Pisand qilma dimoqchi,
O'zicha noz firoqchi,
Yolg'onchim-ey, Yolg'onchim,
Aldoqchi!

Qo'limdan tuting deydi,
Boraman kuting deydi
Nega unda kelmaydi,
Aldoqchi!

Va'dalar uzun terak
Vafodan yo'qdir darak.
Makri million beyurak
Aldoqchi!

So'zlarin o'ynatadi,
Ko'zlarin o'ynatadi.
Jonimni qiynatadi,
Aldoqchi!

Nigohlari yonar cho'q,
Kipriklari otar o'q.
Birorta rost gapi yo'q
Aldoqchi!

Axad deyman qasam ich!
Yana aldar erta kech
Ishonmayman endi hech
Aldoqchi!

Pisand qilmas dimoqchi,
O'zicha noz firoqchi,
Yolg'onchim-ey,Yolg'onchi,
Aldoqchi!
WWW.ZAMONAVIY.UZ