Butunlay unutdim so'zlaringizni,
Yurakdan o'chirib izlaringizni,
Ayting, ey baqaror bevafoginam,
Qachon unutaman ko'zlaringizni.

Eslolmayman, holim so'rashlaringiz
Sochlaringiz qanday tarashlaringiz.
Yoddan chiqarolmay qarashlaringiz,
Qachon unutaman ko'zlaringizni!

Ne bor nigohingiz yog'dularida,
Ne bor ko'zlaringiz jodularida.
Tinch qo'ymay tushlarim uyqularimda,
Qachon unutaman ko'zlaringizni.

Qancha urinsam ham bo'lmayaptida,
Ayriliqqa yurak ko'nmayaptida
Meni ko'zlaringiz aldagandida,
Qachon unutaman ko'zlaringizni.

Xayol osmonimda o'chmas yulduzni,
Yuragimni tutgan ikki ildizni,
Mavjlari soxilga sig'mas dengizni,
Qachon unutaman ko'zlaringizni!
WWW.ZAMONAVIY.UZ