IV b o b

KINNA SOLADIGAN APPARAT

fendi o4zingiz ham bilsangiz kerakki, va'da bergandan keyin
uni bajarish masalasi ham bor. Kecha Zokirjonga alg4ov-dalg'ov
ishlaymiz, deb so4z berganman. Shuning uchun ham u menga
ishlashib berdi, yomon ishlamadi, terlab-pishib ishladi. Bugun
men unikiga borishim kerak. Ammo buvijonimdan qanday
ruxsat olsam ekan? Kechagi gaplardan keyin darrov javob bera
qolmas. Ehtimol, Zokirning o4zi u yoq-bu yoqqa oktib qolar,
unda javob olish juda osonlashib ketardi-ya. Shu fikr bilan teztez
ko'chadan xabar olib turibman.
 Hoshim, tug'adigan tovuqdek buncha betoqat b o i ib
qolding?  deb so'radi buvijonim, ke, ignadan mana bu ipni
o4tkazib bergin, ko'zim o4tmayapti.
 Betoqat boMganim yo4q,  deb tushuntirdim
buvijonimga.
 04tir boimasa, namozlik o4rgataman.
 Yuragim qisilib ketyapti, buvijon.
 Boimasa boqqa chiqib salqinda birpas sabzi o4tagin.
Qara, shunday o't bosib ketibdi.
Buvijonimga Zokirga bergan kechagi va'dam haqida yotig4i
bilan gapirib bergan edim, avval qoshlarini chimirib o4ylanib
turdi-da, keyin sal yumshab:
 Boshimga biror g4alva orttirib kelmaysanmi?  deb
so4radi.
 Yo4q, buvijonim, hech qanday g4alva orttirib kelmayman.
 Bora qol boimasa, birpas okynab darrov qaytgin.
Oh, mening buvijonim o'zi boshqachada. Sho4xlik qilsang
qulog4ingdan cho4zishdan ham qaytmaydi. Yotigi bilan gapirsang,
mana shunaqangi gapingga darrov tushuna qoladi. Buvijonim-ey.
ming rahmat sizga! Katta bo4lganimda sizga qo4shqavatli ko'zoynak
olib berib bir xursand qilmasammi!.. Shu paytda mehrim shunaqangi
tovlanib ketdiki, yugurib borib buvijonimning oppoq sochlaridan,
tirish bosgan yuzlaridan qayta-qayta o4pdim-da, sakrab-sakrab,
irg4ishlab ko4chaga yugurdim. Ostona oldida andak boimasa
Donoxonni ko'kragim bilan urib yuborayozdim. Dono ikki bukilib,
chap qoii bilan qornini changallagancha yig'lab kirib kelar edi.
 Kim urdi?
 Qornim og4riyapti, akajon!..  Dono battarroq yigiab
yubordi. Bechoraning sochlari to4zg4igan, rangi bir ahvol, yuzi
kichkina b o i i b ketibdi  rahmim kelib ketdi unga. Darrov
qoitigidan oldim. Tikayotgan chokni yerga qo4yib buvijonim
o4rnidan turdi. Ichkarida tepki mashinada chok tikib o4tirgan
oyim ham chiqib keldi. Xuddi birov chaqirtirib kelgandek
idoraga naryad topshirgani ketgan dadam ham kelib qoldi.
Dononi so'riga avaylab yotqizib bugun ertalab nima yegani,
kecha, avvalgi kuni nima yegani to4g4risida surishtirib ketishdi
0 4 n minutlardan keyin ma'lum boidiki, Dono qorin og4rita
digan hech narsa yemagan ekan. Qaymoqdan, umuman, qorin
og'rimas ekan.
 Kinna kirgan bolangga!  dedi buvijonim go4shtsiz,
g4adir-budur kaftini dononing peshonasiga qo4yib,  bor, Sora
kampirni aytib ke.
Men yalt etib oyimga qaradim. Nazarimda, dadamga
qaraganda, oyim ko4proq tashvishga tushib qolganga o'xshaydi
 qo4llari bilinar-bilinmas qaltirab, yuzi juda-juda ham g4amgir
b o i ib qopti.
 Yugur,  dedi oyim ham,  darrov oldingga solib kel.
Ochiq aytib qo4ya qolay, Sora xolamni jinimdan battai
yomon ko4raman. Uyimizdan shaytonning ovozi keladi, deb
o4g4li Mirobiddinxo4jani xumga qamab, qo4liga taqinchoqlar
taqib ming kuyga solib o4ynatganini o'z ko'zim bilan ko'rganman.
Sharmandasini chiqarganman ham. Ammo bu haqda hech
kimga aytmaganman, ayta olmas ham edim. Nega desangiz.
bu ishlarning hammasini qadrdon do4stim  Sehrli qalpoqcham
bilan birgalikda bajarganmanda. Oh, qalpoqcham, qadrdonim.
qayerlarda yotibsan, hozir?..
 Oyi,  dedim e'tiroz bildirmoqchi bo4lib.
 Yugur deyapman, haliyam shu yerdamisan?  urishib
berdi oyim.
Rostdan ham ikkilanishning payti emas hozir. Bu yoqda
jondan aziz singlim azob chekib, chinqirib yotibdi-yu, men
bo4lsam qayoqdagi xayollarga borib o4tiribman-a. Ehtimol,
Sora xolam rom ochishni yaxshi bilmasu, kinna solishning
ustasidir. Hozir borib kinna soladigan apparatingizni olib
darrov yurar ekansiz... deyman-da. Yo4q, bormayman, bari
bir, u aldaydi, bechora singlimning joniga ozor beradi.
 Oyi, u aldoqchi-ku!  dedim ko4cha eshik oldiga yetganda
orqamga qaytib.
Oyshani yuborishdi. Sora xola bir nafasda hovliqib yetib
keldi-da, ayvonda yotgan Donoga ko4zi tushishi bilan og4zini
katta ochib esnab yubordi. Xoh ishoning, xoh ishonmang shu
paytda meni ham, oyim bilan dadamni ham esnoq tutib qolsa
bo'ladimi, og'zimizni kap-kap ochib, naq uch minut chamasi
hay-hay-haylashib na'ma qildik-da.
 Toza kul bilan isiriq keltir,  buyurdi Sora xolam. Keyin
bir narsalarni pichirlab fotiha o'qidi. Piyolaga solingan kulning
betini ro'mol bilan berkitib Dononing qorniga surkay boshladi:
 Chiq, chiq, chiqmaganingga qo'ymayman,  derdi xolam
o'zi ham ketma-ket esnab,  eski tegirmonlarga bor, qorni katta
boylarga bor! Chiq, chiqmaganingga qo'ymayman...
Xuddi shu paytda, nazarimda Dononing yuzi yorishganday
bo'ldi. Esnab, dadamga qarab kulimsirab qo'ydi. Hammamiz
xursand bo'lib ketdik. Oyim kinnachi xolamga pul, ikki banka
qaymoq chiqarib berdi.
Sora xolam ketdi. Men esa so'rida oyoqlarimni solintirib
o'tirganimcha o'ylanib qoldim... Shu Sora xolamga hech
tushunib bo4lmaydi-da, o'zi. Bir qarasang, odamlarni aldayotgan
bo'ladi, yana bir qarasang, eng og'ir kasallarniyam ko'z
yumib-ochguncha davolab qo'yadi... Har qalay, men o'shanda
chakki ish qilganga o'xshayman. Bechora Mirobiddinxo'janing
yelkasiga igna sanchib jonini qiynabman-a. Yo4q, hoziroq borib
undan kechirim so'rayman, velosipedining qosqonini bukib
qo'ygan edim, haqini to'layman. Velosiped olaman deb, shaftoli
sotib pul yig'ib yurgan edim, yarmini oldim-da, Sora xolamning
orqasidan yugurdim...
Mirobiddinxo'ja bo'sh chelakni taraqlatib chalib uydan
chiqib kelayotgan ekan.
 To'xta!  dedim entikib.
 Aytaver gapingni,  dedi Mirobiddinxo'ja
hayajonlanganimdan bir oz tashvishga tushib...
 Senga pul bermoqchiman.
 Nega endi menga pul berar ekansan?
 Bergim kelib qoldi-da, to'xta.
Sekin qo'limni cho'ntagimga solgan edim, Mirobiddinxo'ja
meni uradi deb o'yladi shekilli, chelakni salanglatib qochib qolsa
bo'ladimi! Menam bo'sh kelmay orqasidan quvlab ketdim.
Yo'l-yo'lakay pulni ko'rsatib boryapmanu o'shandayam ishonmaydi,
deng.
 To'xta!  deb qichqiraman.
 To'xtamayman!  deydi Mirobiddinxo'ja orqa-o'ngiga
qaramay.
 Pul bermoqchiman axir, tushunsang-chi.
 Puling o'zingga buyursin, niyatingni bilib turibman, 
deydi bechora qo'rqib. Oxiri yetib oldim-da, o'ng q o i im bilan
yelkasidan tortib o4zimga qaratdim:
 Ma, ol!
 O'z-o'zimga beryapsanmi? ko'zlarini katta-katta ochib
so'radi Mirobiddinxo'ja.
 O'z-o'zingga. Dono butunlay tuzalib qolsa yana beraman,
xo'pmi? Faqat tuzalib qolsa bo'lgani. Bechora biram qiynaluvdiki.
Mirobiddinxo'ja mana shu gapimdan keyingina menga
ishondi. Pulni qoiiga olib, o'zida yo'q sevinib ketdi:
 Xafa boima, butunlay tuzalib ketadi.
O'zim ham shu paytda xursand edim. Ammo uyga qaytgach,
mana shu shodligimdan asar ham qolmadi. Dono o'zini yerga
ko'tarib urib chinqirib yig'lar edi.
 Bor, Sora xolangni yana aytib kel,  dedi buvijonim
yigiagudek boiib turgan Oyshaga.
Oyim buvijonimning gapini qaytarishga hech botinolmasdi,
qo'rqa-pisa:
 Doktor chaqirtirsakmikan-a?  deb e'tiroz bildirdi.
 Doktoringga balo bormi!  urishib berdi buvijonim. 
Doktorlar yara-chaqaga tuzuk.
Bir zum o'tmay Sora xolam yana yetib keldi. Bu gal kinna
solmadi-yu, Dononing u yoq-bu yog'ini ko'rib:
 Qorning og'rimasdan avval qayerda o4ynovding?  deb
so'radi.
 Gumning tagida...  yig'lab yubordi Dono.
 Bolaginamga devlar nazar solibdi. Gumning orqasidagi
changalzorda har chorshanba kuni devlar bazm qurishadi,
changalzor sariq devlarning makoni...
Buvijonim, dadam, oyim, Sora xolam to'rtovlari bir narsalar
haqida uzoq maslahat qilishdi. Ulardan ancha narida o'tirganim
uchun gaplarini shuncha diqqat bilan quloq solsam ham, baribir,
eshitolmadim. Negadir, dadam bir-ikki marta jahl qilib o'rnidan
turib ketdi. Buvijonim meni urishgandaqa qilib urishib bergan edi,
dadam uf tortib, yana o'rniga o'tirdi. Sariq qo'y, sariq qo'yning
kallasi deganlarinigina arang eshitib qoldim. Keyin Oysha
ikkovimiz qorilarni aytib keladigan bo'ldik. Dadam mototsiklga
minib, qayoqqadir jo'nab ketdi. Nazarimda yo sariq qo'y yoki
sariq qo'yning kallasini topib kelgani ketgan bo'lsa kerak.
 Oysha, sen eshitdingmi, nima qilmoqchimiz o4zi?  deb
so'radim.
 Chilyosin qilmoqchimiz,  tushuntirdi Oysha.
Chilyosin deganlarini ilgari ko'p eshitgandimu, ammo
qanaqa bo'lishini, rostini aytsam, hech ko'rmagan edim.
Ma'lum bo'lishicha, bu qori pochchamlarning vecheri ekan.
Qishlog'imizda uchta qori pochcha bor. Uchovlari qishloqning
uch chekkasida turishadi. Odamlarning aytishiga
qaraganda, yaqinroq turishsa bo'lmas emish  bir-birlarining
go'shtlarini yeb qo'yisharmish. Menimcha, bu yolg'on bo4lsa
kerak. Axir o'zingiz olylab ko'ring, hech jahonda odam ham
bir-birining go'shtini yeydimi?
Soy bo'yida turadigan qori pochcha juda-juda ham pakana,
semirib dum-dumaloq bo'lib qolgan. Uzoqdan qarasangiz.
xuddi Dononing yelim qo'g'irchog'iga o'xshab ko'rinadi.
Odamlar uni Danak qori deb atashadi. Uchinchi sinfda o'qiydigan
Hanifaning bobosini esa Bodom qori, deb chaqirishadi.
Bodom qori Danak qoridan sal novcharog'u, ammo oyoqlari
juda-juda ham kalta, qo'llari undan kalta. Uzoqdan qarasangiz
ham, yaqindan qarasangiz ham bari bir mis samovarning
o'zginasi deysiz. Uchinchisini, Yong'oq qori deyishadi. O'ziyam
xuddi po'sti archilmagan yong'oqdek dum-dumaloq. Buning
ustiga doim boshiga savatdek salla o'rab yuradi. Bir kuni
uzoqdan ko'rib qolib. ishonasizmi, bug'doyzorda qo'ziqorin
unib chiqibdimi deb, yugurib borib qarasam  qori pochcham
engashib o'tirgan ekan.
Mana shu uchovlarini chilyosinga taklif qilib keldik. Eng
oxirida yong'oq qori poehchamnikiga borgan edim. Qaytib
kelsam Danak qori bilan Bodom qori allaqachon yetib
kelishibdi-yu, ammo ko'cha eshik oldida til uchida bir-biriga
mulozamat qilib turishgan ekan.
 Qani, marhamat qilsinlar!  dedi Danak qori qoii bilan
eshikni ko'rsatib.
 Yo4q, yo'q, o'zlaridan boisin,  dedi Bodom qori kalta
qoiini ko4ksiga qo'yib.
 Yo'g'-e, pirim, marhamat, boshlasinlar!
 O'zlaridan boisin, taqsir.
 Yo'q, yo4q, pirim...
Xuddi shu paytda ikkovlari ham eshikka baravar yaqinlashib,
bir vaqtda yonbosh bo4lishib ichkari kirmoqchi boiishgan edi,
qorinlari katta emasmi, eshikka qisilib qolishdi.
 Qani, taqsir!  dedi bittasi.
 Yo4q, o4zlari bir zo4r bersinlar,  dedi boshqasi.
Nazarimda ikkovi tengdan intilgan b o i s a kerak, eshikning
narigi tavaqasi sharaqlab ochilib ketdi-yu, ichkariga qarab
munkib ketishdi.
Hovliga kirsak, Yong4oq qori pochcham allaqachon uyda
o4tiribdi. Tavba, bu o'ngimmi yo tushimmi deb yoqamni
ushladim. U axir hozirgina uyida edi-ku! Yoki qanot bogiab
osmondan uchib keldimikin, yo dalama-dala g4o4zalarning
ichidan yugurib keldimikin?..
Besh minutdan keyin chilyosin deganlari ham boshlanib
ketdi. Qozonga yangi so'yilgan qo4yning go'shtidan to4ldirib
sho4rva solindi. Men qo4l-oyog4i chaqqon bola emasmanmi,
yugurib-yelib choy-poy tashib xizmat qilib turibman. Qori
pochchamlar cho4kka tushib kim o4zarga bosh silkitishyapti.
Danak qori amakim menga o4xshab qaynatma sho'rvani
yaxshi ko4rsa kerak, nega desangiz, ikki ko4zi hovlidagi
o4choqda: qozonga kartoshka tushadimi, piyoz tushadimi,
hammasini ko4rib, kuzatib turibdi. Bir mahal bo'ynini
cho4zib:
 Kelin, ikkitagina garmdori ham tashlavoring!  deb
iltimos qilib qolsa boiadimi.
Yong'oq qori pochcham dadamdan juda qo'rqar ekan. Nega
desangiz, dadam uyga kirdi deguncha, ovozini baland chiqarib
qiroat bilan o'qiydi. Chiqib ketsa, yana ovozi ichiga tushib
ketadi-yu, faqat bay-bay-bay degandek boshini silkitib
o4tiraveradi.
Peshinga borib, hammasi tamom boidi. Dadam uchovlariga
ham pul, oltitadan chala ko'pti patir, gazetaga o'ralgan go'sht
ulashdi. Yong'oq qori pochcham ko'cha eshikka borganda:
 Inshoollo, qizingiz shu soatdan e'tiboran chopqillab
ketadi!  deb qo'ydi.
 Iloyo aytganingiz kelsin, taqsir!  dedi dadam qoiini
ko'ksiga qo'yib.