Obro' topdim qo'shiqlar ko'ylab,
Raxmat oldim el qo'shiqlar kuylab.
Charchamadim o'zimni o'ylab,
Eshitmadim onam dardini,
Qachon bildim otam qadrini!

Nasixatlar berdim do'stimga
U yo'l topdi kirib so'zimga
Pand bermadim lekin o'zimga
Eshitmadim onam dardini.
Qachon bildim otam qadrini!

Xali vaqt bor yoshman-ku dedim,
Kelajagim g'amini yedim.
Xudbin edim, bir nodon edim,
Eshitmadim onam dardini.
Qachon bildim otam qadrini!

Ostonamda yig'laydi afsus,
Axad deydi Buxoro yolg'iz,
Mashxur bo'lding endi ketamiz,
Eshitmadim onam dardini.
Qachon bildim otam qadrini!
WWW.ZAMONAVIY.UZ