Umrim o'tib ketsin yomg'ir ostida
Yulduz nimaligin mayli unutay.
Bulutlar uyumi boshimda tursin,
Quyoshning ismini mayli eshitmay.

Tushimda ham ko'rmay oyning ruxsorin,
Nafasimda zulmat sharpasi kelsin,
Ko'zlarimda sinsin umid uchquni,
Yuragimda armon dengizday to'lsin...

Iztirob, Iztirob, faqat iztirob,
Tikonlar ustida yurarman guldek.
Ilonni bulbuldek oshno etarman
Qullarga extirom etarman quldek.

Maydonlarda aslo, Aslo ko'rinmam,
Hech kim uchratmaydi meni shaxarda.
Sir, Sir, Sir faqat Sir
Dunyoyim ichra, nonushta qilurman xar tong zaxardan.

Faqat.... Faqat sen..... Sen kechirdim desang...
WWW.ZAMONAVIY.UZ