Sizni unutish oson bo'lmadi,
Rosti, unuta olmadim.
Faqatgina ko'nglim to'lmadi,
Sog'inishdan nariga o'ta olmadim.

Sizchi, meni unutdingizmi?
Unuta oldingizmi o'shal onlarni,
Yoki tunlari sog'inib kutdingizmi?
Ottirdingizmi sog'inib tonglarni.

Ichimdan o'tganini Hudo bildi,
Do'stim xam dardimni ololmadi,
Faqatgina bir savoll yurakni tildi,
Nega? Sevganim men bilan qololmadi!
WWW.ZAMONAVIY.UZ