Timur yillab ketsa vatandan yiroq,
Samarqand boshiga bo'lgan shamchiroq,
Ham mehribon ona, malika bo'lib,
Unutmagan ayolligini biroq,
Bibixonim yuzlariga ne bo'ldi,
Bugun o'zbek qizlariga ne boldi.

Amiriy shoh bo'lgan ham shoir bo'lgan,
Janglarda ham doim u mohir bo'lgan,
SHunga aqli bilan qudrati bilan,
Faqat bir ayolga u moyil bo'lgan,
Nodiraning so'zlariga ne bo'ldi,
Bugun o'zbek qizlariga ne bo'ldi.

Har kun bir yigitning bo'ynidan quchib,
Molu davlatiga puliga uchib,
O'zgasi kerakmas xayotimsiz deb,
Besabab bir kunda ketarlar kechib,
Uvaysiyning izlariga ne bo'ldi,
Bugun ozbek qizlariga ne bo'ldi?

Qodiriyning elga nidosi qani,
Ayolning ibosi hayosi qani,
Dunyoni sotvorar to'rt tanga pulga,
CHet ellardan bilmam izlar nimani,
Kumushbibi nozlariga ne bo'ldi,
Bugun o'zbek qizlariga ne bo'ldi?

Endi Hamza qabrida tik yotadi,
Elkada qandaydir bir yuk yotadi,
Kimlar ikki satr yolg'oni bilan,
Hamid Olimjonning go'rin titadi,
Zulfiyaning ko'zlariga ne bo'ldi,
Bugun ozbek qizlariga ne bo'ldi?

Bibixonim yuzlariga,
Nodiraning so'zlariga,
Uvaysiyning izlariga,
Kumushbibi nozlariga,
Zulfiyaning ko'zlariga,
Bugun o'zbek qizlariga ne bo'ldi?
WWW.ZAMONAVIY.UZ