Poyingizda xor bo'lgan,
Bag'ringizda tor bo'lgan.
Mehringizga zor bo'lgan
U mening qalbim edi.

Arzonlarga sotdingiz,
Bozorlarda sotdingiz.
Yana toshlar otdingiz,
U mening qadrim edi.

Yolg'onlarga almashgan,
Sevaman deb aldashgan
Sizni tanlab adashgan,
U mening baxtim edi.

Falaklarga sachradi,
Yomonlarga charchadi
Mudom sizga uchradi,
U mening dardim edi.

Yurak qonimda tushgan,
Keyin dillarni quchgan,
Qo'llarimdan suv ichgan,
U mening satrim edi.

Oshiq Axad ko'z ilgan,
Avval ham ko'p qazilgan.
Muxabbat deb yozilgan,
U mening qabrim edi.
WWW.ZAMONAVIY.UZ