Ruxsoringiz tilayman,
Shirinmisiz, Laylimi?
Ruxsatingiz tilayman
Sizni sevsam maylimi?

Maylimi ko'ngil bersam,
Yori joningiz bo'lsam?
Bir umr sizni desam,
Sizni sevsam maylimi?

Qalbingiz ko'zin bering,
Yurakning so'zin biling.
Bir bora izn bering,
Sizni sevsam maylimi?

Kumushmisiz, Ra'nomi?
Go'zallikda tanhomi?
Xayotimga ma'nomi?
Sizni sevsam maylimi?

Men aqlli bolaman,
Sizni baxtli qilaman
Avval so'rab sevaman,
Sizni sevsam maylimi?

Axadda muxabbat bor,
Yuragida toqat bor.
Keling unga bo'ling yor,
Sizni sevsam maylimi?
WWW.ZAMONAVIY.UZ
