Mayli uyda yuraver o'ynab.
Qaynar ishqim, buloqday qaynab.
Ostonadan chiqqin sal o'ylab.
Ro'molingni o'rab ol xotin.

Dilga mador bol-shakar sozing.
Kech kelganda qisilar ko'zing
Pazandamsan, farishtam o'zing.
Ko'zlarimga qarab ol xotin.

Men bir daraxt sen menga soya.
Men qir bolsam sen tirgak, qoya.
Ne tusaydi ko'nglingiz deya.
Ko'ngil uchun so'rab qoy xotin.

Men robotman ertadan to kech.
Dam olishni bilmadimda hech.
Oila dedim men isigan pech.
Muruvvatim burab qoy xotin.

Kimdir kuldi, maqtadi birov.
Uyda mumsan ko'chada olov.
Sochlarimga qo'nganda qirov.
Kumushlarni kurab qo'y xotin.

Choyxonada o'tiray yayrab.
Telefon qilma tinmayin sayrab.
Uyga kelsam tishlaring qayrab.
Yiqilganda suyab qo'y xotin.

Boshim toshdan konglim ukpardan.
Bo'yning, qo'ling bo'shamas zardan.
Doqillatgan choying, zaxardan.
Tomog'imga tirab qo'y xotin.

Davlat ishi ne boladi deb.
Bozor ishin ko'rma menga ep.
Shukur qilsang shu oilaga zeb.
Shularni bir dastlab qo'y xotin.

Bir pog'ona pastlab qo'y xotin.
WWW.ZAMONAVIY.UZ