X b o b

QAYERDASAN, MAKTABIM

M eni aldab-suldab ko'chaga haydab chiqarishdi, ha,
shunday qilishdi. Bo'lmasa teatrda ish to'lib yotgan edi. Hech
bo'lmasa ko'cha eshik oldida turib bilet yirtay desam o'shanga
ham ma'lumot kerak deyishdi. Gapni qarang-a. O'qing,
o'rganing emish! Nega endi o'qir ekanman.
 Nega?
To'xtang, nega endi ishim doim ketga ketaveradi? Agronom
bo'ldim  quvildim. Shoir bo'ldim  nomim yomonga chiqdi.
Injener bo'ldim  arang qochib qutuldim.
 Nega?
Sayohatchi boimoqchi edim, Petrov amaki bilan Vlasov
amaki hamrohlikka olishmadi, yonlariga ham yo'latishmadi.
Artist bo'lib nomimni shonu shuhratga burkamoqchi edim,
bo'lmadi.
 Nega?
Hoy, ko'chadagi odamlar, javob bering. Hoy, shumshayib
turgan azim daraxtlar, osmondagi erkin uchgan qushchalar,
yelib-yugurgan mashinalar, javob bering, sizdan so'rayapman:
 Nega, nega?!
Yo'q, hech kimdan sado chiqmaydi. Hamma jim, o'z ishi
bilan band.
Safarga chiqqanimdan bo'yon ko'p ajoyibotlarni ko'rdim,
ko'p g'aroyibotlarning guvohi bo'ldim. Xursand bo'lgan
kunlarim bo'ldi, xafa bo'lgan kunlarim bo'ldi. Ammo hech
qachon bugungidek ko'nglim o'ksimagan, bugungidek xo'rligim
kelmagan. To'g'ri, oyijonimni sog'inganman, singillarim ko'z
o'ngimdan nari ketmay qolishdi, birga o'qigan o'rtoqlarim:
malla sochli Ortiqvoy, darsda uxlab o'tiradigan Shokirjon 
hamma-hammalarini sog'indim, ko'rgim keladi. Ammo
nachora. Men o'qimasdan agronom bo'lmoqchi edim, shuning
uchun ham barcha azoblarga, barcha mashaqqatlarga tishimni
tishimga qo'yib chidagan edim, maqsadimga erisha olmadim,
sharmanda bo'ldim!
 Nega?
Ho'ngrab yig'lab yubordim. Turtinib-surtinib o'z uyimga
bordim-da, boshimni ko'rpaga burkab ko'zlarim-da yosh
tamom bo'lguncha yig'ladim.
 Qalpoqcham, ey safarlarda hamisha yo'ldoshim,
maslahatgo'yim, qani, o'zing aytchi, nega men maqsadga erisha
olmadim.
 Chunki ilming yo'q edi,  deydi qalpoqcham.
 Ilm olish uchun nima qilishim kerak edi?
 O'qishing kerak edi...
 Nima?!
 Ha, ha, o'qituvching Qobilov, sevimli direktoring Otajon
Azizovichlarning gapiga quloq solishing kerak edi.
 Demak, sen meni chalg'itgan ekansan-da, aldabsan-da!
 Yo'q, aldamadim, chalg'itmadim. Fikrlaring xato
ekanligini tushunib olgin. deb qo'limdan kelgancha
ko'maklashdim, yordamimni ayamadim. Och qolsang ovqat
berdim, usting yirtilsa kiyim-bosh berdim. Faqat sen o'z
xatoyingni tushunib olgin dedim,  deb so'zlaydi qalpoqcham.
Yana o'ylanib ketaman, yig'layman. Xato qilgan bo'lsam
bordir, buni shu paytda o'zim ham tushunib turibman. Ammo
o'z xatosini bo'yniga olishdan og'ir narsa bo'lmas ekan. Mayli,
yigirma gradusli sovuq suvda yalang'och suvga tushay, mayli,
jazirama issiqda bir hafta suvsiz yuray, istasangiz. Moskvagacha
piyoda yugurib boraman, istasangiz, bundan ham og'irroq
ishlarni buyuring, hammasini bajoni dil bajaraman. Ammo
o4zim yo'l qo'ygan xatoni bo'ynimga olgim kelmay turibdi.
To'g'ri, kishi o4qimasa, yoshligida ilm o4rganmasa agronom
ham, shoir ham, injener ham, artist ham bo'la olmas ekan, ha.
bo4la olmas ekan. Ishonmasangiz, mana, qalpoqcham bugundan
e'tiboran bo'shadi, uni kiyib charchaganingizda dunyoni
aylanishingiz mumkin...
Sekin o4rnimdan turib, yuz-qo4limni yuvdim. To4yib
ovqatlandim. Qorning to'q bo4lsa miyang yaxshi ishlaydi
deganlari rost ekan. Qornim to4ygach, miyam ham yog'langan
motordek ishga tushib ketdi. Darhol sovg'a-salomlar olish
uchun magazinlarga qarab yugurdim. Qishlog'imizda
yurganimda, vazifalarni birovdan ko'chirib olishni kashf
qilganimdan keyin, darsliklarimni o'rtoqlarimga esdalikka deb
ulashib bergan edim. Shuning uchun to'plangan pulimning
beshdan bir qismiga chamadonni to'ldirib darsliklar, 54 ta
umumiy daftar oldim. Singlim Donoxonning qo'ng'ir sochiga
deb, oq lenta, Oyshaxonga olti xonalik charm papka, oyimga
ko'k shohi durrayu dadamga atab jun qo'lqop xarid qildim.
Hurmatli o'qituvchim Qobilov bilan Otajon Azizovichni ham
quruq qo'ymadim, albatta. Biriga avtoruchkayu ikkinchisiga
gui soladigan vaza oldim.
Qanday qilib poyezdga chiqib olganimni o'zim ham
bilmayman. Xayr, ey qadrdon shahar! Shlyapa kiygan shoirlar,
gapga usta artistlar, Sizlarga ham xayr, yaxshi qoling! Said aka,
mehribon Said aka, Sizning oldingizda qarzdorman. Ogkir
kunda boshimni siladingiz, uyingiz to'ridan joy berdingiz,
injenerlik kasbiga havas uyg'otdingiz. Injener bo'laman, albatta,
bo'laman. O'qiyman, qunt bilan, havas bilan o'qiyman. Avval
aMo baholar bilan o'ninchi sinfni, so'ngra institutni ham
bitiraman. Ana undan sc'ng qaytaman. Hozircha xayr, yaxshi
qoling!
Ketib boryapman, jonajon qishlog'imga, ona maktabim
quchog'iga qaytyapman.
Poyezddan tushib chamadonlarimni ko'tardim-da, hovliqib
qishlog'imiz tomon yo'l oldim. Hamma narsa hal bo'ldi hisob.
ammo ishonsangiz, haligacha bir muammoni yecholganim yo'q.
Qadrdon qalpoqchamni nima qilishim kerakligini shu soatgacha
o4ylab ko4rmabman. Olib ketaveray desam, yana sehrgar bo'lib
ketishdan qo4rqaman. Ko4chada yolg4iz qoldirib ketgani.
gapning ochig'i, ko4zim qiymaydi. Yaxshisi, qayerdan topib
olgan bo'lsam, o'sha yerga olib borib tashlayman, dedim-da.
sekin o4zidan so4radim:
 Xo4sh, bunga nima deysan?
 Juda yaxshi fikr. 0 4 z joyimga, lattaga o4rab oxurga tashlab
ket... Sendan boshqalarga ham kerak bo'lib qolarman.
Nihoyat, ikkimiz ajralishadigan minutlar ham keldi
Qayerdan olgan bo4lsam o'sha yerga olib bordim-da, o4pib.
bag'rimga bosib xayrlashdim. U ham mening peshonamdan
cho'pillatib o'pib oldi, oz-ozdan ko'z yoshi ham to'kdik.
 Xayr, qadrdon qalpoqcham!
 Xayr, quvnoq do'stim Hoshimjon.
Uyimizga kirib borganimda qorong'i tushay deb qolgan edi
Ko'cha eshikni ochishim bilan birinchi bo4lib ko4zim oshxonaga
qo4ltig4ida o4tin olib kirayotgan Donoga tushdi. U ham meni
ko4rdi-yu, yugurib kelib bo'ynimga osilish o'rniga qo'lidagi
o'tinni yerga tashlab yuborib, turgan joyida haykaldek qotib
qoldi. Keyin:
 Opa, akamning arvohi keldi!  deb qichqirib yubordi.
Oshxonadan qo'lida kapgir, hovliqqancha Oysha yugurib
chiqdi-yu, u ham menga ko'zi tushishi bilan: Arvoh,
arvohmisan! deya dodlab yubordi.
 Nima qilganlaring bu? Axir, men akalaring Hoshimjon
bo'laman,  dedim achchig'im chiqib.
 Yo'q, sen bizning akamiz emassan, akamiz o4lgan!
 O'igan?!
 Ha, o'igan, biz uni ko4mganmiz. E, arvoh, sen qayoqdan
kelding?  qo'rqa-pisa so'rashdi singillarim.
 Ochiq mozordan!  dedim tobora achchig'im chiqib.
 Voy, ana, ochiq mozordan deyapti,  dedi Dono
qo'rqqanidan rangi dokadek oqarib. Men ortiqcha toqat qilib
turolmadim.  Ehtimol, o'igandirman, ehtimol,
o'imagandirman, lekin men sizlarni sog'inganman, singillarim!
 Ularni ushlab ko'rishmoqchi bo'lib oldinga tashlangan edim,
ikkovlari ham: Bizni arvoh quvdi, deb dodlagancha ko'chaga
chiqib ketishdi.
O'ylab o'yimga yetolmayman. Nima gap o'zi yoki uzoq vaqt
dom-daraksiz bo'lib ketganimga meni oMdiga chiqarishib
qo'yishganmikan. Unday desam, sizni ko'mganmiz deyishyaptiku?
Tavba...
Uyda hech kim yo'q, oyim ishdan qaytmaganga o'xshaydi.
Ayvonda dadamning mototsikli turibdi. Demak, u choMdan
qaytganu, choyxonagami, idoragami chiqib ketgan. Uyimiz,
nazarimda hech o'zgarmagandek. Faqat men suv, don bermay
qiynaganim tovuqlarning xonasini sal kengaytirishibdi.
Tovuqlar tag'in keldingmi deyishayotgandek setkadan
boshlarini chiqarib, menga tikilib turishibdi. Shu payt ko'chadan
oyijonimning ovozi eshitilib qoldi.
 Bolaginamning arvohini menga ko'rsatinglar. Mayli,
arvohi bo'lsa ham bag'rimga bosay, to'yib-to'yib yuzlaridan
o'pay. Hoshimginam, qani sen?
 Oyijon!  deb yubordim o'zimni tutolmay. Oyim meni
bag'riga bosib, sochlarimdan o'pdi, uzoq yig'ladi.
 Bolaginam, tirikmiding? Yo chindan ham arvohmisan?
 deb so'radi u qaytadan orqasiga tisarilib.
 Oyijon, nega men arvoh bo'lar ekanman? Axir, men
o'g'lingiz Hoshimjonman-ku, Hoshimjon Ro'ziyevman.
 Demak, o'imagan ekansan-da?
 Qasam ichib aytamanki, o'igan emasman.
 Seni deb biz boshqa bolani ko'mibmizda bo'lmasa...
Gap bunday bo'lgan ekan: mendan xat-xabar yo'q bo'lib
ketgach, dadam bilan oyim yurak-bag'irlari ezilib militsiya
organlari orqali qidirishga tushishibdi... Uzoq vaqt hech qanday
xabar bo'lmapti. Nihoyat, men yashab turgan shaharning
militsiya boiimidan kelib o'g'lingizning o'ligini olib keting
degan telegramma kelibdi. Oyim bilan dadam faryod qilib,
darhol yetib borishibdi. O'likiar saqlanadigan muzxonada bo'yi
mening bo'yimga teng keladigan, egnida men uydan kiyib chiqib
ketgan kostyumga o'xshash kostyum, oyog'ida xuddi menikiga
o'xshash botinkasi bor bir o'lik yotgan emishu, kallasi mashina
gildiraklari ostida qolib majaqlanib ketganidan kimga
o'xshashligini bilib bo'lmas emish. Shunda oyim ׳ o'zini
tashlab, darrov uning ko'kragini ochib ko'ribdi. Chap yelkasida
xuddi menikiga o'xshash xolni ko'rib:
 Bolaginam!  deb sochlarini yulibdi. Keyin o'sha ׳
samolyotga yuklab qishloqda keltirishibdi-da, yuvib-tarab,
barcha rasm-rusmlarni joyiga qo'yib, yig'i-sig'i bilan
ko'mishibdi.
 Bugun roppa-rosa ikki oy boMdi,  dedi oyim ko'z
yoshlarini artib. Oyijonimning hikoyasi tugamasdan ko'chadan
nomimni aytib chaqirgancha dadam ham kirib keldi. Keyin
qo'shnilar, birga o'qiydigan sinfdosh o'rtoqlarim,
o'qituvchilarim to'planishib hovlimizga odam sig'may ketdi.
Dadam darhol kolxoz fermasidan qo'y oldirib kelib so'ydirib
yubordilar. Ziyofat boshlanib ketdi. O'ziyam o'sha kuni rosa
maza qildim-da: qovurilgan go'shtlardan, kaboblardan to'yibt
o ' y ib yeyman-da, yonginamda erkalanib o'tirgan
Donoxonning sochidan tortib:
 Puchchuqqinam!  deb qo'yaman.
