketadi. Shu payt qayoqdandir tishlarini taqillatib
och bo'ri  Karim aka paydo bo'lib qoladi. U yangi tug'ilgan
barra go'shtli qo'zichoq yoniga kelib:
 Seni hozir yeyman!  deb og'izlarini katta ochib, yirtqich
tishlarini ko'rsatadi.
 Qoplonjon, yordam ber!  deb baqiradi qo'zichoq.
Shunda men, ya'ni qoplon, bo'ri, ya'ni Karim aka ikkimiz
o'rtamizda omonsiz olishuv boshlanadi... Oxirida men bo'rini
bo'g'ib o'idirishim kerak.
Mana, spektakl ham boshlandi, zalga odam sig'maydi. Yosh
cho'pon menga bir parcha go'sht berib, boshimni silab o'zi
ovul tomonga jo'nab ketdi. Sahnada och bo'ri  Karim aka
paydo boidi.
 Qoplonjon, yordam ber!  deb qichqirdi qo'zichoq.
Bir sakrab o'rnimdan turdim-da, sehrli qalpoqchamni
boshimga kiyib, och bo'riga tashlandim: betidan, qo'lidan, ko'kragidan
 duch kelgan joyidan tishlayverdim. Bechora Karim
aka qochgani joy topolmay qoldi.
 Qutqaringlar!  deb qichqirdi nihoyat u. Bizni ajratish
uchun sahnaga artistlarning hammasi yugurib chiqishdi. Lekin
men ko'zga ko'rinmas edim, yelkasiga minib olib Karim akani
hamon qiynardim, tishlab badanlarini ko'kartirardim.
 Yana birovga tuhmat qilasanmi?  deb so'radim.
 Tavba qildim, voydod!! Ajratinglar...  deb Karim aka
jonholatda o'zini zalga, tomoshabinlar orasiga urdi. Qiy-chuv,
to'polon ko'tarildi, hamma o'rnidan turib tashqariga qochib
chiqa boshladi, o'n minut o'tar-o'tmas teatrda artistlardan o'zga
hech kim qolmadi.
O'sha kundan boshlab, tomoshabinlarni teatrdan bezdirib
qo'yganimiz uchun, Karim aka ikkovimizni hamma yomon
ko'rib qoldi. Pesaning avtori ham o'sha to'polon boigan soatda
zalda o'tirgan ekan, uning ko'ziga ham xunuk ko'rinib qolibmiz.
O'z asarini qayta ishlab, qoplon bilan bo'rining obrazini
butunlay chiqarib tashladi. Bularning o'rniga yosh cho'ponning
rolini kuchaytiribdi.
 Afsuski, siz bilan xayrlashishga to'g'ri keladi, dedi
direktor Mira'zamov,  sokrosheniyega tushib qoldingiz.
 Bo'lmasa, boshqa roi bering,  deb yolvordim.
 Boshqa rolni o'ynay olarmikansiz?
 O'ynayman, juda boplab o'ynayman,  deb ishontirishga
harakat qildim uni. Bosh rejissyorimiz bilan uch kun
mashq qildik. Harchand tirishsamda, boshqa rolni durustroq,
o'ynay olmadim. Sigir bo'lib ma'rasam, ovozim ho'kiznikiga
o'xshab chiqadi. Qushlarning ovozini esa, ochiq iqror bo'lishim
kerakki, hech o'xshatolmadim. Direktor yana o'z kabinetiga
chaqirdi:
 Uka, hali yoshsiz,  ko'nglimni ko'tara boshladi u. Xo'p
desangiz, teatrshunoslik institutiga kiritib qo'yaman.
 O'qishgami  dedim rangi-qutim o'chib.
 O'qiysiz, o'rganasiz... Xafa bo'lganimni sezdirmaslik
uchun, jo'rttaga arslon bo'lib auuuu deya bir ulidim-da,
tashqariga chiqib ketdim...