Dardlar dilning qirg'og'idan toshar asta
Sog'inch bergan azoblardan, yurak xasta
Ismingizni takrorlayman har nafasda
Unutgansiz, endi qaytib kelmaysizda
Sog'inmaysiz, Sog'inishni bilmaysizda

Orzu qildim, siz boy qizi malikani
Go'yo ko'kda oyning o'zi bir erkani
Dardlarimga dardkash bormi endi mani...?
Biz oshiqni nazar- pisand ilmaysizda...!
Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda

Siz ketdingiz ortingizdan boqdim qolib
Tunlarimni o'tkazaman bedor bo'lib
Sizga aytgan so'zlarimni yodga olib
Bir-bor eslab, dilingiz xun bo'lmaysizda
Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda

Bu xayotga muxabbatim, mexrim sindi
Sevgi degan bir tuyg'uga bo'lib bandi
Ko'zlaringiz kulib boqib meni endi...,
Shirin so'zlar bilan ko'nglim olmaysizda
Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda

Hijronlarda bir kun ado bo'lsangiz ham
Sir saqlabon meni jondek suysangiz ham
Qancha yonib yana qancha kuysangiz ham
Bag'ringizni mendek yulib tilmaysizda
Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda

Gar bilsangiz xolim so'rab turardingiz
Sog'indim deb o'zni o'tga urardingiz!
Yo'q sevmaysiz sevsangiz gar kelardingiz
Sevgi yo'q'' deb unga parvo qilmaysizda
Sog'inmaysiz sog'inishni bilmaysizda!
WWW.ZAMONAVIY.UZ