Dilimdagi tilimda, Tilimdagi dilimda,
Men omadni kutmayman omad turar yo'limda
Ko'zlari humormisiz? To'rt fasli baxormisiz?
Oshiqlarim ko'p meni aytingchi hushyormisiz?

Sevildim-ey, sevildim, Qalbingizda sezildim.
Sog'inchdan bedormisiz? Shuni o'ylab ezildim.
Uchrab qolsam "xm" deysiz, Yoningizda kim deysiz,
Bu qiz qo'shnimiz desam, Aldamagin jim deysiz.

Egovlamay aqlimni, Chiqarmagin jaxlimni
Shunchaki xazillashsam, Rostga yo'yma gapimni.
Dilimdagi tilimda, Tilimdagi dilimda,
Men omadni kutmayman, Omad turar yo'limda.
WWW.ZAMONAVIY.UZ