I b o b

B1ZNING QISHLOQ

V o y , esirn qursin, voy xomkalla bo'lmay ketay! Qarang-a,
shunchadan buyon siz bilan gaplashib o'tiribmanu, qanchadanqancha
hikoyalar so'zlab beribmanu, sizga qishlog'imiz haqida
bir og'iz ham gapirmapman-a. Axir bir kunmas-bir kun
Mullahoshimboyni ko'rgingiz kelib qolsa yoki xat orqali
ko'nglini so'ramoqchi bo'lsangiz, loaqal, adresimni bilmaysizku!
Yo'q, bari bir qachon bo'lmasin sizni qishlog'imizga bir
taklif qilaman. Kelib uch-to'rt kun dam olib, mevalardan maza
qilib yeb ketasiz.
Esingizda bo'lsin, rayonimiz markazidan har kuni
qishlog'imizga besh-olti maita avtobus kelib-ketadi.
Avtobusning naq, peshanasida Yaypan  Xo'jaqishloq deb
katta-katta harflar bilan yozib qo'yishgan. Yozib qo'yishmasa
ham bo'lmaydi-da. Nega desangiz, shofyor Xo'jaqishloqdan
mashinani qaytarish o'rniga yanglishib Rafqonga o'tib ketishi
mumkin. Shuning uchun ham Xo'jaqishloq deb yozib
qo'yishgan. Ana shu qishloq bizning qishloq bo'ladi. Esingizdan
chiqmasin  Xo'jaqishloq.
Nima uchun Xo'jaqishloq deb atashgan desangiz. buning
ham bir sababi bor. Dadamning aytishiga qaraganda. ilgarigi
zamonlarda bizning qishloqda xo'jalar, katta-kichik eshonlar.
eshonbachchalar juda kolp yashashgan ekan. U yoq-bu yoqqa
bitta-yarimta ro'dapo eshonmi, qorni katta domlami, yoki
qulog'ini cho'zib azon aytadigan so'fimi, kerak boiib qolsa,
bizning qishloqdan olib ketishar ekan. Bordiyu bitta-yarimta
qishloqda eshonpochcha yoki domla imom ishni pachava qilib
qochadigan bo'lsa, sallani qo'ltiqqa urib, eshakka teskari o'tirib
to'ppa-to'g'ri bizning qishloqni mo'ljalga olib qochar ekanda,
Uzunquloq ota mozorida diydiyo o'qib ayshini surib,
kun kechirar ekan. Shuning uchun ham bizning qishloqni
Xo4jaqishloq, deb atashgan ekan. Qishlog'imiz shundoqqina
tog'ningetagiga joylashgan. Bu yerda har xil mevalar shunaqangi
ko'p bo'ladiki, kelib ko'rsangiz og'zingiz ochilib qoladi.
Sarg'ayib pishadigan o'riklar, ustida mayizak boMib, tagiga
to4kilib yotadigan olchalar, nordon giloslar deysizmi, shaftoli.
uzum, olma deysizmi, har bittasi chala pishgan tarvuzdek
keladigan anoru, ko'rganda og'zingiz suv ochib ketadigan
oltindek sarg'ayib pishadigan non behilar deysizmi  yo'q,
bari bir, hammasini aytib ado qilolmayman. Odamlarning
aytishiga qaraganda, bizning qishloq vitamin zavodining
o4zginasi emish.
Tog4 ichkarisiga bir kilometrcha yursangiz, Uzunquloq
otaning qabri bor. Qabr atrofiga osmon bo'yi keladigan
chinorlar, tepasiga qarasang do'pping tushib ketadigan sadalar,
besh kishining ham qulochi yetmaydigan yo'g'on tollar soya
tashlab turadi. Bu atrofda katta-kichik o'n uchta zilol suvli
buloq ham bor. Ziyoratgohning qoq o'rtasidan sharqirab
muzdek suvli anhor oqadi. Suvi biram muzdekki, cho4milaman
desangiz darrov oyog'ingizning tomiri tortishib qoladi.
Ziyoratgohga yoz oylari, ayniqsa, chorshanba kuni odam
demagani yog'ilib ketadi. Buvijonimning aytishicha, Uzunquloq
otaga astoydil sig4ingan odam murodi maqsadiga yetmasdan
qolmas ekan.
 A'lochi ham bo'p ketadimi?  deb so4rayman
buvijonimdan.
 Ha, a'lochi ham bo'lib ketadi,  tushuntiradi buvijonim
 O'zi, Uzunquloq ota qaysi fandan dars bergan, buvijon?
 Tavba qildim, de, esi yo'q!
 Tavba qildim, buvijon,  deb qo'yaman men ham...
Shunday qilib, rayon markazidan avtobusga o'tirasizda.
to4ppi-to4g4ri Xo'jaqishloqqa kelib tushasiz. O'ng qoM tomonda
ko'k g'ishtdan chiroyli qilib solingan magazin, choyxona,
kunduzi faqat bir soat ochib, boshqa vaqtda doim qulf turadigan
dorixona, undan sal nariroqda sartaroshxona ham bor
Sartaroshxonada bir oyog4i yo'q usta Usmon amaki degan kishi
ishlaydi.
Qachon soch oldirgani kirsangiz:
 Sochingizning hammasini olaymi yoki bir lankalik
qoldiraymi?  deb so'raydi.
 Hammasini olaverar ekansiz, oyim aytdila,  desangiz:
 Pulingiz oz-ku akasi!  deb qo'yadi usta amaki.
 BoMmasa pulimga yarasha olib qo4ya qoling.
Usta amaki xaholab kuladi-yu, sochingizni mashina qaychi
bilan birpasda qirtishlab tashlaydi.
Magazinning orqasida bir gektarcha keladigan bog4 bor.
Maktabimiz mana shu bog'ning qoq o'rtasiga joylashgan. Orif,
Zokir, Ikrom  hammamiz mana shu yerda o'qiymiz. Yashirib
nima qilaman, bir-biridan chiroyli boigan ikki baholarni men
mana shu yerda olganman. Sevimli o'qituvchim Qobilov ham
mana shu yerda ishlaydilar. Hozir bu yerda hech kim
ko'rinmaydi. Nega desangiz, hammasi kanikulda, maza qilib
dam olishyapti.
Qishlog'imiz markazidagi odamlarning ishi tushib turadigan
binolarning bori yo'g'i shu. Qolgani kolxoz markazida. Ishi
bor odamlar o'sha yoqqa borishadi. Ba'zan kunbo'yi
qishlog'imizda ziyoratga kelgan begona odamlarning keti
uzilmaydi, u yoq-bu yoqqa o'tib turishadi, mayda-chuyda
so'rab uyma-uy eshik qoqib yurishadi.
Magazin oldidan yuqoriga qarab ketgan yo'l to'ppa-to'g'ri
toqqa olib boradi. Ikki tomoniga yangi imoratlar solishgan.
Imoratlarning orqa tomoni poyonsiz paxtazorlar. Bu yerlarda
Ikromning dadasi Xoliq tog4a brigadirlik qiladi. Odamlarning
aytishicha, u g'o'zaning tilini bilar emish, u bilan pichirlashib
gaplasharmish. Shuning uchun ham o'tgan yili Moskvaga borib
bir yo'la ikkita orden taqib kelgan. Paxtazor tugab, ketidan o'rik
maydon, undan keyin anorzorlar boshlanib ketadi.
Anorzorlardan u yog'iga o'tmay qo'ya qoling. Hammayoq tosh,
toshdan boshqa hech narsa topmaysiz. Tog'dan turib pastga
qarasangiz, qishlog'imiz xuddi ichiga gul solingan katta piyolaga
o'xshab ko'rinadi. Bu yerdan eski qishloqdagi masjidning tomi,
yangi mahalladagi televizorlarning antennalari ham bemalol
ko'rinib turadi. Yonma-yon turgan ikkita antennadan sal
balandrog'i bizniki, pastrog'i Oriflarniki, albatta. Ammo
buvijonim biznikiga kelganidan bo'yon televizorni kamdan-kam
qo'yadigan b o i i b ketganimiz yomon bo'ldi-da. Dadam bilan
oyim doim ishda bo'lgani uchun men sal buzilib qolgan
emishman. Meni tartibga solish, tarbiyalash uchun oyim bilan
dadam maslahatlashib, buvijonimni ko'chirib olib kelishgan.
Buvijonim aytadilarki, televizor shaytonning o'yini emish.
Hadeb ko'raversak, uyimizdan baraka ko'tarilarmish. Undan
keyin gunohimiz ko'payib, narigi dunyoga borganda savoljavobda
qiynalib qolar ekanmiz.
 Buvijonim, narigi dunyoda savol-javob ham boiadimi?
 deb so'rayman.
 Ha, savol-javob ham bo'ladi.
 Savolni kim beradi o4zi?
 Jabroil alayhsalom,  deb tushuntiradi buvim.
 Algebra haqida ham o'sha kishi so'raydimi?
 Ishingni qil, tentak!  deb urishib beradi buvijonim. Men
bo'lsam hammasini bilib olgim keladi. Shuning uchun qaytaqayta
so'rayveraman:
 Yaxshi javob berganga beshu yomon javob berganga ikki
qo'yadimi-a?
Buvijonim javob bermaydi-yu, ko'zlarini olaytirib qo'yadi. Bu
 gapni bas qil degani boMadi. U kishi ko'chib kelgandan buyon
mening ishlarim hech yurishmay qoldi. Ko'chaga chiqadigan
bo'lsam ham, kechqurun sheriklarim bilan kinoga boradigan
bo'lsam ham, bari bir buvijonimdan ruxsat olishim kerak. Keyin
qo'li ishdan bo'shadi deguncha, meni yonginasiga o'tqizib olib,
tarbiyalashga tushib ketadi: har xil narsalarni yod oldiradi.
Mazmuni esa xuddi algebra formulalariga o4xshab juda-juda ham
qiyin, kallamni ming ishlatsam ham, bari bir tushunolmayman.
 Buvijon, bularingiz nima o'zi, yo she'rmi-a?  deb
so'rayman.
 Ha, she'r desa ham bo'ladi, bolam.
 Kimning she'ri o'zi?
 Buncha ezma boMib ketding, qoqbosh! deydi buvijonim
achchig'i chiqib.
Buvijonimdan o'rgatayotgan narsasi kimning she'ri ekanligini
surishtirishimning ham bir sababi bor-da. Bir marta mana
shunaqangi she'rni deb (o'shaniyam buvijonim o'rgatgan edi)
maktabda rosa kulgi bo'lganman. O'shanda beshinchi sinfni
bitirayotganimizga bag'ishlab kecha o'tkazayotgan edik.
Sheriklarim she'r o'qishyapti, o'yinga tushishyapti, ashula
aytishyapti  ishqilib, o'zlarini ko'rsatishyapti-da. Odiljon
nemischa she'r o'qib, hammani og'ziga qaratdi. Keyin shunaqangi
qattiq qarsak chalindiki, naq maktabning tomi ko'chib ketay dedi.
Men ham o'zimni bir ko'rsatib qo'yay deb shartta o'rtaga chiqdim.
 Ha, Hoshim, o'ynab berasanmi?  xursand bo'lib so'radi
vojatiymiz.
 Yo'q, she'r o'qiyman.
 Jim, bolalar!  dedi vojatiy ikki qo'lini ,  Hozir
Hoshimjon Ro'ziyev sizlarga she'r o'qib beradi... Qani boshla,
Hoshim.
Buvijonim o'rgatgan o'sha she'rni nomini aytishim bilan bolalar
qiyqirishib, chapaklar chalib unaqa she'rni buvijoningning o'ziga
o'qib beraver deb og'iz ochirtirgani qo'yishmadi. Shunaqangi
uyalib ketdimki, ishonsangiz yigMavorayozdim. O'shandan buyon
bolalarning nega og'iz ochirtirmaganiga hech tushunolmayman...
Mana hozir ham buvijonim menga eski odatlari bo'yicha yana
bitta she'rini o'rgatmoqchi bo'layapti.
 Olzi yozganmi yoki birovdan ko4chirib olganmi?  deb
so4rayman buvijonimdan. Mana shunaqangi paytda o4ng
betimga yo chap betimga tarsaki kelib tushadi.
 Tavba qildim de!
 Demayman!
 Demaysanmi?  buvijonim bu betimga ham bir tarsaki
tushirmoqchi bo4lib intilganda sapchib o4rnimdan turaman-da,
shataloq otib qochib qolaman. Nariroqqa borib, ikki
qulog'imdan cho'zib, oyoqlarimning uchida turib, boshimni
goh o'ngga, goh chapga burib azon aytaman:
 Abdurayo'o'o'm,
 Madrayo'o'o'm,
 Mol qano'o'o',
 Ho', mano'o'o4,
 He, o'o'o'l!
Ana shundan keyin desangiz, buvijonim shunaqangi tutaqib
ketadiki, qani endi tutib olib sochlarimdan bittalab yulsa!
 Dadang kelsin hali, seni oyog'ingdan ostirmasammi! 
deydi buvim ikki qo'lini musht qilib.
 Ostirsangiz ostiravering. Menga bari bir. Qayta, narigi
dunyoda maza qilib yuraman,  deyman-da, boqqami,
ko'chagami chiqib ketaman.
 Shuni bilginki, men seni odam qilmaguncha
qokymayman,  orqamdan baqirib qoladi buvijonim.
Shunday qilib, buvijonimning tarbiyasidan birpasgina
bo'shab, katakdan qochib chiqqan tovuqdek, erkin qanot qoqib
uzoq-uzoqlarga o'ynagani ketaman.