Kimlarnidir kirib postiga,
Aylanib eng sodiq do'stiga,
Keyin oyoq qo'ygan yuziga,
Senga do'stlik qilarmikin u?

Odam qadrin bilarmikin u,
Yaxshilikni tilarmikin u,
Yarim yurtga pand bergan shayton,
Senga dostlik qilarmikin u?

U shundayin zoti nokaski,
SHunchalaram nazari paski,
Kongil nima bilmaydi chunki,
Senga do'stlik qilarmikin u?

Bolasidan manfaat kutgan,
Otasiga har kun tosh otgan,
Xotiniga onasin sotgan,
Senga do'stlik qilarmikin u?

Xudoyimning urgani ham shu,
Ikki dunyo koyganidir bu,
Manfaatsiz nafas olmagan,
Senga do'stlik qilarmikin u?
WWW.ZAMONAVIY.UZ