Dardlarimni devorlarga so'ylayman,
Qoshiqlarim osmonlarga kuylayman,
Gar qaytmasang o'zga yorni oylaymi,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o'tdi kelmading.

Sog'inaman bu umrim qiynoq endi,
Oqshomlari hamrohim firoq endi,
YOlg'iz qoldim suyganim yiroq endi,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o'tdi kelmading.

Sen kelmading hijron zaxrin ichdim man,
Oyni o'pib yulduzlarni quchdim man,
Seni o'ylab bu dunyodan kechdim man,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o'tdi kelmading.

Menga qarab do'stlarim hayron kular,
Gunohim ne yuragim vayron bo'lar,
Naxot endi visoling armon bo'lar,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o'tdi kelmading.

Aybim yo'qdir, o'zim izlab bormadim,
Eslamading men ham eslab bormadim,
Ahad dedim tanim muzlab bormadim,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o'tdi kelmading.

Dardlarimni devorlarga so'ylayman,
Qo'shiqlarim osmonlarga kuylayman,
Gar qaytmasang o'zga yorni o'ylaymi,
Mahzun-mahzun kunlar kutdim kelmading,
Uzun-uzun tunlar o'tdi kelmading.
WWW.ZAMONAVIY.UZ