l l b o b

YO'Q, ZOKIR DANGASA EMAS

?uvijonim otinbuvi xolanikiga Mushkulkushod o'qigani
ketgan edi.
Ko'cha eshigimiz oldidagi qum to'qilgan maydonchada
ikki qo'limni yerga, oyoqlarimni osmonga qilib shu alfozda
oldinga, orqaga yurib singlim Donoxonni qiqirlatib
kuldirayotgan edim, ko'chadan Zokir o'tib qoldi. Zokir bilan
birinchi sinfdan buyon birga o'qiymiz. Gavdasini ko'rsangiz
o'n birinchi sinfda o'qiydimi, deysiz. Ammo yurak degan
narsadan zig'ircha ham yo'q. Hatto okzi tengi qiz bolalardan
ham qo'rqib, bitta-yarimtasi bexosdan tegib ketsa darrov
borib o'qituvchimizga chaqimchilik qiladi, direktorga
aytishdan ham toymaydi. Qizlar ham aksiga yurib nuqul
okshanga tegajaklik qilishadi. Maktabdan qaytayotganda
tokrtta-beshtasi bir boMib, oldilariga solishib, quvalab
kelishadi. Tutib olib urishmaydi-yu, ammo uramiz deb
bechoraning naq yuragini yorishadi. Buning ustiga Zokirning
darsda uxlab o'tiradigan odati ham bor. Uxlaganda ham juda
qattiq uxlaydi. Turtkilab uyg'otib:
 Nega uxjaysan?  desangiz, og'zini katta-katta ochib
esnaydi-da:
 Qani, uxlaganim,  deb tonib turib oladi. Hatto bir kuni
maktabimiz hovlisidagi maydonchada, fizkultura mashqlari
o'tkaziladigan yog'ochning ustida og'zida noni bilan yog'ochga
posangi bo'lgancha uxlab qopti. O'qituvchimiz turtkilab:
 Uyat emasmi, yiqilib ketsang nima bo'ladi!  degan edi,
Zokir ko'zini uqalab:
 Uxlaganim yo'q, o'zim shunday... dam olib yotuvdim,
 deb qo'ya qoldi.
 Ha, Zokirjon, yo'l bo'lsin!  deb chaqirdim uni. Zokir
yurishdan to'xtab men tomonga o'girildi-da, negadir o'zida yokq
sevinib ketdi. Chap qo'ltig'ida uch-to'rtta kitob, o'ng qo'lida
bodring.
 iya, sen shu yerdamiding, sherik? Men bo'lsam,
qaramabman ham. O'zim ham o'ylanib ketayotuvdim-da.
 Nimalarni o'ylayapsan?
 Har narsalarni-da. Zokir qo'lidagi bodringni qarsiilatib
yeyishga tushdi keyin shimining cho'ntagidan bitta barragina
bodringni olib Donoga uzatdi-da, menga qarab:  Yeysanmi?
 deb so'radi.
 Olchi,  dedim og'zim suv ochib,  olzi qayoqqa
ketayotuvding?
 Dars tayyorlagani.
 Hamma kanikulda yuripti-yu, nega endi sen dars tayyorlar
ekansan?
 Eshitganing yo'qmi?
 Nimani eshitaman?
 Men kuzgi imtihonga qolganman. Ona tilidan, rus tilidan,
undan keyin algebradan ham... Uchovidan kuzgi imtihon
topshirishim kerak. Kuratorimiz sen olzing bo'ladigan bolasan,
aql-hushing ham joyida, faqat yozda jindakkina hafsala qilsang
hammasini beshga topshirasan, dedilar.
 Hali kuzgacha ancha bor-ku, bari bir esingdan chiqib
qoladi.
 Men ham shunaqa desam, oyim bugundan boshlab dars
tayyorlashga kirishmasang, kechasi uxlatgani qo'ymayman.
boshingdan suv quyaman deyapti... Bilasan-ku. kechasi
uxlamasam, men kasal bo'lib qolaman... Bodringdan tag'in bitta
beraymi? Ma, olaver, bu cho'ntagimda ham bor. Oyimga
bildirmasdan asta boqqa o4tdim-da, cho'ntaklarimni to'ldirib
bodring uzdim. Keyin shimimni yechib devordan irg'itib
yubordim. Chiqayotganda oyim shimingni kiyib ol degan edi:
 Trusikda ketaveraman, shim kiysam terlab ketib, yuragim
qisiladi,  dedim. Ko'chaga chiqsam shim ariqqa tushib jiqqa
xo4l bo'pti... Orqamni oftobga to4g4rilab ketyapman. Bilasanmi,
hozir men Abboslarnikiga boryapman... U menga ota bo'lgan.
 Ota dedingmi? Qanday qilib ota boiar ekan? U sendan
kichkina-ku!  dedim hech narsa tushunmay.
 Bilmasam, o'qish tamom boiayotgan kuni zavuchning
kabinetida uchala fandan ham yaxshi o'zlashtirishiga o'zim
yordam beraman, ota bo'laman dcdi-da.
 Otaliqqa olaman degandir?  deb so'radim.
 Bilmasam, ishqilib shunaqa dedi-da.
Dononi uyga kiritib yuborib, Zokir bilan anchagacha
gaplashib o'tirdik. O'ziyam bir-birimizni rosa sog'inib qolgan
ekanmiz. U mening yo'g'imda maktabda boMib o'tgan
voqealarni bir boshdan gapirib berdi. Qizlar unga kun bermay
qo'yishibdi. Uyquchi, dangasa deb rosa jig'iga tegishibdi.
Zokir bitta-yarimtasini tutib olib rosa do'pposlamoqchi ham
boiipti-yu, ke qo4y, shularga teng b o i i b obro'yimni to'kib
yuramanmi, deb indamapti.
 O'zing aytchi,  deb so'radi mendan ketma-ket esnab,
 men uyquchimanmi-a?
 Hech ham-da. Dunyoda sendan kam uxlaydigan bola
yo'q.
 Buning ustiga meni doim dangasa deyishadi.
 Bo'lmagan gap, seni dangasa deganlarning okzi
dangasa!  dedim do'stimning ko'nglini ko'tarib. Keyin
ikkovimiz ko'zgi imtihon masalasini ham bafurja o'tirib
gaplashib oldik. Aslini olganda buning hech kcragi yokq. Bir
yo'la uch fandan yomon baho olgandan keyin, yaxshisi ofcsha
sinfda qaytadan o'qib, ilmning poydevorini tagidan
mustahkamlab chiqqan ma'qul. Tagidan
mustahkamlamasang ishlar chatoq; yettinchiga o'tganjngda
imtihonlarda yana yiqilib qolasan, sakkizinchida undan
battar boMadi, o'ninchini bitirguningcha mana shunaqangi
kuzgi imtihonlarga qolaverib naq iyig'ing chiqib ketadi.
Undan ko'ra oltinchi sinfda ilmning poydevorini
mustahkamlab olish kerak. Ana undan keyin yuqori sinflarda
doim beshga o'qiysan, ehtimol, hurmating oshib ketsa, seni
sinfkom ham qilib yuborishar, a'lochi sifatida lagerlarga
borasan, maza qilasan, deb tushuntirdim do'stimga.
 Qalay bo4larkin-a?  dedi Zokir ikkilanib.
 Qalay-palayi bormi. Bilasanmi, men sayohatda
yurganimda bitta bilimdon bola bilan do'stlashib qoldim. O'zi
yettinchida o'qiydi-yu, bilimi shunaqangi zo'rki, gaplashsang
og'zing ochilib qoladi. Nega siz bunaqangi bilimdonsiz desam,
akasi, men har bir sinfda ikki yildan o'qiganman, oltinchida
uch yil o'qidim, deydi. Shuning uchun ham o'qituvchilar uni
sizlab gapirar ekan.
 Rostdanmi-a?  deb so'radi Zokir havasi kelib.
 Rost. Xo'p desang, oltinchida birga o'qiymiz. Hatto bir
partada o'tiramiz. Uyqung kelib qolsa, mening tizzamga
bemalol boshingni qo'yib xurrakni tortib uxlayverasan...
 Qoini ber!  dedi Zokir o'rnidan turib.
 Gapingdan qaytmaysan-a?
 Yo'q, qaytmayman.
Shu paytda, negadir, ich-ichimdan sevinib, ishonsangiz, o'zimda
yo'q xursand bo'lib ketdim. Nazarimda, Zokir ham shunaqangi
bir xilni boshidan kechiradi. Biz beixtiyor bir-birimizni quchoqlab
shunaqangi o'pishib ketdikki, uzoqdan ko'rgan odam, bular,
albatta, jinni bo'lsa kerak deb o'ylashi mumkin edi.
Buvijonim mushkulkushodga ketayotganida, Dono
ikkovlaring shaftolini terib yorib qo'yinglar deb tayinlagan edi.
Birpas o'ynay, birpas o'ynay deb, kunni yarim qilgan edim.
Zokirni ishlashga ko'ndirgach, shoshilib boqqa kirib bordik.
Kun tepaga kelib, hammayoqni yondirayotgan boisa ham, bog'
salqin, gir-gir shabada esib turganidan bahavo edi. Gapni
ko'paytirib o'tirmay ishga kirishib ketdik. Yo'q qasam ichib
aytamanki, Zokirvoyni dangasa deganlarning o'zi dangasa!
Bunaqangi chaqqon ishlaydigan, bunaqangi pahlavon bolani
men umrimda ko'rgan emasman...
Bir soat o'tar-o'tmas, yetti tup shaftolining mevasini terib,
eson-omon tomga chiqarib oldik.
 Sherik, endi yorib ham tashlaymizmi?  deb so'radi
Zokirvoy peshonasidan terini sidirib.
 Yo'q, endi birpas dam olamiz.
 Men charchaganim yo4q,  dedi Zokirvoy,  sen
bo'lmasa birpas damingni ol, men yorib turaman.
 Men sen charchab qoldingmi deb o'ylovdim.
Charchamagan bo4sang ishlayveramiz. Men-chi, Zokirjon,
charchaganimda yaxshi ishlayman.
Kun biram qizidiki, naq miyamizni qaynatib yuboray deydi.
Oyoqning ostidan esa tomning issig'i urib nafas oldirgani
qo'ymaydi. Zokiijon xomsemiz bola emasmi, hademay pishillab
qoldi. Joni qiynalganidan o'zini qo'yarga joy topolmay, nuqul
g4ng411ab ashula aytadi, og'zini katta-katta ochib, men hech
tushunmaydigan shakllar yasaydi. Men bo4sam, badanim sal salqin
bo'larmikin degan umidda qahraton qishni, oppoq qorlarni,
oyog'im sovuq qotib yaxmalak uchgan paytlarimni eslayman.
Nihoyat, peshindan keyin shaftolini yorib bo'ldik. Zokir o'rnidan
turib, uyushib qolgan belini changallab, kerishdi-da:
 Yana bormi?  deb so'ramoqchi bo'lgan edi, ovozi
chiqmadi.
 Qani, tushdik endi,  dedim gandiraklab o'rnimdan turib,
 yana birpas o'tirsak o'zimiz ham shaftoli qoqi ׳ qolamiz.
Boqqa kirib ariq bo'yidagi maysa ustiga yonboshladik.
Qorinlar ham rosa ochgan edi. Bir oz dam olgach, uydan suzma
qatiq bilan non olib chiqish uchun o'rnimdan turdim. Qaytib
chiqsam, Zokir allaqachon uxlab qolibdi. Hatto, tush ham
ko'rayotganga o'xshaydi, nega desangiz xuddi uyg4oq odamdek,
kulimsirab har zamonda lablarini uchirib-uchirib qo'yadi. Kim
biladi, tushiga nimalar kirayotgan ekan. Yo bitta-yarimta sinfga
allaqachon sinfkorn ׳ oldimikin-a!
Men ham jindak mizg'imoqchi ׳ shuncha urinsam ham,
bari bir bo'lmadi  endi ko'zim ilinganda qiziqroq bir voqea
esimga tushadi-yu, piqillab kulib yuboraman, uyqum qochib
ketadi...
