Sevmayman deymanu ko'rgim keladi
Sevmayman deymanu rashkim keladi.
Yoniga har kuni borgim keladi,
Uni sevib qolsam nima bo'ladi.

Qaytib sevmayman deb qasam ichganman
O'zi bittasidan zo'rg'a kechganman.
Sevgi savdolarin tashlab qochganman,
Uni sevib qolsam nima bo'ladi.

U ham qiz bolada, o'zin ayaydi,
Bilaman har kuni yo'lim qaraydi,
Sezaman, chin dildan holim so'raydi,
Uni sevib qolsam nima bo'ladi.

Qo'rqaman yurakdan, muxabbatdanmas,
Qalbimda yetarli tajriba-yu dars.
Bugun meni mendek hech kim tushunmas,
Yana sevib qosam nima bo'ladi.

Men dunyodan sevib bezib qolgandim,
Axir o'n to'rt yoshda sevib qolgandim.
Sakkiz yilda zo'rg'a unutolgandim,
Yana sevib qolsam nima bo'ladi.
WWW.ZAMONAVIY.UZ