Siz o'ylaysiz ranjitim uni,
Endi mensiz unga tor jaxon,
Eng yomoni bilmaysiz shuni,
Sevmaganman sizni hech qachon.

Menga buni aytmoqlik og'ir
Dil tonadi o'zidan har on
Nima qilay ko'nglim yo'q axir
Sevmaganman sizi hech qachon.

Xafa bo'lmang kuyinmang sira
So'zlarimdan bo'lmangiz hayron
Yana dilni etmaylik xira
Sevmaganman sizi hech qachon.
WWW.ZAMONAVIY.UZ