BEGUNOH BOLANING NOLASI

Mehribonlik uyi bolalar uyi,
Nomlari har xilu lek ichi bir xil
Ota onasining bolmagan toyi
Begunoh bolada ne ayb axir!

Bom bosh beshigini tebratib javrab
Yarim tirnoqqa zor kongillar kammi
O'ttiz yil qirq yillab umidin boglab
O'ksik otib ketar dunyodan qalbi.

Nimani anglatar yetim degan nom
Qalblarni ingratar yetim degan nom
Toza gulgunchani balchiqqa tashlab
Dunyoni titratar yetim degan nom.

Tunda sabchib turar dadajon dada
Sizni sog'indik biz qaydasiz qayda.
Niyati bir bora onasin kormoq.
Tili ham chiqmagan bechora go'dak.

Meni tinch qo'yinglar meni tinch qo'ying
Mening qornim ochdi akajon yuring.
Katta bolsam ona bo'lmayman derdi
Uch yoshli qizchaning sochi oqardi...

Terrorizm deymiz narkomaniya
Majlislar qandaydir ofatlar haqda
Dunyoning tagiga ot qoyvoryapti
Bolasin qaqshatib ko'z o'ngimizda.

Ahad aka menga sher yozing deydi
Bizning xayotimiz on mingta kino
yiglama bolajon yiglama deyman
Senga omad asrab qoyibdi xudo.

Ichimdan o'tganin bilaman ammo...
WWW.ZAMONAVIY.UZ