Kechalari uyqu ilinmas ko'zga, 
Hatto til kelishmas so'zga, 
Kerakmas mnga sizdan o'zga, 
Jonim, sizzi sog'indim yomon... 

Ko'zlarim chehrez ko'rmoqqa zor, 
Qalbim qaytishiz kutar intizor, 
Nahot sog'inmadiz mani bir bor? 
Lekin, man sizzi sog'indim yomon... 

So'zlar bo'lsam ohlarim uzundan uzun, 
Sizsiz kunlarimda qolmagan mazmun, 
Beozor sevgim yashar endi kim uchun? 
Jonim, sizzi sog'indim yomon.. 

O'ylab hayol suraman har kecha, 
Sog'inib visolga yetganlar qancha, 
Hol ahvol so'ramoq qiyinmi shuncha?! 
Baribir sizzi sog'indim yomon... 

Ma'yus dilim baxtli bo'laman deydi, 
Orzularim albat ushalaman deydi, 
Berahm sog'inch joning olaman deydi, 
Netay, sizzi sog'indim yomon... 

Umrim tunga aylandi botdi quyoshim, 
Sog'inch qiyog'idan aylanar boshim, 
Lek sizzi kutmoqqa yetar bardoshim, 
Jonim, sizzi sog'indim yomon... 

Sizzi unutmoq manga emasdur oson, 
Yodimdasiz har lahza har on, 
Gar sog'inch azobidan qolmasam omon, 
O'taman olamdan szzi sog'inib yomon...
