Yig'lama, yig'lashga arzimaydi u,
Koksingni tig'lashga arzimaydi u.
Yurakni dog'lashga arzimaydi u,
On gulingdan biri ochilmay solma.

Ertaga sevgingni zavoli tutib,
Chekkan azoblaring uvoli tutib.
Ming bir pushaymonda kelar u qaytib,
On gulingdan biri ochilmay solma.

Yolg'on muhabbatning qurboni bolma.
Uni hech o'ylama, XUDOga topshir,
Pastlarning oldida tur doim mag'rur!
On gulingdan biri ochilmay solma.
WWW.ZAMONAVIY.UZ