Tongda esgan shamollardan so`radim sizni, 
Tunda yorqin yulduzlardan so`radim sizni. 
Sevib qolgan yuragimdan so`radim sizni, 
Ayting- Siz xam meni bir bora esladingizmi?!

====================

Yor dedim yor bo`la olmadim, 
Yig`ladimu kula olmadim. 
Sen deb yashab yeta olmadim, 
Chin baxt tilayman senga jonim.

====================

Yuragim ko`ksimni yorayotgandek 
Ismingni takrorlab urayotgandek 
Ox, naqadar azobi cheksiz  
Bir lahza urmagay yuragim sensiz 

====================

Jonim taqdirga tan beraylik 
Erisholmadik sevgiga 
Sen menga men esa senga 
Nasib etmadik bo`lmadik birga.

====================

Bog'imda ochilgan bir tup atirgul 
Gulbargin oftobga solgancha ma'yus 
Shabboda ishqiga etmayin parvo 
Oshiq bulbulin kutadi hanuz

====================

Ko'z yosh bilan yonginamga kelar eding, 
hol ahvolim so'rab zimdan kular eding, 
sog'inganim ko'zlarimdan bilar eding, 
ammo sevganim bilmas eding.

====================

Hayol surib hayolimni olgan qiz, 
uyalganda yurakka o't solgan qiz, 
so'ramaysiz, yuragimni bilmaysiz... 
necha-necha oshiqlarga armon qiz,

====================

Oy yuzlari ishq dardiga darmon qiz, 
lekin siz ham tilagimni bilmaysiz... 
aytolmagan sirlarimni bilgan qiz, 
gar bilsa ham yana sarson qilgan qiz,
