Seni tushlarimda hamon ko'raman 
uyg'ongach ko'zguda armon qilaman 
U dunyo bu dunyo sevib qolaman 
seni sevgan qizlarni yomon ko'raman    

=======================

Umr g'animatdir yoshlik g'animat 
Muhabbat g'animat baxt g'animat 
Yodingizda tuting qismat haqiqat 
Siz aslo unutmang men ham g'animat   

=======================

Sen tabassum qilganda jonim ,olam yog'dularga to'lib ketadi. 
Sen tabassum qilganda jonim , orzu og'ushiga olib ketadi. 
Sen tabassum qilganda jonim , bahorlarim keladi qaytib. 
Sen tabassum qilganda jonim , hijron ketar alvido aytib.

=======================

Bahorlar shamolin asraydi, 
Bulutlar hilolin asraydi, 
Buloqlar zilolin asraydi, 
O'zingni men uchun asragin Jonim. 
Tiriklik eng buyuk inoyat, 
Sevgisiz yashamoq jinoyat, 
Azizim bu dunyo omonat, 
O'zingni men uchun asragin Jonim.

=======================

Ko'nglim to'la dardlarim ila, 
Sendan so'zlay takror va takror, 
Hech bo'lmasa umringda bir bor, 
Vaqting bo'lsa meni esga ol.

=======================

Siz tilagim desangiz ham, 
Qon yuragim desangiz ham, 
Yuz yil yig'lab sevsangiz ham, 
Siz mendayin sevolmaysiz.

=======================

Qalblarda porlagan sevgining nuri, 
Notanish yo'llarga boshladi bizni. 
Otida tovladi hayot tandiri, 
Yosh demay otashga boshladi bizni

=======================

Dilda bordir orzu armon, 
Ammo ishqqa ishonmayman. 
Sevgi nima bilmaymanu, 
Ammo sensiz yasholmayman..

=======================

Seni eslamoqlik azob, aslida 
Ammo unutmoqlik undan-da mushkul, 
Qalbimni zabt etding bahor faslida 
Endi bu qalb senga asirdir butkul. 
Bilki, sendan menga hech ne kerakmas 
Faqat eslamoqqa izn bersang bas

=======================

Shu dunyoda tug''ilib yakka 
Seni sevdim sevoldim faqat 
Sevilgan va sevgan yurakka 
Sig''mas ekan ikki muhabbat   

