Xayot menga imkon ber xayot,
To'siq qo'yma mening yo'limga
Kimligimni etayin isbot
Yomon niyat yo'qdir dilimda!

Xayot menga imkon ber xayot,
Meni sotgan nomard dostlarim,
Sorab kelsin qo'limdan najod.
Ochib qo'yay bir bir ko'zlarin.

Xayot menga imkon ber xayot.
Yorug' qilay otamning yuzin,
Men onamning ko'nglin etay shod.
Menga o'zing yordam ber do'stim.

Xayot menga yordam ber xayot,
Axir katta yo'lga chiqqanman.
Yarim yolda to'xtash bu isnod,
Yig'latmagin, men kimdan kamman.

Xayot menga imkon ber xayot,
Xamroh qilgin omad qushini.
Xasta ruhim etgil sen ozod,
Egma mening yigit boshimni.

Uchmadim men zeb-u ziynatga,
Oxir borib qolmay g'iybatga.
Chidaganman og'ir mehnatga,
Chidaganman yolg'on tuxmatga.


Ko'nib yashab keldim qismatga,
Imkon bergin o'zing Ahadga!

Xayot meni qiynama xayot,
Yarim jonim o'ynama xayot.
O'zing asra ayol makridan.
Meni bunday sinama xayot.

Xayot menga imkon ber xayot,
Yigit umrim uvol bo'lmasin.
Orzularim qilmagin barbot,
Dushmanlarim erta kulmasin

Erta bir kun o'lib ketsam ham,
Muz qabrimdan otilmay faryod.
Men roziman qancha kutsam ham,
Xayot menga imkon ber xayot.
WWW.ZAMONAVIY.UZ