Bolasi och qolsa qiyomat-qoyim,
Xotinning zaxridan asra xudoyim
Ko'chaga chiqadi tirikchilikda
Nimalar bo'lmaydi yigitchilikda

Kimgadir quchog'in ochadi bozor
Kimdir hunar bilan kimdir mardikor
Kirakashlik qilar mashinasi bor
Kimdir mehnat qilar sherikchilikda
Nimalar bo'lmaydi yigitchilikda

Qancha uzoqlarni yaqin qilasan
Tuproqni ham elab oltin qilasan
O'zingdan o'tganin o'zing bilasan
Taqdirga tan berma bu yo'qchilikda
Nimalar bo'lmaydi yigitchilikda

Halol rizqing terib yangi tongni kut
Umidni yo'qotma etagidan tut
Besamar ketgazgan umringni unut
G'animat bo'lar bu kun to'qchilikda
Nimalar bo'lmaydi yigitchilikda
WWW.ZAMONAVIY.UZ