Kim kimnidur kutar, kimdur unutar
Kim talpinar kimga, kimdur bezitar
Kimgadur kun sekin kimga tez o'tar
Men o'zligim saqlay aytish shart emas
Osmonlar o'rnimmas -- joyim yerda bas!!!

So'zlasam mano yo'q man man balq ursam
Yurishim erda lek ------ boshim ko'k o'psam
Yovga yov do'stga do'st xorga tiz cho'ksam
Bu bari qush inda ko'rganimdan dars
Osmonlar o'rnimmas -- joyim yerda bas!!!

Yangi chiqgan oyga qaddim o'xshatay
Chiqsa oy xam qaddi egikday chiqgay
So'ngra oxir to'lib ko'kga nur bergay
Oydan o'rnak olay , Boshim tutay pas
Osmonlar o'rnimmas -- joyim yerda bas!!!

Baxo bermang xandon otgan kulgimga
Bu kulishda ----- Gamni qarshi oldimda
Yo'qsa kular tashvish kurib xolimga
Gumon qilmang ko'nglim qolar be g'araz
Osmonlar o'rnimmas ----- joyim yerda bas!!!

Qamish kabi mag'rur tutsamda ko'ksim
Egilmasdan ko'kka , qarab o'ssam jim
Ichim po'kak bo'lar -- bilsam oxirim
Suxbat quring asli kimman So'ng bilas
Osmonlar o'rnimmas -- joyim yerda bas!

Gumon - Iymon ofatidur xarom bizga
Inson uchun xukm qilmoq urfmi sizga
So'ngi so'zim aytay endi yuzingizga
Xurmatim bor cheksiz nega tark qilas
Osmonlar o'rnimmas ---- joyim yerda bas!

Asli o'zim o'zgarolmay ----- qo'ya qoldim
Salomizga yarasha ------ Men alik oldim
Ranjitmoqdan ko'ra so'zim qisqa yozdim
Qo'ying Allox bilsiz qalbim bermang shikas
Osmonlar o'rnimmas -------- joyim yerda bas!

Tortishgandan, parvo qilmas odatlarim
Ikki bor xech qaytarmayman dona gapim
Ko'nglim qolsa nazarsizday ko'z qirlarim
Shu felim xam o'z - o'zimga aslo yoqmas
Osmonlar o'rnimmas ----- joyim yerda bas!

So'rang mayli shirin so'zim borin beray
Olib qolmay borki mexrim sochib teray
Borim beray ammo bir so'z sirim aytay
Bu pir parcha ---- Yurak asli o'zimdamas
Osmonlar o'rnimmas ----- joyim yerda bas!

Men xam bir bandaman sizday xokisor
Qo'ying g'iybat qilmang bo'lib gunoxkor
Tursamda turtimang turmasman takror
Der UMMATIM gumon qilsa MENDANMAS
BORAR JOYIMIZ BIR , MANZIL QABR BAS
WWW.ZAMONAVIY.UZ!