Asta varaqlayman umrim kunini,
Tonglarga bosh qo'yar sog'inch ko'z yumib,
Kim to'lar sevgimning o'tli xunini,
Ne uchun kelmaysan "sog'inganman" deb?!
---------------Sendan uzoqlashsam xasratda yonib,
Yoningga bormoqni istab qolaman.
Yoningda bo'lganda mehringga qonib,
Bir dam sog'inmoqni istab qolaman...
