III b o b

AMERIKANCHA FOKUS

?ilmadim, shunaqangi odat mana bu yonginamda pishillab uxlab
yotgan, shirin-shirin tushlar ko'rayotgan Zokirvoyda ham bormi,
yo'qmi, bunisini aniq, bilmayman-ku, ammo-lekin men biron yaxshi
ishni bajarib qo'ysam, ketidan yana tag4in shunaqangi ishlarni qilgim
kelaveradi. Bir marta rahmat eshitgan kunim ikkinchisini ham
eshitmaguncha tinib-tinchimayman. Mana, shaftolilami bitta qo'ymay
tomga chiqarib yorib tashladik. Buning uchun buvijonimdan
rahmatlar eshitishim aniq. Hatto dadam ham yelkamga qo'lini qo'yib:
 Obbo Hoshimboy-ey, barakalla, o ' g i i m !  deyishi
turgan gap. Lekin shunday boMsa ham, shu paytda qo'shaloq
rahmat eshitgim kelib, sapchib o'rnimdan turib ketdim.
Ko'cha eshigimiz oldidagi qumni uyimizni alebastr suvoq
qildirish uchun to'kkanmiz. Dadam bir necha marta shu qumni
elab qo'ygin deb tayinlaganu, men o'zimni jo'rttaga eshitmaganga
solib yurardim. Sim elak bilan belkurakni olib ishga kirishib
ketdim. Endigina ikki-uch elak elagan ham edimki, shu payt,
qo'llarini orqasiga qilib kerilgancha Orif o'tib qoldi. Kechadan
buyon shunaqangi qilib uchinchi bor o'tishi. Nimanidir
aytmoqchi bo'ladi-yu, men gap tashlamaganim uchun bahona
topolmay,jimgina o'tibketaveradi. Obbo, nimasiga kerilarekan,
yettinchiga o'tgani uchun bo'lsa kerak-da! Biqiniga ikkita
mushtlasamu yettinchisi ko'rinib qoladi-ya... deb o'ylab:
 Orif, qayoqqa ketyapsan?  deb gapga soldim uni.
 Ishing nima qayoqqa borishim bilan!  qo'llarini biqiniga
tirab yurishdan to'xtadi Orif.
 04 z im so4rayapman-da.
 Bilasanmi, men lagerga borib keldim.
 Lager, qanaqa lager?
 Lager nimaligini bilmaysanmi hali?
 Yo4q.
 Oh-oh! Lager shunaqangi maza bo'lar ekanki, shunaqangi
rohatijon bo'larkanki... Lekin u yerga faqat a'iochi o'quvchilar
boradi-da, senga o'xshaganlarni qabul qilishmaydi...
Mana shu gapi menga hech ma'qul bo'lmadi. Qarang-a.
menga o4xshaganlarni olmas emish.
 Kartoshka tergansizlar-da...  dedim achchig'im chiqib.
 Hecham-da... Biz u yerdan yaxshi niyatlar bilan qaytdik.
 Niyat? Qanaqa niyat?
 Niyat degani maqsad degani, bildingmi, shuniyam
bilmaysan-a. 04sha yerdagi rahbarimiz: har birlaring bittadan
maqsad bilan uylaringga qaytinglar. Kelgusi yil mana shu yerda
yana uchrashamiz. 04shanda, kim o4zining yaxshi niyatini
amalga oshirdi, kim oshira olmadi, surishtirib ko'ramiz. Birinchi
o'rinni olgan kishiga mukofot beramiz dedi, bildingmi! Men
uyimizda kutubxona ochmoqchiman.
 Kutubxona?
 Bo'lmasam-chi. 04 z im kitob to'plab kutubxona
ochaman.
 Shuni o4rganish uchun lagerga bordingmi-a?
 Hecham-da... Biz u yerda voleybol o'ynadik, togiarga
chiqdik, soylarda maza qilib cho4mildik... Undan keyin har xil
o'yinlar ham o4rgandik...
Orif o4zi maqtanishni yaxshi ko4radigan bola. Qachon
qarasang, maqtangani-maqtangan. Hatto birovdan kaltak yeb
kelsa ham, boplab savaladim, deb keriladi. Bir kuni: Men
tog'dan arslonning bolasini ushlab keldim, quloqlari bir
qarichdan, tumshug'i naq, chelakdek keladi, har qanday bo4rini
ham tappa bosadi, deb maqtanib qoldi. Borib ko'rsak,
mushukdan sal katta bir laycha ekan, bizni ko4rishi bilan bog4
tomonga qarab vangillab qochib qoldi.
 Arsloning sal yuraksizroq ekanmi?!  desak, o'shanda
ham bo4sh kelmay shoshmay turgin hali, katta boiganda
ko4rasan! deydi.
 Ayt-chi, qanaqa o4yinlar o4rganib kelding?  deb
so4radim Orifdan.
 Har xilidan o4rgandik... Xo4p desang, senga amerikancha
fokus o4rgatib qo4yaman...
Rostini aytsam, sayohatda yurganimda juda ko4p fokuslarni
ko4rganman. Bir xillari shunaqangi qiyin boiadiki, aqlingni
har qancha ishlatsang ham, bari bir hech narsa tushunolmaysan
Lekin amerikancha fokusni birinchi marta eshitishim. Ehtimol
juda qiziqdir, o'rganib olsam bir kun ish berib qolar, deb
o'yladim-da:
 O'shaningni menga ham o'rgatib qo4y,  deb iltimos
qildim.
Orif to'satdan jiddiylashib, boshini sarak-sarak qildi.
 Yo4q, senga o'rgatmayman.
 O'rgatasan.
 O'rgatmayman dedim, o'rgatmayman!
 Qani, o'rgatmay ko4r-chi.
Bilaman, o'rgatsam darrov yigiashga tushasan.
 Men-a?
 Ha, sen.
 Men yigMaymanmi?
 Demak, yigMamaysan-a?
 Yo'q, yig'lamayman.
 Yo'q, baribir, o'rgatmayman.
Orif paysalga solgan sari amerikancha fokusga bo'lgan
qiziqishim oshaverdi. Yolvordim, iltimos qildim, ishqilib
ko'ndirmaguncha qo'ymadim-da.
 Bor bo'lmasa,  dedi Orif nihoyat yumshab, 
uylaringdan qiyiq bilan bir quloch pishiq arqon olibchiq.Tezroq
chiq, boimasa ketib qolaman...
Ko'z yumib-ochguncha arqon bilan qiyiqni olib chiqdim.
Keyin Orif ko'rsatib, o'rgatib turdi. Qiyiq bilan ko'zimni
mahkam bogMadim. Orif chilvir bilan qollarimni orqamga qilib
chandib tashladi.
 Endi yerga cho'kkala!  deb buyurdi u. Cho'kkaladim.
 O'tgan yili meni urgan eding-a?  so'radi Orif.
 Keyin kechirim so'ragan edim-ku.
 Yokq, urganing esingdami?
 Esimda. Qani fokusingni tezroq ko'rsat!
 Mana, mana, senga amerikancha fokus!!
Orif yugurib kelib yelkamga zarb bilan shunday tepdiki
peshonam bilan yerga urildim. O'rnimdan turay desam,
turolmayman. Dodlay desam, og'zimga qum to'lib qolgan,
ovozim chiqmaydi. Bir mahal yelkamga suyanib o'rnimdan
turayotgan edim, nimadir, Orifning tepkisidan ko'ra qattiqroq
bir narsa qornimga kelib urildi. Ketidan bezori. boslini yedingku!
 degan ovoz ham eshitilib qoldi...
Keyin u yog4i juda tez ketdi: kimdir avval qo'limni, so'ngra
ko4zlarimni yechib tashladi. Motorli velosiped minib
muyulishdan chiqib kelgan Odiljon aka bexosdan menga urilib,
munqib ketibdi-da, borib miyasi bilan to4ppa-to4g4ri (mo'ljalni
to4g4ri olganini qarangki) tutga urilibdi.
 Bezori, boshni yeding-ku!  dedi yana menga qaramay.
Bir nafasda hammayoqni odam bosib ketdi. Shovqin solib,
qo4shnimizning uyidan buvijonim ham chiqib keldi.
Qayoqdandir oyim ham paydo bo'lib qoldi:
 Nima gap, nima qildilaring, mening bolamni  dedi oyim
yigMagudek bo'lib.
 Bolangizga jin ham o'rgani yo4q,  dedi Orifning oyisi
Shundan keyin hammasi meni o'rtaga olib, bezoridan olib
bezoriga solishdi. Oyim bilan dadam meni juda erkalatib
yuborishgan emish, shu ketishda ketaversam mendan qip-qizil
bezori chiqar emish. Gapni qarang-a, bezorining qiziliyu sarig'i
ham bo'lar ekan! Men hamma ayb Orifda degan edim, baloga
qoldim. Qilg'iliqni qilib nega tag'in birovga to'nkaysan deb.
hatto meni gapirtirgani ham qo'yishmadi, Orif boMsa bir
chekkada turib tilini chiqarib, meni hadeb ajab boidi degandek
masxara qilardi.
 04zing aytgin, ko4zimni boyladingmi?  deb so'radim
undan.
 Hecham-da,  dedi Orif odamlarga qarab.
 Uning o4zi meni qistadi, ko4ziniyam o4zi bogMadi,
arqonniyam o4zi olib chiqqan.
Orif yolg'onchilik qilib hamma aybni menga to4nkagani
uchun jahlim chiqqanidan sal boimasa yig4lavoray dedim.
Hammadan ham boshi yorilgan Odiljon akaning seni maktabdan
haydatmasammi! degani oshib tushdi. Nega desangiz, u
maktabimizda o'qituvchi bo4lib ishlaydi. Otajon Azizovichga bir
og4iz aytsa  tamom! Kattalar kattalarning gapiga tezroq kiradida,
men bo4lsam bu yil yeng shimarib astoydil o4qimoqchi edim,
o4zimni bir ko4rsatib qo4yay, degan orzum bor edi.
Buvijonim kechgacha bir og'iz ham gapirmadi, qovog'ini
ham ochmadi. Faqat dadam ishdan kelgandan keyin ovqatlanib
bo'lishgach:
 Hoshimingni tartibga chaqirib qo'yasanmi yoki ustiga
kerosin quyib o't yoqvoraymi?  deb so'radi.
Dadam darrov javob qaytarmadi, choy ho'pladi, yana
ho'pladi. Men bo'lsam so'rida chalqancha yotib osmondagi jimirjimir
yulduzlarni tomosha qilaman, amerikancha fokus tufayli
yegan tepkidan yelkalarim zirqirab og'riydi, ishqilib, maktabdan
haydatmasa bo'lgani, haydatmasa bo'lgani... deb o'ylayman.
  qo'ysangiz, o 4 qo'yavering,  dedi nihoyat dadam.
 Senga doim hazil bo4sa-da!
 Hazil emish... YopishganlaringHoshim bo'libqoldi. Bolani
hadeb undoq qil, bundoq qil deyaverish ham yaramaydi. To'g'ri
ketayotgan mashinaning rulini u yoq-bu yoqqa buraversangiz
avariya boMadi, oyi. Bola ham bamisoli mashinaday gap. Uni
qil, buni qil deyaversangiz, anqov bo'lib qoladi. Ishingizga
yordamlashyapti. Mana butun shaftolini yorib beribdi.
 Yorgan shaftolisi ham qurib ketsin,  hali ham shashtidan
tushmay dedi buvijonim,  xomini termagin devdim, keyin
qo4im tegmaydi deb xomigacha qo'shib uzibdi.
 Mayli, ishlashga ham sekin-asta o'rganadi. Shu paytda
o'choq boshida idish-tovoq yuvib o'tirgan oyim ham gapga
aralashib qoldi:
 Adasi, Odiljon bugun o4g4ingizni maktabdan
haydataman, deb ketdi.
 Haydatmaydi,  dedi dadam oyimga ham bo'sh kelmay,
bordiyu haydatsa, xafa bo'ladigan joyi yo4q. Shuncha o'qigani
ham yetar. Injener boMmasa, traktorchi bo'lar... Nima,
traktorchi ׳ men kam bo'ldimmi! Kimdan kammiz. Mana,
uy-joy qildik, mol-xol qildik, kassada pulimiz bor. Aytgandek,
oyisi, xushxabar olib keldim. Qani, choydan quy-chi!
 Qanaqa xushxabar ekan?  oyimdan oldin so'radi
buvijonim.
 Cho4lda ishlab kelganlarga mukofot uchun ikkita
Moskvich ajratishgan ekan. Bittasini bizga beradigan
bo'lishdi.
 Voy, mashinami?  hovliqib dedi oyim.
 Moskvich mashina bo4lmay, toychoq bo'larmidi,
mashina-da... Choydan quy, deyapman!
Shu paytda juda xursand bo'lib ketganimdan naq boMmasa
urra deb qichqirib yuborayozdim. Ammo o'zimni halidan buyon
uxlaganga solib yotganim uchun ovozimni chiqargani gapning
ochig4i, jindak uyaldim. Ammo, shodligimni biror yo4l bilan
ifodalashim kerak edi-da. Shuning uchun boplab bir xurrak
tortib qo'ya qoldim. Kimdir ko4cha eshigimizni shiddat bilan
qoqdi. Oyim borib eshikni ochgan edi, Zokirning oyisi ekan:
 Mabodo Zokir bu yerga kelmadimi?  dedi u entikib.
 Kelgani yo4q, tinchlikmi?
 Osh vaqtida chiqib ketgancha daragi yo4q,  yig'lamsirab
dedi Karomat xolam,  qidirmagan joyimiz qolmadi...
 Zokir shu yerda!  deb sakrab o4rnimdan turib yugurdim.
Kunduzi boigan g4alvalar bilan ovora bo'lib, Zokirni paqqos
unutib yuborgan ekanman. U ariqning bo'yida, qanday yotgan
boisa o4shandayligicha dong qotib uxlab yotardi. Turtkilab
uyg4ota boshlaganimda orqamdan oyisi ham kirib bordi.
 Tur-e, odam ham shunaqa qattiq uxlaydimi!  dedim
ikkala qulog'idan baravar cho4zib.
 Qani, uxlaganim,  dedi Zokir esnab, keyin tepasida
turgan oyisiga ko'zi tushib qoldi shekilli, shosha-pisha qo4shib
qo4ydi:
 Og4zingga qarab gapir, qani uxlaganim. Men bu yerda
dars tayyorlab o4tiribman, bildingmi!..