Nima qilay oshiqman senga, 
Balki senga yo'qdir keragim. 
Ko'nglimga mayli ozorlar bergin, 
Ammo buncha ezma yuragim. 
Tunlar bedor o`ylayman seni, 
Qalbimda qoldi-ku orzu tilagim. 
Menga mayli sevaman dema, 
Ammo buncha ezma yuragim. 
Men seni sog'inib borsam yonigga, 
Holingni ko'rib kelar so'ragim. 
Menga beparvo bo'lasan nechun, 
Faqat buncha ezma yuragim.
