Otam uchun yig'ladim,
Otasi yo'qlarni ko'rib.
Onam uchun yig'ladim,
Onasi yo'qlarni ko'rib.

Qo'llarimni ochib duo qildim
Olloximga,
Qo'llari yo'qlarni ko'rib.
Olloximga shukur qildim,
Salomatligim uchun,
Nogironlarni ko'rib.

Do'stlarimdan quvondim,
Dushmanlarni ko'rib.
G'ururimni sotmadim,
G'urursizlarni ko'rib.

Vatanimni sotmadim,
Vatangadolarni korib.
Tovba qildim gunohlarim uchun,
Tovbasiga tayangan insonlarni ko'rib.

Bu dunyoda yashayabman,
Ota-Onam duo qilgani uchun.
WWW.ZAMONAVIY.UZ