Bir kuni to'xtaydi qalblar titroqdan. 
Barglar xam sarg'ayib to'kilar asta.
Bir ilinj istaysan so'nggi yaproqdan. 
Uning yuragi xam sen kabi xasta.

--------------------

Kechir bilagingdan tutganim uchun,
Kunu tun yo'llaring to'sganim uchun,
Gunohkorman haqqim yo'q edi bunga,
Kechir jondan ortiq sevganim uchun!

--------------------

Sevgi o'zi juda muqaddas, 
Qo'nar ekan faqat yurakka. 
O'z qadrini bilmagan axmoq, 
Ko'mar ekan uni tuproqqa.

--------------------

Baxt tilama bag'rim tola qon,
Tosh yuraklar dardim bilmaydi. 
Men xam jonim seni xech qachon,
O'zgalarga bergim kelmaydi.

--------------------

Dunyoda go'zallik, poklik istasang,
Kimlardir gullardan so'zlar hikoya.
Ammo sof go'zallik ko'rmoq istasang,
Ko'zguga bir bor boqsang kifoya!

--------------------

Agar ko'zyoshlarim yig'ilsa edi,
Dunyoni toshqindek yuvib ketardi,
Dildagi g'amlarim bulut bo'lsaydi,
Quyoshni umrbod to'sib qo'yardi!

--------------------

Omadim ming bora yuz bursa mendan,
Quvonchim dilimda g'arq bo'lsa birdan,
Faqat sen bir bora kulib boqsang bas,
Shu onda g'amlarim ketar dilimdan.

