Bir yelkada iymon, birida shayton,
Birida haqiqat, birida yolg'on,
O'rtada ovvora bechora inson,
Kimdir bog' yaratar,
Kimning qo'li qon,
Zo'r bo'lsang yo'lingga qo'yishar qopqon,

Kip arslon, kim quyon, kim esa ilon,
Ey do'stlar... Mehmonmiz axir biz bu dunyoga,
Hayronman boqib yolg'on savdoga,
Sog' boshingni kimlar qo'yar g'avg'oga,

Osmonlardan boqar, sinovi boqiy,
May ham o'zidadir, o'zidir soqiy,
Ishq bu ibodatdir, ishq bu ilohiy,
Ey do'stlar... Kimni omad, kimni kulfat qarshilar,
Pok noming tuhatga qorar vahshiylar,

Bormisiz qo'l bering, qani yaxshilar,
Hayotning to'sig'u zarbalari ko'p,
Yomonning makriyu, nag'malari ko'p,
Umrning oq qora sahnalari ko'p,

Ey do'stlar... Ey do'stlar aytingchi, manmanlik nechun,
Erta uchun, do'stlar ne qildik bugun,
Chorasizlikda Ahad yig'lar beun,
Oppoq tonglaringiz etmang qaro tun,

Bu dunyoga hech kim bo'lolmas ustun,
Baxtning manzilidan bo'lmaylik mahrum,
Ey do'stlar...
WWW.ZAMONAVIY.UZ